O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə14/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58

Savolnomalar
1 Inson kelib chiqishi (yaratilishi) to’grisida yana qanday afsonalarni bilasiz? Ularni darslikda keltirilganlari bilan solishtiring.

  1. Antropogenezning diniy tushuntirilishi nega yagona nuqtayi nazar bo’la olmaydi? Buni o’zingizga fan amaliyotidan ma’lum bo’lgan dalillarga tayanib mulohaza qiling.

  2. Nega antropogenezning fan variantlari xilma-xil? Bu yerda plyuralizmning ahamiyati nimadaligini tushuntiring.

  3. Inson ajdodlariga maymunlardan tashqari quruqlikda va suvda yashovchi yana qanday mavjudotlar yaqin hisoblanadi? Uning to’g’risida turli o’quv darslaridan olgan bilimlaringizga tayanib mulohaza yuriting.

  4. Inson tanasi a’zolaridan qaysilari eng rivojlangan hisoblanadi? O’z nuqtai nazaringizni yozma bayon qiling.

  5. Inson tomonidan Koinotning o’zlashtirilishi antropogenez nazariyasiga ta’sir ko’rsatadimi? Noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) koinotdan Yerga kelgani haqida “Pallovizitologiya” jurnali chiqib turishi haqida nimalarni bilasiz? Bilganlaringizni yozma bayon qiling.

  6. Hozirgi vaqtda kishilik hayoti barcha sohalarida ma’naviy omillarning o’rni va ahamiyati oshib borayotgani qonuniymi? Antropogenezni izohlashda bu omillarning roli to’g’risida fikringizni yozma bayon qiling.

  7. Nega antropogenezning fan variantlari xilma-xil? Bu yerda plyuralizmning ahamiyati nimadaligini tushuntiring.

  8. Inson ajdodlariga maymunlardan tashqari quruqlikda va suvda yashovchi yana qanday mavjudotlar yaqin hisoblanadi? Uning to’g’risida turli o’quv darslaridan olgan bilimlaringizga tayanib mulohaza yuriting.

10. Zaruriyatsiz erkinlik, erkinliksiz zaruriyat bo‘lishi mumkinmi?

11. Erkinlikning mezonlari bo‘ladimi?

12. Insonning ichki erkinligiga misollar keltiring.

13. Tashqi erkinlikning shaxsga ta’siri.

14. Qaysi soha erkinligi eng zarur hisoblanadi?

15. Shaxsning shakllanishida jamiyatning mas’uliyatini qanday tushunasiz?

16. Shaxsning siyosiy maqomi qanday ta’minlanadi?



Yozma ish savollari

1-variant

  1. “Ijtimoiy” so’zining tilshunoslik (sifat) ma’nosi hamda keng va tor ma]nolarda qo’llanishini mulohaza qiling.

  2. Sinflar qaysi jihatlariga ko’ra o’zaro farqlanadi?

  3. “Millat” birligini mulohaza qiling.

2-variant

1.Aholining hududiy, demografik, ishlab chiqarish va bilim darajasiga ko’ra farqlanishida qaysi belgi asosiy hisoblanadi?

2.Oila nikohsiz, nikoh oilasiz bo’lishi mumkinmi

3.Kishilik jamiyatining institutsiyaviy tavsiflanishi qachondan boshlangan?

3-variant

1. Institut tarkibini tashkilotsiz ham tasavvur etish mumkinmi?

2. Byurokratiyani faqat ijobiy jihatlari bormi?

3. “Sotsium” tushunchasi qaysi maqsadda qo’llaniladi? Buni batafsil izohlang.
4-variant

1.“Jamiyat” tushunchasini alohida holda va “Sotsium” tushunchasi bilan nisbatda tushuntiring.

2..Nega ijtimoiyot ilmida ilgari “jamiyat” tushunchasi ishlatilmaganini mulohaza qiling.

3.Nega “ja’ma” atamasidan yasalgan “jamoa” va “jamiyat” tushunchalari o’zaro farqli ma’nolarni anglatadi? Buni tushuntirishda ilmiy atama va tushunchalarning ham tavsifini keltiring.


5-variant

1.Nazariy modelsiz ham jamiyatni obyekt sifatida o’rganish mumkinmi?

2.Jamiyatni ifodalaydigan atamalar qanday sharoitlarda tushunchalar maqomiga ega bo’ladi? Buni boshqa ijtimoiy-gumanitar o’quv predmetlaridan ham o’zlashtirgan bilimlaringiz asosida izohlang.

3.Kishilik jamiyati yaxlitligi tamoyili bilan uning muayyan sohalarga bo’linganligi (tizimiyligi) qay darajada sig’isha oladi? Buni mulohaza eting.


6-variant

1.Jamiyat sohalari o’zaro nisbatda tengmi? Buni turmushdan olingab misollar orqali tushuintiring.

2.Jamiyat hodisalariga institutsional yondashishning o’tmish va hozirini taqqoslab bering.

3. Tashkilot va muassasa nisbatini aniqlang. Nazaringizda Sotsium miqyosida eng katta tashkilot qaysi?



SHAXS VA JAMIYAT

(Ijtimoiyot asoslari)
(40 soat)

Maro’zalar matni


Toshkent - 2011



KIRISH

«Shaxs va jamiyat» dasturi ilgari akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va o'rta umumta'lim maktablarining 11-sinflari uchun tobora takomillashtirilib, o'n martacha nashr qilingan edi. Uning asosida yozilib, chop etilgan «Ijtimoiyot asoslari (Shaxs va jamiyat)» o'quv qo'llanmasi qayta ishlanib, «Shaxs va jamiyat» darsligi sifatida ketma-ket ikki marta etildi. Dasturning ushbu nashri o'tgan 10 yil davomida «Shaxs va jamiyat» predmetini o'qitish tajribasi umumlashtirilib va tegishli fanlar sohalarida erishilgan yutuqlarini hamda taniqli ijtimoiyotshunos olimlarning matbuotdagi ijobiy taqrizlarida bildirilgan istaklarini hisobga olgan holda tubdan yangilandi.

«Shaxs va jamiyat» o'quv predmeti integrativ kurs bo'lib, uning mazmunini bayon qilishda asosiy jihatlariga ko'ra hozirgi umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar sohasida qabul qilingan sivilizatsiyaviy yondashishga tayaniladi. Tegishli tarzda dasturda xalqlar tarixiy tajribasidan o'tib, umum tomonidan e'tirof etilgan axloqiy-qadriyatiy mo'ljallar asoslanadi. Bu tajribadan kelib chiqilib dasturda ilmiy bilishda kishilik hayoti hodisalariga tor sinfiy-mafkuraviy dogmalar va streotiplar, konyukturaviy sharhlar kabi obyektivlikka zid keladigan pozitsiya rad etiladi.

Dasturda hozirgi zamon bilimlari pozitsiyasida turib, inson va uning jamiyatini o'rganishda umuminsoniy jihatlaming ustuvorligi hisobga olingan. Shuningdek, inson oliy qadriyat ekanligi, uning erkinligi va erkin fuqarolik jamiyati davlati asosiy tayanchlarining mustahkamligiga, qonunchilik va mas'uliyatga asoslanishning lozimligi ta'kidlanadi. Dastur mazmunining zarur minimumi quyidagi tarkibiy bloklardan iborat:

1.Inson, uning antroposotsiogenetik tadriji. Shaxs maqomi,
hayoti, o'lim va undan keyingi mangulik masalalari.

2.Sotsiumning tashkiliy shakli sifatida jamiyatning nazariy


modeli, hayotining asosiy sohalari. Ijtimoiy jarayonlar va ularning
yo'nalganligi muammolari. Jamiyatning funksional holati.

3.Ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida sivilizatsiyaning Sharq va


G'arb tiplari. Turon-Movarounnahr-Turkiston, O'zbekistonning tarixiy-sivi-lizatsiyaviy tavsifi.

4. Hozirgi dunyo, undagi globallashuv jarayonlari. Global muammolarning mohiyati va bartaraf etilishining shart-sharoitlari hamda hozirgi jahoniy miqyosda umuminsoniy sivilizatsiya shakllanishi masalalari.

Real o'quv jarayonida mavzularning ketma-ket, izchil o'rganib borilishi mualliflik dasturlarida predmet o'qitilishining tanlangan konsepsiyasiga muvofiq ham belgilanishi mumkin.

Kurs mazmunining o'zlashtirilishi qator jihatlariga ko'ra tarix, geografiya, atropologiya sohalari bilimlarining, sivilizatsiyalarga oid mavzular esa davlat va huquq asoslari hamda boshqa predmetlarning tegishli qismlariga tayangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Dasturda o'quv predmetining maqsadlari va vazifalari belgilanib hamda ta'lim va tarbiyaning birligi doirasidagi umumiy yo'nalishi ko'rsatib berildi:

Birinchidan, ijtimoiy bilishga bo'lgan qiziqishga asoslangan holda Shaxs axloqiy madaniyatining, uning hozirgi tafakkur tarzi va ijtimoiy xatti-harakatining shakllanishi, o'zining taqdirini o'zi belgilashi va o'zini o'zi namoyon etishini shakllantirish.

Ikkinchidan, inson, uning Shaxs sifatida shakllanishi, jamiyat, ijtimoiy madaniy supertizim sifatida sivilizatsiya va uning tarixi to'g'risida umumgumanitar va oliy maktab tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning bundan keyingi o'qitilishi, mustaqil ta'lim olish yoki istiqboldagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilimlar tizimini o'rganish.

Uchinchidan, turli millat va elatlaming yonma-yon yashashi, turli konfessiyalarning mavjudligi sharoitida milliy g'oyaga, umumo'zbekiston g'oyasiga sodiqlikni, tolerantlik, insonparvarlik ideallariga, O'zbekiston Respublikasidagi bag’rikenglik, konstitutsiyaviy, demografiyaviy qadriyatlarni hurmat qilishni tarbiyalash;

To'rtinchidan, inson va jamiyat hayoti to'g'risidagi axborotlarni to'plash, tizimlashtirish va tanqidiy mulohaza qilish malakalarini egallash;

Beshinchidan, shakllanayotgan fuqarolik jamiyati va demokratik, huquqiy davlat hayotida hamda millatlararo munosabatlar va oilaviy turmush sohasida zarur bo'lgan kommunikativ amaliy faoliyat usullarini o'rganish.

1-§. Inson – jonli mavjudotning alohida tipi. Insonning o’zini-o’zi hamda tashqi dunyoni bilishi zarurligi va imkoniyatlari
Reja



  1. Insonning tabiati.

  2. Hozirgi bilimda inson sifatlarining umumlashtirilishi

  3. Bilish – insonning ehtiyoji

  4. Bilish darajalari

Insoniyat tarixida kishilar eng ko‘p o‘ylagan va o‘rganishga extiyoj sezgan muammolardan biri — insonning tabiati masalasidir. U aqlini tanibdiki, o‘zining kelib chiqishi, mohiyati va tutgan o‘rnini hamda aqli doirasida bajaradigan vazifalarini har doim diqqat markaziga qo‘yib keladi. Qadimda Sharqda ham, G‘arbda ham insonga Koinotning buyuk mo‘jizasi, noyob hodisasi sifatida qaralgan. Bundan 2,5 ming yilcha avval muqaddam Yunonistonda dramaturg Sofoklning sahnaga qo‘yilgan «Antigona» fojiasida «Mo‘jizalar ichida eng ajoyibi — insondir» degan fikr yangragan. O‘sha davr mutafakkiri Empedokl «Inson har doim inson uchun qiziq hodisadir», desa, boshqa yunon donishmandining fikricha: «Inson o‘zini o‘zi yaratgan. Shunga ko‘ra u barcha narsalarning o‘lchovidir». Shuningdek, insonni barcha mavjudotlarning eng baxtsizi, uning kelajagi yo‘q, deb hisoblovchilar ham bo‘lgan.

Inson va uning tabiati necha ming yillardan beri maxsus o‘rganilishiga, tadqiqotlar turli tomonlardan olib borilgani, ularning har biri o‘zining tahliliga va xulosasiga egaligi, juda ko‘plab nazariyalar ilgari surilgani holda hozirgacha aniq va

tushunarli javob yo‘q. Qiyinchilik shundaki, kishilar g‘oyat darajada turlicha va takrorlanmasdir. Ichki dunyosi to‘g‘risida gapirmaganda ham ular nafaqat tashqi ko‘rinishlari, balki xatti-harakatlari bilan ham bir-biriga o‘xshamagan va ayni paytda juda murakkabdir.

Yer yuzida yashayotgan olti milliarddan ortiq odamdan ikkita bir-biriga aynan o‘xshashi topilmaydi. Agar tadqiqotchi inson tabiatini u mansub bo‘lgan madaniy olam bilan taqozo etilganini hisobga olib ish ko‘rsa, murakkablik ko‘lami qanchalar katta bo‘lishi oydinlashadi. Shunga qaramay insoniyat oldida o‘z-o‘zini bilish vazifasi o‘tkir muammo bo‘lib turibdi. Zero, u insonning xattiharakati, nazoratsiz faoliyati natijasida paydo bo‘lgan muammo-Inson — murakkab



mavjudotlar — Yer yuzida yalpi tinchlikni saqlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, yadro sanoati chiqindilarini xavfsizlantirish, sayyoradagi yalpi isib ketishning oldini olish, terrorchilikka, narkomaniya va narkobiznesga qarshi samarali kurashish, irqiy kamsitishlarga barham berish, demografik muammolar va qashshoqlikni bartaraf etish kabi bir qator masalalarni hal etishni talab etmoqda. Bundan tashqari insonning murakkab tabiati Sayyora miqyosida noyobligi bilan ham alohida ajralib turadi18.

Hozirgi bilimda inson sifatlarining umumlashtirilishi. Hozirga qadar inson haqida ruhshunoslik, etnografiya, fiziologiya, tibbiyotshunoslik va h.k. to‘plangan bilimlarni eng umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

Birinchidan, inson tabiiy-biologik cho‘qqisida turganligi bilan hayvonlardan farqli o‘laroq tana tuzilishiga ko‘ra, jumladan, odatdan tashqari qayishqoqligi bilan ajralib turadi va barcha asosiy darajalariga ko‘ra o‘ziga xosligiga ega; anatomik tuzilishiga ko‘ra tik yurishga moslashgan, bosh suyagi qobig‘ining, miya yarimsharlarining o‘lchami, qo‘llari va oyoqlarining o‘ziga xos tuzilishi bilan farqlanadi. Biologik mavjudot sifatida baquvvat hayvonlarga qiyoslaganda kuchsiz va nozikligiga qaramay Yer yuzida eng katta qudratga ega bo‘lgan mavjudotdir. Unda to’rt oyoqli mavjudotlarda bo’lmagan sifat – tana barcha a’zolari ijodiy murakkab mehnat jarayonlarini bajarishga moslashgan. Bular quyidagilarda ko’rinadi: qo’llar va ulardagi barmoqlarning turli yumushlarni bajara olishi; ko’z a’zolarining uch o’lchovda ko’ra olishi bilan makonda mo’ljalni to’g’ri olishi va hokazo.

Ikkinchidan, inson ijtimoiy tabiatiga ko‘ra mehnat qurollari yasaydi, olovdan foydalanadi. Tilga ega bo‘lib, o‘z fikr-o‘ylari va g‘oyalarini ifodalay oladi; o‘ziga ma’lum bo‘lgan va bo‘lmagan narsalarni yarata oladi, ishlab chiqara oladi, unga hech narsa yot emas: nozik did egasi, saxiy va xudbin, yumshoq va qat’iyatli, mehrli va g‘azabli.

Uchinchidan,inson o‘zining ruhiy-ma’naviy mavjudot maqomiga binoan yuksak intellekt, xotiraga, tengsiz hissiyotga egaligi, o‘ylash, rad qilish, hisob-kitob qilish, rejalashtirish, xayol surish va hokazo imkoniyatlari bilan mo‘jizalidir. Faqat u o‘zining o‘limini oldindan ko‘ra oladi. Voqelikka eng yuksak darajada mehr qo‘ya bilishi, aldashi, va’da berishi, hayratlanishi, qayg‘urishi, nafratlanishi, kinoya qilishi, rollarni bajarishi mumkin va h.k. Bularni mulohaza qilish o‘z navbatida inson bilishining falsafa, fan va din kabi sohalaridagi jiddiy muammolardandir.
Bilish – insonning ehtiyoji. Inson o’zini o’rab turgan voqelik bilan munosabatga kirishishga, uni bilishga majbur. Bilish inson bilan dunyo o’tasidagi asosiy munosdabatdir. Birinchidan, inson tabiatan har narsaga qiziquvchan mavjudot. U o’zi atrofida yuz berayotgan voqealardan hayratlanadi, ularning tag ildizlarini bilishga harakat qiladi. Ikkinchidan, insonning muayyan ehtiyojlari uni atrof-muhitga moslashishini taqozo qiladiki, bu ham bilishga undaydi. Uchinchidan, insonda oqilona tushuntirish qiyin bo’lgan ichki bir jihat ham borki, u insonning bilishga doir hatti-harakatini stixiyali bo’lsa-da, belgilaydi.

Bu yerda yana shuni aytish kerakki, biluvchi mavjudot bo’lgan inson o’zini-o’zi bilishga ham harakat qiladi. Odatda, insonning qaysi ijtimoiy-madaniy muhitda shakllanganligiga ko’ra, uning bilishi belgilanadi. Sharqona an’analarda insonning o’zini-o’zi bilishiga katta ahamiyat berilgan.

O’zini-o’zi bilish tashqi dunyoning bilishi zaruriyati bilan bog’liqlikda kechadi. Lekin inson har doim ham o’zi to’g’risida ob’ektiv va mukammal bilimga ega bo’lavermaydi. Uning o’zini-o’zi bilishi boshqalarning u to’g’risidagi bilimlari va tashqi dunyoni bilishi natijalari bilan muqoyasa etilmog’, to’ldirilmog’I lozim. Bunda nazarda tutish kerakki, G’arb-Yevropa madaniyatida insonning tashqi dunyoni o’zlashtirishi, egallashi muhim hisoblanadi.

Insonning bilishida har doim tevarak-atrof hodisalarini (dunyo qanday tuzilgan? Uning siru sinoati nimada? va h.k.), o’zining imkoniyatlarini (dunyoni bilishi muammolari) va yashashi shartlarini (yashashning ma’nosi, maqsadi va h.k.) mulohaza qilishi lozim. Bular ayni vaqtda falsafiy bilishning tegishli tarzda, uchta katta qismi – ontologiya (qadimgi yunoncha ontos – voqelik, borliq, logos – ta’limot), gnoseologiya (gnosus - bilish) va antropologiya (antropos - inson) muammolari jumlasiga kiradi.



Bilish darajalari . Bilish insonning ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va tuyish sezgilari orqali voqelikdan olgan ta’sirlaridan boshlanib, shu sezgilarning oddiy tarzi – tuyg’ular, so’ngra idrok yoki hissiy qabullash va tasavvurdan tashkil topadi.Bu uning hissiy bilish deb atalgan birinchi darajasini bildiradi.

Hissiy bilishdan boshlangan jarayon aqliy (ratsional) bilish darajasi bilan yakunlanadi. Uning shakllari bo’lib tushuncha (muayyan turdagi narsa, hodisa yoki voqea to’risida umumlashma filr), hukm (tasdiq yoki inkorni bildirgan fikr) va xulosa (olingan yangi fikr) hisoblanadi. Umuman olganda, bilish hissiylik va ratsionalliik birligidan iboratdir.

Bilishning bu o’zaro taqozolangan ikki darajasi inson hayot-faoliyatining barcha sohalarida va u aloqada bo’lgan voqelikni o’rganishda ham amal qiladi.

Bilishning natijasi bilim bo’lib, xilma-xil tarzlarda mavjuddir.

Voqelik haqida bilimlarga ega bo’lishda bilish jarayoni doirasida xotira, xayol, intuitsiya va ijod hodisalari ham kuzatiladi. Agar xotira yordamida inson hissiy va aqliy shakllarda olingan bilimlarni saqlab qolsa va tiklasa, xayol yordamida esa ilgari ma’lum bo’lgan yoki yangi his-tuyg’ular va fikrlar gavdalantiriladi. Odatda, xayolda har doim yangilik unsurlari bo’ladi.

Intuitsiya (e’tiborlik qarash) yordamida inson dalillar va mulohazalarsiz muayyan bilimga ega bo’ladi. Qator mutafakkirlar intuitsiyani inson va uni o’rab turgan Olam o’rtasidagi har doim mavjud bo’lgan muvofiqlik deb qaraydilar.

Bilish insonning ajralmas salohiyati ekanligidan uning tabiatan ijodkorligi kelib chiqadi. Ijod – bu ilgari bo’lmagan bilimni yoki uning asosida u yoki bu moddiy ob’ektni yaratishdir. Ijodkorlik darajalari farqlanadi. Geniallik tufayli eng ko’p natijaga erishish mumkin. Talantlilik ham insonning yuksak salohiyati ifodasidir.

Haqiqat muammosi. Bilimning voqelikka qanchalik mos kelishligi masalasi – haqiqat masalasi qadimgi mutafakkirlarni hozirgacha o’ylantirib keladi. Bunda, ayniqsa, hozirgi davrda bu xusuda xilma-xil fikrlar o’rtaga tashlanmoqda. Ulardan biriga, muvofiqlik konsepsiyasi deb atalganiga ko’ra, fikrning u ifodalagan ob’ektga aynan mos kelishi haqiqat bo’lib, uni har qanday sharoitda tekshirish mumkin.

Haqiqatning boshqa bir konsepsiyasiga ko’ra, ob’ekt haqidagi bilimlar o’zaro olinganda ziddiyatli bo’lmasligi kerak. Bu jihatdan olganda, ushbu konsepsiya muayyan jihatlardan o’zidan oldingisini to’ldiradi.

Haqiqatning foydaliligiga asoslangan pragmatik konsepsiyaga ko’ra, bilimlarning tekshirilishi amalda ish-harakat jarayonida bajarilishi lozim. Muvofiqlik konsepsiyasida olinadigan haqiqat tabiatshunoslikdagi bilimlar tabiatini ifodalasa, haqiqatning pragmatikligi texnologik va iqtisodiy sohalardagi bilimlarni ifodalaydi. Abstrakt bilimlar haqiqiyligini ifodalaydigan konsepsiya, ayniqsa, matematika va mantiqda, shuningdek, filologik fanlarda qo’l keladi.

Bilimlarning haqiqatliligi tabiati undagi mutlaqlik va nisbiylik hamda konkret vaziyatlarda qaralishi mumkin. Ulardan birinchisi bilimlar tarkibidagi davom etib kelayotgan, o’zgarmas jihatlarni anglatsa, ikkinchisida bilimlarning tobora chuqurlashib, boyib borishligi tushuntiriladi.

Haqiqatning konkretligi shundaki, bilimlar qaysi konkret joy va vaqtda olingan bo’lsa, o’sha sharoitlarda to’g’ridir.

Fan - ilmiy bilim. Haqiqatlilik masalasi, dastavval, ilmiy bilimlar bilan bog’liq. Chunki fan mohiyat-e’tibori bilan voqelikni tadqiq etib haqiqiy bilimni berishi lozim. Bunda fanning turli sohalar bilimlarini ifodalaganiga ko’ra tasnif etish zarur bo’ladi. Eng umumiq tarzda uni umumgumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, aniq fanlar va tabiatshunoslik fanlari ko’rinishida olish mumkin.

Tabiatshunoslik fanlaridan hosila sifatida tibbiyot, qishloq xo’jaligi va texnik fanlar farqlanadi.

Falsafiy bilimlar haqiqat bilan ish ko’radigan ilmiy bilimlardan farqli o’laroq erishilgan donolik asosida dunyoqarashni ifodalaydi.

Falsafiy bilish.Kishilar hayotining falsafiy dunyoqarashsiz tasavvur qilib bo’lmasligini quyidagilarda ko’ramiz:

Birinchidan, falsafiy dunyoqarash hamma vaqt ilg’or, zamonaviy bilim bilan o’zaro bog’langan va unga hamisha ehtiyoj sezadi. Tarixan fan falsafa tarkibida qaror topgan, amaliyoitda dalil-isbotlari sinalgan, qo’yilgan aniq savollarga uzil-kesil javob berishi, umuahamiyatli natijalar, umum tan olingan bilmlarning tobora ko’payib borishi bilan undan ajralgan.

Ikkinchidan, falsafiy dunyoqarashda muammolar hech qachon bir ma’noli, qat’iy yechimga ega bo’lmaydi. U har doim yangicha yondoshishga, masalani yangicha qo’yishga o’rin qoldiradi. Binobarin, falsafada yakdillik hech qachon bo’lmagan.

Uchinchidan, falsafiy dunyoqarash mavjudligi – zaruriyati. Bu fan va undan tashqarida olingan bilimlar (masalan, din, mistika) nisbatidagi nomatlub muqobilliklarni bartaraf etish ehtiyoji bilan bog’liq.

G’arb dinshunosligi ilmi vakillari diniy dunyoqarashga bo’lgan zaruriyatni quyidagicha izohlaydilar:

1.Hozirgi dunyo o’zining ko’pgina adolatsizliklari bilan boshqa adolatli dunyo to’g’risida o’ylashga majbur qiladi.

2.Turmush qiyinchiliklari ma’lum kishilarda qator axloqiy masalalarni kun tartibiga qo’yadiki, ularni mulohaza etish ko’p hollarda diniy masalalar tusini oladi.

3.Sivilizatsiya ilgarilama harakati tufayli din ta’siridan qutulishga bo’lgan mayl (sekulyarizatsiya) qanchalik kengaymasin – bu ateizm (dahriylik) mafkurasini shunchalik kuchayisini bildirmaydi. Diniy va dunyoviy tafakkurning bir butun kengayishiga xizmat qiladi.

4.Har bir insonda bo’ladigan so’nggi orzu-umid, uning borlig’i bilan bog’liq bo’lgan munosabatning ijtimoiy ifodasi hisoblanadi.

5.Inson borlig’ining ayni jihati xudoga bog’liq deb idrok qilinadi.

6.Insonning tabiati shundayki, ma’lum kishilar borliqning ma’nosini millatda (millatchilik), xalqda (national sotsializm, fashizm), irqda (irqchilik), sinfda (markscha-lenincha ta’limot), partiyada (partiyaviy totalitarizm), buyuk shaxsda (xarizmatizm), fanda (stsiyentizm – inglizchada fan degani) va hokazolarda ko’radiki, bu ham oxir-oqibatda dindan boshqa hech narsa emasdir.

Hozirgi zamon bilimlari postnomumtozlik davri belgilari bilan tavsiflanadi. Bu belgilar ichida asosiysi bo’lib intersubyektivlik hisoblanadi. Subyekt o’rnining oshib ketganligi falsafa va fandagina emas, balki ma’naviyatning boshqa shakllariga tegishli bilimlar sohasiga ham oiddir.


Asosiy tushunchalar


  1. Bilish – insonning tashqi dunyo hodisalari va o’z to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lish salohiyati.

  2. Bilim – bilish jarayonining yakuniy ifodasi.

  3. Haqiqat – bilimlarning voqelikka mos kelishidir.

  4. Fan – tartiblangan va turmushda qo’llanilayotgan bilimlarning keng maqomda, ijtimoit institut sifatida olinishi. Inson – Sayyoradagi jonli tabiatning eng yuksak bosqichini ifodalab, jamoaviy va anglangan hayot tarziga ega mavjudot.

  5. Inson tabiati – odamzot mavjutligining biologik, ruhiy, ijtimoiy va hozirgi vaqtda koinotiy jihatlar yig’indisi sifatida qaralishi.

  6. Donishmand – inson va uning olamga munosabatini mulohaza qilish hamda boshqalarga tushuntirish salohiyatiga ega mutafakkir.

  7. Falsafa – alohida taxlitdagi bilimlar tizimi bo’lib har qanday dunyoqarashning umummag’zini tashkil etadi.

Savollar va topshiriqlar


  1. Inson bilishi o’z-o’zidan kechadimi yoki maxsus amalga oshiriladimi?

  2. Inson bilishi o’zini o’zi bilishdan boshlanadimi yoki tashqi dunyoni bilishdan?

  3. Bilish jarayoni qanday tarzda kechadi?

  4. Haqiqat muammolarini mulohaza qilib ko’ring.

  5. Falsafiy donolik bilan fan haqidagi umumiylikka egami?

  6. Hozirgi zamon bilimlarining postnomumtoz tabiatini tushuntirib bering.

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Қуръони Карим. Тошкент, 2001.

  2. Инжил. Швеция-Стокгольм. 1993.

  3. Мифы народов мира. М., 1991.

  4. Бехтерева Н.Т. Механизм управления памятью человека. Л. , 1989.

  5. Алексеев В.П. Становления человечества. М., 1984.

  6. Кликс Ф. Пробуждающееся мышление. У истоков человеческого интеллекта. М. 1983.

  7. Окладников А.П., Окладникова Е.А. Заселение Земли человеком. М. 1984.

8. Sh.Azizov. Shaxs va jamiyat darsligi.Sharq n-ti.2010


2-§. Insonning yaratilishi to’g’risidag diniy qarashlar,antropogenezning noananaviy ilmiy nazariyalari
Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə