O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104

 

·       Talabalarni savol-javobga undash orqali guruhda muhokama muhitini yaratadi  
 
·       vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat beradi
 
·        kundalik hayotdan ibratli misollar keltiradi; 
 
·         talabalarni savol berishga undaydi; 
 
·          ilgari o‟rganilgan hodisa va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni amalga oshiradi; 
 
·          fan doirasida turli ma‟lumotlarni jonli, qiziqarli bayon qiladi. 
 
Dars jarayonida talabaning tanqidiy (tahliliy) fikrini shakllantirishda, uchta bosqichdan foydalaniladi: 
 
1.       Yo‟llanma berish; 
2.        Ahamiyatini oshirish; 
3.        Fikrlash. 
 
Talabalarning tanqidiy (taxliliy) fikrini rivojlantirishda interaktiv uslublarning muhim o‟rni bor, bular 
hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo‟naltirish, noma‟lum holatni ochishga, kashf etishga 
ko‟mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanadi. 
Darsni boshlash jarayonida talabalarda ko‟tarinki kayfiyat, yuksak ehtiros, ijodiy ruhlanish kuzatilsa 
dars jarayonining samaradorligi yuqori bo‟ladi. Bunda o‟qituvchining faoliyati aniq reja asosida, 
oldindan tayyorlangan holda bo‟lishi zarur. Demak, o‟qituvchi tomonidan dars davlat ta‟lim 
standartlari asosida olib boriladi. 
 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta‟lim jarayonidagi sifat ko‟rsatkichlarini 
yaxshilash, ya‟ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‟lgan mutaxassislar 
tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo‟llash oliy 
ta‟lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita 
o‟quv jarayonini yaxshilash, o‟quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o‟qitishning zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda 
masofadan o‟qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.  
Ta‟lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo‟ladi. Bu o‟qituvchining mahoratinigina emas, balki 
tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta‟lim uzoq davom 
etadigan jarayondir. Bilim esa ta‟limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga 
ega bo‟lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo‟lsa, ta‟lim umumiylikka egadir. Ta‟lim barcha 
uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim obyektiv borliqdagi voqyea-hodisalarning in‟ikosi 
natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo‟ladigan tushunchalar 
yig‟indisi sifatida namoyon bo‟ladi. Ta‟limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati 
bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo‟ladi. Ta‟limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan 
kishilarning saviyasi turlicha bo‟lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta‟lim bir 
xildir. O‟qituvchi bilim emas, balki ta‟lim beradi. Talaba esa ana shu ta‟lim jarayonida bilimga ega 
bo‟ladi. Buning uchun u mustaqil o‟qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo‟ladi, 
eshitganlari va o‟qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo‟ladi.  
O‟quv jarayoni bilan bog‟liq ta‟lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik 
darajada dars berish, muammoli ma‟ruzalar o‟qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil 
qilish, ilg‟or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‟llanmalardan foydalanish, 
tinglovchilarni undaydigan, o‟ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‟yish, talabchanlik, 
tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga 
o‟rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta‟lim ustivorligini ta‟minlaydi. 
Aytilganlardan kelib chiqqan holda, «Psixologiya» o‟quv kursi bo‟yicha ta‟lim texnologiyasini 
loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz: 


 

Shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim. Bu ta‟lim o‟z mohiyatiga ko‟ra ta‟lim jarayonining barcha 
ishtirokchilarini to‟laqonli rivojlanishlarini ko‟zda tutadi. Bu esa ta‟limni loyihalashtirilayotganda, 
albatta, ma‟lum bir ta‟lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati 
bilan bog‟liq o‟qish maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli yondoshuv. Ta‟lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‟zida mujassam etmog‟i 
lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo‟g‟inlarini o‟zaro bog‟langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga yo‟naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‟lim 
oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‟quv jaryonida uning barcha qobiliyati va 
imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‟naltirilgan ta‟limni ifodalaydi. 
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‟quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o‟zaro 
munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‟z-o‟zini faollashtirishi 
va o‟z-o‟zini ko‟rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta‟limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchi 
o‟rtasidagi subyektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va 
erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‟tiborni qaratish zarurligini 
bildiradi.  
Muammoli ta‟lim. Ta‟lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‟lim oluvchi faoliyatini 
aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish 
usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy 
tarzda qo‟llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‟minlanadi. 
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‟llash – yangi kompyuter va 
axborot texnologiyalarini o‟quv jarayoniga qo‟llash. 
Keltirilgan konseptual yo‟riqlarga asoslangan holda, «Kompyuter modellashtirish» kursining 
maqsadi, tuzilmasi, o‟quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqgan holda, ma‟lum sharoit va 
o‟quv rejasida o‟rnatilgan vaqt oralig‟ida o‟qitishni, kommunikasiyani, axborotni va ularni 
birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi. 
O‟qitishning usullari va texnikasi. Ma‟ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-
stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli. 
O‟qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‟zaro o‟rganishga asolangan 
frontal, kollektiv va guruh. 
O‟qitish vositalari o‟qitishning an‟anaviy shakllari (darslik, ma‟ruza matni) bilan bir qatorda - 
kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‟zaro 
munosabatlar. 
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‟rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat 
natijalarini tahlili asosida o‟qitish diagnostikasi. 
Boshqarish usullari va vositalari: o‟quv mashg‟uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta 
ko‟rinishidagi o‟quv mashg‟ulotlarini rejalashtirish, qo‟yilgan maqsadga erishishda o‟qituvchi va 
tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‟ulotlari, balki auditoriyadan tashqari 
mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring va baholash: o‟quv mashg‟ulotida ham butun kurs davomida ham o‟qitishning natijalarini 
rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari 
baholanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə