Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o


Sanoat Farmatsiya yo’nalishi uchun



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   139

22 
 
Sanoat Farmatsiya yo’nalishi uchun 
Kirish  
Farmatsevtika  institutida  botanika  fanini  o’qitilishining  asosiy  maqsadi  malakali 
mutaxassislar  tayyorlash,  tabiatga,  o’simliklar  dunyosiga,  ayniqsa  dorivor  o’simliklarga 
nisbatan  mehr  -  muhabbat  uyg’otish,  tabiiy  boyligimizdan  to’g’ri  va  oqilona  foydalanish 
yo’llarini o’rgatadi. Maqsadga erishish uchun botanika fanidan mashg’ulotlar o’ziga xos uslub 
bilan o’tkaziladi.  Chunki farmatsevtlar, dorivor moddalarning ko’pchiligi o’simliklar maxsuli 
ekanligini  hisobga  olib,  ularni  makro  va  mikroskopik  tuzilishini  tekshirib  aniqlaydi.  Natijada 
anatomiya,  morfologiya,  sistematikadan  bilimga  ega  bo’lib  qolmay,  amalda  ish  bajara  olishi 
zarur.  Bu  amaliy  tajriba  turli  o’simliklarni  qismlari  to’g’risida  aniq  tasavvur  hosil  qilishga, 
makroskopik  va  mikroskopik  tomondan  aniqlashda  farmakognoziya  faniga  asos  bo’ladi. 
Laboratoriya  mashg’ulotining  «Anatomiya»  bo'limida  tayyor  kesiklardan  foydalanish  bilan 
birga, vaqtincha kesiklar tayyorlash ko’zda tutilgan.  
Yaxshi  mutaxassis  bo’lish  uchun  talabalar  o’simliklarni  morfologiyasini,  anatomiyasini 
yaxshi  o’zlashtirishi  lozim.  Sistematikani  o’rganilayotganda  har  bir  talaba  shaxsiy  gerbariy 
bilan ta'minlanishi shart. Dasturda talaba har tomonlama o’simliklarni o’rganishiga keng o’rin 
berilgan.  
 
Fanning maqsad va vazifalari 
Botanika  fani  farmatsevtika  institutida  umumiy  teoretik  kurs  bo’lib,  talabalarni  ixtisos 
bo’yicha  farmakognoziya,  o’simlik  fiziologiyasi,  bioximiyasi,  mikrobiologiyasi,  dorivor 
o’simliklarni o’stirish biologiyasi kabi kurslarni o’tishga tayyorlaydi. Shu bilan birga talabalar 
botanikaning  muhim  bo’limlari  bilan  tanishib,  bir  vaqtning  o’zida  o’simliklar  dunyosining 
hayot  faoliyatini  o’rganadilar,  bu  esa  farmatsevtlar  uchun  o’ta  muhim  bo’lgan  dorivor 
o’simliklar va o’simlik homashyolari bilan ishlashga yordam beradi. 
Dorivor o’simliklar florasidan foydalanish, tabiatini va o’simliklar dunyosining resurslarini 
himoya qilgan va uni tushungan holda olib borilishi kerak. 
Fanni o’rganishning vazifalari. 
Botanika fanini o’qish natijasida talaba quyidagilarni bilishi shart: 
-
 
o’simliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini; 
-
 
o’simlik organlarining morfologik va anatomik strukturalarining xilma-xilligini; 
-
 
yuqorida  ko’rsatilgan  kurslarda  o’rganiladigan  dori  turlarini  o’z  ichiga  olgan  o’simlik 
guruhlarini; 
-
 
homashyoni aniqlashdagi o’simliklarni diagnostik ko’rsatkichlarini bilishdan iborat. 
 
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar 
 
 “ Botanika” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan  
 masalalar doirasida talaba: 
-
 
o‘simlik hujayralari
-
 
o‘simlik to‘qimalari va qismlari; 
-
 
o‘simliklarning sistemaeikasi haqida tasavvurga ega bo‘lish. 
-
 
tashqi morfologik xususiyatlari bo‘yicha gerbariy na’munalari asosida o‘simliklarni 
aniqlash; 
-
 
o‘simliklarni oilasi bo‘yicha ajrata bilish; 
-
 
o‘simliklarni morfologik tuzilishi bo‘yicha ajrata bilish; 


23 
 
-
 
 o‘simlik  organlarining  mikrostrukturalari  va  ularning  xilma-xil  ko‘rinishlarini 
ajratish; 
-
 
 tuban va yuqori tipdagi o‘simliklarning tashqi morfologik tuzilishini tasniflab berish
-
 
 o‘simlik to‘qima va hujayralarining elementar tuzilishini bilish va mustaqil ravishda 
hujayra qobig‘i, sitoplazma, yadro, vakuola (hujayra shirasi), hujayra xosilasi bo‘lgan 
kraxmal,  yog‘,  oqsilga  mikroreaksiyalar  olib  borish,  o‘simlik  xom-ashyosini 
diagnostik ko‘rsatkichlari bo‘lgan kristallarning bor yo‘qligini aniqlash; 
-
 
o‘simlik  to‘qimalarida  reaktivlar  yordamida  tirik  va  o‘lik  hujayra  elementlarini, 
hujayraning  yog‘ochlangan  va  sellyulozali  qobig‘ini,  probkalanishini,  qoplovchi 
to‘qimalarning  kutinlashganini,  tukchalarning  har-xil  turlarini  va  ular  tuzilishini 
xilma-xilligini aniqlashni bilish; 
-
 
efir moyi, smola bo‘shliqlarning bor yo‘qligini va ularning tuzilishini aniqlash; 
-
 
hosil qiluvchi, qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi, asosiy va ajratuvchi to‘qimalarning 
tuzilishini bilish; 
-
 
talaba o‘qish davomida o‘simlikni tasniflashi va ularni bir-biridan ajrata bilishi
-
 
o‘simlikning morfologiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak; 
-
 
Talabaning ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar
-
 
amaliy mashg‘ulotlarda mikropreparatlarni tayyorlash texnikasini o‘rganish;  
-
 
o‘simlik  organlarida;  ildiz,  poya,  bargning  tuzilishini  anatomik  ko‘rsatkichlaridan 
foydalangan holda aniqlash;  
-
 
o‘simliklar dunyosining tasnifi va ularning tipi, sinfi, oilasi, turini bilish; 
-
 
o‘simliklardan gerbariy tayyorlash; 
-
 
kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblardan foydalanish
-
 
doimiy va vaqtincha kesiklar tayyorlash va ularni bo‘yash; 
-
 
hujayradagi  moddalarni  aniqlashdagi  kimiyoviy  reaksiyalarni  bajara  olish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
 
 
O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi 
Botanika  fani  3  sеmеstrda  o’qitiladi.  Dasturni  amalga  oshirish  o’quv  rеjasida 
rеjalashtirilgan anorganik kimyo, fizika, lotin tili fanlaridan yеtarli bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lishlik  talab  etiladi,  chunki  bu  fanlarning  ayrim  bo’limlaridan  olingan  bilimlar  talabani 
botanika fanini o’zlashtirish vaqtida kеrak bo’ladi. 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Botanika  fanidan  o‘quv  jarayoni  (ma’ruzalar  va  laboratoriya  mashg‘ulotlari)da 
zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalar  keng  qo‘llanishi  ko‘zda  tutilgan.  Jumladan, 
barcha  ma’ruzalarda  “Blits-so‘rov”,  munozara,  dialog,  laboratoriya  mashg‘ulotlarida  esa 
“Bumerang”,  “Vertushka”,  “Klaster”,  test,  “FSMU”  kabi  pedagogik  texnologiyalar 
qo‘llaniladi. 
 
            Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu talim o`z mohiyatiga ko`ra talim jarayoning 
barcha  ishtirokchilarini  to`laqonli  rivojlantirishni  ko`zda  tutadi.  Bu  esa  ta`limni 
loyihalashtirilayotganda,  albatta  ma`lum  bir  ta`lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo, 
kelgusidagi  mutahasislik  faoliyati  bilan  bog`liq  o`qish  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 
yondoshilishni nazarda tutadi. 
 
           Tizimli  yondashuv    ta`lim  tehnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o`zida 
mujassam  etmog`I  lozim:  jarayonning  mantiqiyligini,  uning  barcha  bo`g`inlarini  uzaro 
bog`langanligi yahlitligi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə