O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

Yurtga fido bo’lsak 
Kular baxtimiz. 
Lug’at ishi. 
 
Tug‟- 
Haq-huquqimiz
Yer shari 
Fido


45 
 
Yangi mavzuni mustahkamlash. 
O‟quvchilarning Konsitutsiya haqidagi 
bilimlarini kengaytirish maqsadida tarqatma materiallar orqali savol javob qilinadi. 
1.
O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qachon qabul qilingan? 
2.
O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi nechta moddadan iborat? 
3.
Konstitusiyda qanday huquqlarimiz aks etgan? 
4.
Bu yil Konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga necha yil boldi? 
Shuningdek, tarmoqlash metodi orqali mavzu xulosalanadi.
KONSTITUTSIYA
TARMOQLASH

Darsda faol ishtirok etgan o‟quvchilar rag‟batlantiriladi va baholanadi. 
Uyga vazifa. 
She‟rni yod oling. She‟r mazmuniga mos rasm chizing. 
Bob bo„yicha xulosa 
Muammoli ta'lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. 
Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va 
Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta'limni 
amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil 


46 
etgan tajriba maktabida qo'llagan. XX asrning boshlarida bu yo'nalishda 
tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. 
Muammoli ta'limning asosiy g'oyasi bilimlarni o'quvchilarga tayyor holda berish 
emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo'yicha o'quv-
tadqiqotlarini bajarish asosida o'zlashtirilishini ta'minlashdan iborat. 
O'zbekistonda muammoli ta'limni qo'llash bo'yicha bir necha asrlar davomida 
maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida 
o'quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go'zal nutq tarkib toptirilgan. 
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta'lim usullaridan biri 
sifatida qo'llaniladi. Bunda o'quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq 
vato'g'ri so'zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy 
fikrlashga o'rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o'qituvchining 
o'quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda lining 
fikrlashidagi noto'g'ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish 
yo'liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini 
quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin; 
Savol-javoblar orqali o'quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy 
tarzda aniqlash. 
O'rganilayotgan mavzuning mazmunini o'quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. 
Bu, asosan, o'quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo'lgan misollar tanlash 
orqaliamalga oshiriladi. 
O'quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag'batlantirish usullaridan 
foydalaniladi. 
O'qituvchi o'zini bilmaydigan odamdek, o'quvchidek tutib, savollar berib boradi. 


47 
O'quvchining to'g'ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq 
fikrlashga, so'zlashga jalb qilish. 
O'quvchining xato fikrlarini aniqlab borish. 
O'quvchining xato fikrlariga nisbatan to'g'ri fikrni o'qituvchi tomonidan yaqqol 
mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o'quvchi uchun 
muammoli vaziyat yaratiladi va o'quvchini o'z xatolarini o'zi tuzatishiga 
yo'naliiriladi. 
Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo'lib, 
ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o'qituvchining keng bilimga va 
ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga 
ega bo'lishi kabilardan iborat. 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə