Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com



Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
Alisher NAVOIY 
 
MAHBUB UL-QULUB 
 
 
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM 
Hamd angakim, zotig‘a hamd onchakim, sazovordur, aytsa bo‘lmas va sano angakim, ehsonig‘a 
sano onchakim, yeri bordur bitsa bo‘lmas. Zoti jami’ kamolat sifoti bila mavsuf, sifotidin majmu’i 
kamolot kashf ahlig‘a makshuf. Tanzihi til sharh qilurdin mubarro, taqdisi el vasf etardin muarro. 
Azamati bog‘ida sipehri davvor bir nilufardin kam va qudrati ollida nujumi sobita va sayyora ul nilufar 
yuzida bir necha qatrai shabnam. Nilufar yuziga shabnam sochquchi ham ul va shabnam suyidin 
nilufarzor, balki gulistoni Eram ochg‘uchi ham ul. Beniyozlig‘i janbida charxi nigun bir gadoy, 
niyozmand va chorasozlig‘i ollida dahri buqalamun bir bechorai ajzpayvand. Vujudi mulohazasida 
ofarinish vujudi nomavjud, zoti mutolaasida avvalin va oxirin budi nobud. Xoni ehsoni tegrasida oliy 
shon shohlar rizqqa soyil va ilmi bepoyoni taaqqulida oliy makon ogohlar jahlga qoyil. Qahhorlig‘i 
sarsari uchururg‘a sobit va sayyor, nastaranning sochilg‘on yafrog‘lari jabborlig‘i quyuni sovururg‘a 
dahri g‘addor. Bayt ul-hazanning to‘kulg‘on tufrog‘lari yo‘qni bor qilmoq va borni yo‘q qilmoq aning 
qudratig‘a oson, boru yo‘q va yo‘qu bor aning ehsonidin umidvor va qahridin haroson. Bir ovuch 
tufrog‘ni malakut xaylida xilofat taxtig‘a o‘lturmoq anga yarashur va yillar maloikai muqarrabing‘a 
peshvolik qilg‘onning bo‘ynig‘a la’nat tavqi ul solur. 
Qit’a: 
 
Qodirekim, qudratidin muncha yuz amri g‘arib,
Bo‘lsa har soatda mavjud andin ermastur ajab,
O‘n sekiz ming olamu odam yaratib, aylamak
Bir kishini ofarinish daftaridin muntaxab. 
 
Ul qila olur anga keldi musallam bu umur,
Gar o‘zi erdi musabbab, lek bu bo‘ldi sabab. 
Va durudi noma’dud ul mahbubi oqibat Mahmudg‘akim
1
, haq taolo anga qurb va manzilat 
berdikim, olam va odam vujudidin maqsud aning vujudi erdi. Xujasta tiynati ruhi pokdin tohir va 
farxunda xilqati anosir tarkibidin pok erkani zohir. Anosirining
2
yeli Masih
3
anfosi va tufrog‘i Ya’qub
4
ko‘zining to‘tiyosi va suyi Hizr
5
chashmasining zuloli va o‘ti kalim daraxtining nori ishti’oli. Bu 
anosirni ruhi pok desa yeri bor va ruhig‘a ruhi fidok demak sazovor. Toyiri sidranishin Buroqi
6
barqgomi va soyiri. Ruh ul-aminning
7
ulvi xiromi. Aflok shabistoni yuzi bahoridin gulshan va maloiki 
uyuni raxshi g‘uboridin ravshan. Kalomi sha’nida «Mayantiqu inal xavy»
8
va nutqi bayonida «in huva 
illo vahyun yuho»
9
. Asrori ilohig‘a zoti amin va inoyat nomutanohidin oti «rahmat ul-olamin»
10

Masnaviy: 
 
Iki gisusi iki laylat ul-qadr,
Bu yanglig‘ iki layl ichra yuzi badr,
Laylu badr o‘lub sham’i shabiston,
Uzoridin xo‘y anda kavkabiston.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə