O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#111270
1   2   3   4   5   6
Мирзохид (1)

Kurs ishining maqsadi:
O`quvchilar intellekti rivojlanishining psixologik jihatlarini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Kurs ishi maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik.

  • Kurs ishimiz muommosidan kelib chiqqan holda mavjud ilmiy manbalarni tahlil etish va shu asosda ilmiy xulosalar qilish;

  • intellekt tushunchasining o’ziga xos tarzda tushuntirilishini o’rganish.

  • Turli yoshdagi insonlar intellektining rivojlanishini o’rganish

  • Intellekt rivojida bilish jarayonlarining o’rni va ahamiyatini o’rganish.

  • Intellekt rivojiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish

  • Intellekt psixodiagnostikasi va psixokarreksiyasini o’rganish

Kurs ishining ishining tuzilishi va hajmi. Mazkur ish kirish, 2 bob 4 paragraf, xulosa, adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I.BOB. Ilmiy psixologik adabiyotlarda intellekt muommosining o’rganilishi
1.1. Aqliy taraqqiyot tarixi va hozirgi kundagi muommolari haqida
Jamiyat davlat taraqqiyotiga inson aql zakovati bilan erishiladi. Insonning aqliy taraqqiyotini tadqiq qilish bugungi kundagi fan oldida turgan muhim vazifalardan biri bo’lib qolmasdan, balki bu muommo qadimdan mutafakkirlar olimlar diqqai markazida bo’lib kelgan. Hatto mazkur muommo antik dunyoda yashab ijod etgan faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etgan. Ular dunyoni bilishning asosi aql ekanligini ta’kidlaganlar. Haqiqatdan ham intellekt insonning har tamonlama rivojlanishini, obro’ qozanish, e’tiborga ega bo’lish, hayotda o’z o’rnini topishga ham ko’mak beradi.
O’quvchilar aqliy kamolatini o’rganish ayni kunning dolzarb muommolaridandir. Aqliy kamolatning rivoji ko’p jihatdan o’quv faoliyati bilan bog’liq masaladir. Atrofni bilish va anglashni, fikr yuritish va mustaqil mushohada yurita olish, sezgirlik va zehn, qobiliyat va iqtidor aql bilan bog’liq. Inson aqlining o’sishi jamiyat taraqqiyoti bilan ham bog’ldiqdir. Jamiyat taraqqiy etgani siyin inson ongi ham taraqqiy etadi. Mazkur ishimiz mavzusiga oid ilmiy tadqiaot ishlariga nazar tashlasak, bu yo’nalishdagi muommoni o’rganish juda qadimdan boshlanganligini ko’ramiz. Chunonchi, A.Bine, T.Simon, L.Termin, E.Torndayk, Spirmen, F.Frimen, Tyorstoun, J.Gil’ford, T.Ribo, J.Piaje, Mak Ferson, K.Teylor kabi chet el hamda rus psixologlari o’z ishlarini intellekt muommosini yoritib o’tishga harakat qilganlar.
Shu kabi tadqiqotlar natijasida intellekt rivojlanishining psixologik jihatlarini o’rganishga qaratilgan ko’plab psixodiagnostik vositalar ishlab chiqilgan. Bular jumlasiga Bine – Simon, G.Ayzek, Djeis Kettel, Termin, D, Veksler, P.Torreks, A.Anastazi kabilar tamonidan ishlab chiqilgan testlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bulardan xozirgi kunda ham amaliyotda keng foydalanilmoqda.
Intellekt rivojlanishining psixologik jihatlarini o’rganish borasida respublikamiz olimlari tamonidan ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, M.T.Davletshin, E.G’.G’oziyev, Sh. Usonova, V.M.Karimova, M.M.Mamatov, B.R.Qodirov kabi olimlarimiz tamonidan intellektning rivojlanish muommosi o’rganilgan va o’rganilmoqda. Bunday tadqiqotlar respublikamizda yetishib kelayotgan yosh avlodning intellektual taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shular asosida xozirgi kunda intellekt rivojlanishini o’rganishga oid ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunga qaramay intellekt rivojlanishining psixologik jihatlari muommo bo’lib qolmoqda.
Pedagogik faoliyat jarayoni inson aqliy kamolatini rivojlantirishda muhum ahamiyat kasb etadi. Unda ta’lim faoliyatining olib borilishi o’quvchilar bilimini mustahkamlar ekan. Bilimning bunday mustahkamlanishini aqliy taroqqiyatga yordam beradi.
Inson aqliy bilimlari sistemasida charxlanib atrof –muhit, borliq predmentlari haqidagi tushunchalarni hosil qiladi. Bunday tushunchalarning hosil bo’lishi inson tafakkurni yanada rivojlantiradi. Natijada inson ongida ishbu tushunchalar yuzasidan tasavvurlar kengayadi va bunday sifatlar insonda fikr yurutishi, mustaqil fikrlash faxmlash kabi jihatlarni yuzaga keltitadi. Bu jihatlar ta’lim jarayonida yaqqol ko’zga tashlana boshlaydi. Ta’limni o’zgartirishi faollik zehinlik kabi xususiyatlar insonning tarbiyaviy tomonlariga ham tasir eta boshlaydi.
Bunday shart-sharoitlar aqliy ryvojlanishida muhum bolalik davrida aqlning shakillanishiga zamin yaratib berishi muhumdir. Bola uchun eng zaruriy shoroit muhitdir. Sog’lom psixologik muhut bolaning bilish jaroyonlarini narmal rivonlanishini taminlaydi. Shu bilan birga insonning hissiy holatlari hamda hususiyatlarining rivojlanishida muhumdir.
Manaviyat ham aqliy rivojlabishning muhum omillaridandir.
Ehtiyoj va qiziqishlar har bir faoliyatda faollik ko’rsatishni taminlaydi.
SHu jumladan buni talim faoliyatida ham o’rni beqiyos , Bunday ehtiyoj qiziqish xoxish va istaklar inson qobiyatini nomoyon qiladi. Qobiliyatli inson o’zidagi imkoniyatdan o’rinli foydalana olsa aql –zakovatni yuqori cho’qqisiga chiqadi. Qobiliyat istedot, talandt darajasiga chiqishi insonning aqliy qobiliyatiga bog’liq.
Individual yondashishni nafaqat talimda balki o’yin va mehnat faoliyatida ham mazmunli amalga oshishi kerak. Bunda aqliy taraqqiyotning dastlabki poydevori qo’yiladi. Shu bilan birga bolalarning ish hususiyatlari hamda psixolagik xususiyatlarini ibodatga olgan holda ta’lim tarbiya berish zarurdir.
Bunday vazifa psixoloflar oldiga bir qator vazifalarni yuklaydi, bular
- Bolalarni ham psixologik ham pedagagik jihatdandan chuqurroq o’rganish:
- Bola yashaydigan ijtimoiy muhitni bikish va tasir etuvchi omillarni aniqlash:
- Kattalar tamonidan bildirilgan talim tarbiyani o’zlashtirish;
- Diognostik kotteksion prafilaktik ishlarni yazshi bilish;
- Bolaga yaratilgan shoroitlarni o’rganishi va qobiliyatlarni aniqlay bikish.
Tarbiya va talim jarayoning mazmuni ikki maqsadni o’z ichiga qamrab oladi;
Birinchidan bolani aqliy taraqqiyotini taminlash ikkinchidan shazsni takomillashtirishdan tarkib topgandir. Pedagagik faoliyat shu mutakkab muommoni hal etishga qaratilmog’i zarur. Aqliy taraqqiyot insonning umumiy kamolati bilan mutonasib ravishda o’zgaradi. Aqliy taraqqiyotni royobga chiqaradigan asosiy manbalar bilim egallash jaroyoni, faoliyat emotsianol irodaviy jabxa individual hususiyat shaxslararo munosabatdan iboratdir. Aqliy taraqqiyot mikro bosqich jarayonida ro’yobga chiqa boradi.
Voqelikni aks ettirish , yangiliklarni o’zgartirish malumotni yfigd qilish orqali boyib boradi. Ayniqsa bolaning biolagik o’sishi uning aqliy taraqqiyotiga munosib qulayliklar yaratadi.
Organizmning mukammallashuvi sezgi jarayoning tiniqlashuvi ,idrokda predmentlarning asosiy xususiyatlar aks etishi mantiqiy xotiraning esda olib qolishidagi o’rni kengayob borishidagi, mustaqil fikrlay boshlash, tasavur uchun asosiy zaminlar bo’lsa o’yin, o’qish, mehnat faoliyati, aniq maqsad sari intilish, qiziqish qobiliyati kabilar aqliy taraqqiyotni taminlovchi zarur shart-shoroitlar.
Ta’lim tarbiya jaroyonida bola shaxsini individual xususiyatlari qanchalik aniq hisobga olib yondashilsa uning yashash sharoiti mazmunli va zarur informatsiyalar bilan to’ldirilib berilsa aqliy taraqqiyot uchun yangi yangi imkoniyatlar ochiladi. Aqliy rivojlanish tushunchasining o’zi turli tadqiqotchilar tamonidan har xil talqin qilinmoqda .(S.L.Rubinshitayin, B.G.Ananev), intelektni tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratish hozirgi zamon psixologiya faning dolzarb muommolaridan biridir. Afsuski nazariya ham , amalyot ham etirozga ega bo’lmagan intellekt psixodiognostika qiluvchi usullar majmuasi mavjud emasdir. Aqliy jihatdan asoslangan diognostik usullarning ko’magisiz bugunbi kunda bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini uning aqliy rivojlanishini o’qitish usullarining samaradorligini tekshirish mutloqa mumkin emas va nihoyat diognostik usullarni qo’llamay turib o’quvchilarning aqliy darajasini aniqlash va ularni shakillantirishda individual yondashuvni amalga oshirish qiyin bo’lar edi.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə