Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə1/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH


KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Jahon tilshunosligida tillardagi noyob birikmalarni chog’ishtirma tadqiqiga so’nggi yillarda qiziqish tobora ortib bormoqda. Tillardagi ana shunday noyob til unsurlaridan bo’lgan frazeologik birliklarni chog’ishtirib o’rganish, ularning tarjima muammolari yechimini topish, maxsus tarjima lug’atlarini tuzish tamoyillarini ishlab chiqish zamonaviy frazeologiya hamda frazeografiyaning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Tilning frazeologik birliklari leksik birliklar qatorida ma’lum lingvistik ehtiyojni qondirish uchun shakllangan bo’lsa-da, har bir tilning tarixi, milliy madaniyati, mentaliteti, urf-odatlarini ko’rsatuvchi xazina hamdir.
Mamlakatimizda so’ngi yillarda chet tillarini yangi bosqichda o’rganish maxsus o’quv lug’atlariga tartib berishni taqozo etadi. Zero, tarjima lug’atlarisiz tillardagi o’ziga xos shakllangan unsurlarni o’zlashtirib bo’lmaydi. Jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy, maishiy, ma’naviy jarayonlar va yangilanishlar, avvalo, tilning lug’at boyligida o’z aksini topadi. Natijada tilimiz yangidan yangi tushuncha va ularni ifodalovchi iboralar bilan boyib boradi. Mazkur jarayonlarda insonlar o’rtasidagi nutqiy munosabatlar markazida nutq me’yorlariga asoslangan va insonlarning jonzotlarga nisbatan munosabatlari asosida shakllangan zoofrazemalar bevosita aloqador ekanligi ayni haqiqatdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida», 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari, 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojatnomasi hamda boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi1.

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə