Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1-ma\'ruza



1-ma’ruza: EKLOGIYA FANIGA KIRISH. EKOLOGIK
TIZIMLAR. EKOLOGIK OMILLAR. EKOLOGIYANING ASOSIY 
QONUNLARI. BIOEKOS QONUNLARI.
BIOSFERA HAQIDA 
TUSHUNCHA.
TABIIY RESURSLAR 
1. Ekologiya fan sifatida 
 
2. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
 
3. Ekologiyaning asosiy bo‘limlari 
 
4. Ekologiyaning vazifalari 
 
5. Ekologiyaning rivojlanish tarixi 
Tayanch iboralar: abiotik muhit, antagonistik, gipoteza, global, 
differentsiatsiya, zoologiya, integratsiya, kontekst, kontseptsiya, noosfera
organik muhit, tur, siyosatshunoslik, barqaror rivojlanish, tsivilizatsiya
1. Ekologiya fan sifatida
. «Ekologiya» atamasi va uning ma‟nosi fanga 
1866 yilda nemis biologi Ernst Gekkel tomonidan kiritilgan (1834-1919). U 
ekologiya deganda muhit va organizmlarning o„zaro bog„liqligini tushungan va 
fanning bu tarmog„iga quyidagicha ta‟rif bergan: «Ekologiya bu butun tirik 
mavjudotlarning muhitdagi organik va noorganik komponentlari bilan o„zaro 
aloqadorligini o„rganadi, bunda hayvonlar va o„simliklarning noantogonistik va 
antogonistik o„zaro aloqadorligini hisobga oladi. Bir so„z bilan aytganda
ekologiya-tabiatdagi jami murakkab aloqadorlik va o„zaro munosabatlarni 
o„rganadigan fan bo„lib, CH. Darvin fikricha, yashash uchun kurash shartlaridan 
biridir. Ayniqsa, CH. Darvinning evolyusion ta‟limoti, «Turlarning tabiiy yo„l 
bilan tanlanishidan kelib chiqishi» kitobi (1859) ekologiya fanining shakllanishiga, 
mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga katta hissa qo„shdi. Ammo SHved olimlari 
Bengt Hultman va Erik Levlinlar fikri bo„yicha, ekologik fanning asoschisi bo„lib 
Gilbert Uayt (1793 yilda vafot etgan) hisoblanadi. Uning ”Zelburnning tabiiy 
tarixi” asari xozirgi zamon ekologik harakatining asosi bo„lib xisoblanadi. 
«Ekologiya» yunoncha so„zdan olingan bo„lib «Oykos» «uy-joy, makon» 
degan ma‟noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so„zning sinonimi 
«oykologiya»dir.
Mazmun jihatdan ekologiya «o„z uyingda»gi organizmlar haqidagi fandir. 
Keng ma‟noda ekologiya mazmunini quyidagicha ta‟riflash mumkin: «Ekologiya
bir-biri bilan o„zaro bog„liq organizmlar va ularning ekologik muhit munosabati 
yoki organizmlar guruhining atrof muhitga yoki tirik organizmlarning bir-biri va 
yashash muhiti bilan o„zaro munosabatlari haqidagi fandir». 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə