Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi


I-BOB. ADABIYOTLAR MA’LUMOTLARINING TAHLILI



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/30
tarix29.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
77e4bdd36bbc099a9e608bda1f9f1862 Табиий ва синтетик полимерлар асосида биологик парчаланадиган композитсион материаллар яратиш.

I-BOB. ADABIYOTLAR MA’LUMOTLARINING TAHLILI 
1.1.
 
Ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalarning 
mohiyati va muammolari 
Mustaqil O’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilinishi, yangi 
ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga 
kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogic mahoratiga 
alohida e’tibor berilmoqda. О‘quvchilarni bugungi kun talabi asosida tarbiyalash 
eng muhim vazifalardan biridir. Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga 
oshirishda 
ustoz-murabbiylar 
o‘rni beqiyosdir. Aynan ta'lim sohasida 
iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Shuning 
uchun ham mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta'lim sohasi davlat 
siyosatining ustivor sohasiga aylandi.[1] 
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson mustaqil fikrlaydigan 
etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasalar, berilgan ta'lim 
samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o'z yo'liga 
mustaqil fikrlash ham katta boylikdir», - degan edi. 
O'quvchilarni 
mustaqil 
fikrlashga, erkin tafakkur yuritishga imkon bermaydigan eng yomon illat o'quv 
jarayonida o'qituvchining «hukmronlik» rolining saqlanib qolayotganligidir.
Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabatda demokratik 
muhit bo'lmasa bola erkin, mustaqil fikrlay olmaydi. Shuning uchun o'quvchilarga 
munosabatlarda ezgu insonparvar yondashuvga amal qilish lozim. Bular: 
- o'qituvchi va o'quvchi huquqida tenglik darajasi;
- bolaning erkin tanlash huquqi; 
- xato qilish huquqi; 
- shaxsiy nuqtai nazar huquqi; 
O'quvchilarni erkin, mustaqil fikrlashga o'rgatish bir kunda yoki bir soatlik 
dars davomida amalga oshirilmasdan, balki yillar davomida bosqichma-bosqich 
turli omillar ta'sirida amalga oshiriladigan jarayondir. 



O'quvchilarini mustaqil fikrlashga, muammolarni mustaqil ravishda hal qila 
bilishga o'rgatish ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Modomiki
shunday ekan, ta'lim jarayonini shunday tashkil etish kerakki, toki o'quvchilar 
bilim olish bilan birgalikda, ta'lim jarayonining obyekti bo'lib qolmasdan, balki 
o'qituvchining teng hamkoriga aylansin.
Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday 
katta e’tibor ta’lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu 
vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta’lim 
tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli 
foydalanish bugungi kun ta’limi olgiga qo‘yilgan muhim vazifalardir. Hozirgi 
paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish 
texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik 
adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi 
pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim 
texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, 
entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab 
chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina 
ta’riflari mavjud.[2] 
Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va 
o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq 
texnologiyasi ko‘rsatiladi. 
Pedagogik texnologiya nima?
Bu haqida ko‘pgina mualliflar o‘z ta'riflarini berganlar. Bular: 
BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKO ta'rificha:
Ta'lim texnologiyasi – ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson 
va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta‘sirini hisobga olgan holda, butun 
o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash 
tizimidir. 



Pedagogik texnologiyа — o‘qituvchi mahoratiga bog'liq bo‘lmagan holda 
pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish 
jarayonining loyihasidir(V.P. Bespalko). 
M.Ochilov “Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar 
asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv 
baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini 
inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish 
jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir”, degan ta'rifni beradi.[3] 
Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov: “Pedagogik texnologiya 
bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida 
o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan 
belgilab olingan shaxsiy sifatlarini shakllantirish jarayoni”-degan ta'rifni beradi. 
Ta'lim texnologiyasi – oldindan belgilangan o‘quv maqsadlariga erishishni 
kafolatlaydigan, ta'lim jarayonida inson va texnika resurslaridan foydalanishning 
loyihalashtirilgan muayyan tizimi. XTV “Multimediya umumta'lim dasturlarini 
rivojlantirish” markazi ta'rifi. 
Mutafakkirlar merosini o‘rganish natijasida insonning shakllanishida ilmning 
ahamiyati katta ekanligining guvohi bo‘ldik. Ularda bilim shaxs taraqqiyotining 
asosiy manbai ekanligi asoslab berilgan. Shuning uchun ham ajdodlarimiz bilim 
o‘rgatuvchi ustozga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik faoliyatga bo‘lgan 
asosiy talablardan biri edi. Chunki ilm bor joyda rivojlanish, taraqqiyot bo‘ladi, 
yangiliklarni joriy etishga keng yo‘l ochiladi.[4] 
Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono 
va o‘tkir fikrlaydigan kishilar to‘g‘risida shunday deydi: «Aqlli deb shunday 
kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur 
narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r iste'molga ega; yomon ishlardan o‘zini 
chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar» (Forobiy. «Fozil odamlar 
shahri». – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi. 1993. 182-b). Uning 
fikricha, «Ta'lim so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish va 
tajriba bilan o‘rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan 



iborat bo‘lgan ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bo‘lishidir. Agar ular ish, 
kasb-hunarga berilgan bo‘lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni 
butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig‘i 
bo‘ladilar» (Forobiy. «Fozil odamlar shahri». – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq 
merosi. 1993. 182-b). 
Yusuf Xos Hojib bolaga bilim berib, hunar o‘rgatishni ularning yoshligidan 
boshlash kerakligini ta'kidlaydi (O‘rta Osiyo pedagogik fikr taraqqiyotidan 
lavhalar. – T.: 1996. 159-b.). 
O’quvchilarga kasb-hunar va tadbirkorlikni yoshligidan boshlab o‘rgatish 
masalasi Kaykovusning “Qobusnoma” asarida ham ko‘tarilgan. “Ey farzand, ogoh 
bo‘lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kimga naf etkurmas. 
Bilursanki, xori mug‘ilonning (tikanli buta) tani bordur ammo soyasi yo‘qdur. 
Hunarsiz kishi ham xori mug‘ilon yanglig‘ na o‘ziga va na o‘zgaga foyda berur” 
(Kaykovus. Qobusnoma. – T.: Istiqlol. 1994. 26- b). 
Keltirilgan ta'riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, 
uzoq xorijda berilgan ta'riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan ta'riflari 
bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO 
ta'riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg'u berilgan. Pedagogik 
texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan 
holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va 
bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning 
tizimli metodi (YuNESKO).[5] 
O‘rganilgan adabiyotlar tahlili, shuningdek, ta'lim amaliyoti shuni 
ko‘rsatadiki, pedagogik zukkolik, yangilikka intiluvchanlikning paydo bo‘lishi, 
shakllanishi, rivojlanishiga qiziqish tobora oshib bormoqda. 
Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga 
tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda 
asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. 
N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan 
tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi 


10 
masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi 
va hokazo. 
Pedagogik texnologiya, uning ta'lim jarayonida qo‘llanilishi, yo‘l va usullari 
rus pedagoglari A.A.Andreev, V.P.Bespalko, M.T.Gromkova, M.V.Klarin, Mila 
Novik, amerikalik pedagog Bob Kizlik, o‘zbekistonlik olimlar B.L.Farberman, 
N.Saidahmedov, M.Ochilov, B.R.Adizov, M.H.Mahmudov, S.Ziyamuxamedova, 
B. Ziyamuxamedov, U.Tolipovlarning ishlarida bayon etilgan. 
Bugungi kunda ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarining kirib 
kelishi jadallashmoqda va bu ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etishga ta‘sir 
ko‘rsatayotgani ko‘zga tashlanmoqda. 
Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga 
joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi 
kunning ehtiyojiga aylandi. Ayniqsa shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalardan 
ta’lim jarayonida foydalanish ancha samaradorligi amalda isbotlanmoqda. 
Dastlab "

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə