Xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sattarova Adashoy Amonovna



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə18/19
tarix24.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#83101
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Adashoy

Muammoli ta’lim texnologiyasi

Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmokda. Jumladan, Kadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, Kadimgi Xindiston va Xitoyda muammoli baxs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida kullangan. XX asrning 60-yillarida bu yunalishda tadkikotlar olib borildi. 70-80- yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.

Muammoli ta’limning asosiy goyasi bilimlarni ukuvchilarga tayyor xolda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar buyicha ukuv-tadkikotlarni bajarish asosida uzlashtirilishini ta’minlashdan iborat.

Uzbekistonda muammoli ta’limni kullash buyicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda sukrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida ukuvchilarda ziyraklik, xozirjavoblik sifatlari xamda guzal nutk tarkib toptirilgan.

Sukrotona savol-javob usuli xozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida kullaniladi. Bunda ukuvchi chukur mantikiy fikrlashga, ziyraklikka, anik va tugri suzlashga, nutkning mantikiyligi va ravonligiga , sukrotona suxbatlar deganda ukituvchining ukuvchini mustakil va faol fikrlashdagi notugri jixatlarni ziyraklik bilan aniklangan xolda ularni tuzatish yuliga olib chikishdan iborat usullar nazarda tutiladi.

Bunday suxbat boskichlarini kuyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin:



  1. Savol-javoblar orkali ukuvchining bilim darajasi va fikrlash kobiliyatini umumiy tarzda aniklash.

  2. Urganilayotgan mavzuning mazmunini ukuvchi motivlariga muvofiklashtirish. Bu, asosan, ukuvchining kizikish va kobiliyatlariga mos bulgan misollar tanlash orkali amalga oshiriladi.

  3. Ukuvchini faol mulokotga olib kirish. Bunda asosan ragbatlantirish usullaridan foydalaniladi.

  4. Ukituvchi uzini bilmaydigan odamdek, ukuvchidek tutib, savollar berib boradi.

Tushunchalar tahlili” uslubi (chorak yoki o‘quv yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biror bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘llantirilgan.

O‘quvchilarni darsda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.

O‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi va dars oxirida) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilgan darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘takzish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘jjalangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoat shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa ham bo‘ladi.

Ushbu mashg‘ulotda foydalanish mumkin bo‘lgan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yxati, qalam, ruchka, slayd.

Izoh: reja bo‘yicha mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘jjalangan bo‘lsa guruh o‘quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish berlgilangan bo‘lsa u holda guruhlar soniga qarab tarqatma material tayyorlanadi.

Har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

Izoh: “Tushunchlar tahlili” uslubini “Chaynvord”, “Uzluksiz zanjir”, “Klaster” “Blits zanjir” shaklida ham tashkil qilish mumkin.

Blis-sґrov” metodi

Ushbu usul o‘quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga,o‘rganayotgan predmeti asosida xilma- xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni,shu bilan bir qatorda,o‘zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o‘z fikrini o‘tkaza olish hamda o‘z faoliyati,kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan.


  • Usulning maqsadi o‘quvchilarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Mashg‘ulot bir necha bosqichda o‘tkaziladi:

-o‘qituvchi o‘quvchilarga ushbu mashg‘ulot bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga mo‘ljallangan vazifalrni bajarishga aniq vaqt berilishi,o‘quvchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi aytiladi.

-o‘qituvchi hamma o‘quvchilarga alohida tarqatma material beradi va ulardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini so‘raydi;

-o‘qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi;

-tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta’kidlaydi;

-har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikri asosida tarqatma materialdagi ” yakka baho ” bo‘limiga berilgan harakatlarning mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi;

-o‘quvchilarning yakka tartibdagi ishlari tugagach, o‘qituvchi ulardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so‘raydi.Kichik guruhlar o‘quvchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin;

-tarqatilgan qog‘ozdagi ”guruh bahosi” bo‘limiga muqobil raqamlarni belgilab chiqadilar;

-guruhlarda ish yakunlangach, o‘qituvchi to‘g‘ri javobni beradi;

-o‘qituvchi ”to‘g‘ri javob ” bo‘limida berilgan raqamlar bilan ”yakka baho ” hamda ”guruh bahosi” bo‘limidagi raqamlarni solishtirish va ayirish, ayirmalarni

” yakka xato ” va ” guruh xatosi ” bo‘limlariga yozishlarini so‘raydi;

-o‘qituvchi xatolarning umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi va ularni har birini alohida sharhlab beradi;

-o‘kituvchi mashg‘ulotni yakunlab,ba’zi guruhlarning mashg‘ulot mobaynidagi ish faoliyatlariga o‘z fikrini bildiradi va o‘quvchlarning bilimini mezonlar asosida baholaydi.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə