O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124

qiladi.  Natijada pul  birligining xarid  qilish  kuchi pasaydi va pullarning 
o ‘sishi aylanish girdobida qolib  ketdi.  Shunday qilib,  n andam ing yangi, 
birm uncha  yuqori  darajasida  pullar  zaxirasining  oldingi  qiymati  yana 
qayta tiklandi.  Bunday  rivojlanish  modeli  a m ald a  kapitalizmda tan az- 
zullar va  ishsizlikni  istisno  qildi.
Neoklassiklaming  yondashuvi  kapitalistik  voqelikka  zid  keldi  va 
bu  hol  1929— 1933-yillardagi  «buyuk  depressiya»  jarayonida  alohida 
nam oyon  b o ‘ldi.  Ahvolni  tuzatish  ishi  J.M .  Keynsning  zim m asiga 
tushdi.  U  «Bandlik,  foiz  va  pullarning  u m u m iy   nazariyasi»  asarida 
(1936)  pullarning  aylanishdan  chiqib  ketishi  sabablarini  aniqlashga 
urinadi,  chunki,  uning  fïkricha,  buning  natijasida yalpi  to ‘lovga  qobi- 
liyatli  talab  hajmi  qisqaradiki,  bu  ishlab  chiqarish  rivojlanishiga  t o ‘s- 
qinlik  qiladi.  J.M .  Keynsning  fïkricha,  pullarning  chiqib  ketishining 
bosh  sabablari  «uchta  fundam ental  psixologik  omillar»:  iste’molga 
moyillik,  likvidlilikni  afzal  ko‘rish  va  kapital  aktivlardan  keladigan 
b o ‘lg‘usi  darom ad  taxmini  bilan  bog‘liq.
Pullarga  yalpi  talab  quyidagi  formula  bilan  belgilanadi:
M =   M {  +   M2  =   L i  (Y)  +   L2r,
bunda: 
—  transaksion  talab;  M2 —  spekulativ talab;  Y —  milliy 
darom ad;  r —  foiz  m e ’yori;  Lp  L2  —  likvidlilik  funksiyalari.
Neoklassiklar  va  Keyns  pullar  takror  ishlab  chiqarish  jarayoniga 
t a ’sir  qiladi,  deb  hisoblashadi.  Biroq  neoklassiklar  b unday  t a ’sirni 
narxlar  orqali,  Keyns  esa  foiz  m e ’yori  orqali  ko ‘rsatadi.  Keynsning 
fïkricha,  foiz  m e ’yori  investitsiyalarga  t a ’sir  k o ‘rsatadi,  investitsiyalar 
esa  milliy  darom ad  o'sishining  m uhim   omili  hisoblanadi.
Keynsning  kapitalizmning o ‘zin i-o ‘zi  tartibga  soladigan  tizim   sifa- 
tidagi  tanqidi  qayishqoq  pullarni  —  neoklassik  nazariyaning  asosiy 
barqarorlashtiruvchi  omilini  to'xtatib   q o ‘yish  y o ‘li  bilan  erishiladi. 
Keyns  shu  maqsadda  barcha  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  ish  haqining 
o ‘zgarm as  kattaliklarida  ifodalaydi.  Lekin  narx  o m ilid an   abstrak- 
siyalashtirish,  o ‘z  mohiyatiga  ko'ra,  ayniqsa  ikkinchi ja h o n   urushidan 
keyin  keskinlashgan  inflatsiya  m uam m osini  istisno  etdi.  Bu  keynschi- 
likning keskin tanqidga uchrashini oldindan belgilab berdi va pullarning 
neoklassik  nazariyasi  vujudga  kelishining  m u h im   sharti  b o ‘ldi.
H ozirgi  m o n e ta riz m   n azariyasi.  K e y n s n in g   b e v o s ita   d a v la t 
investitsiyalarining  roliga  va  konyunkturani  tartibga  solishning  budjet 
uslublariga  ortiqcha  baho  berib  yuborgan  tavsiyalarining  q o 'llan ib  
b o ‘linmasligi  inflatsiya  fen o m en in i  «sof  pullik  asosda»  izohlashga


urinishlarning  paydo  b o ‘lishiga  olib  keldi.  Bunday yondashuv  M ilton 
F rid m en  (1912-yilda  tu g ‘ilgan)  boshchiligidagi  hozirgi  m onetaristlar 
asarlarida  am alga  oshirildi.  60—70-yillarda  uning  «K apitalizm   va 
erkinlik»,  «Qo‘shma Shtatlarning m onetär tarixi.  1867—1970» (A.  Shvars 
bilan birgalikda),  «Pozitiv iqtisodiy fan ocherklari»,  «Dollar va defltsit», 
«Pul  nazariyasidagi  kontrrevolutsiya»  va  boshqa  asarlari  chop  etiladi. 
1976-yilda  M.  Fridm enga  Nobel  mukofoti  berildi.
Monetaristlar pullarning miqdoriy  nazariyasining yangicha talqinini 
taklif etishdi.  M.  Fridm en statistik tahlil asosida quyidagicha formulani 
taklif  qildi:
M V =   Py,
bunda:   —  pul  massasi;  V —  darom adning  aylanish  tezligi;  P  — 
narxlar  darajasi;    —  real  darom ad  m e ’yori  (oqimi).
Pullami monetaristlar takror ishlab  chiqarishning hal qiluvchi  omili 
sifatida  ko‘rib chiqishadi,  shuning uchun davlatning pul-kredit sohasini 
n o to ‘g‘ri tartibga solishi,  ularning fikricha,  iqtisodiy tanazzulni  keltirib 
chiqarishi  mumkin.
Bunday  tanazzulning  oldini  olish  uchun,  birinchidan,  pul  mas- 
sasining  o'sishi  su r’atlarini  yiliga  3—4%  gacha  pasaytirish  zarur  (bu 
A Q SH   milliy  darom adining o ‘rtacha  o ‘sish  su r’atlariga to ‘g ‘ri  keladi). 
Shunisi  xarakterliki,  bunday  sur’atlar  iqtisodiy  konyunkturaning joriy 
holatidan q a t’i  nazar tavsiya etiladi,  chunki,  monetaristlarning fikricha, 
qabul  qilingan  qarorlarning  t a ’siri jiddiy  kechikadi  va  ularning  bosh- 
lang'ich  maqsadiga  putur yetkazadi.  Ikkinchidan,  davlatning  iqtisodiy 
funksiyalarini  cheklash:  davlat sektori  miqdorlarini  kamaytirish,  davlat 
xarajatlarini,  shu jum ladan,  ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarni  qisqartirish 
kerak  (bu  virik  biznesning  manfaatlariga  obyektiv  xizmat  qiladi).
1969— 
1970-yillarda  va  70-yillarning  ikkinchi  yarm ida  A Q SH , 
Angliva,  G F R ,  Yaponiyada  va  boshqa  ayrim  mamlakatlarda  m on e- 
taristik tavsiyalarni  amalda q o ‘llanishga urinishlar bo'ldi.  Hisobga olish 
stavkasi jiddiy oshirildi  (17—2ü%gacha),  ilgari  natsionalizatsiya qilingan 
korxonalarning qisman qaytadan xususiylashtirilishi va shu kabi tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Biroq  inflatsiya  bilan  kurashda  erishilgan  shubhasiz 
yu tuqlarg a  q a ra m asd a n   kapitalizm n in g   rivojlanishidagi  tanazzulli 
pasayishlarning  to ‘liq  oldini  olib  b o ‘lmadi  —  1980— 1982-yillardagi 
tanazzul  shundan  yaqqol  dalolat berdi.  Bir qator mam lakatlarda ushbu 
tanazzul  urushdan  keyingi  davrdagi  nafaqat  eng  uzoq  davom  etgan, 
shu bilan birga eng teran tanazzul b o id i.  Monetaristik chora-tadbirlar,


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə