tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma
berish); ma'lum bir miqdordagi tovarlarni bepul
berish (agar ular xarid qilayotgan tovar ma'lum bir
me'yordan
oshsa),
mukofotlar
berish
va
boshqalar tushuniladi.
Demak,
kommunikatsion
siyosatni
yuritish
bozorda har bir korxonaning raqobatga
bardosh
berib, samarali faoliyat ko’rsatishning muhim
omili hisoblanar ekan.
Variant 30
1.Reklamaning vazifalari?
Reklama tovarlarni siljitishning muhim
elementlaridan biri hisoblanadi. "Reklama"
so’zi
lotin
tilidan olingan
bo’lib ("reklamare" -
qichqirmoq),
kimdir
yoki
nimadir
haqida
ma'lumotni tarqatish, biror narsaga iste'molchi va
xaridorlarning fikrini jalb qilish maqsadida amalga
oshiriladigan tadbirlarni anglatadi. Ma'lumki,
firmalarning bozorda muvaffaqiyat bilan faoliyat
ko’rsatishi uchun faqatgina sifatli tovarlarni ishlab
chiqarish etarli emas.
Balki, bu borada iste'molchilarni shu
tovarlarning iste'mol xossalari haqida har
tomonlama
xabardor qilib, o’z tovarlarining
iste'molchilar ongida aniq mavqeni egallashiga
erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning
uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama
vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil
dekabr
oyida
qabul
qilingan
"Reklama
to’g’risida"gi qonunida qayd etilishicha "Reklama
- haqiqiy va jismoniy
shaxslar yoki mahsulot
haqidagi bevosita yoki bilvosita foyda olish
maqsadida tarqatiladigan maxsus axborotdir". Bu
qonunda ko’rsatilganidek, reklama aniq,
haqiqiy
va qonunlarga zid
bo’lmasligi kerak. Shuningdek,
foydalanilayotgan reklama shakl va vositalari
iste'molchilarga ma'naviy va moddiy zarar
keltirmasligi talab etiladi.
Demak, "Reklama to’g’risida"gi
qonun
reklamani ishlab chiqish va tarqatish bilan
bog’liq
bo’lgan munosabatlarning huquqiy asosini
yaratib berdi. Uning asosiy maqsadi tovarlarning
sifati, iste'mol xususiyatlari va boshqa tavsiflari
haqida noaniq, haqiqiy bo’lmagan ma'lumotlarni
tarqatishning oldini
olish asosida huquqiy va
jismoniy
shaxslarning,
shuningdek
iste'molchilarning
haq-huquqlarini
himoya
qilishdan iboratdir.