Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha) 5220200 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta’lim yo‘nalishi bakalavr iibosqich talabalari uchun



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə11/12
tarix15.03.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#31906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Tayanch tushunchalar: Xoqon, dehqonlar, yerdorlar, kashivarzlar, kadivarlar, chokar, ixshidlar, tudun, tug‘lar.

Savol va topshiriqlar:

  1. Ilk o‘rta asrlarda qanday ijtimoiy jarayonlar ro’y berdi?

  2. Manbalarda ko’rsatib o’tilgan qanday davlat lavozimlarini bilasiz?

  3. Ilk o‘rta asrlardagi shaharlarga xos bo’lgan belgilar haqida nimalarni bilasiz?


Xulosa

Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqla­ridan biri kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk davrlari Ashel, Shel davriga oid manzilgohlarning topilishi mazkur mintaqa odamzod kelib chiqqan makon­lardan ekanligini uzil-kesil isbotladi. O‘rta va so‘nggi paleolitga oid man­zilgohlarning topilishi o‘lkada zamonaviy qiyofadagi odam shakllan­ganligini asoslab berdi. Shu asosda aytish mumkinki, Markaziy Osiyo insoniyat paydo bo‘lgan hududlardan biridir. Kishilik taraqqiyotining keyingi bosqichlari mezolit va neolit erasida muzlik davrining barham topishi natijasida minta­qada ilk sivilizasion jarayonlar ya’ni ibtidoiy ziro­atchilik va chorvachilik paydo bo‘ldi. Bu davrga kelib Markaziy Osiyoda uchta tarixiy-madaniy ma­kon shakllandi. Ular Joytun madaniyati (dehqon­chilik), Xisor tog‘oldi mada­niyati (dehqonchilik va chorvachilik) va Kal­taminor madaniyati (markaziy va shimoliy hududlar, asoson, ovchilik va baliqchilik).

Eneolit va bronza davriga kelib sug‘orma dehqonchilik, yer haydab ziroatchilik qilish va hunarmandchilikning rivojlanishi oqibatida aholining urbanizatsiya darajasi nihoyatda kuchaydi. Bu esa dastlabki shahar tipidagi aholi manzilgohlarining vujudga kelishiga olib keldi. Eramizdan oldingi 1 ming yilliklarga kelib temirning kashf qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda keskin, tub o‘zgarishlarga olib keldi. Ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi aholi o‘rtasida mulkiy tabaqalanishning kuchayishiga, bir biridan farq qiluvchi ijtimoiy guruhlarning shakllanishiga va shu asosda tabaqaviy jamiyatning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Oxir oqibatda mulkdorlarga tayangan ilk davlat uyushmalari jamiyat boshqaruvi mahsuli sifatida tarix sahnasiga chiqdi. Eramizdan oldingi 1 ming yillikning birinchi yarmida, Ahamoniylar bosqiniga qadar, Markaziy Osiyoda yirik, qudratli davlatlar bo‘lganligini yaqindagina yurtimizda keng nishonlangan Samarqandning 2750 va Qarshi shahrining 2700 yillligi, Avesto yaratilganligining 2700 yiliklari yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Mintaqa nihoyatda qulay joyda joylashganligi, nihoyatda boyligi chet el bosqinchilarinin e’tiborini tortib kelgan. Xalqimiz uzoq yillar davomida Ahamoniylar, yunon-makedonlarga qarshi murosasiz kurashlar olib bordi. Antik davrga kelib Markaziy Osiyoda Sharqning qudratli davlatlari Qadimgi Xorazm, Yunon-Baqtriya davlati, Qang‘ va Kushon davlatlari paydo bo‘ldi va yuksaldi. Aynan shu davrda jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan Buyuk Ipak Yo‘li paydo bo‘ldi. Ilk o‘rta asrlaga kelib, ichki ziddiyatlar va tashqi hujumlar natijasida mazkur davlatlar zavolga yuz tutdi. Xalqlarning buyuk ko‘chishi natijasi o‘laroq Markaziy Osiyo hududlariga ko‘chmanchi turkiy qabilalarning ommaviy kelib joylashishi, o‘troqlashishi yuz berdi. Aholining tilida, madaniyatida turkiylashuv elementlari kuchaydi. Buyuk turkiy davlatlar Xioniylar, Kidariylar, Eftalitlar va Turk xoqonligi shu jarayonlarning mahsuli sifatida tarix silsilasida o‘z o‘rnini egalladi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo Arab xalifaligiga qadar uzoq va murakkab iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlar girdobida qoldi.




Mustaqil ta’lim uchun mavzular

  1. Markaziy Osiyo – insoniyatning eng qadimiy sivilizatsiya o’choqlaridan;

  2. Teshiktosh odami;

  3. Markaziy Osiyoda datslabki diniy tasavvurlarning shakllanishi;

  4. Markaziy Osiyoda tasviriy san’atning paydo bo’lishi;

  5. Markaziy Osiyoda ilk sivilizasiya jarayonlari;

  6. Neolitda diniy munosabatlar;

  7. O’troq madaniyatning shakllanishi;

  8. Bronza davri madaniyati;

  9. Sug’orma dehqonchilik;

  10. Markaziy Osiyo ilk shaharlarning paydo bo’lishi;

  11. Qadimgi Parkana;

  12. Zardushtiylikning asosiy qoidasi;

  13. “Avesto” – zardushtiylarning muqaddas kitobi;

  14. Markaziy Osiyo xalqlarning ozodlik kurashlari;

  15. Ahmoniylar davrida iqtisodiy-madaniy hayot;

  16. To’maris-xalq qaxramoni;

  17. Sharqiy Turkiston tarixiy hudud;

  18. Iskandar va uning Markaziy Osiyoga harbiy yurushlari;

  19. Yunon-Baqtriya davlati;

  20. Xunnlarning mashg’ulotlari;

  21. Qang’larning hayoti;

  22. Qadimgi Choch;

  23. Kushonlar davrida madaniy hayot;

  24. Kushonlar davrida etnik jaroyonlar;

  25. Xioniylar va Kidariylar davlati;

  26. Eftalitlar davrida yer egaligi;

  27. Turk hoqonligi davrida etnik jarayonlar;

  28. G’arbiy turk hoqonligi;

  29. Tuproqqal’a;

  30. Afrasiyob – noyob tarixiy yodgorlik;

  31. Toharistonda hunarmandchilik;

  32. Markaziy Osiyoga xristian dinining kirib kelishi


Tarixiy atamalar va joy nomlarining izohli lug’ati:

Avesto” – forsiy va turkiy tillar lahjalarida so’zlashuvchi halqlarning eng qadimgi tarixi va madaniyati haqida yozma ma’lumotlar beruvchi din – zardushtiylarning muqaddas kitobi



Axuramazda – zardushtiylik dinining bosh xudosi, ezgulik xudosi, insonga doimo yahshilikni ravo ko’ruvchi shohiy kuch.

Andronovo madaniyati - miloddan avvalgi II ming yillik davomida Janubiy Sibir’ va Qozog’iston dashtlarida, Yeneseydan tortib to O’rol daryosigacha bo’lgan hududlarda keng tarqalgan bronza davrining chorvador qabilalar madaniyati.

Amirobod madaniyati – Amudaryoning quyi havzasida miloddan avvalgi X – VII asrlarda daydi chorvachilik turmush tarzidan o’troq dehqonchilik xo’jaligiga o’tib borayotgan qabilalar madaniyati.

Afrosiyob – Samarqandning eng qadimgi qismi.

Ar’yanem Vaychax – Zardushtiylar payg’ambari Zardushtraning vatani.

Animizm – hayvon ruhlariga ishonish demakdir.

Ark – podshoh qasri.

Bantak – qula va cho’rila: erkakalar

Baqtriya – geografik hudud.

So’g’d – So’g’diyona, ya’ni hozirgi Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hududi.

Sastar – hukmdor, hokim.

So’g’diyona – geografik hudud. So’g’diyona yurtiga Zarafshon va Qashqadaryo vohalari chegarasidagi hududlar kirgan. Aholisi – so’g’diylar.

Saklar – ahamoniy podsholarining qoya toshlarga yozib qoldirgan kitoblarida O’rta Osiyoning ko’chmanchi chorvador aholisi shunday nom bilan yuritilgan.

Selung’ur – qadimgi tosh (poleolit) davrining ashel’ bosqichiga oid arxeologik yodgorlik.

Spitamen (forscha Spitoma) – miloddan avvalgi 329 – 328 yillarda Iskandar Zulqarnayn qo’shinlariga qarshi O’rta Osiyoliklar halqlarni jangga yetkazilgan milliy halq qahramoni.

Sarazm madaniyati – Zarafshon vohasining Tojikistonga tegishli Sarazm qishlog’idan topib o’rganilgan eneolit davri qabilalarining madaniyati.

Sopollitepa – bundan 3,5 – 4 ming yil avval Janubiy O’zbekistonda yashagan bobodehqonlarning makoni sifatida tarkib topgan yodgorlik.

Dax’yu – viloyat, yirik okrug, yirik hududiy birlik.

Dax’yu sasti – hukmdor, konfederatsya tipidagi davlat boshlig’i.

Davan - geografik hudud. Xitoyliklar tushunchasida Farg’ona vodiysi.

Eftalitlar – O’rta Osiyoning shimoli – sharqida Movaraunnahrning ichki viloyatlariga kirib kelib, V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi.

Ellinlashtirish – Sharqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni, aralash madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish jarayoni.

Eneolit (lotincha “eneus” – “mis” va ynuoncha “litos” – “tosh” so’zlaridan) – mis – tosh asri.

Fetishizm (fr.fetich – tumor so’zidan olingan) – jonsiz predmetlarga e’tiqod qilishni anglatadi.

Gava – So’g’diyonaning bir tomoni.

Vara, vara – choy atrofi mudoffa devorlari bilan mustahkamlangan qal’a – qo’rg’on.

Vis – urug’, bir urug’ joylashgan qishloq.

Vispati – urug’ boshlig’i.

Vrazana – bir qishloqda joylashgan bir necha urug’lar uyushmasi.

Kaltaminor madaniyati – Amudaryoning quyi havzasida yangi tosh (neolit) davrida daryo o’zanlari va ko’l yoqalarida makon topib, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan qabilalar madaniyati.

Kashavarz – ziroatkorlar

Korikor – xizmatkorlar

Kadivar – mute qo’shchilar

Mezolit (“mezos” – “o’rta”) – o’rta tosh asri;

Migratsiya – xalqlarning ko’chishi, siljishi.

Marokanda – Samarqandning yunoncha nomi.

Mouru – Marg’iyona, ya’ni Janubiy O’zbekiston, Janubi – G’arbiy Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston hududlari.

Neolit (“neos” – “yangi”) – yangi tosh asri;

Nisaya – Niso, Ashgabat yaqinidagi qadimgi shahar, Parfiya davlatining poytaxti.

Nmana – oila, nmanapata – oila boshlig’I; agar u ayol boshlig’i ayol bo’lsa, nmanapatna deb atalgan.

Nukleus – lotincha nukleus – yadro, tosh o’zak demakdir.

Naf – ilk o’rta asrlarda shahar va qishloq aholisi.

Ozod – mulkdorlar.

Ozodkor – shahar hunarmandlari

Poleolit (yunoncha “paleos” “qadimgi” va “litos” – “tosh” so’zlaridan) – Qadimgi tosh asri;

Parfiya – geografik hudud. Turkmanistoning Ashgabat viloyati va unga yaqin bo’lgan Shimoli – Sharqiy Eron erlari qaragan. Aholisi – parfiyliklar.

Qo’lbuloq – qadimgi tosh (poleolit) davridagi oid arxeologik yodgorlik.

Rabot – atrofi devor bilan o’ralmagan istehkomsiz mavzelar.

Satraplik – ahamoniylar, salavkiylar, Parfiya va sosoniylar davlatlaridagi ma’muriy – hududiy tuzilma.

Totemizm – ibtidoiy jamoa odamlari totemlarga, hayvon va o’simliklarga sig’inishgan

Tozabog’yob madaniyati – miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalarida Amudaryoning quyi havzasiga Qozog’iston cho’llaridan o’z podasini orqasidan ergashtirib kelib qolgan chorvador qabilalar madaniyati.

Ustrushona – ilk o’rta asrlarda hozirgi Jizzax va Xo’jand viloyatlariga tegishli hududlar shu nom ostida tushunilgan.

Xaoma – zardushtiylik dinida muqaddas ichimlik. U zardushtiylik dining ibodathonalari qoshida mahsus o’simliklardan tayyorlangan va ibodat kunlari ichilgan.

Yettisuv – Turkiston general – guberatorligiga qarashli Balxash, Sassiq ko’l, Olako’l, Jungariya Olotovi va Shimoliy Tyanshan oralig’ida joylashgan tarixiy viloyat.

Shahriston – ichki shahar.

Choch - geografik hudud. Sirdaryoning o’rta havzasi, hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlari.

Yu – chjilar – toxarlarning Xitoycha nomi.

Joytun madaniyati – Kopetdag etaklarida, Qoraqum cho’lida yangi tosh (neolit) davrida ilk dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalar madaniyati.

Zamonbobo – Buxoro viloyati Qorako’l tumanida Zarafshonning qurib borayotgan o’zani Gurdush yo’lida tashkil topgan ko’l.

Zaratushtra – zardushtiylik dinining bosh islohotchisi, tarixiy shahs. Dariy tilida ushtra – tuya, zarat – keksa sariq tuya ma’nosida. Zardushtra – tuyachiilar avlodidan degan ma’noni bildiradi.


Markaziy Osiyo tarixidan test savollari

1. Markaziy Osiyoda “Fergantop” manzilgohi qayerdan topilgan?

A) Selingur g’ori;

B) Ko’lbuloq;

C) Teshiktosh;

D) Omonqo’ton

2. Teshiktosh yodgorligidan topilgan narsani aniqlang?

A) Yosh bolaning suyaklari;

B) Turli buyumlar;

C) Xayvon suyaklari;

D) Qadimgi qabriston

3. Hozirgi zamon odamlari qachon paydo bo’lgan?

A) so’nggi poleolit;

B) mezolit;

C) ilk poleolit;

D) o’rta poleolit

4. O’q – yoy qachon kashf qilingan?

A) mezolit ;

B) so’nggi poleolit;

C) neolit;

D) eneolit

5. Mezolit davri yodgorliklarini aniqlang?

A) Teshiktosh, Jarqo’ton;

B) Obirahmon, Qulbuloq;

C) Obishir, Zarautsoy;

D) Omonqo’ton, Uchtut.

6. Markaziy Osiyoda neolit davrining o’ziga xos hususiyatlarini aniqlang?

A) barcha javoblar to’g’ri;

B) o’troq hayotga o’tish;

C) kulollik va to’qimachilik;

D) mehnat qurollarining takomillashuvi va turlarining ko’payishi

7. Insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan davr?

A) Poleolit;

B) Mezolit;

C) Neolit;

D) Eneolit

8. Kulolchilik, to’qimachilik, pasxadan uy – joylar qurilishi boshlangan davrni aniqlang?

A) Neolit;

B) Mezolit;

C) Poleolit;

D) Eneolit

9. O’rta Osiyoning janubida sug’orma dehqonchlik vujudga kelib, anhorlar, ariqlar ochilib, unumdor yerlarning ko’payishi bilan bog’liq davrni aniqlang?

A) 4 – ming yillikda;

B) 3 – ming yillikda;

C) 2 – ming yillikda;

D) 1 – ming yillikda

10. Bronza qorishmasini aniqlang?

A) qorishmasi qalay, mis, qo’rg’oshin qorishma;

B) qalay, mis, qo’g’oshin, rux;

C) qalay va mis qorishmasi;

D) barcha javoblar to’g’ri

11. Mil.avv.2 ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlarida Farg’ona vodiysida rivojlangan madaniyatni aniqlang?

A) Chust madaniyati;

B) Afrosiyob madaniyati;

C) Dalvarzin madaniyati;

D) Oltoy madaniyati

12. Markaziy Osiyoda bronza davrida mis rudasi qazib olingan joylarni aniqlang?

A) Farg’ona, Chotqol, Qurama tog’lari;

B) Pomir, Chotqol;

C) Xorazm hududi;

D) Janubiy Turkmaniston.

13. Sariqqamish xavzasidan topilgan arzeologik topilmalar davrini aniqlang.

A) er.avv.VII – VIII asr;

B) er.avv.VI – V asr;

C) er.avv.X – IX asr;

D) er.avv. IX – VII asr

14. Sariqqamish havzasi qayerda joylashgan?

A) Xorazmning chap qirg’og’ida;

B) Xorazmning o’ng qirg’og’ida;

C) Buxoro hududlarida;

D) Qashqadaryo atrofida

15. Limon olib sug’orish tartibi qachon paydo bo’lgan?

A) er.avv. 1 ming yillikning 1 – yarmida;

B) er.avv. 2 ming yilikning 2 – yarmida ;

C) er.avv. 2 ming yillikning 1 – yarmida;

D) er.avv. 3 ming yillik boshlarida

16. Qadimiy Chochda sun’iy sug’orish tizimi qachon shakllangan?

A) eramiz boshlariga kelib;

B) er.avv. VI – V asrlarda;

C) eramizning o’rtalariga kelib;

D) er.avv. VII – VI asrlarda

17. Markaziy Osiyoda ilk mehnat taqsimoti qachon sodir bo’lgan?

A) Bronza;

B) Eneolit;

C) Neolit;

D) Temir.

18. O’rta Osiyoda vujudga kelgan ilk davrlar uyushmalarini aniqlang?

A) Katta Xorazm, Qadimgi Baqtriya;

B) Qadimgi Marg’iyona, Qadimgi Parfiya;

C) Qadimgi Sug’d, Qadimgi Marg’iyona;

D) Katta Parfiya, Qadimgi So’g’diyona

19. Markaziy Osiyo haqida ma’lumot beruvchi muhim manbalarni aniqlang.

A) Avesto;

B) Injil;

C) Rigveda;

D) Zabur


20. Qadimda Dashti qipchoq hududlarida tashkil topgan davlatni aniqlang?

A) Qang’;

B) So’g’d;

C) Choch;

D) Parkana
21. Qang’ haqida ma’lumotlar qaysi manbalarda uchraydi?

A) barcha javoblar to’g’ri;

B) Yunon;

C) Eron;


D) Xitoy

22. Parkana davlati tashkil topgan davr?

A) mil.avv. V – IV asrlar;

B) mil.avv. I – II asrlar;

C) mil.avv. III – IV asrlar;

D) mil.avv. IV – VI asrlar

23. Mil.avv.II asr va milodiy I asrlar Farg’onada qanday jarayon ro’y bergan?

A) yuksalish, kuchayish;

B) inqiroz;

C) feodal munosabatlarning shakllanishi;

D) milliy – ozodlik xarakati

24. Miodiy II - III asrlarda Farg’ona mintaqasida qanday jarayon ro’y berdi?

A) inqiroz;

B) yuksalish, kuchayish;

C) feodal, munosabatlarning shakllanishi;

D) milliy ozodlik xarakati

25. Parkana davlati “Samoviy otlar” uchun urush olib brogan davlatni aniqlang?

A) Xorazm;

B) Qang’;

C) Xitoy;

D) Sug’d

26. Ustrushonaning birinchi poytaxti qaysi shahar bo’lgan?

A) Qal’ai Qaxqaxa;

B) Poykent;

C) Panjikent;

D) Toshkent

27. Insoniyat tarixida III – V asrlar qanday davrga to’g’ri keladi?

A) quldorlik davlatlarning zaiflashuvi;

B) feodal davlatlarning tarqoqlashuvi;

C) sivilizatsiya tugatilishi;

D) barcha javoblar to’g’ri

28. Arablar istilosi arafasida Movaraunnaxrda qancha davlat mavjud bo’lgan?

A) 10 ;

B) 14;


C) 15;

D) 20


29. Afrosiyob shahar harobalari joylashgan mintaqa bu…

A) Samarqand

B) Qashqadaryo;

C) Surxon voxasi;

D) Zarafshon vohasi

30. IV – VI asrlarga oid Markaziy Osiyodagi yirik shahar hisoblangan Ko’ktepa qayerda joylashgan?

A) Zarafshon voxasi;

B) Qashqadaryo;

C) Surxon vohasi;

D) Samarqand

31. Qadimiy shaharlar Uzunqir va Yerqo’rg’on qayerda joylashgan?

A) Qashqadaryo;

B) Samarqand;

C) Surxon vohasi;

D) Samarqand

32. Qadimiy Kuzaliqir shahri qayerda joylashgan?

A) Xorazm;

B) Qashqadaryo;

C) Surxon voxasi;

D) Zarafshon

33. Aleksandr Makedonskiy Markzaiy Osiyoga qachon yurish qilgan?

A) er.avv. 329 – 327 yilar;

B) er.avv. 330 – 328 yillar;

C) er.avv. 325 – 323 yillar;

D) er.avv. 332 – 330 yillar

34. Yunonlar xarbiy shaharlarni nima deb atashgan?

A) polis;

B) demokratiya;

C) riton;

D) amfora


35. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin taxtga qaysi sulola vakillari kelgan?

A) Salavkiylar;

B) Yu e chjilar;

C) Arshakiylar;

D) Kushonlar

36. Markzaiy Osiyoda dastlab buddizm tarixi bilan kim shug’ullangan?

A) Abu Rayhon Beruniy;

B) Al – Farg’oniy;

C) Ibn Sino;

D) Al – Xorazmiy

37. Yunon – Baqtriyaning qaysi shoxi davrida ilk bor budda surati tasvirlangan?

A) Mekandr;

B) Agafokl;

C) Kanishka;

D) Duttxagamani

38. Yunon – Baqtriya podshosi Mekandr tangalarida nimani tasvirlagan?

A) g’ildirak;

B) olov;


C) qush;

D) yuyosh

39. Budda dinining Uzoq Sharq mamlakatlarida yoyilishida kimlarning roli katta bo’lgan?

A) Budda monarxlarini;

B) darveshlarni;

C) olimlarni;

D) savdogarlarni

40. Xunlar davlati qachon tashkil topgan?

A) er.avv. 1 ming yillikda;

B) er.avv VI – IV asrda;

C) er.avv. IV asrda;

D) er.avv.II asrda

41.Xunlar qachon g’arbga yurish boshlashdi?

A) IV asrda;

B) I asrda;

C) II asrda;

D) VIII asrda

42. Markaziy Osiyoning dehqonchilik tumanlarida ilk davlatlar qachon tashkil topa boshladi?

A) er.avv. VII – VI asr;

B) er.avv. VIII – VII asr;

C) er.avv.VI – V asr;

D) er.avv. IXX – VIII asr

43. Miloddan avvalgi VI asr o’rtalarida Midiya davlati o’rnida qanday davlat tuzildi?

A) Axmoniylar;

B) Arshakiylar;

C) Salavkiylar;

D) Kushonlar

44. Er.avv.530 yilda Kir II qayerga yurish qildi?

A) Markaziy Osiyoga;

B) Xitoyga;

C) Hindistonga;

D) Midiyaga

45. Kir II qachon vafot etgan?

A) mil.avv. 532 yil;

B) mil.avv. 550 yil;

C) mil.avv. 530 yil

D) mil.avv.535 yil

46. Sirdaryoning o’rta oqimida qaysi davlat hukm surgan?

A) So’g’d;

B) Qang’

C) Dovon;

D) Parfiya

47. O’rta Osiyoda Sosoniylar davlati qachon tugatildi?

A) VII – VI asrda;

B) V – IV asrda;

C) VIII – VII asrda;

D) VI – V asrda

48. Turk xoqonligi davlatini birlashtirish uchun kurashgan hukmdorni aniqlnag?

A) Tunshexu;

B) Bumen;

C) Istemi;

D) Kultegin

49. Tunyabg’u xoqon qachon vafot etgan?

A) 618 yil;

B) 630 yil;

C) 620 yil;

D) 616 yil

50. Toza kumush pul birligi nima deb atalgan?

A) D va B;

B) draxmi diantrik;

C) gurt;

D) nokortik

51. Ustrushona qaysi hududlarda joylashgan?

A) Zarafshon va Qashqadaryo daryolari vohasidagi ba’zi bir hududlar;

B) Jizzax va Xo’jand tumanlari tog’ va tog’ oldi hududlari;

C) Toshkent vohasi

D) Amudaryoning quyi oqimi

52. Baqtriya joylashgan hududni aniqlang?

A) Amudaryoning quyi oqimida, uning ikki tomonida joylashgan hudud;

B) Koppettog’ning shimoliy yonbag’rlarida;

C) Amudaryoning quyi oqimida;

D) Murg’ob daryosi quyi oqimidagi Marv vohasi

53. G’ildirak qachon paydo bo’lgan?

A) er.avv.3 – 4 ming yillik;

B) er.avv.III – II asrlar;

C) er.avv.V – IV asrlar

D) er.avv.II – I asrlar

54. Birinchi g’ildirak qayerda paydo bo’lgan?

A) Janubiy Turkmaniston;

B) Shimoliy Afg’oniston;

C) Qozog’izston;

D) O’zbekiston hududlari

55. Zardushtiylik dinining asoschisi Zardushtning ota – onasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?

A) Pourushaspa, Dug’dova;

B) Pourushaspa, Dingilja;

C) Vishtaspa, Dug’dova;

D) Vishtaspa, Dingilja

56. Zardushtiylik dinini birinchi bo’lib qabul qilib, Zardushtga boshpana bergan hukmdor bu…

A) To’g’ri javob D va C;

B) Axamoniylar hukmdori;

C) Vishtasp;

D) Aryonam Vayjo qavisi

57. Zardo’shtiylik dini qanday dinlar jumlasiga kiradi?

A) Dualizmga asoslanga;

B) Ko’pxudolilik;

C) Yakkaxudolilik;

D) Ateistik

58. “Avesto”ning qismlari qanday ataladi?

A) Nask;

B) Yamna;

C) Yasna;

D) Gat


59. Zardo’shtiylik dini bo’yicha muqaddas narsalar, bu…

A) suv,olov, yer va havo;

B) suv va havo;

C) olov;


D) yer va osmon

60. Hozirgi Qozog’istonning janubi sharqida joylashib, Balxam ko’li, shimolda Sassiqko’l, janubda Tangritog’, janubi Jo’ng’or olotovi orasida joylashgan hududning qadimiy nomi?

A) Yettisuv;

B) Oltoy;

C) Ustrushona;

D) Sharqiy Turkiston

61. VI asr o’rtalarida Oltoy, Janubiy Sibir, Yettisuv, sharqiy Turkiston hudularida vujudga kelgan davlatni aniqlang.

A) Turk xoqonligi;

B) Toxariston;

C) So’g’d;

D) Dovon

62. Nechanchi yilda turkiylar tomonidan Movaraunnaxr egallanib, Buyuk Ipak yo’li ularning nazoratiga o’tadi?

A) 571 yili;

B) 671 yili;

C) 654 yili;

D) 805 yili

63. Turk xoqonligi nechanchi yili ikki mustaqil davlatga bo’linib ketadi?

A) 588 yili;

B) 556 yili;

C) 528 yili;

D) 640 yili

64. Sharqiy xoqonlik tashkil topgan hududni aniqlang?

A) Mo’g’uliston;

B) Tojikiston;

C) Turkmaniston;

D) Orolbo’yi

65. G’arbiy xoqonlik tashkil topgan hudud?

A) Yettisuv;

B) Oltoy;

C) Sharqiy turkiston;

D) Orolbo’yi

66. Turk xoqonligi davrida Zarafshon xududida vujudga kelgan yirik siyosiy uyushmani aniqlang?

A) Kan;

B) Dovon;



C) So’g’d;

D) Ustrushona

67. Ellinizm davriga oid Oyxonim shahri harobalari qachon topib o’rganilgan?

A) 1964 – 1965 yillarda fransuz arxeologlari tomonidan;

B) 1974 – 1975 yillarda fransuz arxeologlari tomonidan;

C) 1964 – 1965 yillarda rus arxeologlari tomonidan;

D) 1974 – 1975 yilarda tus arxeologlari tomonidan

68. Kushonlar davriga kelib qaysi vodiylarda butun boshli kanallar sistemalari vujudga keladi?

A) Baxsh;

B) Zarafshon;

C) Xorazm;

D) Barcha javoblar to’g’ri

69. Kushonlar davriga kelib qishloq xo’jaligida qanday yutuqlarga erishiladi?

A) seleksiya vujudga kelib, o’simliklarning yangi navlari yetishtiriladi;

B) shudgor qilina boshlanadi;

C) suniy sug’orishga o’tiladi;

D) barcha javoblar to’g’ri

70. Ayritom, Xolchayon singari zardo’shtiylik ibodatxonalari qaysi sulola vakillari davrida qurilgan?

A) Salavkiylar;

B) Sosoniylar;

C) Kushonlar;

D) Turk xoqonligi

71. Kushonlar davriga kelib hunarmandchlikning qanday sohalari rivojlanadi?

A) barcha javoblar to’g’ri;

B) metal bilan ishlash;

C) shishadan foydalanish;

D) sopolchilik

72. Kushonlar davrida Markaziy Osiyo savdogarlari aloqa o’rnatgan hududlarni aniqlang?

A) barcha javoblar to’g’ri;

B) Xitoy, Hindiston;

C) Uralbo’yi mamlakatrlari;

D) Rim, Aleksandriya

73. Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada qanday davlat hukmronlik qilgan?

A) to’g’ri javob C va D;

B) sosniylar;

C) jo’janlar;

D) eftaliylar

74. Turk xoqonligining asoschilaridan bo’lmish qabila bu...

A) ashina;

B) suryon;

C) boxtar;

D) spitama

75. Oromiy yozuvi asosida paydo bo’lgan mahalli yozuvlarni aniqlang?

A) parfiya, so’g’r, baqtriya va xorazm;

B) parfiya, so’g’d, baqtriya;

C) parfiya, so’g’d;

D) xorazm

76. Makedoniyalik Iskandarning So’g’diyona o’lkasiga yurishlari boshlangan shaharni aniqlang?

A) Baqtra;

B) Marv;


C) Kat;

D) Balx


77. Spitamen yunonlar ustidan qaysi jangda g’alaba qozonadi?

A) to’g’ri javob D va C;

B) Marg’iyona;

C) Zarafshon;

D) Politimet

78. Markaziy Osiyoning qaysi hudulari Kushonlar davlati tarkibiga kirmagan?

A) barcha javoblar to’g’ri;

B) Qashqadaryo, Toshkent;

C) Farg’ona;

D) Xorazm, Zarafshon

79. Qang’ davlati qachon paydo bo’ldi?

A) mil.avv.III asrda;

B) mil.avv.II asrda;

C) mil.avv.I asrda;

D) milodiy I asrda

80. Iskandar asos slogan Aleksandriya Esxata shahri qayerda joylashgan?

A) Sirdaryo bo’yida;

B) Amudaryo bo’yida;

C) Kopetog’ yonbag’rida;

D) Orol dengizi bo’yida

81.O’zining “samoviy” otlari bilan mahshur bo’lgan davlatni aniqlang?

A) Farg’ona;

B) Zarafshon;

C) Xorazm;

D) Baqtriya

82. Iskandar davrida Xorazmda kim xokimlik qilgan?

A) Farasmon;

B) Sparangis;


C) Bess;

D) Arrian

83. Xorazm hududida koxna yodgorlik Qo’yqirilgan qal’a boshqalardan nimasi bilan farq qiladi?

A) asosiy inshootning aylana shaklidagi;

B) mustahkamligi;

C) hududi;

D) kattaligi

84. Xorazm shohlariga tegishli arxiv hujjatlari qayerda topilgan?

A) Tuproqqal’a;

B) Jonbosqal’a;

C) Qo’yqirilgan qal’a;

D) Mug’ tog’i

85. Xorazmda zarb qilingan kumash va mis tangalarda asosan kimlarning uchragan.

A) xorazmshohlar ismlari;

B) zardushtiylar ilohlari;

C) grek xudolar;

D) kushon podsholari ismlari

86.Eftalitlarni yetti qabiladan iborat massagetlarning yetakchi qabilasi deb tasvirlagan tarixchini aniqlang?

A) Lazer Parbskiy;

B) Gerodot;

C) Arrian;

D) Xitoy manbalari

87. Eftaliylarni yu e chjilarning boshqa bir ko’rinishi yoki gaogyuy qabilasining tarmog’i deb ko’rsatilgan manba bu…

A) Xitoy manbalari;

B) Gerodot;

C) Lazer Parbskiy;

D) Arrian

88. Eftaliylar davlati hududlariga asosan qaysi o’lka kirgan?

A) So’g’diyona;

B) Baqtriya;

C) Parfiya;

D) Xorazm

89. Eftaliylar davlatining siyosiy markazini aniqlang?

A) Poykand;

B) Marv shahri;

C) Sheroz shahri;

D) Choch shahri

90. Eftaliylar bilan jang olib brogan Eron shohini aniqlang?

A) Yazdigird II;

B) Yazdigird;

C) Peroz;

D) Doro


91. Eftaliylarning Eron hududlariga harbiy yurishlari qachon bo’lgan?

A) 453 – 454 yillarda;

B) 475 – 479 yillarda;

C) 741 – 752 yillarda;

D) 763 – 745 yillarda

92. 456 yilda Eftaliylar tomonidan birinchi bo’lib elchilar yuborilgan mamlakatni aniqlang?

A) Xitoy;

B) Hindiston;

C) Eron;

D) Vizantiya

93. Eftalitlar bilan eng ko’p kurashgan Eron podshosi?

A) Peroz;

B) Yazdigird;

C) Doro;


D) Kir

94. VII asrda xarbiy to’qnashuvlarning natijasida Xorazm va So’g’dda qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan?

A) qo’rg’on qal’alar ko’payishi;

B) feodalizmning yemirilishi;

C) shaharlar mustahkamlanishi;

D) barcha javoblar to’g’ri

95. Arablarga qadar Markaziy Osiyoda qanday yozuvlar bo’lgan?

A) barcha javoblar to’g’ri;

B) ung’ur, moniviy;

C) so’g’d, braxma, suryoniy;

D) turk, runiy
96. Turk – runiy yozuvlarida bitilgan yodgorliklarni aniqlang?

A) barcha javoblar to’g’ri;

B) Ungin bitiklari;

C) Bilga xoqon, Kulichur bitiklari;

D) Tunyuquq, Kultegin bitiklari

97. So’g’d yozuvining keng taqalishiga nima sabab bo’lgan?

A) to’g’ri javob D va C;

B) boshqa yozuvlarning taqiqlanishi;

C) Buyuk Ipak Yo’lining qo’lga olinishi;

D) So’g’dlarning yangi yerlarni o’zlashtirish

98. VI – VII asrlarda Samarqandda viloyat xokimlari qanday atalgan?

A) ixshid;

B) xudot;

C) ixrid;

D) afshan

99. VI – VII asrlarda Buxoro viloyati xokimlari qanday atalgan?

A) xudot;

B) ixshid;

C) ixrid;

D) afshin

100. VI – VII asrlarda Keshda viloyat xoikmlari qanday atalgan?

A) ixrid;

B) xudot;

C) ixshid;

D) afshin

101. VI – VII asrlarda Ustrushonada viloyat xokimlari qanday atalgan?

A) afshin;

B) xudot;

C) ixrid;

D) ixshid



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə