Tarbiyaviy ishlar



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/110
tarix22.03.2024
ölçüsü16 Kb.
#184034
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

o"z-o‘zini
idora qilish organlari faoliyatida 
qatnashuvi ulaming ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning 
ta ’sirchan vositasidir. Bu bolalar va o ‘smirlaming fuqarolik, 
demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi.
0 ‘z-o‘zini idora qilish - tashabbuskorlik va mustaqillik 
maktabidir. 0 ‘quvchilarning o ‘z-o‘zini boshqamvi o'quvchilar 
tomonidan fan va m ashg‘ulotlarning to iiq o kzlashtirilishiga, biror 
kasb o ‘rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan 
himoyachisi bo‘lishiga, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda
davlat, jam oat mulkini ko ‘z qorachig‘iday asrashga, tabiatni 
muhofaza etishga ko ‘maklashadi.
0 ‘z-o‘zini 
boshqarish 
o ‘quvchilarni 
mustaqil 
hayotga, 
turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalashda, ta ’lim muassasasida 
m a’naviy muhitni saqlashda, m a’muriyatga qo‘shimcha ta’lim 
olish uchun o'quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko‘mak- 
lashadi.
0 ‘quvehilar o 'z -o ‘zini 
boshqamvi 
a ’zolari 
maktab va 
maktabdan tashqari ta ’lim muassasalarida o ‘tkazilayotgan barcha 
tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok 
etadilar.
63


Mazkur 
boshqaruv 
tashkilotchilik 
ishi 
ko'nikm alarini 
tarbiyalaydi, umumiy g'oyalari bilan ahil, jipslashgan o'quvchilar 
jamoasini tuzadi. О ‘quvchilar o ‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab 
o ‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o'zining faoliyatida demokratik 
faoliyat tarzlarini chuqur o ‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar 
yaratadi. Bu to‘g ‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni 
yo ‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini 
ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o 'z zimmasiga m as’uliyat 
olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz 
kishisi uchun zarur bo ‘lgan qator axloqiy sifatlami, chunonchi, 
jam oat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy 
m as’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o ‘zaro munosabatlarda 
qat’iylik, talabchanlik, jam oat tashabbusini qoilab-quvvatlash 
kabi sifatlarni cgallaydi.
Maktabda 
o'quvchilarning 
mustaqil 
faoliyati, 
barcha 
pedagogik jam oa 
bu 
ishga 
m a’naviy 
tayyor b o ‘lsagina, 
o'qituvchilar va o'quvchilar o ‘rtasida o'zaro chuqur hurmat, 
xayrixohlik, 
ishonch bo'lgan sharoitdagina tashkil etilishi 
mumkin. Hech qanday soxtalik va sun’iylik bo'lm asligi kerak. 
Barcha o ‘z-o‘zini idora qilish tashkilotlari o 'z faoliyati yuzasidan 
vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so'z va ish birligi saqlanishi, 
har 
kim 
huquqlari 
va 
vazifalarini 
bajarishda 
ijtimoiy 
rag'batlantirilishi 
e ’tiborda b o ‘lishi kerak. 
Bunda, 
albatta, 
bolalarning Respublika bolalar va o'sm irlar uyushmalari bilan 
hamkorligi katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə