O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Reja 1. Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to’g’risida



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə15/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58

Reja
1. Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to’g’risida.

2. Koinotiy nazariya va Darvinizm

3. Mehnat nazariyasi va Bextereva nazariyalari

4. Anomal hodisalar nazariyasi
Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko’ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan miflaridan birida tasvirlanishicha, erkak va ayol xudolar suv xudosi bo’lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichiml;ik miqdorini ko’paytirish usulini topishini so’rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo’lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol bo’lgan.

Birinchi insonning paydo bo’lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho’qqisida yashagan xudolardan odamlar tug’ilganlar.

Nasroniylikning muqaddas kitobi “Injil”da aytilishicha “…Yana Xudo: “O’z suratimizga ko’ra, O’zimizga o’xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko’k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin”, dedi … Xudovandi Karim yerning tuprog’idan odamni yasab, uning dimog’iga hayot nafasini pufladi. Shu yo’sinda odam tirik jon bo’ldi”19.

Qur’oni Karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: “…Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So’ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So’ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go’sht qilib yaratdik, bas, parcha go’shtni suyaklar qilib qilib yaratib, (bu) suyaklarga go’sht qopladik, so’ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik”20.



Buddaviy dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo’lgan kuchlarning o’tkinchi yig’indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko’ra va ularga bog’liqlikda paydo bo’lib, yana yo’qolib turadi.

Ko’rinib turibdiki, diniy nuqtai nazarlarda ham javoblar xilma-xil. Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo’lib asta-sekin to’planib brogan ilmiy dalillar xizmat qilgan.

Diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o’tmishda, ayniqsa, yangi zamonning boshlaridan Yevropada to]plangan ma]lumotlar insonning paydo bo’lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning, garchi ular boshqa biologic tur – hayvonlarga tegishli bo’lsa-da, kishilar suyaklariga ham o’xshashligi ma’lum bo’ldi. Bundan tashqari, hayvonlarning ayrim yuqori turlaridagi ba’zi sifatlar maymunlarning morfologik tuzilishi va qushlarning ikki oyoqda yurishi, ko’pgina jonzotlarning eng soda qurollar yordamida “uy-joy” qurish, o’ziga xos tarzda tildan, raqsdan foydalanishi, jamoa bo’lib yashashi va hokazolar ham e’tibordan tashqarida qolmagan. O’z navbatida bular odamning yaratilishi to’g’risidagi diniy qarashlarga bog’liq bo’lmagan holda tushuntirilishi lozim edi. Yoki topilgan tosh qurollarning kimga tegishliligi ko’p bahslarga sabab bo’ldi. Bu qurollarni hayvonlar yasamaganliklari uchun ularniki bo’lolmasligi aniq edi.

Tabiatshunoslik dalillariga tayangan holda aytish mumkinki, insonning kelib chiqishi to’g’risida turli-tuman qarashlar mavjud. Jumladan, ulardan biriga ko’ra, o’tmishi 100 million yillarga borib taqaladigan xordalilar (Chordata) tipiga mansub bo’lib, qandaydir koinotiy falokat tufayli qirilib ketgan umurtqalilarning kichik avlodi — dinozavrlardan 60 million yil avval sut emizuvchilar (Matalia) sinfidan kelib chiqqan so‘nggi primat (Primates)ning gominid (Hominid) oilasi insonning qadimiy ajdodlaridir. 2-3 million yil avval tadrijiy shakllana boshlagan inson (Homo) zoti dastlabki mohir odam (Homo hobilis)ning turli avlodlari nutq kurtaklariga, rivojlangan panjalariga ega, qo‘l cho‘qmorlari tayyorlashga qodir maymun-odam (Pitekos antropos), keyin esa qadimgi odam (Arhantropos) va 150 ming yil avval kelib chiqqan, miyasi rivojlangan, nutqi ravon va xilma-xil mehnat qurollarini yasay oladigan va tik yuruvchi odam (Homo erectus) bosqichlarini bosib o‘tgan. Hozirgi odam — aqlli odam (Homo sapiens) turi Yer sharida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 90-100 ming yildan beri yashab keladi.



Koinotiy nazariya. Bu nazariyaga ko‘ra moddiy obyektlar harakati maqsadga yo‘naltirilgan tarzda kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat tortilgan, balki o‘zida uni ifodalaydi. Bunday yondoshish asosida hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi doirasida insonning paydo bo‘lishi to‘g‘risida muayyan nuqtayi nazarni ilgari surish mumkin bo‘ladi. Masalan, rus olimi va mutafakkiri V.I.Vernadskiy hayotni koinotiy hodisa hisoblab, unga tadrijiylikning qonuniy mahsuli sifatida qaragan.

V.I.Vernadskiy Yerda hayotning kelib chiqishi va u bilan bog‘liq holda biosferaning paydo bo‘lishi insonning kelib chiqishidan boshlangan antropokoinotiy tizim fan rivojlanishining insoniy yo‘nalishi bilan qo‘shilib noosfera qaror topishini bashorat qilgan edi.



Darvinizm. Tadrijiylik doirasidagi Darvin ta’limotiga ko‘ra insonning kelib chiqishi va mavjudligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi.

Charlz Robert Darvin (Angliya, 1809-1892) “Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi” (1859), “Madaniy o’simliklarning va uy hayvonlarining o’zgarishi” (1859), “Madaniy o’simliklar va uy hayvonlarining o’zgarishi” (2 jildlik, 1871), “Inson va hayvonlarda emosiyaning ifodalanishi” (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va ideallarini qayta qurdi. Lamarkning chiziqli determinizmi bartaraf etilgan edi.

Darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to’la shakllanib bo’lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o’z aksini topmagan. K.Marks va boshqalarning ijtimoiy omillar to’g’risidagi qarashlari bu ta’limot muallifiga noma’lum edi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra, darvinizmning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar nazarga olinmagan.

Darvinning tadrijiylik nazariyasi nuqsonlarini dastlab tadrijiylikning mehnat nazariyasi to‘ldirishga qodirday ko‘ringan edi.

Mehnat nazariyasi. Mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga tirik mavjudotlar

ichida alohida maqom berib, uning kelib chiqishini sakrashlar, inqilobiy jarayonlar tarzida talqin etadilar. Bu jarayonlarda mehnatning tutgan o‘rni belgilovchi deb olinadi. Bu nazariyaga ko‘ra insonning qaysi hayvondan va qanday tarzda kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi masalaga javob berish lozim edi. Charlz Darvin va uning maslakdoshi Alferd Uollesning tadrijiylik nazariyasi tarafdori bo‘lgan ingliz tabiatshunosi Tomas Gekslining 1863-yilda bosilib chiqqan «Tabiatda insonning o‘rni» asarida birinchi marta maymunlar, xususan, shimpanze va gorillo bilan insonning o‘xshash tomonlari to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashga jiddiy urinilgan.Oradan o‘n yilcha o‘tgandan so‘ng Ch. Darvinning kishilar ajdodlarining kelib chiqqanligi haqida yangi dalillar keltirilgan navbatdagi tadqiqoti — «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlov» asari yaratildi. Unda inson allaqachonlar qirilib ketgan qandaydir neytral mavjudotlardan kelib chiqqan degan g‘oya ilgari surilgan. Lekin bu fikrlarga qaramay F.Engelsning «Maymunning odamga aylanishi jarayonida mehnatning roli» asari ta’sirida inson va maymun yaqinligi to‘g‘risidagi faraz keng tarqaldi.

Mehnat nazariyasiga ko‘ra insonning maymundan qanday kelib chiqqanligini asoslash esa muammoligicha qolmoqda. Bunda ayniqsa insonning maymundan uchta asosiy farqi — tik yurishi, qo‘llarining rivojlanganligi hamda katta hajm va vaznga ega bo‘lgan miyaga egaligi o‘z izohini talab qilmoqda.

Bextereva nazariyasi.Antropogenezning mehnat nazariyasi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari XX asrning ikkinchi yarmida koinotni o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlanmoqda. Buning qator sabablari bor, albatta. Masalan, uchuvchi boshqaradigan fazo kemalarining Yer orbitasiga chiqarilishi, Quyosh tizimidagi yaqin va uzoq sayyoralarga ilmiy-amaliy maqsadlarda kemalar uchirilishi, shuningdek, Yerdan tashqari sivilizatsiyalar to‘g‘risidagi masalalarning fanda keng muhokama qilinishi shular jumlasiga kiradi.

Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis hisoblangan akademik N.T.Bexterova nuqtayi nazariga ko‘ra inson koinotdan Yerga kelib ko‘payib ketgan. Haqiqatan ham hozirgi zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar to‘plangan. Masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. Lekin Yerda inson miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha past. Binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgacha saqlanib qolgan.

Hozirgi vaqtda Koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish ehtimoli tasdiqlanmadi. Bunga astronomlarning Yerda hayotning noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi ko‘zga tashlanadi.

Anomal hodisalar nazariyasi. Insonning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida qayd qilingan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy zaminlariga e’tibor kuchaymoqda. Jumladan, bunda vulqonlarning tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, Yerda iqlimning o‘zgarishi, Quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radiatsiyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.

Inson kelib chiqishining anomal nazariyasida boshqa nuqtayi nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. Bu nazariya ba’zi primatlarning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini, dastlabki odamning ilk tosh qurollardan qadimiyroq ekanini va hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani tasdiqlovchi misollar hozircha yetarli emas. Shunday qilib, antropogenez muammolari bugunga qadar o‘z yechimlarini kutmoqda. Antropogenez bo’yicha keying yillarda qator yangi, noan’anaviy nazariyalar ham ilgari surildi. Bularga quvvat-axborot (K.Pribram, D.Bom), oqsil (Foxt va boshqalar), madaniyat (L.Memford), o’zaro munosabatlar (L.Maklyuen), sinergetika (I.Prigojin) nazariyalari kiradi.


Asosiy tushunchalar


  1. Antropogenez (yunoncha, insonning kelib chiqishi) – inson zoti kelib chiqishi jarayoni, shart-sharoitlari va mexanizmini anglatadigan tushuncha.

  2. Din — insonning xudoga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan dunyoqarashi, dunyosezishi va xatti-harakatlari tizimi bo‘lib, o‘z ichiga ijtimoiy me’yorlar, rollar, odatlar, e’tiqodlar, standartlar, tashkiliy shakllarni oladi. Hozirgi vaqtda monistik nasroniy, islom va budda jahoniy dinlar hisoblanadi. Bundan tashqari, uning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolgan shakllari ham uchraydi.

  3. Injil (yunoncha: xushxabar, ezgu xabar) — iudaviy va nasroniy dinlarning muqaddas kitobi.

  4. Mehnat – insonning maqsadga muvofiq faoliyati.

  5. Mif (yunoncha: hikoya qilish, arabchada: asotir - ertak) — kishilar qadimgi davr dunyoqarashining o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, o‘zida uning unsurlarini (masalan g‘ayritabiiylikni) jam etgan.

  6. Muhit — inson o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jamiki shartsharoitlar yig‘indisi.

7. Tadrijiylik — keng ma’noda Olam va uning turli sohalaridagi o‘zgarishlar kechishi to‘g‘risidagi falsafiy va ilmiy nazariya, tor ma’noda esa sekin-asta bo‘ladigan o‘zgarishlar tavsifi.

8. Qur’on (arabcha, o‘qish) — Islom dinining muqaddas kitobi.




Savollar va topshiriqlar
1. Antropogenezning mohiyati nima?

2. Inson kelib chiqishi qanday afsonalarda qanday tushuntiriladi?

3 . Antropogenezning diniy talqini qanday asoslarga tayanadi?

4. Jahoniy dinlarda inson kelib chiqishi talqinining umumiy

va xususiy jihatlarini tushuntirib bering.

5. Antropogenezning tadrijiylik nazariyasiga olimlardan kimlar

hissa qo‘shganlar?

6. Darvin ta’limotining nuqsonlari nimada?

7. Mehnat, Koinot haqidagi nazariya haqidagi fikringiz?

8. Anomallik antropogenezda mustaqil hodisami yoki qo‘shimcha

omil?
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Қуръони Карим. Тошкент, 2001.

  2. Инжил. Швеция-Стокгольм. 1993.

  3. Мифы народов мира. М., 1991.

  4. Бехтерева Н.Т. Механизм управления памятью человека. Л. , 1989.

  5. Алексеев В.П. Становления человечества. М., 1984.

  6. Кликс Ф. Пробуждающееся мышление. У истоков человеческого интеллекта. М. 1983.

  7. Окладников А.П., Окладникова Е.А. Заселение Земли человеком. М. 1984.

8. Sh.Azizov. Shaxs va jamiyat darsligi.Sharq n-ti.2010

3-§. Sotsiogenezning boshlanishi. Ruhiyat
Reja

1.Sotsiogenezning umumiy tavsifi.

2.Ishchi farazlar

3.Ruhiyat.

4.Tafakkur,tanlov va til

Antropogenez nazariyalaridan ko’rinadiki, ularda insonning kelib chiqishida aniqlanmagan va tushuntirilmagan jihatlar anchagina. Insondek murakkab mavjudot tadrijini izohlashda, balki bu tabiiy holdir. Shunga ko’ra, bu nazariyalar bir-birini to’ldiradi, deb hisoblash mumkin. Ulardan mantiqan o’zini oqlaganlaridan (masalan, qurolsozlik, mehnat nazariyalaridan) ishchi nazariya sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Insonning kelib chiqishida tabiiy jarayonlarning o’rni alohida bo’lsa-da, boshqa jihatlarni ham inkor etib bo’maydi.

Antropogenez jarayoni sotsiogenez (lotinchada socialis umumiy-ijtimoiy va genesis — kelib chiqish) jarayoni bilan to‘ldirilganda xiyla oqilona tushuntirilishi mumkin. Insonning sotsiogenezi haqidagi farazlar antropogenezni izohlaydigan ta’limotlardan anchagina ortiqligi bilan ajralib turadi.

Bu bilimlar tabiatidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqilsa, sotsiogenezning bayoni qanchalik murakkabligi ravshanlashadi. Shunga ko‘ra, sotsiogenez nazariyalarida ko‘p jihatlardan formal mantiq kuchiga tayanishga to‘g‘ri keladi.

Oldingi bobda aytilganidek, antropogenez tarixi bir necha million yil avval boshlangan bo‘lib, bu davrda yashagan primatlar qurollar bilan ishlash faoliyatiga ega bo‘lmagan. Bular tayoqlar va toshlardan faqat himoya va hujum vositasi sifatida foydalanganlar.

Inson tadrijining sotsiogenezi (bu jarayon 2 million yildan beri davom etadi) kishilarning sotsiumga mansub zotlar bo‘lib shakllanishini anglatadi. Bunday shakllanish kishilarning muayyan vaqtda muayyan hududdagi turli-tuman munosabatlaridan tashkil topgan turmush faoliyatini ifodalashi aniq.

Insonning kelib chiqishi sotsiogenez jihatdan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

—birinchidan, qaysi ijtimoiy omillar kishilarning kelib chiqishiga ko‘mak beradi?

— ikkinchidan, inson qaysi tadrijiy bosqichlarni bosib o‘tdi?

— uchinchidan, insonning ijtimoiy shakllanishi mexanizmi qanday kechdi?

— to‘rtinchidan, Yer yuzi mintaqalarida kishilar tarqalishining shart-sharoitlari nimalardan iborat va uning mexanizmi qanday bo‘lgan?

Ayni vaqtda bu savollar sotsium kelib chiqishining asosiy masalalarini ham o‘z ichiga oladi.

ta’limotlarning ko‘pchiligida Homo sapiens (Mohir odam) bosqichidan boshlab sodda tosh qurollar yarata boshlandi, deb ta’kidlanadi. Garchi yuqorida ko‘p o‘rinlarda ta’kidlanganidek, antropogenezning ham, sotsiogenezning ham qurol yaratish, undan foydalanish omillari bilan bog‘liqligi yagona asos bo‘lmasada, har holda dastlabki faraz sifatida ancha-muncha masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun sotsiogenezda qurolsozlik faoliyati nazariyasiga ko‘proq tayaniladi.

Mohir odamlarning paleontologik qoldiqlari tasdiqlashicha, ular miyasining tegishli qismlarida qurollar yasash ko‘nikmalari qayd etila boshlangan. Lekin insonning bevosita qurol yasash faolligi anglaganligi, maqsadga yo‘naltirilganligi keyinroq yuz bergan.

Shakllanayotgan inson davri pitekantroplardan boshlangan. Ularda nisbatan yuksakroq birdamlik, marhumlarni ko‘mish va hokazolar mavjud bo‘lgan. O‘z navbatida bular hayvonlar hamjamoalaridan tubdan farq qilgan yangi holatga o‘tishni bildirar edi. Bu holat esa ajdodlarimiz turmushini ta’minlovchi turmush ehtiyojlarini o‘zaro muvofiqlashtirib qondirishni anglatgan.

Antropogenezni tushuntiradigan ta’limotlarning ko‘pchiligida inson avlodlari hayot faoliyatining muhim jihati qurollar yasash ekanligi aytilgan edi. Antropogenezning markscha tushuntiradigan ta’limotining bunday shaklida hayvondan insonga o‘tishning bosh bo‘g‘ini tarzida qarash mavjud. Bu, albatta — o‘zining mavhumligi bilan ba’zi chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Chunki insonning hayvon ajdodlaridagi sodda qurollarni yasash va ulardan foydalanishi to‘laligicha antrobiologik instinktivlikdan iborat bo‘lgan. Bunda birinchi navbatda bu ajdodlarning hayot faoliyati uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblangan va, nihoyat, faoliyat orqali hayvonlar tashqi muhitga instinktiv moslashgan. Hayvonlarda instinktiv qurollar yasash faoliyati shakllarining kelib chiqishi gominidlardan insonga o‘tishni amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilgan.

Gominidlar rivojlanishida insoniylikning boshlang‘ich davri bo‘lib qurolsozlik faoliyati va undan instinktiv yordamchi vosita sifatida foydalanishning asta-sekin inson hayot faoliyatining o‘ziga xos usuliga o‘tishi hisoblanadi. O‘ziga xoslik esa mehnat qurollarini yasash, ishlab chiqarish alohida ehtiyojga aylanishidan iboratki, busiz inson hayotining o‘zi ham amalda bo‘lmas edi.

Qurolsozlik faoliyati tufayli ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti kabi zaruriy munosabatlarning kurtaklari qaror topadi. Ya’ni ibtidoiy jamoaning har bir a’zosi hayot kechirishni ta’minlash vositasining o‘ziga tegishli qismini bajargan. Qurollar murakkablashib brogan sari jamoa a’zolarining o‘zaro bir-birlariga bog‘liqligi ham shunga muvofiq ortib borgan. Ayni vaqtda bu holat individual qobiliyatlarni namoyon etish shart-sharoitlarini yaratib, birgalikda kechadigan faoliyatning unumdorligini oshirgan.

Insondagi bu mehnat taqsimoti eng tipik ko‘rinishda bamisoli asalarilar oilasidagi tabiat tomonidan instinktiv belgilangan dasturlarni eslatadi.
Miya va asab tizimi ruhiyatning moddiy tashuvchisi. Ruhiyatda faqat ichki, fiziologik jarayonlar emas, balki tashqi obyektlar ham ifodalanadi. Bu jihatlar bilan ruhiyat yuksak rivojlangan hayvon va insonda umumiylikka ega. Lekin insondagi ruhiyat boshlang‘ich ko‘rinishlaridayoq dastavval anglaganlik tabiatiga ega. Ikkinchidan, qurolsozlik faoliyati bilan jamoaviy taqozolangan, deb hisoblanadi. Uchinchidan, insondagi ruhiyat birgalikdagi faoliyatda erishiladigan tajribaga tayanadi. To‘rtinchidan, inson ruhiyati rivojlangan histuyg‘ ularni o‘z ichiga oladi.

Sotsiogenez omili sifatida ruhiyatning ilk o‘rni inson ajdodlaridan boshlangan mizoj va fe’l-atvor qay tarzda ularning birgalikdagi yashashiga olib kelganligi bilan belgilanadi.

Neyrofiziologiya ma’lumotlariga ko‘ra ruhiyat inson miyasining ham yaxlit va ham konkret bo‘lgan turlari faoliyatining natijasidir. Masalan, miyaning chap yarim shari so‘zlar, belgilar bilan, o‘ng yarim shari esa obrazlar, turli ko‘rinishlar bilan bog‘liq vazifalarni bajaradi. Ayni vaqtda neyrofiziologik va ruhiy jarayonlarning o‘zaro muvofiq kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham neyrofiziologiya jarayonlari bo‘yicha hatto yetuk mutaxassislar ham o‘zining ruhiyati jarayonlarini tanlashga qodir emas. Gap shundaki, ruhiyat ideal tabiatga ega bo‘lib, unda voqelik belgilardagi ma’no tarzida o‘z ifodasini topadi.

Ruhiyatning tarkibiy tuzilishini, yuqorida aytilganidek, eng oddiy ko‘rinishda hislar, iroda va idrok holida olish mumkin. Bu ularning har biri o‘z tashuvchisi faoliyatining tegishli shaklini, masalan, hislar kishilarning ilk uyushmalari ichida hamkorlikni, iroda — dushmanlar bilan kurashishda qat’iyatni, idrok esa u yoki bu tarzda bularni boshqarishni ta’minlagan.

Hozirgi zamon fani ruhiy jarayonlar kechishini qator jihatlarga ko‘ra irsiyat bilan ham bog‘liqligini isbotladi. Ya’ni, inson eng qadimgi avlodlari populyatsiyalari o‘rtasida genlar almashuvi — irsiy xususiyatlar ham ruhiyatning sotsiogenez omili bo‘lishiga ko‘mak bergan.

Tafakkur va til.Sotsiogenez tizimida inson shakllanishining uning ruhiyatida qaror topayotgan tafakkuri bilan aloqadorligi ham muhim hisoblanadi. Bu yerda butun va bo‘lak aloqadorlikni eslash o‘rinli. Negaki, shakllanayotgan tafakkur inson sotsiogenezi omillaridan sanalgani holda, o‘z tashuvchisi bo‘lgan insonga to‘laligicha tegishli.

Inson tafakkuri markazida uning yashashga bo‘lgan intilishini, erishilgan tajribani mulohaza qilib undagi zarur jihatlarni ajratib olish orqali vaziyatga ta’sir etish yotadi. Ilk insonda dastlab tashqi dunyo jarayonlari o‘rtasidagi aloqani anglash, yuzaki qiyoslash va muvofiqligini bilish tasodifiy yuz bergan deb hisoblanadi. Bunda

inson ajdodlari tafakkuri doirasi butun va bo‘lak munosabatni tushunish, makon va vaqt bog‘liqligini anglash hamda obyektlarni o‘zaro solishtirishda ularning tafakkur mantiqi hali ratsionallikdan xiyla uzoq bo‘lgan. Ya’ni, tabiiy, hissiy bo‘lib, obyektni qamrashga harakat qilingan.

Ibtidoiy kishilar tafakkuri moddiy ifodasini tilda topgan. Lekin tafakkur va til tarkibiy tuzilishi jihatidan farq qiladi. Ilk davrdanoq tafakkur shakllari va qonunlari uning tashuvchisiga nisbatan bir xil bo‘lgan. Tafakkur har doim muayyan tildagi aqliy faoliyatdir. Til bundan farqli holda tashuvchisi guruhi doirasi bilan cheklangan. Uning moddiy ko‘rinishi bo‘lgan nutqning kelib chiqishi gominidlar kichik oilasi (pitekantrop, neandertal) davriga to‘g‘ri keladi. Har bir til o‘ziga xos tarkib va ma’nodan iborat bo‘ladi. Bu davrda til og‘zaki nutq — vokalizatsiya shaklida, mimika, gavdaning holati va ishora yordamida olib borilgan aloqa ko‘rinishida mavjud bo‘lgan.

Sotsiogenez omili sifatida til ibtidoiy kishilarni birlashtirib, axborotlarni berish va olish imkoniyatini ta’minlagan. Hayot faoliyatining murakkablashuvi bilan axborotlarga bo‘lgan ehtiyoj tilning rivojlanishini taqozo etgan. Til tabiiy tovushlardan hosil bo‘lgan. Har bir sado o‘ziga xos tildir. O‘zaro aloqa ehtiyoji bu primitiv, ammo, muhim vositani takomillashtirishni taqozo qiladi. Natijada sado va tovushlar ko‘rinishida keltirilib, ulardan so‘zlar yasash mumkin bo‘ladi.

Tilda, uning keyingi rivojlanishi davomida ifodalanish orqali ta’sir etish va mansublikni aniqlash vazifalari farqlanadi.

Inson ajdodlaridagi til asta-sekin narsalar va jarayonlar mohiyatiga kirib borish vositasiga aylandi. Unda muhim bog‘lanishlar va munosabatlar qayd etila borgan. Inson tashqi muhitga hayvonlarga qaraganda yaxshiroq moslashishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda olingan bilimlar tufayli inson tashqi voqelikni o‘ziga moslashtirishga muayyan darajada erishib boradi.

Tanlov. Barcha hayvonlar hayotida bo‘lganidek, gominidlar faoliyatida ham tadrijiylikning umumiy turi sifatida ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgan tanlov mavjuddir. Biroq, sotsiogenezda uning o‘rni ibtidoiy jamoa kishilari to‘dasida boshqa hayvonlardagi eng kuchlisining yashab qolishi bo‘lmay, balki birgalikdagi faoliyatini lozim darajada tashkil etgan individ tanlanadi. Chunki, gominidlar jamoasi qanday tashkil etilganiga bog‘liq holdagina ularning keyingi hayoti davom etadi. Aks holda ichki yoki tashqi ta’sirlar ostida ular qirilib ketgan bo‘lur edi.

Tanlov ba’zan shunday yuz berishi mumkinki, bunda individlar o‘zlari uchun bo‘lmay, balki mansub bo‘lgan guruhi uchun zarur xatti-harakati orqali tanlanadi va shuning natijasida yashab ham qoladi. Bunda gominidlar jamoasining aniq tashkillashganligi yashash uchun kurashda hal qiluvchi vosita hisoblanadi.

Kishilar ajdodlarining areali kengayib borishi bilan ularning xilma-xil sharoitlarga, birinchi navbatda har doim ham qulay bo‘lmagan tabiiy sharoitlarga duch kelishi o‘z-o‘zidan ravshan. Primatlarning sharoitlarga ko‘nikishi natijasida ular turlarining ayrimlari ichida farqlanish yuz bergan. Bu jarayonda ham tanlov namoyon bo‘lib, ularning yangi xususiyatlari mustahkamlanib borgan.


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə