O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


  III Bob. “Boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilish faoliyatini tashkil



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

 


48 
III Bob. “Boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilish faoliyatini tashkil 
etishda muammoli ta‟lim imkoniyatlaridan foydalanish mavzusi bo„yicha
tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari. 
3.1. Boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda 
muammoli ta‟lim imkoniyatlaridan foydalanish mavzusi bo„yicha tajriba-
sinov ishlari . 
Muammoli ta‟lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib 
kelmoqda. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi 
Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. 
Muammoli ta‟limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda 
Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo„llagan.
XX asrning boshlarida bu yo„nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-
yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. 
Muammoli ta‟limning asosiy g„oyasi bilimlarni o„quvchilarga tayyor holda 
berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo„yicha o„quv-
tadqiqotlarini bajarish asosida o„zlashtirilishini ta‟minlashdan iborat. 
O„zbekistonda muammoli ta‟limni qo„llash bo„yicha bir necha asrlar 
davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng 
foydalanish asosida o„quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go„zal 
nutq tarkib toptirilgan. 
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta‟lim usullaridan biri 
sifatida qo„llaniladi. Bunda o„quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq 
va to„g„ri so„zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy 
fikrlashga o„rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o„qituvchining 
o„quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda bolaning 
fikrlashidagi noto„g„ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish 


49 
yo„liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini 
quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin; 
Savol-javoblar orqali o„quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini 
umumiy tarzda aniqlash. 
O„rganilayotgan 
mavzuning 
mazmunini 
o„quvchi 
motivlariga 
muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o„quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos 
bo„lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi. 
O„quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag„batlantirish 
usullaridan foydalaniladi. 
O„qituvchi o„zini bilmaydigan odamdek, o„quvchidek tutib, savollar berib 
boradi. 
O„quvchining to„g„ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va 
chuqurroq fikrlashga, so„zlashga jalb qilish. 
O„quvchining xato fikrlarini aniqlab borish. 
O„quvchining xato fikrlariga nisbatan to„g„ri fikrni o„qituvchi tomonidan 
yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o„quvchi 
uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o„quvchini o„z xatolarini o„zi tuzatishiga 
yo„naltiriladi. 
Muammoli ta‟lim mashg„ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi 
bosqichlarni o„z ichiga oladi: 

-o„quv fani va darslar mavzusini o„rgatishda ular bilan bog„liq 
muammoli masalalarni belgilash; 

-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni 
oldindan rejalashtirib borish; 

-o„ quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; 

-zarur o„quv vositalarini tayyorlash; 


50 

-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko„rsatish; 

-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish; 

-o„quvchilarning muammoni hal etishda yo„l qo„yayotgan xatolarini, 
ularning sababini va xususiyatini ko„rsatish; 

-o„quvchilarning noto„g„ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari 
oqibatini muhokama etib, to„g„ri yo„lni topishlariga ko„maklashish va 
boshqalar. 
Respublikamiz ta‟lim tizimida Davlat ta‟lim standartlari ishlab chiqilib, 
bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni 
aniq bir tizimga solish, qo„llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli 
shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo„lgan ehtiyoj yaqqol ko„zga tashlandi. 
Chunki, Davlat ta‟lim standartlari o„quvchilar bilimiga qo„yiladigan majburiy 
minimal daraja bo„lib, davr o„quvchilarga ta‟lim standartlari darajasi talablaridan 
oshirib bilim, iqtidor va ko„nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal 
qilish ilg„or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik 
imkoniyatlarini sinab ko„rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo„lgan hayotiy 
ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg„or ta‟limiy 
yangiliklarni aniqlash, ularning jamg„armalarini tashkil etish, sinab ko„rish, 
pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va 
amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi.
Bitiruv- malakaviy ishini yozish jarayonida Yakkasaroy tumanidagi 118- 
maktabning boshlang„ich sinf o„qituvchilari bilan “Muammoli dars qanday 
bo„lishi kerak” mavzusida o„quv-seminar tashkil qildik.Oldimizga qo„ygan 
maqsadga erishishimizda va tanlangan mavzuni yoritishda bu seminar asosiy 
vosita sifatida xizmat qildi.Seminar tashkil qilingandan so„ng o„qituvchilar va 4-
sinf o„quvchilari orasida tanlangan mavzu bo„yicha so„rovnoma savolnomalarini 
tashkil etdik. 
Ular quyidagilardan iborat. 


51 
1. Muammoli dars deganda qanday dars jarayonini tushunasiz? 
2.Zamonaviy dars o„qituvchi oldiga qanday didaktik vazifalarni qo„yar 
ekan? 
3.Boshlang„ich ta‟lim tizimiga muammolashtirilgan darslarni kiritishga 
munosabatingiz. 
4.Muammoli darslar o„quvchi bilish faoliyatini shakllantirishga kuchli ta‟sir 
qiladimi? 
4- sinf o„quvchilariga berilgan savolnomalar. 
1.Bugungi dars sizga yoqdimi, yoqqan bo„lsa qaysi joylarini takroran menga 
aytib beraolasiz? 
2.Dars jarayonidagi eng yodda qoladigan va sizni xursand qilgan joyini 
menga aytib beringchi? 
3.Dars jarayonidagi o„zingizni ishtirokingizga qaysi bahoni qo„ygan 
bo„lardingiz? 
4.Bugungi 
darsdagi 
muammoli 
savolni 
yechimini 
topishda 
qiynalmadingizmi? 
Tajriba- sinv uchun o„qituvchilar va o„quvchilardan 21 nafar olindi va 
quyidagicha natijalarga erishildi. 


52 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə