Bitiruv malakaviy ishi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 172,5 Kb.
səhifə2/8
tarix29.04.2023
ölçüsü172,5 Kb.
#107670
1   2   3   4   5   6   7   8
Sharq adabiyotida Iskandar timsoli

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Avvalo, adabiyotshunoslikda Sharq va G‘arb adabiyotining o‘zaro bir-biriga ta’siri masalasiga ko‘z tashlash lozim bo‘ladi. Mazkur mavzuni o‘rganish bizda 80-yillardan boshlandi. Jumladan, dastlab N.Komilovning “Ibn Sino va Dante”1 kitobi 1983 yilda bosilib chiqqan bo‘lsa, 90-yillarning oxirlarida shu muallifning “Tafakkur karvonlari” kitobi bosilib chiqdi2. 90-yillarning oxirlarida Fozila Sulaymonovaning “Sharq va G‘arb” kitobi bosilib chiqdi3. B.Valixo‘jayevning “O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi” kitobi bosilib chiqdi.4 Aziz Qayumov, M.Xayrullayevlarning tadqiqotlari ham shu mavzu doirasini to‘ldirishga xizmat qildi5.
Aleksandr Makedonskiy shaxsiga va obraziga hamma zamonlarda qiziqish bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Dastlab yunonlarning o‘zi, keyin yevropa adabiyoti va so‘ng Sharq adabiyotida ko‘plab “Iskandarnoma”lar yaratilgan. Mazkur ishda Firdavsiy, Nizomiy, Jomiy va Navoiy tomonidan yaratilgan Iskandar timsollari o‘rganilgan.
Bir necha yillar davomida adabiyotshunoslarimiz uchun rus olimlarining ilmiy-nazariy tadqiqotlari asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, bugungi kunda dunyo adabiyotshunosligi tajribalaridan ham keng foydalanilmoqda.
Bu esa mavzuni alohida monografik tarzda o‘rganishni taqozo etadi.
Tadqiqotning maqsadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishda fors, ozarbayjon va o‘zbek adabiyotida yaratilgan Iskandar timsoli, uning tarixda tutgan roli va o‘ziga xos xarakteri afsonalarga yo‘g‘rilgan holda yaratilgan obrazi tahlil qilinadi.
Tadqiqotning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda ishda quyidagi muayyan vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:

  1. Tarixiy Iskandar – Aleksandr Makedonskiy shaxsini mavjud manbalar asosida o‘rganish, uning tarixda tutgan rolini o‘rganish va yoritish;

  2. Yunon adabiyotida Iskandar – Aleksandr shaxsiga munosabat va yoritilishi;

  3. Sharq adabiyotida Iskandar timsolining yoritilishini o‘rganish va yoritish.


Yüklə 172,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə