Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə1/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Huquq fanidan atamalar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



huquqiy bilimlarini Egalaymiz
(Huquqiy sohaga oiyd atamalarning izohli lug'ati)

Andijon – 2022 yil



Tayyorlovchi: Sardorbek Vohidov, Andijon davlat pedagogika institutining Ijtimoiy gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi ( huquq ta'limi) yo'nalishi 2-kurs magstranti

Taqrizchilar : S. N. Yusupova, “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD)
Q. Ibaydullayev, Andijon davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori
v.b., falsafa fanlari nomzodi.


Ushbu amaliy qo‘llanma - Andijon davlat pedagogika “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. N. Yusupova rahbarligi ostida tayyorlandi.


Mazkur izohli lug'at izlanuvchan, bilimga chanqoq yoshlarni huquqiy bilimlarni egalashlari hamda ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga yaqindan yordam beradi. Qo‘llanma uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari professor-o‘qituvchilari, muallimlar, tarbiyachilar, o‘quvchi va talaba yoshlar hamda tegishli sohalar mutaxassislariga mo‘ljallangan.

Mazkur izohli lug‘at Andijon davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlarni o'qitish metodikasi" kafedrasining “___” 2022 yildagi Kengashining - bayoni bilan ma’qullangan va nashrga tavsiya etilgan.
Agressiya (lotincha aggressio – hujum) – xalqaro huquqda BMT Ustavi nuqtayi nazaridan qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuz.
Apellatsiya (lotincha appelatio – murojaat, shikoyat) – qandaydir qaror ustidan ishni mohiyat yuzasidan qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan yuqori instansiyaga shikoyat qilinishi.
Afv etish - gunohni kechish, O‘zbekiston Respublikasida qilgan jinoyati uchun hukm qilingan muayyan shaxsga nisbatan sud tayinlagan jazoni bundan buyon o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi, yoxud jazo muddatini qisqartirish yoki birmuncha yumshoq jazo turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi qaror. Jazoni o‘tagan shaxsdan afv to‘g‘risidagi hujjatga binoan sudlanganligi olib tashlanishi mumkin. O‘zbekistonda afv etish to‘g‘risidagi hujjat mamlakat Prezident taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan qabul qilinadi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə