O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

Umumiy xulosa 
Muammoli o„qitish – o„quvchining muammoli taqdim etilgan ta‟lim 
mazmuni bilan faol o„zaro bog„lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda o„quvchi ilmiy 
bilimning obektiv zidliklari va ularning yechimlariga yaqinlashadi, fikrlash, 
bilimlarni ijodiy o„zlashtirishga o„rganadi. 
Fanda muammoli o„qitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: 
"muammo" va "muammoli vaziyat" tushunchalari. Ayrim hollarda ular sinonimdek 
tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan obektlar o„z hajmi bilan 
farqlanadi. Muammo muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Demak, 
muammoli masalani muammoning oddiy, xususiy bir masaladan iborat holati 
sifatida ko„rish mumkin.
Muammoli o„qitish ijodiy faoliyatni hamda unga ehtiyojni shakllantirish va 
rivojlantirishga qaratilgan bo„lib, bu jarayonda o„quvchilar ijodiy fikrlashining 
rivojlanishi an‟anaviy o„qitishdagiga nisbatan jadalroq bo„ladi. Lekin muammoli 
o„qitishning bu funksiyasi oshishi uchun o„quv jarayoniga muammolarning 
tasodifiy majmuasini kiritish yetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur 
sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak. 
Muammoli o„qitishni ta‟lim jarayoniga tatbiq etishda o„qituvchi ilmiy va 
o„quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning 
umumiyligi– har ikkalasida ham obektiv zidliklar mavjudligi bo„lsa, ilmiy va 
o„quv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo„yilgan masala hali 
yechilmagan, o„quv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yo„li va natijasi 
ma‟lum. Faqat bu yo„llar va natijalarni o„quvchilar izlab topishi kerak. Muammoli 
o„qitishning yakuniy maqsadi – o„quvchilarni muammolarni ko„rish va yechishga 
o„rgatishdan iborat bo„lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.


56 
S.L. Rubinshteyn «tafakkur – inson oldida turgan masala va muammolarni 
yechishga olib keladigan idrok bo„lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi 
va muammoni yechishga qaratilgan bo„ladi»-deb ta‟kidlaydi. 
Bundan quyidagi mantiq hosil bo„ladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil
fikrlovchi bo„lishi jamiyat uchun zarur bo„lib, fikrlash jarayoni muammoli 
vaziyatdan boshlanadi. Muammoli vaziyat – psixik qiyinchilik, ziddiyatli vaziyati 
bo„lib, o„quvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash 
qobiliyati rivojlantiriladi.


57 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə