O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Yaxshi o`zlashtirgan o`quvchilarning o`z o`zini baholash natijalari



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix08.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#89101
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
ospirinlarda oz ozini namoyon qilishning ijtimoiy psixologik omillari (1)

Yaxshi o`zlashtirgan o`quvchilarning o`z o`zini baholash natijalari
. 3-jadval 
Salom 
atlik 
Aql 
Xarak 
ter 
Baxt 
Uz.Um 
.B. 
Kelajak 
Ideal 
83 
79 
79
83
88
90
Dolzarb 
70 
70
72 
72
72
78
Real 
66
50 
59
59
55
68 
Past o`zlashtiruvchilarning o`z o`zini baholash natijalari
. 4-jadval. 
Salom 
atlik 
Aql 
Xarak 
ter 
Baxt 
Uz.Um 
.B. 
Kelajak 
Ideal 
90 
80 
80 
90 
95 
95 
Dolzarb 
77 
70 
75 
72 
80 
80 
Real 
70 
59 
65 
70 
60 
70 


51 
Ushbu ma`lumotlar o`spirinlar o`z o`zini baholashning situativ xarakterda 
ekanligini va ularda ikkilanishlar mavjud ekanligini yana bir marta tasdiqladi. 
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalaridan biri o`z o`zini baholashning 
o`quvchilar o`zlashtirishi va xulq atvoriga ta`sirini o`rganishdan iborat edi. 
Shuning uchun yuqori va past o`z o`zini baholashga ega bo`lganlardan alohida 
guruh tanlab olindi. Ma`lum bo`lishicha yuqori o`z o`zini baholashga ega bo`lgan 
o`quvchilar guruhda bo`lib, buning uchun ular turli variyatarni qo`llaydilar. 
Masalan, tekshiriluvchilardan biri o`zini boshqalarning achchig`ini keltiradigan 
tarzda tutadi. O`qituvchilarga qo`pollik bilan munosabatda bo`ladi. Biroq bu 
xususiyatlarni u faqat guruhda namoyon qiladi, o`zlashtirish bo`yicha yaxshi 
o`quvchilar qatoriga kiradi va aksincha o`z o`zini baholash past bo`lgan 
o`quvchilar guruhda sezilarsiz holatni egallaydilar. Ular jiddiy og`ir vazmin 
o`zlarini tutadilar. 
Agar o`qituvchilar o`zlarining o`z o`zini past baholashlarini hisobga olib ular 
tayyorgarlik ko`rishlari uchun vaqt bersalar va ularni shoshiltirmasalar bunday 
o`quvchilar yuqori o`zlashtirishga ega bo`lishlari mumkin. 
O`z o`zini noadekvat baholash bilan bo`g`liq bo`lgan og`ishlari bo`lgan alohida 
o`quvchilar xulq atvorini korreksiyalash tadqiqotimizning amaliy yo`nalishlaridan 
biri hisoblanadi. Taassurot ob`yekti sifatida yaxshi o`qishga halaqit beruvchi 


52 
yuqori havotirlik va tez-tez yuzaga kelib turadigan emotsional zo`riqishli 
o`spirinlar tanlab olindi. 
Shu maqsadda o`tkazilgan kuzatishlar natijasida 2-guruh o`quvchisi bilan shunday 
tadbirlar o`tkazildi. Ma`lum bo`lishicha kollejga o`qishga kelgach yuqori 
xavotirlanish darajasi tufayli uni o`zlashtirishi darajasi keskin pasayib ketgan. 
Buning sababi suhbat jarayonini
 
aniqlanishicha nutqidagi nuqsonlar hisoblanadi. 
Ushbu tekshiriluvchi uchun baland va tez gapirish qiyinchilik tug`diradi. 
O`qituvchilar esa bu xususiyatni o`quvchining javob berish jarayonida inobatga 
olmay
 
unga noto`g`ri munosabatda bo`lganlar. Uning fiziologik “men” ini hisobga 
olmaganlar. Uning natijasida so`rov paytida o`quvchi materialini yaxshi bilsa ham 
javob bermagan va o`qituvchining sorov olib borishidan qo`rqqan. 
Uning ota onalari bilan suxbat otkazilgan, ota onasi oily ma`lumotli pedagoglar
o`qituvchi bolib ishlaydilar, suhbat davomida farzandlarida oquv muassasiga 
nisbatan nafrat vujudga kelganligi lekin shunga qaramasdan u juda ko`p 
shugullananishi nafrat vujudga kelishining asosiy sababi doimiy qoniqarsiz 
baholar olish ta`kidlandi. 
Suhbat jarayonida yana shu narsa xam ma`lum bo`ldiki, oxirgi paytda u o`z 
nutqining nuqsonidan uyaladigan va javob berishdan juda qo`rqadigan bo`lib 
qolgan. Shundan so`ng fan o`qituvchilar bilan ish olib borildi. O`qituvchilarga 
so`rov shaklini o`zgartirish va uni guruhda yozma ravishda yoki darsdan so`ng 
og`zaki tarzda so`rash taklif etildi. Natija darhol sezila boshladi ya`ni yaxshi va 
a`lo baholar paydo bo`ldi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə