O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

Муаммоли 
вазият 
Муаммо 
Ечимини 
излаб топиш 
Натижа (ечим) 


33 
6.
Muammoning natijaviy yechimini tanlab, har tomonlama baholash. 
Muamoli ta‟lim funksiyalari 
-
ijodiy fikrlash orqali bilimlarni o„zlashtirish shakllanadi (ayrim mantiqiy va 
ijodiy fikrlash faoliyatining shakllanishi); 
-
olgan bilim, ko„nikma va malakalarini hayotda qo„llay olishlari shakllanadi; 
-
o„quv muammosi yechimiga mustaqil yo„l ochish ko„nikmalari hosil bo„ladi; 
-
ijodiy fikrlash tajribalari shakllanadi; 
-
ilmiy metodlar asosida izlanishga o„rganadilar va ularni amalda qo„llaydilar. 
Ilmiy izlanish tajriba – sinovlar, pedagogik amaliyotlar shuni ko„rsatadiki, 
muammoli vaziyatlarni hamma o„quv faoliyatlariga nisbatan quyidagi tiplarga 
bo„lish mumkin: 
Birinchi tip. Agar o„quvchilar oldiga vazifalar qo„yilib, qo„yilgan masalalarga 
hayotdan o„quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib 
chiqadi. 
Ikkinchi tip. O„quvchilar ilgarigi darslarda olgan bilimlarini yangi mavzuni 
o„zlashtirish zarurligiga uchrab qolsalar. Yangi mavzuning yechimi ilgari olgan 
bilimlarini o„zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa olmay qolsalar. 
Uchinchi tip. Muammoli vaziyat shunday hollarda ham uchrashi mumkinki, o„quv 
topshirig„ini amalda bajarish uchun o„qituvchida isbot, nazariy asos bo„lmasa. 
Muammoli o„qitish metodlari: 
1.Muammoni bayon etish, bunda pedagog mustaqil ravishda muammoli 
vaziyatni keltiradi va uning yechimini mustaqil qidiradi va topadi. 


34 
2.Pedagog mustaqil ravishda muammoni qo„yadi, ammo uning yechimini 
o„quvchilarni 
jalb 
qilgan 
holda 
hamkorlikda 
izlaydilar, 
topadilar, 
xulosalaydilar. 
3.Pedagog o„quv jarayonida o„quvchilar oldiga muammoni qo„yadi. 
O„quvchilar uni izlaydilar, axborot almashadilar, qayta ishlab, o„zlarining 
ishtiroklaridagina yechimini topadilar. 
4.Muammoli vaziyat o„quvchilarning o„zlari vujudga keltiradilar. Uning 
yechimini boshqa o„quvchilar izlanishlari, yangicha fikrlashlari orqali o„zaro 
yechim qidiradilar, topadilar. 
Muammoli ta‟lim sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan M.I.Maxmudov, 
M.N.Sketkin, A.M.Matyuvgikven, I.Y.Lanker kabi olimlarning xulosalariga ko„ra 
quyidagi muammoli ta‟lim metodlarini keltirish mumkin: 
-
tushuntirish, namoyish etish; 
-
muammoli bayon qilish; 
-
reproduktiv; 
-
ilmiy izlanish. 
Yuqoridagilar asosida shunday xulosa chiqarish mumkinki, ta‟lim sifati va 
samaradorligini oshirishda muammoli o„qitish metodlari juda muhim rol o„ynaydi.
Chunki muammoli ta‟lim o„quvchini izlanishga, ijodkorlikka, erkin fikr yuritishga 
o„rgatadi. O„quvchida bunday sifatlarning shakllanishi, o„quv – biluv mas‟uliyatini 
oshiradi, mustaqil bilim olish, izlanish uning kundalik odatiy ishiga aylanadi. Bu 
esa o„z navbatida, ta‟lim mazmunini, takomillashgan standartlar, moderinizatsiya 
qilingan dasturlarni to„la o„zlashtirib olishga kafolat bo„ladi. 
Agar o„qituvchi o„quvchilarning fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni 
bosh maqsad qilib olsa, unda o„quvchilarning muammoli ta‟lim asosida faoliyat 
yuritish ko„nikma va malakalarini shakllantirishi zarur. O„quv tarbiyaviy ishlarni 


35 
takomillashtirish, ta‟lim va o„quv – biluv jarayonlariga “muammoli o„qitish” 
didaktikasini joriy etib borish asosiy ish jarayoniga aylanmog„i kerak.


36 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə