Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma



Yüklə 262,1 Kb.
səhifə3/7
tarix11.03.2018
ölçüsü262,1 Kb.
#31148
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7

Gotika tasviriy san'atida diniy va dunyoviy dunyoqarashlariga uyg'uniikni saqlagan holda rivojlandi, ayni vaqtda uning hodisalari bilan birga aks ettirishga intildi. Ibodatxonalar bezagida haykal va vitrajlar keng qo'llanilgan.

Gotiy (Gotika) uslubi (1150 - 1508) turli - tuman badiiy shakllarda namoyon bo'ladi. Me'morchilikda esa, ko'proq o'z ifodasini topdi. Gotiy jome'lari - bu uslubning eng a'lo yutuqlaridandir.

Ravoqli toqlar bilan ziynatlangan baquvvat ustunlar, rangli oyna solingan yirik derazalar, timtik uchlar gotiy jome'lariga dilovarlik baxsh etadi. Imorat hamisha go'yo yuksaklikka talpinayotgandek tuyuladi va yanada balandroq ko'rinadi. Imorat tashqarisi jozibador haykallar, ko'p miqdordagi ustunlar bilan bezatilgan.

Cherkovga kiraverishdagi peshtoq bir talay ravoqlar, haykallar, minoralar, ixcham muqarnasli derazalar bilan bezatiigan. Devorlar odatda katta derazalar yoki ganchli gardishlar bilan bezatilgan. Timsollarning yuzlari, holatiari bo'rttirilganki, shamlar nurida liboslari go'yo asta harakatlanayotgandek. Unga kirgan odam o'zini ushoqdek his etadi. Shiftning balandligi o'zaro kesishgan Salbsimon qoburg'alar evaziga ortadi.

Evropada o'rta asrlarni quyidagi davrlarga bo'lish mumkin:

1. Ilk o'rta asr – 5 -11 asrlar.

Bu davr feodal munosabatlarga o'tish, feodallar tabaqasining shakllanishi, katolik cherkovi ta'sirining kuchayishi, oliy ta'lim muassasalari – universitetlarning paydo bo'lish davridir.

2. Mumtoz (klassik) o'rta asr – 11 asrdan 15 asr o'rtalarigacha bo'lgan davr.

Ushbu davrga xos xususiyatlar shundaki, qishloqdagi ishlab chiqarish rivojlanib qolmasdan, shaharlarda ham xunarmandchilik tsexlari paydo bo'ldi, shahar infratuzilmasi yaratildi, markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi. Qirol hokimiyati kuchayib, uning jamiyat ravnaqiga ta'siri ortib bordi. Kitob nashr etish yo'lga qo'yildi, fanning qator tarmoqlariga asos solindi.

3. So'nggi o'rta asr – 16 asr – 17 asrning birinchi yarimi.

Bu davrda ilm – fan va texnika rivojlanadi. Inson turmush tarzida buyuk o'zgarishlar yuz berdi, yangi qit'alar kashf etildi. Kapitalistik munosabatlarga asos solindi. Demokratik tamoyillar shakllandi.

O'rta asrlarning “zulmat dunyosi” timsolida ushbu davr namoyondalari bo'lgan yozuvchilar, shoirlar, tarixchilar, diniy ulamolar va davlat arboblarining ham hissasi bor, albatta. Chunki ular o'z ijodida asosan zamonaviy hayotning murakkab jihatlarini aks ettirganlar. Bunday asarlarda kelajakka ishonchsizlik, hayotdan norizilik tuyg'usi sezilib turadi. O'rta asr Yevropa madaniyati cherkov – diniy g'oya bilan yaqindan bog'langan edi. Cherkov ta'siri o'rta asr madaniyatining turli sohalarida, chunonchi, fanda maktabda, adabiyotda, san'atda aks etdi.

Ilm – fan u qadar rivojlanmagan ilk o'rta asrlar davrida, taxminan II asrning 2 – yarmigacha o'rta asr jamiyatiga g'oyaviy rahbarlik asosan cherkov tasarrufida bo'ldi. Kishilarning olam to'g'risidagi bilimlari mahalliy cherkov ta'limoti doirasi bilan cheklanardi. Boshqa mamlakatlar to'g'risida ma'lumotlar juda oz bo'lganligidan, Yevropaliklar ancha vaqtgacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalarni to'qishardi. Fan va texnika taraqqiyoti darajasi juda past bo'lganligidan, odamlar qurg'oqchilik, toshqin va kasalliklar oldida ojiz edilar. Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g'oyalarni yaratdi: falsafada – teologiya, adabiyotda ilohiy, didaktik shakllar, musiqada cherkov gimnlari – liturgiya va messa, tasviriy san'atda xristianlik syujetlari (bu atama fikr so'qish, dogmatizm, mazmunsiz, yuzaki bilimni anglatgan) edi. Ilohiyot olam va inson haqidagini o'z “ilmiy” manzarasini yaratdi. Koinot xususidagi ilmda Yer-Olamning Ierusalim-dunyoning markazi, degan qarash hukmronlik qildi. Insoniy majoziy tarzda mikrokosmos, tana – yer, qon – suv, nafas – havo, harorat – olov, ya'ni u boshlang'ich ibtidodan iborat, deb qaraldi.

O'rta asr Yevropasida aholining mutlaq ko'pchiligi savodsiz edi. Savodli kishilar nafaqat dehqonlar, balki feodallar orasida ham oz sonli edi. Ritsarlarning ko'pchiligi imzo chekish o'rniga belgi qo'yganlar. G'arbiy Yevropada uzoq vaqtgacha ruhoniylargina savodxon bo'lib keldi: ular diniy kitoblarni o'qishlari, ibodat duolarni bilishlari, xudoning qudratini dindorlarga chiroyli qilib tasvirlab, kishilarni ishontirishlari lozim edi.

Cherkov va monastirlar xuzurida tashkil etilgan quyi maktablar o'z oldiga savodxon dindorlarni tayyorlashni maqsad qilib qo'ygan, bu maktablarda asosan lotin tilini, ibodat va duolar o'qish tartiblarini o'rganishga e'tibor berilar edi. 9 asrda cherkov – yepiskoplik maktablari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o'rta asr universitetlari vujudga keladi. G'arbiy Yevropa mamlakatlarning hammasidagi ta'lim muassasalarida o'sha vaqtda biron xalq gapirmaydigan lotin tilida o'qitilgan.

G'arbiy Yevropadagi dastlabki universitetlar II asrda paydo bo'lgan. Universitet – lotincha “majmua” ma'nosini ham anglatadi. Ilmiy darajalar (bakalavr, magistr, doktor) tizimi takomillashgan. Bakalavr, magistr, doktor kabi darajalar tabaqalanishi universitet ta'limining ko'p bosqichlariga mos kelar edi. Ta'limning birinchi bosqichi 7 ta fanni o'z ichiga olgan ikki davradan iborat edi:

1 davrada – trivium (grammatika, notiqlik, mantiq);

2 davrada – kvadrium (arifmetika, astronomiya, musiqa, geometriya).

Oliy maktablar 13 asrda Boloniya, Monpele, Palermo, Parij, Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. Umuman, ayrim ma'lumotlarga ko'ra, 15 asrga qadar Yevropa davlatlarida 60 ga yaqin universitet ochilgan.

14 asrdan qog'ozning keng qo'llanishi esa, uni yanada ko'proq chiqarish imkoniyatini tug'dirdi. Qog'oz Xitoydan Sharq davlatlari, jumladan, Samarqand orqali Yevropaga kirib keldi. Ispaniyada dastlabki qog'oz ustaxonalari 12 asrdan ishga tushgan. Keyinchalik, 14 asrdan esa bu soha Italiyada ham rivojlangan. Yevropadagi dastlabki ustaxonalarda qog'oz eski lattalardan tayyorlangan.

Germaniyada 1445 yili Iogann Guttenbergning kitob bosish dastgohini kashf etishi natijasida kitobning ommaviy tarqalishi Yevropa madaniy hayotining yanada yuksalishiga olib keldi.

Ikonografiya – bu Iso payg'ambar timsolini yaratishda rassom asoslanishi, qat'iy amal qilishi lozim bo'lgan qonun – qoidalar majmuasidir. Ikona savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy – hissiy bog'lanish, aloqa shakli sanalgan. Tasvirda Xudoni bandalarning gunoh kechmishlarini mag'firat etishga qaratilgan motamsaro ko'rinishini ifodalagan ikonalar yaratishning turli milliy, xududiy maktablari paydo bo'la boshladi (masalan, Vizantiya, Rus matablari). Ikona chizishda rassomlar yirik tasvirlarga turli qismlar, kiyim va umumiy rangning haqiqatga yaqin bo'lishiga intilmaganlar. Tasvir keng qamrovli bo'lib, real hayotiylikdan chetlash orqali tomashabin e'tiborini to'la badiiy asarning ruhiy mazmuniga qaratish imkonini bergan.

O'rta asrlar musiqasida ham asosiy mavzu xudoni kuylash, injil asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy – axloqiy poklanish, gunohdan mag'firat bo'lish aqidalari edi.

Xulosa qilib, o'rta asrlar feodal istibdodi diniy xurofot asridangina iborat bo'lib qolmadi. O'rta asrlar bizga ajoyib adabiy meros va arxitektura yodgorliklarini qoldirdi. Bu davr “buyuk progressiv o'zgarishlar” davri, pahlavonlarga muxtoj bo'lgan va titanlar yaratgan, o'zlarining o'lmas asarlari bilan kishilik madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan Bokkachcho va Rable, Shekspir va Servantes kabi titan yozuvchilarning yetishib chiqishlariga zamin tayyorlagan davr ham bo'ldi.

Yevropada Uyg'onish davri madaniyati. XV – XVII asrlar jahon tarixida Renessans yoki Uyg'onish davri nomi bilan mashxurdir. “Renessans” so'zinng ma'nosi o'rta asr va madaniyatda voz kechish, antik (yunon-rim) madaniyati va san'ati an'analariga qaytish, uning Uyg'onishi davridir. Shu bilan birga Renessans badiiy uslub hamdir. Bu davrda Yevropa mamlakatlarida birin – ketin madaniy yuksalish ko'zga tashlandi. Bu madaniy yuksalish, birinchi navbatda, ijtimoiy – iqtisodiy o'zgarishlar bilan, jamiyat hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining, xunarmandchilik ishlab chiqarishining rivoj topishi bilan uzviy bog'liq edi. Renessans madaniyati birinchi bo'lib Italiyada boshlandi. Ma'lumki, Italiyada o'sha davrda O'rta dengizda, temir yo'l va havo yo'llari bo'lmagan bir davrda, suv yo'li orqali savdo – sotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iqtisodiy – madaniy aloqalarni avj oldirishda markaziy o'rinlardan birini egallar edi.

Italiya suv yo'li orqali bevosita rivoj topgan Sharq davlatlari, xususan, arab davlatlari bilan yaqindan aloqada bo'lishga intildi. IX – XII asrlarda Yaqin va O'rta sharq xalqlari, musulmon Sharqi madaniyatining yuqori cho'qqiga ko'tarilgani tarixdan ma'lum. Italiyaning bu davlatlar bilan iqtisodiy – madaniy aloqalari Yevropada Renessans madaniyatining vujudga kelishida muhim rol o'ynagan.

Italiyaning sharqiy qo'shnisi bo'lgan ispaniyada esa musulmon madaniyatini bevosita rivoj ettirgan arab davlati - Qordova halifaligi deyarli XV asrlarga qadar davom etdi. Bular hammasi Italiyada boshlangan Renessans, Uyg'onish madaniyati shakllanishida IX – XII asrlarda Yaqin va o'rta sharq mamlakatlarida vujudga kelgan arab tilidagi madaniyat, Sharq Uyg'onish davri madaniyati, fani bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatdi.

XII – XIV asrlarda Italiyada Muxammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Marvoziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur sharq olimlarining asarlari lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o'rganishga intilish kuchaydi. Bu asarlar Yevropaga keng tarqaldi va renessans madaniyatining muxim qismiga aylandi.

Yaqin va O'rta Sharq Uyg'onish madaniyatining shakllanishida O'rta Osiyo madaniy an'analari katta ahamiyat kasb etadi.

Yevropa Uyg'onish harakatining ilk vatani – Italiyada kapitalistik sanoatning dastlabki shakli – manifaktura yuzaga keladi. Mamlakatning bir qancha shaharlarida savdo – sotiq tez sur'atlar bilan rivojlanadi. Venetsiya va Genuya savdo bilan mashxur bo'lgan bir vaqtda Florentsiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozondi. Bu yerda jun va ipakchilik sanoati avj oladi. Ishchilar bir korxonaga birlashtiriladi va ularni ekspluatatsiya qilish kuchayadi. Binobarin, bu davr dastlabki kapital to'plash davri edi. Italiyada shahar – respublika tartiblarining g'alaba qilishi xunarmandchilikning va savdo – sotiqning tez rivojlanishi Renessans harakatining hammadan oldin shu mamlakatda yuzaga kelishiga zamin hozirladi.

Renessansning alohida belgilari Dante ijodida namoyon bo'lsa ham, lekin Uyg'onish davri to'la ma'noda XIV asrning 2 – choragidan boshlanadi va XVII asrgacha davom etadi.

Italyan Renessansi Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi ijtimoiy harakatga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Frantsuz, nemis va ispan gumanistlari antik madaniy merosni bevosita o'rganishlari bilan bir qatorda, uni italyan mutafakkirlarining asarlarini o'qish orqali ham o'zlashtiradilar.

Reformatsiya mafkurachilari shunday g'oyalarni ilgari surdilarki, bunga ko'ra katolik cherkovi va uning butun ierxiyasi (boshqaruv tizimi) va umuman ruhoniylik amalda inkor etildi. Ular haqiqiy dinning yagona manbai deb Muqaddas yozuvni e'lon qildilar hamda katolikning rasmiy talqinini rad etdilar, cherkovni soddalashtirishni, uning yer, mulk va boshqa narsalarga bo'lgan huquqlarini bekor qilishni talab qildilar.

Reformatsiya asosan byurger – burjua (Lyuter, Kalvin), xalq harakatlari yo'nalishi kasb etib, u feodal ekspluatatsiyani tugatish, tenglik o'rnatish uchun katolik cherkovini bekor qilishga yo'nalgan kurash (Tomas Myuntser, antibaptistlar) g'oyasi ruhi bilan sug'orilgan edi.

Uyg'onish madaniyatining asosiy va muhim hususiyati gumanizm (insonparvarlik) edi.

Dastlabki gumanistlar – Petrarka va Bokkachcho asarlarida mavxum simvolik iboralar ikkinchi o'ringa qo'yilib, realizm esa birinchi o'ringa chiqariladi, voqelikni tipik ravishda, xarakterli detallar bilan aks ettirishga kirishiladi. Gumanistlar maktabda tarbiya ishlarini qayta qurish bilan birga oliy ta'limni ham isloh qilishga kirishadilar. Boshqa mamlakatlardan ancha oldin Italiya shaharlarida oliy yuridik maktablarning paydo bo'lishi diqqatga sazovordir.

XII asrda mashxur Bolonya universiteti tashkil etildi. Uning yuristlari Rim huquqshunosligini o'rganib, uni G'arbning yakkayu yagona qonuni deb e'lon qiladilar. Rim qonunshunosligi haqidagi bu qarashlar Uyg'onish davrini tayyorlashda muxim omillardan biri bo'lgan edi.

Mamlakat madaniy hayotida misli ko'rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIII – XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22 universitet ochiladi; ularda ilohiyot ilmi emas, balki huquqshunoslik, meditsina fanlari o'rgatiladi. Antik tarix, adabiyot va san'atni o'rganish dunyoviy fanlarning rivojiga, shubxasiz, jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bu o'zgarishlar XV – XVI asrlarda buyuk geografik kashfiyotlarni keltirib chiqaradi. Matematika, fizika, astronomiya fanlari sohasida erishilgan qator yutuqlar Uyg'onish davrida faqat gumanitar bilimlar emas, balki tibbiyot fanlarining ham rivojlanganligidan darak beradi. Uyg'onish davri realizmining ijobiy qahramonlari xarakteriga begiyos jasorat va mardlik mujassamlanadi. Shaxs erkini himoya qilgan yirik gumanist o'z kuch - qudratiga, haq ishning tantana qilishiga ishongan, adolat uchun kurashuvchi kabi pok oliyjanob obrazlarni yaratish orqali Uyg'onish davrining baxsh ruhini ham aks ettiradilar.

O'rta asr diniy - mistik aqidalarni bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san'atda namoyon bo'lar, ko'pincha bir shaxs ijodida uyg'unlashib ketardi. Masafan, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bo'lmay, mashhur matematik, mexanik va muhandis ham edi, A. Dyurer rassom, haykaltaroshl, arxitektor, matematik edi.

Ilk gumanizm. Yangi madaniyat dasturi. Ilk uyg'onish va gumanizmning dastlabki vakili shoir Franchesko Petrarka (1304 -1374 -yillar) edi. "Qo'shiqlar kitobi", "She'riy maktublari" kabi lirik she'rlar to'plamlarida shoir o'zining yuksak darajadagi insonparvarlik g'oyalari bilan yangi madaniyatning yaratilishiga asos soldi.

Petrarka yangi madaniyat dasturining ijodkori bo'lsa, uning do'stiari va davomchilari - Bokkachcho va Salyutati ijodiyoti bilan XV asrning boshlarida Italiyada ilk gumanizm davri yakunlandi.

Jovanni Bokkachcho (1313 - 1375) hayoti Flornsiya va Neapol bilan bevosita bog'liq kechadi. Yangi uslubdagi novellalar muallifl bo'lgan Bokkachchoning "Dekameron" asari zamondoshlari orasida benihoya katta muvaffaqiyat qozonib, ko'p tiliarga tarjima qilingan. Gumanistik g'oyalar mujassamlashgan "Dekameron" asarida inson fazilati va olijanobligi uning nomdor oilada tug'ilganidan emas, balki ma'naviy qiyofasida, amalda qilgan mardona ishlarida ekanligi o'zining badiiy ifodasini topgan.

Uyg'onish davrida Italyan tasviriy san'atida ham jiddiy burilish sodir bo'ldi. Shaharlarning taraqqiy etishi natijasida arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san'ati, badiiy adabiyot kamol topadi. Fiorensiyalik Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) Italiyadagi Uyg'onish davrimadaniyatining eng buyuk arbobi edi. Uning otasi kichkina Vinchi shahrida notarius bo'lib ishlagan. Leonardo da Vinchi yoshligidan yaxshi bilim oldi. U buyuk olim, iste'dodli me'rnor, muhandis, konstruktor va rassom bo'lib yetishdi. Leonardo 18 yoshdaligida uning otasi Florensiya respublikasi hukumatiga ishga o'tdi. Florensiyada u o'g'lini haykaltarosh va rassom Andrea Verrokioga shogirdlikka beradi. Tarixchi va san'atshunos Vazarining yozishicha, Verrokio 1476 -yili "Insonning cho'qintirilishi" asarida farishtalardan birinchi chizishni shogirdi Leonardoga topshirdi. Uning chizgan rasmini ko'rgan Verrokio shogirdining ustunligini tan olib, sur'at chizishdan butunlay voz kechib, faqat haykaltaroshlik bilan shug'ullana boshlagan. Leonardoning qobiliyati va zehnining shakilanishida uning oilasi va qadrdon o'tkasining manzarasi asosiy omil bo'ldi. Rassomning bizgacha yetib kelgan ilk imzosi o'zi tug'ilib o'sgan Arno vodiysi chizilgan rasmga qo'yilgan.

Leonardo da Vinchi Florensiyaga kanallar, uchar apparatlar ioyihalarini chizdi. Olim, shuningdek, geologiya, gidravlika va mexanika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Xuddu shu paytda Leonardo "Mona Liza" portreti ustida ish boshlagan.

Fransiya qirolining Lombardiyadagi noibi Sharl da Ambauz taklifi bilan Leonardo da Vinchi 1516 - yili Milanga keldi. Uni "Birinchi rassom, me'mor va mexanik" lavozimiga tayinlashdi. Fransiya qiroli Fransisk I Leonardo uchun Ambuazda 3500 oltin ekyuga Klo Lyuse qaPasini olib berdi. Xuddi shu yerda da Vinchi o'z umrining oxirgi yiliarini o'tkazdi. Klo Lyuseda uning eng buyuk asari "Moan Liza" portreti chizib tugallandi. Leonardo da Vinchi rassom sifatida suratini chizayoigan kishilar va ularning ruhiy kechinmalariga hammadan ham ko'p e'tibor berardi. Leonardoning "Mona Liza" si ("Jakonda") - yosh juvonning portreti, hozirgi kunga qadar san'atning shu sohasidagi eng mashhur asardir. Rassom bu suratda yosh juvonning tashqi qiyofasinigina emas, balki uning ichki dunyosini, kechinmalarini va kayfiyatini ajoyib, sirli tarzda aks ettirib bergan. San'at sohasidagi mutaxassislar hozirgi kunga qadar "Mona Liza" ning surti kimdan chizilganligi ustida baxs qilib kelmoqdalar. Jumladan mashhur psixolog Freyd Leonardo bu portretda o'z onasi haqidagi hotiralarini mujassamlashtirgan deb faraz qiladi. Oxirgi paytda kompyuter yordamida tadqiqotlar olib borgan bir guruh san'at - shunoslar portretda Leonardo o'zining rasmini chizgan degan farazni ham aytishdi.

Leonardo da Vinchi 1519 - yili 2 - mayda vafot etdi. Aytishlaricha, u o'limi arafasida yonida bo'lgan Fransiya qiroli Fransisk I ga odamlar uchun juda kam xizmat qilganini aytib uzr so'ragan.

Uyg'onish davrining buyuk arboblaridan yana biri, bu haykaltarosh, rassom, me'mor, harbiy muhandis va shoir Mikelanjelo Buanarotti (1475 - 1564) edi.

Mashhur rassomning Vatikandagi Siksting kapellasidagi sur'atlar soni 700 ga yaqin bo'lib, u uzunligi 40, eni 13 va balandligi 20 metrli xonada chizilgan.

Mikelanjelo 4 yil davomida mashaqqatli mehnat qilib, 1512 yil kapella, devoriy sur'atlarini tantanali ochishga tayyorlaydi. Uning haykaltarosh sifatida yaratgan eng buyuk ishlaridan biri – David haykali edi. Marmar toshdan qilingan haykalning balandligi 5,5 metr bo'lib, zamondoshlari uni “gigant” deb atashgan. Mikelanjelo bu haykal siymosida daxshatli mahluqni tosh bilan urib o'ldirgan afsonaviy cho'pon yigitni tasvirlagan.

Italiya buyuk rassomlaridan yana biri Rafael Santi (1483-1520) dir. U o'zining qisqa, lekin mazmunli umri davomida insonni, uning go'zal qalbini, aql–zakovatini, oliyjanobligini tasvirlashga intildi.

Rafael Santi kichkina Urbino gertsogligida saroy rassomi oilasida tug'ildi. U 1504 yili Florentsiyaga keladi. Shu yerda o'zining qator mashxur sur'atlari – “Madonna” larini chizadi. Oradan 4 yil o'tib Rafael Santi Rimga boradi.

Rassom Rim papasi Yuliy II ning buyurtmasiga binoan uning saroydagi dam oladigan xonalarini bezashga kirishdi. Vatikanda ishlash bilan birga u bir qator tasviriy asarlar, portretlar chizadi. “Madonna Alba”, “Kursidagi Madonna”, “Madonna difoli”, va nihoyat 1513–1514 yillari “Sikstin Madonnasi” ini yaratadi. Rafael chizgan rasmlarining eng mashxuri bo'lgan “Sikstin Madonnasi” Italiyaning kichikroq shaharlaridan biridagi Avliyo Sikstin monastiri uchun chizilgan edi. Bu buyuk asar insonga g'oyat kuchli muhabbat ruhi bilan sug'orilgan edi. Rassom unda odamlarning baxt-saodati uchun o'zining eng aziz va sevimli farzandini qurbon qila oladigan mard insonni-onani ulug'laydi. “Injil”dan olingan bu sahna tasviri hozirgi kunda Germaniyaning Drezden shahridagi rasmlar galireyasida saqlanmoqda.

Rimdagi Avliyo Petr cherkovini loyihalashtirish va uning qurilishida ishtirok etishi, Santa Mariya Papasi cherkovini bezashda faollik ko'rsatganiga qaramasdan Rafael ko'proq tasviriy san'atda shuxrat qozondi.

Leonardodan farqli ravishda, Rafael o'z davrining ijodkori edi. Uning asarlarida jumboqli, g'ayritabiiy xususiyatlar yo'q. Hamma narsa aniq, yorqin, go'zal va barkamol. U go'zal qaxramonning ajoyib timsolini yaratadi. Rassomda shunday hayotiylik tamoyili kuchli shu boisdan ham uning “Madonna Konestibile”si asarda ilohiylashtirilmagan, oddiy va go'dak tomonidan varaqlanayotgan kitobga nigoh tashlagan holda tasvirlangan.

Renessans (Uyg'onish) (1450 - 1650) turli-tuman badiiy shakllarda-me'morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilikda namoyon bo'idi. Bu usiubning hususiyatlari asosan rassomchilik va haykaltaroshlikda o'z aksini topgan.

Gotiy uslubida vertikal - tik tarhlar alohida mavqe kasb etdi. Renessansda esa odamzod o'zini bemalol his qiladigan imoratlar bunyod etiidi. Renessans me'mori uchun imoratning umumiy o'lchamiy mutanosibligi va uning inson jussasi nisbatlariga mosligi muhim bo'lgan.

Imorat bosh yo'lagining yuqorisi o'yma to'rtburchakli gardish bilan bezatilgan. Deraza va eshiklar o'rtasida pilyastrlar, ustunlar ko'rinishidagi nimdumaloq me'moriy ustunlar joylashtirilgan. Bu pilyastiar go'yo yuqori qavat yukini ko'tarib turgandek ko'rinsada, naqsh ahamiyatiga egadir. Xona devorlari nabotiy naqshlar, yaproqli novda, yani girlyandalar bilan ziynatlangan. Qo'rg'onlar buzib tashianib, o'rniga yangilari qurildi, imoratlar buyod etiidi. Shambore, Fontenblo kabilarda qo'rg'olar, Parijdagi Luvr shular jumlasidandir.

Vilyam Shekspir. XVI asrning ikkinchi yarmida Angliya badiiy adabiyotida drammaturgiya sohasida ayniqsa mashhur edi. Bu paytda mamlakatda sayyoh aktyortar truppalari juda ko'p bo'lgan. Londonda 1599 - yili ochilgan "Globus" teatri keyinchalik butun jahon madaniyatida chuqur iz qoldirdi. V. Shekspir (1564 - 1616 -yillar) bu teatr tashkilotchilaridan biri edi. U 1590 - 1612 - yillarda teatrda dastlab aktyor, keyinchalik muallif sifatida ishladi. Shekspir o'zining 37 ta dramatik asarini shu yerda yaratgan va shu teatrda sahnaga qo'ygan.

Uning asarlarida Italiya Ilk Uyg'onish davri namoyond alarm ing ta'siri yaqqol sezilib turadi. Xususan, "Romeo va Julyetta", "Venera va Adonis" dramalari xuddi shu taassurot ostida yozilgan. Shekspir jamiyatdagi barcha yomon illatlarni qoralaydi. Yozuvchi hamma joyda yovuzlik hukm surishini, uning zahri his-tuyg'ularda, haq va nohaqlikda, hatto sevgida ham bor ekanligini o'z asarlarida tasvirlaydi.

Shekspir insonning ulug'ligini chuqur his qiladi. "Aqli juda sog’lom, har bir ishni aniq va mohirona bajaradi. U butun olamning ko'rki!" deb xitob qiladi.

Shekspir o'zining "Hamlet", "Otello", "Qirol Lir", "Romeo va Juletta" va boshqa o'nlab tragediyalarida pok vijdonli va dovyurak kishilarning yahshilik va adoiat haqidagi orzulari puchga chiqayotganligini ko'rsatib berdi. U kuchli va jasur qahramonlarni, ulardagi yuksak his- tuyg'ularni: muhabbat va do'stiikni, vafodorlik va mardlikni ulug'ladi. Montekki va Kepuletti oilalarining dushmanligi yosh Romeo va Juletta sevgisiga xalal bera olmaydi. Sevishganlar taqdirga bo'ysunmay, sof muhabbatlari yo'lida halok bo'ladilar. Shekspir qahramonlari to'rt asrdan buyon jahon teatrlari saxnalaridan tushmay millionlab kishilarning sof muhabbatga vafodorlikka va yahshilikka chaqirish bilan birgalikda yovuzlikdan, razolat va yoig'ondan jirkanishga undab kelmoqda.

Uyg'onish davrining buyuk san'atkorlari odamlarni hozirgi kunga qadar qoyil qoldirayotgan nodir asarlarni yaratdilar.

Aibrext Dyurer. Italiyadagi Gumanizm va Uyg'onish san'ati. Yevropadagi ko'pgina mamlakatlar san'atining yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Germaniya, Niderlandiya va Ispaniyaning buyuk rassomlari Itaiiyalik san'at ustalarining ta'siri ostida buyuk yutuqlarga erishib, jahon xalqlari madaniyatiga o'z hissaiarini qo'shdilar.

O'rta asrlardagi Gumanizm va Uyg'onish madaniyati Germaniyada birmuncha kech boshlandi. Yangi davr san'ati bu yerda XVI asr boshlarida reformatsiya va feodallarga qarshi kurash bilan bog'liq dedi.

Nemis Gumansstlari o'z asarlarida mamlakatdagi feodal tartibsizliklarni va katolik cherkovini keskin qoraladilar. Germaniya san'atining eng ilg'or sohalari rassomchilik va gravyura (o'ymakorlik) edi. Bu sohalarda birinchi islohotchi. Aibrext Dyurer (1471-1538 yillar) bo'ldi. U Nyurnberg shahrida Vengriyalik zargar oilasida tug'ilgan.

Avvaliga otasining ustaxonasida ish o'rgangan Aibrext keyinchalik rassom Mixael Volgemun ustaxonasida ta'lim oldi. U bilganlaridan qanoatlanmay Germaniya, Shveytsariya va Italiyada bir necha marta sayohatlarda bo'lib, u yerdagi rassomlar san'atini mukammal o'rgandi. Dyurer faqat rassom bo'libgina qolmasdan, mashhur gravyurachi, me'mor injener va qadimgi tillarni yashi bilgan qalami o'tkir adib ham edi.


Yüklə 262,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə