A. Mirzayev, A. Sotvoldiyev mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə11/81
tarix22.03.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#180213
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Mirzayev A. Sotvoldiyeva A

Sistemali va tasodifiy xatoliklar. Ко‘rib chiqilgan xatoliklardan baozilari sistemali xatoliklami tashkil etadi.
33
Sistemali xatoliklar qandaydir bir qonuniyatga boysunadi va doimiy yoki o‘zgaruvchan xarakterda boiadi. Masalan: teshikka ishlov beravchi parmaning diametri noto‘g‘ri tayyorlangan boMsa, bu xatolik barcha detallarga ko‘chib o‘tadi. Yana bir misol kesuvchi asbobning yeyilishi natijasida ishlov berilayotgan Detaining o‘lchami o‘zgarib boradi. Bu ham sistemali ravishda bo‘isada o‘zgaruvchan xarakterga ega.
Agarda hosil bo‘luvehi xatolik ishlov berilayotgan bitta partiya detallar doirasida ham tui'li ko‘rinishga ega bo‘lib doimiy yoki qandaydir bir ketma-ketlikda bo‘lmasa u tasodifiy xatolik deb yuritiladi. Masalan, Detalningng qattiqligini uni uzunligi bo‘yicha o‘zgarib borishi yoki boimasa olib tashlanishi kerak bolgan metall qatlami-qo‘yimni o‘zgarib borilishi va shu kabilar.



    1. Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi

Ishlov berishda talab etilgan aniqlik turli dastgohlarda turli usullar yordamida olinadi.
Teshiklarga ishlov berishda IT 7 kvalitet aniqlik toza razvyortkalash, sidirish, jilvirlash, pritirkalash, abraziv toshlar yordamida yetkazib ishlov berish, xoninglash, superfmishlash usullari orqali ta’minlanadi. Ayrim hollarda diqqat bilan ishlov berilsa shu usullar IT 5, IT 6 aniqlik kvalitetlarini ta’minlaydi.
Teshikarga ishlov berishda IT 9, IT 10 kvalitet aniqlildari toza razvyortkalash, toza yo‘nib kengaytirish, bir marta jilvirlash orqali ta’minlanadi.
Teshiklarda IT 11 kvalitet aniqlik tokarlik yoki revolpver dastgohlarida va parmalash dastgohlarida konduktorlar yordamida parmalash usullari bilan ta’minlanadi.
Teshiklarda IT 12 - IT 14 aniqlik parmalash yoki yo‘nib kengaytirish usullari yordamida olinishi mumkin.
Vallarga IT 15 — IT 16 aniqlik kvalitetida ishlov berish tokarlik dastgohlarida ishlov berib bo Ugandan so‘ng jilvirlash dastgohlarida ikki marta jilvirlab ta’minlanadi.


34
Vfllarga IT 17 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik ishlov berishdan so‘ng jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi.
Vallarga IT 9-IT 10 kvalitet aniqligida toza ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida toza ishlov beruvchi keskichlardan foydalanish kifoya.
Vallarga IT 11 kvalitet aniqligida ishlov berish uchui> tokarlik va revolpver dastgohlarida keskichlardan qora va toza ishlov berishda foydalanilsa boTadi.
Vallarga IT 12 - IT 14 kvalitet aniqlikda ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida normal keskichlar yordamida yo‘msh kifoya.


0 ‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar.

  1. Aniqlik nima? Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy omillari nimalardan iborat?

  2. Detallar xizmat vazifalariga ko‘ra qaysi aniqlik kvalitetlari bilan tavsiflanadi?

  3. Sistemali xatolik nima?

  4. Tasodifiy xatolik nima?

  5. Sistemali va tasodifiy xatoliklarga misollar keltiring?

  6. Ishlov berish usullari yordamida taminlanadigan aniqliklarga misollar keltiring.



35
IV BOB
MEXANIK ISHLOV BERISHDAN SO‘NG MASHINA DETALLARI YUZALARINING SIFATI



    1. Detal yuzasi sifati to*g‘risida tushuncha

Mexanik ishlov berilgan detalningng yuzasining sifati quyidagi asosiy ikki xususiyati bilan xarakterlanadi:

    1. mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari;

    2. yuzaning g'adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi).

Deialning sirt qatlamini fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metalining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik va kuchlar ta’sirida metalining sirt yuzasini xususiyatlari o'zgaradi, yaoni uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar paydo bo‘ladi, naklyop sodir bo‘ladi, bulaming barchasi plastik deformatsiya asosida vujudga keladi. Naklyoplanish darjasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik deformatsiyani qanchalik chuqurlikda ta’sir etishiga bog‘liq. Bu holat o‘z navbatida kesish ma’romlariga bog‘liq bo‘ladi.
Geometrik nuqtai nazaridan ishlov berilgan yuza quyidagi ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi:

  1. yuzaning makrogeometriyasi boiib, u to'g‘ri geometrik shakldan og‘ish bilan ifodalanadi (ovallilik, konussimonlik, bochkasimonlik va shu kabilar);

  2. yuzaning to‘lqinsimonligi bu davriy ravishda takrorlanuvchi taxminan bir xil to‘lqinsimon og‘ishlar;

v) yuzaning mikrogeometriyasi yoki yuzaning g‘adir- budirligi. Yuza mikrogeometriyasi uni tozaligini ifodalaydi. Yuza to‘lqinsimon va bir vaqtda g‘adir-budir bo‘lishi mumkin.
4.1 -rasm turli xil yuzalar keltirilgan.
Yuza sifati quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi: a) ishlov berilayotgan materialning turi va xususiyati; b) ishlov berish usuli (yo'nish. randalash, jilvirlash);
36
v) materialni kesib ishlash ma’romlari (kesish tezligi, kesish chuqurligi, uzatishlar miqdori);
g) texnologik ishlov berish tizimining bikrligi; d) kesuvchi asbobning geometrik parametrlari;
e) kesuvchi asbob materiali;
j) kesish jarayonida sovutish-moylash suyuqliklarini qoilash;



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə