Tarbiyaviy ishlar


 Tarbiya maqsadini ishlab chiqish



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/110
tarix22.03.2024
ölçüsü16 Kb.
#184034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

1.3. Tarbiya maqsadini ishlab chiqish
Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha 
shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan 
tanishtirish va individning ichki o ‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari 
va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana


shu tarbiyaning asosiy manbai - shaxslar bo'lib qoladi - bu jamiyat 
va individning o'zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va 
qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi 
tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va 
shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo'ladi? Shaxs jamiyatdan 
tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o'z 
navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o'zaro munosa- 
batlari jarayoni natijasi va jarayonining o'zidan iborat. Shaxssiz 
jamiyat yo'q va demak, jamiyat ularga bog'liq bo'ladi. B a’zida, 
shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu 
bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy 
qismi to'g'risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va 
jamiyatning yaqin bir-biriga bog'liqligi turli tomonlardan qaralishi 
mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o'xshash 
bo'lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador 
boiadim i (kichik shaxs-katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa 
muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o'zaro 
bog'liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy 
subyektlar funksiyalarining o'ziga xosligi nimalardan iborat?
Shaxs jam iyat emas. U jam iyatda paydo b o iib , o'zini amalga 
oshirish jarayonida madaniyatini o'zgartiradi, ba’zan madaniyati 
rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o 'n yillar, b a’zida 
hatto asrlar davomida jam iyat xotirasida qoladi.
O 'zida jam iyat madaniyatining in ’omlarini mujassam etgan- 
ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, 
m a’naviy va moddiy qimmatliklami yaratishda, qayta anglashda 
mustaqil avtonom bo'lib qoladi.
Bunday shaxs o'zining zamondoshlari uchun m a’lum bo'lgan 
yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o'tishi bilan asta-sekin 
jam iyatga kirib boradi. Bunday shaxs o'zini jam iyatga qarshi 
qo'yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi 
mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to'plam i emas. Jamiyat - bu 
qadriyatlar o 'z maktabini yaratadigan, har qanday subyektni 
xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o'zining mavjudligini 
saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o'zini 
harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jam iyat
9


insonlar to ‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish 
usuli demakdir.
Shaxs va jam iyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti 
sifatida ishtirok etadilar. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham 
(hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydilar 
va ular o ‘rtasidagi farq kamaymaydi. M a’lum sharoitlarda ular bir- 
birlariga qarama-qarshi turishlari mumkin.
Tarbiya, jamiyatdagi 
hodisa 
sifatida, 
o'sib kelayotgan 
avlodning jam iyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish 
faoliyati, ijodi va m a’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama- 
qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam 
bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jam iyatning ishlab 
chiqarish 
kuchlari 
muhim 
elementlari, 
shaxsiy 
baxtlarini 
yaratuvchilari bo'lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va 
avlodlar ketma-ketligini ta ’minlaydi.
Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda 
etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o'sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab 
chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va 
hayotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan 
kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo'ladilar, o 'z hayotlari va 
mehnat 
qobiliyatini 
y o ‘qotayotgan 
katta 
avlod 
hayotini 
ta ’minlaydilar.
2. Tarbiya - doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat 
jam iyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo'ladi va jamiyatning 
o ‘zi yashar ekan, u ham mavjud bo ‘ladi. U jam iyatning mavjudligi 
va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va 
insonni rivojlantirishni ta ’minlashning muhim vositasi hisob- 
langanligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o'zaro bo g iiq lik lar 
va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o'zaro 
bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o'qitishning bir qismi sifatida, 
ta ’limni ham o ‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya - ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida 
o ‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo'yicha aniq tarixiy 
xususiyatga ega bo'ladi. U jam iyat hayoti xususiyati va tashkil
10


etilishi bilan b o g iiq boiganligi uchun o ‘z davrining ijtimoiy 
qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jam iyatda turli sinflar, 
qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy ten- 
densiyalari ba’zan qarama-qarshi b o ia d i.
4. 
0 ‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash - ulaming ijtimoiy 
tajriba asosiy elementlarini o ‘zlashtirishlari hisobiga, ulami katta 
avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy 
zam r faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga 
oshiriladi. Kattalar va bolalar o ‘zaro ijtimoiy munosabatlari va 
o ‘zaro aloqalari, ta ’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar 
anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi 
hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o ‘zaro munosabatlar, 
bolalar hayoti, 
so g iig i 
va ozuqalanishlarini ta ’minlashga, 
jam iyatda ulaming o krnini va ulam ing ruhiy holatini aniqlashga 
qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o ‘zlarining tarbiyaviy munosa- 
batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini 
shakllantirish maqsadlarini o ‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ulaming 
munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga 
yoiialtirilgan tus oladi.
Kattalaming ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini 
anglab etishlari asosida jam iyatda bolalar va jam iyat manfaatlari 
y o iid a tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga 
muvofiq foydalanishga intiiish yuzaga keladi. Katta avlod 
tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda 
namoyon boiadig an tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o ‘rga- 
nishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga 
ongli ravishda murojaat etadi. Mana shu asosda pedagogika -
tarbiya qonunlari to ‘g ‘risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini 
ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsad­
larida, ulardan foydalanish to ‘g ‘risidagi fan yuzaga keladi.
Shunday qilib, tarbiya - ijtimoiy hodisa - jam iyat va 
individning hayotini ta ’minlash usuli sifatida zarurdir. U m a’lum 
tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jam iyat hayot tarzi 
natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga 
oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari


hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy 
hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir. 
Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng 
umumiy qarama-qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks 
ettiradigan bunday qarama-qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib 
qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishini ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi 
qarama-qarshiliklar 
kiradi. 
Bu 
qarama-qarshiliklar 
ijtimoiy 
tarbiyada о ‘sib kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ 
yondashishlar mustahkam o'm ashib olishi ko'rinishida namoyon 
boTadi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha ijtimoiy 
hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi 
asosida tashkil etilishi ishlab chiqarish o'sishini ortga surishga 
olib keldi. Davlat mulkchiligi va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy 
shaxs faolligi va tashabbuskorligiga ko'pincha to'sqinlik qiladi. 
Xalq ta ’limi tizimida bu o'zining mazmuni, shakli va metodlari 
qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi. 
Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va 
shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga 
tayyorgarligi darajasi o'rtasida yuzaga keladi. Hayot talablarini 
anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini va 
tashkil etilishini k o ‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin 
rivojlanishidan ortda qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib 
borgan sari о'sib kelayotgan avlodni zamonaviy tayyorlashga 
xalaqit qiluvchi “qalpoq” va konservativ holatlami o 'z vaqtida 
aniqlash hamda yo'qotish zarur bo'ladi. Uni hal etish ta ’lim va 
tarbiya mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta ’lim 
va tarbiya metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan 
qilishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari 
va unga bolalarni tayyorlash bilan uning eskirib qolgan usullari 
o'rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi. Tarbiyadagi uchinchi 
qarama-qarshilik - insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati 
rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jam iyat 
ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo'luvchi, 
dasturlashtiruvchi sharoitlar o'rtasida yuzaga keladi.
12


Erkinlikni 
cheklovchi, 
avtoritar 
jam iyat 
iste’dodlami 
so ‘ndiradi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq 
rasmiyatchilarga, ishlab chiqarish jarayoning bir ortiqcha qismiga, 
ijtimoiy hayotda to ‘siqqa aylantiradi. Demokratik jam iyat esa 
moddiy-texnik 
bazasini 
rivojlantira 
borib, 
turli 
ijtimoiy 
munosabatlami takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy 
hayot talablariga mos va o'zida mavjud tabiiy kuch, iste’dod va 
qobiliyatlarga nisbatan rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning to‘rtinchi qarama-qarshiligi - bolaning faol 
tabiati, uning ijtimoiy hayotda, turli munosabatlarda, muoma- 
lalarda ishtirok ctishga intilishi bilan hayot jarayonida amaliy
haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilimlari, malaka va 
ko'nikm alari yetishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk 
emasligi o'rtasida kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshi 1 ik bolalar 
uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga 
haqiqiy harakatlantimvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. U bolani 
faqat tarbiyaviy o'zaro munosabatlar obyekti sifatida emas, balki 
subyekti sifatida ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ta ’lim- 
tarbiyaviy tayyorlashga sabab b o lad i.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə