B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari
1. Korxonada kadrlar siyosati nima uchun zarur?
2. Korxonada kadrlar zaxirasi qanday shakllanadi?
3. Korxonada kadrlar siyosatining vazifalari nimalardan iborat?
4.Xorij korxonalaridagi kadrlar siyosatining namunali jihatlari 
haqida fikringiz qanday?
5. Korxonada kadrlar miqdorini rejalashtirish, saralash va 
tanlash hamda baholashning o‘ziga xosligi.
6. Korxonaning kadrlar miqdorini belgilashning birlamchi 
bosqichini aytib bering.
7.Korxonada mehnat unumdorligi darajasiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillami aytib bering.
96


I
8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida kadrlar 
siyosatining xususiyatlarini aytib bering.
9. Kadrlar siyosati va kadrlar xizmatining xodimlar miqdori 
bilan bog‘liq jihatlari nimalardan iborat?
10. Korxonada kasb malakasini oshirish, yangi kasbga 
o‘rgatish va xodimlaming professional mahoratini oshirishda 
ta’lim sohasining o'rnini aytib bering.
97


IV BOB. KADRLAR X1ZMATJNING KORXONA
KADRLAR 
SIYOS
ATIDAGI 0 ‘RNI VA AHAMIYATI
4.1. Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga talablar
Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga korxonada personal bilan 
ish olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir. Ishlab chiqarishda inson 
omilining ortishi, hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi, 
moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni boshqarish 
xizmatlari roli va ahamiyatini kuchaytirib yubordi.
Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalar 
bugungi kunda innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, 
tashkiliy tuzilmalar yaratish bilan inson resurslarini boshqarish
mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari o‘rtasidagi mavjud 
uzilishlami bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida qaral- 
moqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko‘p jihatdan personalni 
boshqarish xizmatiga bog'liq bo‘lib qoldi.
Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar an’anaviy kadrlar 
bo‘limlarining funksiyalari yo‘q bo‘lib ketadi, degan ma’noni 
bermaydi. Ishga qabul qilish, kadriami tayyorlash, ish haqi, 
ijtimoiy imtiyozlami taqsimlash masalalari bundan buyon ham 
personalni boshqarish xizmati funksiyalari da asosiy o‘rinlarni 
egallashi aniq. Shu bilan bir qatorda bu funksiyalarni amalga 
oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan o‘zgarishlar qilish ham 
hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Kadrlar 
xizmatlari jahondagi yetakchi kompaniyalar va 
firmalarda korxonaning asosiy boiinm asi hisoblanadi. Ama- 
liyotda ular zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor 
xodimlar bilan ta’minlash;
- personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish;
- personal barcha toifalarining o‘z mehnatidan qoniqish hosil 
qilish darajasini oshirish;
98


- personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini 
rivojlantirish va yuksak darajada ushlab turish;
- qulay ma’naviy muhitni saqlash;
- xodimlar va rahbariyat uchun o‘zaro foyda keltirishini 
ko‘zlagan holda personalni korxona ichida almashinuvlarini 
boshqarish;
- karerani rejalashtirish;
- personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma 
innovatsiya rejalarini amalga oshirishda ko'maklashish;
- personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini 
attestatsiyadan o‘tkazish uslublarini takomillashtirish.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə