Kurs ishi mavzu: O’smirning nizoli xulq – atvorini guruhdagi tengdoshlar munosabatiga ta’siri



Yüklə 127,49 Kb.
səhifə2/12
tarix09.06.2022
ölçüsü127,49 Kb.
#89182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Nizoli xulq atvor

Kurs ishining vazifalari

  1. O’smirlar bilan muloqot jarayonida ular bilan sodir bo’ladigan psixologik emotsional holatlarni bartaraf etish.

  2. Tengdoshlar bilan muloqot jarayonida ular orasida kelib chiqadigan tushunmovchiliklar va nizolar sabablarini o’rganish.

  3. Yoshlarning mustaqil faoliyat turlarini o’rganish.

  4. Yoshlarning ma’naviy intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish manbalarini yaratish.

  5. Yoshlarning bir biriga bo’lgan munosabatini optimallashtirish.

Kurs ishining predmeti. O’smirlar munosabatlarining ijobiyligi va salibiyligi sabablarini tahlillar asosida tadqiq etish.



I. BOB. O'smirlar o'rtasidagi nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik masalalari


1.1. O’smirlar orasida kechadigan asosiy jarayonlar.
Kurs ishida o'smirlik davri-jadal va tekis bormagan jismoniy rivojlanish, jinsiy yetilish, shaxsiyatning o'zida, atrof-muhitni o'rab turgan kishilar bilan o'zaro munosabatda jiddiy o'zgarishlar bo'ladigan davr ekanligi. Ijtimoiy muhitning asosi bo'lgan oila, o'smir xulqi shakllanishiga katta ta'sir o'tkazishi va bunda o'smir yoshga kiruvchi bolalarni psixologik xususiyatlarini organgan holda maktab-oila-mahallalar hamkorligi muhim o'rin tutishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: extiyoj, shaxs, o'smir qiziqishlari, temperament va xarakter, xuquqbuzarlik, nizo, nizoli vaziyatlar, jinoyatchilik, maktab ta'limi, o'smir yoshi psixologik xususiyatlari
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: "...har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishi hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko'lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz...1"- deb yoshlarga yuksak ishonch bildirib turgan bir paytda yoshlar o'rtasida turli nizolarning kelib chiqishi to'g'ri kelmaydi.Bunga biz pedagog-psixologlar jiddiy e'tibor berishimiz darkor.
"...Dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o'n, yuz barobar ko'p foyda keltiradi...2"

Insoniyat o'zining ko'p ming yillik tarixi davomida katta ijtimoiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar tomonidan shunday ijtimoiy psixologik axamiyatga ega bo'lgan fikr, g'oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu ijtimoiy psixologik ta'sir etuvchi g'oyalarni har tomonlama chuqur o'rganish, taxlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib xozirgi davrga, ya'ni xayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy muammolardan biridir, chunki ularda ko'p yillik tajriba mujassamlashgan.


O'smirlik davri-jadal va tekis bormagan jismoniy rivojlanish, jinsiy yetilish, shaxsiyatning o'zida, atrof-muhitni o'rab turgan kishilar bilan o'zaro munosabatda jiddiy o'zgarishlar bo'ladigan davrdir.Ijtimoiy muhitning asosi bo'lgan oila, o'smir xulqi shakllanishiga katta ta'sir o'tkazadi. An'anaviy tarzda tarbiya asosiy instituti oila hisoblanadi. O'smirning oilada olgan tarbiyasi keyin bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti sifatida muhimligi shundaki, o'smir unda hayotining ko'p qismini o'tkazadi va shaxsga ta'sir etuvchi muddati bo'yicha birorta ham tarbiya institutlari oilaga teng kela olmaydi.
O'smirlik chog'ida yuz beradigan fikrlash jarayonlarining murakkablashuvi, mavhumlashtirish, yaxlit holga keltirish va darajalash qobiliyatlarining shakllanishi, atrofdagi voqelikni tanqidiy anglash, ijtimoiy talablari, kechagi bolaning o'zining yangi ijtimoiy rolini qabul qilishi bilan o'zaro ta'sir etib, uning ma'naviy-axloqiy rivojlanishini rag'batlantiradi.
O'zbeklarning aksariyati o'zining shaxsiy faravonligi to'g'risida emas, balki oilasining, qarindosh urug'lari va yaqin odamlarining, qo'shnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir3
Huquqiy davlat qurishga intilayotgan O'zbekistonning asosiy konstitutsiyaviy talablaridan biri huquqiy-tartibotni mustahkamlash, jinoyatlarni oldini olish va ularni tugatish hisoblanadi. Keyingi paytlarda o'smirlar o'rtasida giyohvandlik va nashavandlik, o'z joniga qasd qilish, yoshlikdan ichkilikbozlikka ruju qo'yishdek salbiy holatlarning o'sishi keskin ijtimoiy muammo bo'lib qolmoqda.
O'smirlik davrini qiyin o'tish davri deb bekorga aytilmaydi. Ana shu o'smirlik yoshida turli huquqbuzarliklar vujudga keladi. Bu davrda har bir shaxs bolalikdan o'smirlikka qadam qo'yadi, kuchli jismoniy hamda atrofdagilar bilan o'zaro munosabatda jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi. Bunday qaltis davrni muvaffaqiyatli o'tishi faqat shaxsning o'ziga emas, balki uning ota-onasiga, atrofdagi katta yoshdagilarga ham bog'liqdir.
Shaxsning shakllanishida o'smirlik yoshi, o'zining ijtimoiy va biologik rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Ulkan hayot yo'lining mana shu muhim bir qismida, katta yoshdagi o'smir o'z oldiga kim bo'lish, nima, qanday va nima uchun erishish kabi masalalarni hal etishga to'g'ri keladi. Masalalarni qanday qo'yishni va jamiyat bilan uyg'unligi shaxsning kelajakdagi keng istiqboliga bog'langan holda, uning faolligi, barqarorligi, ma'naviy pokligi, maqsadga yo'nalganligi, betakrorligi, ijtimoiy va psixologik jihatdan mazmundorligi jamiyat uchun ham qimmatlidir. O'smirlik davrining qiyin davr bo'lishi ko'p jihatdan o'smir ruhiyatidagi o'zgarishlarni hisobga olmagan holda nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish sababli namoyon bo'lishi mumkin.
Shu sababli o'smirlik yosh davrida mavjud nizoli vaziyatlarni tahlil qilish, o'smirlik inqirozlarining yengil bartaraf etilishiga va pedagogik jarayonni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu davrda nizoli vaziyatlarning xilma-xil ko'rinishlari mavjud bo'ladi. Jumladan, o'smirning o'z tengdoshlari orasida qulay mavqega erisha olmasligi, o'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlarning maqsadga muvofiq emasligi, oilaviy munosabatlardagi tushunmovchiliklar va hokazo.
"...Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim.
Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish -barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. SHundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.
Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan g'oya asosida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshiramiz...4".
Demak Prezidentimiz yosh-o'smir ta'lim-tarbiyasini tubdan isloh qilishimizga ishonmoqda, farzandlarimizni dunyo tan olishini xohlamoqda, bunda esa ularning bosayotgan qadamidan bohabar bo'luvchi va turli vaziyatlarga tushganda yo'l topib chiqib ketuvchi aqlli o'smirni tarbiyalashimiz lozim.
O'smirlarning o'z tengdoshlariga intilishi o'zgacha bo'ladi. O'z tengdoshlari orasida o'zining sifatlarini boshqalar sifati bilan solishtirish, tenglik sharoitida u kimgadir boshqacha ko'rinish xususiyatlarini o'smirlar guruhida yaqqol kuzatish mumkin. Tengdoshlari orasidagi taniqli bo'lish va ularning hurmatiga sazovor bo'lish bu yoshdagi o'quvchilarning xususiyatlaridan yana biridir. O'smir o'zining ichki "qarash" lariga suyangan holda guruhda qo'llab-quvvatlovchi tayanch qidiradi. Tengdoshlari unga qanday baho berishida ular o'rtasidagi munosabatlar doirasida xilma-xil nizoli vaziyatlarga duch keladi. Bunday vaziyatlar o'smirda o'z mavqieyini tiklash uchun ijobiy harakatlarni tanlash yoki aksincha ko'rinishda bo'lishi mumkin. Shu kabilarning barchasi bevosita jamiyatning psixologik iqlimiga ta'sir ko'rsatadi.
Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ta'lim jarayonida o'smirlar o'rtasidagi shaxslararo nizolar, ularning xususiyatlari va nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarning tabiati turli-tuman ekanligining guvohi bo'ldik. Maktab psixologi faoliyatida o'smirlik davriga xos shaxslararo nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish va uni negativ asoratlardan saqlashning profilaktikasini faqat psixokorreksion usullarning muayyan shakllarini ya'ni, psixokorreksion ta'sir o'tkazish yo'li bilan bartaraf etish mumkin.
O'smirlik davriga xos nizolarning psixologik mohiyati, taxlili ilmiy farazlarni ilgari surish imkoniyatini beradi:
- O'smirlar o'rtasidagi nizolar, ularga xos sub'ektlikning turli shakllarini faollashtirib, shaxslilik xususiyatlarining rivojlantirishga sharoit yaratishi;
- O'smirlar o'rtasidagi shaxslararo nizoli vaziyatlarda hamkorlikdagi munosabatlar ko'rinishdagi alternativ (mumkin bo'lgan qarama-qarshi ikki xoldan birini tanlab olish zaruriyati) larni anglash, sharoitini yaratish maktab psixologi faoliyatining predmeti bo'lishi;
- Maktab psixologi va o'smirning o'zaro hamkorlikdagi faoliyati o'smirlarning shaxslararo nizolarni bartaraf eta olishlarida o'z - o'zlarini rivojlantirishlari uchun muhim imkoniyat bo'lishi mumkin.
Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki maktabda psixologik xizmatni rivojlantirishning zamonaviy shart-sharoitlarini kengaytiradi va maktab psixologlari faoliyati va tarbiyaviy ishlarining dasturini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar, inovatsion dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Mavzudan kelib chiqib o'smir yoshga kiruvchi bolalarni psixologik xususiyatlarini organgan holda mahallalarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektorlari tomonidan doimiy nazoratda bo'lishlarini va ularning ish jarayonlari bilan tanishib chiqdik. O'smirlik davriga 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bo'lgan bolalar ya'ni 5-sinfdan 9-sinfgacha va KXK, ALlarning I-bosqich talabalari kiradi. O'smirlar o'rtasida nizolarning kelib chiqish sabablarini, nizolarni hal etishda va ularning kelib chiqishini oldini olishda, nafaqat ota-ona, maktab jamoasi balki mahallalarda faoliyat yurituvchi pedagog tarbiyachi va inspektorlar ish olib borishadi.
O'smir yoshlar va voyaga yetmaganlarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni ommaviy sportga jalb etish, huquqbuzarlikka moyil va ichki ishlar idoralarida profîlaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar hamda farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ota-onalar o'rtasida tarbiyaviy-profîlaktik tadbirlarni olib borish maqsadida fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari tarkibiga pedagog-tarbiyachi lavozimining kiritilishi yoshlarga qaratilgan barcha ishlar Davlat siyosati darajasiga ko'tarilganidan dalolat beradi.
Tarbiyalanib kelayotgan o'smirlarning bilish jarayonlari psixolologik xususiyatlari ham rivojlangan bo'lib, ular ruhiy holatida buzilishlar uchraydi. Do'stlar o'rtasidagi arzimas kelishmovchilik, ota-ona va farzand o'rtasidagi tushunmovchilik, o'qituvchi-o'quvchi munosabatlaridagi muammoli vaziyatlar nizolarning kelib chiqishiga va ularni yoki to'g'ri hal etilishi, yoki chuqurlashib ildiz olib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Maktab ota-ona, mahalla hamkorligi mustahkam bo'lsa bunday nizoli vaziyatlarning kelib chiqishi kamayadi va uning yechimini topish oson kechadi.
Shularni hisobga olgan holda mahallalarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari tuzilgan bo'lib, ularning tarkibiga mahalla nozirlari, maktab rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'ini raisi, tajribali o'qituvchi, sport murabbiylari va mahalla faollari a'zo etib kiritilgan. Mavzudan kelib chiqib, tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun maktabning yuqori sinf o'quvchilari, voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan hamkorlikda izlanish olib bordik. Maktabda o'quvchilar o'rtasida ijtimoiy fîkr so'rovnomasi o'tkazildi
So'rovnoma natijalariga ko'ra osmirlarning ijtimoiylashuviga oila, maktab, tengdoshlar ta'siri 62 nafar o'quvchini tashkil etadi. OAV ta'siri 66 nafar o'quvchini tashkil etadi. O'smirlarni o'z-o'ziga baho berishi 70 nafar o'quvchi, va suitsid holga tushishi esa afsuski-22 nafar o'quvchini tashkil etdi. Xulosa qilib aytganda ijtimoiy fîkr so'rovnomasi o'smirlar o'rtasida ziddiyatlarni paydo bo'lishi ularni hal etish bo'yicha o'smirlarni mavjud imkoniyatlarni, bilimlarini aniqlashga yordam berdi.
O'smirlar o'rtasida nizolarni paydo bo'lishi yuzasidan mahalla inspektorlariga murojaat etdik. Nizolarning oldini olish y'ani profilaktika ishlari bo'yicha joylarda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni tashkil etish, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning sonini kamaytirish borasida tushuntirish ishlari, suhbat munozaralar o'tkazilganini ko'rib chiqib, hujjatlar, bayonnomalar bilan tanishdik. IIB voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining xizmat vazifalari va burchlari bilan ham tanishib chiqdik.Unga ko'ra,
- Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari o'z ish faoliyatida voyaga yetmaganlar qarovsizligi, ular orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish ishlarini amalga oshirib, ichki ishlar idoralari profilaktik xisobda turgan voyaga yetmaganlar va farzandlari tarbiyasi bilan shugullanmayotgan, o'zlarining jamiyatga zid xatti-harakatlari bilan ularning tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan ota-onalar bilan profilaktik tadbirlarni, mahalliy hokimiyat, maxalla fuqarolar yig'ini, xalq ta'limi bo'limi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, mahalla diniy ma'rifiy maslahatchilar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlarni tashkillashtirish;
- Voyaga yetmagan yoshlarni Vatanga sadoqat, kelajakka ishonch, milliy qadriyatlarimiz va o'zligimizni anglash, ularda vatanparvarlik, milliy g'urur, milliy mafkura, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, oila, mahalla, maktab, xududni muxofaza kiluvchi idoralar, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati, xokimlik xuzuridagi voyaga yetmaganlar ishi komissiyasi, xalk ta'limi, Oliy va urta maxsus ta'lim, mexnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog'likni saqlash vazirliklari, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi va keng jamoatchilik hamkorligida ishlarni tashkil qilish;
- Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida targ'ibot-tashviqot ishlari barcha davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida ishlab chiqilgan ish rejalari asosida ish yuritish kabi ma'suliyatli vazifalar belgilab berilgan.
Sh.Miromonovich o'smir-yoshlarning bo'sh vaqtlarini to'g'ri taqsimlansagina ular o'rtasidagi huquqbuzarlikni oldi olinishini ta'kidlab: "...yoshlar o'rtasida bandlikni ta'minlash va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash masalasi e'tiborimiz markazida bo'ladi.
Buning uchun kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi.
Bundan buyon ishchi kasblar bo'yicha talab qo'yishda malaka asosiy o'ringa chiqadi.
Shuning uchun Hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bo'lgan ishchi kasblar bo'yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etsin...5"-deb ta'kidladi.
Xulosa qilib aytganda o'smirlar o'rtasida nizolarni kelib chiqishi va ularni bartaraf etish fikrimizcha ota-ona, maktab, mahalla hamkorligiga bog'liq. Hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yilsa, mahallalarda inspektorlar va maktab rahbariyati tomonidan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, suhbatlar ko'proq tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.


Yüklə 127,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə