O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124

hujjatlarning muayyan  t.irkum i  mavjud,  B unday ro ‘yxat aniq bankning 
talablariga  va  shu  davlat  b an k   tizimining  o ‘ziga  xos  xususiyatlariga 
muvofiq  tuziladi.  Turli  b an k la r hududida joylashgan  bir necha banklar 
haq t o ‘lashni  amalga oshirishida boshqa davlatdagi  banklar q o ‘yadigan 
talablarni  hisobga  olish  zarur.  Bunday talab shu  bilan bog‘liqki,  u sh b u  
inkasso operatsiyasini  o ‘tkazishning  navbatdagi  bosqichi  xaridor banki 
bilan sotuvchi  banki o ‘rtasida tegishli  hujjatlarning berilishidan iborat. 
S h u n d a n   keyin  xaridor  banki  hujjatlarga  muvofiq  sum m ani  sotuvchi 
bankiga  o ‘tkazadi,  sotuvchi  banki  pul  m ablag‘larini  bevosita  tovarni 
sotuvchining  hisobvarag‘iga  o'tkazadi.
inkasso bo'yicha hisob-kitoblar ikki turda:  oddiy inkasso va hujjatli 
inkasso  b o ‘ladi.
Oddiy inkasso to'lovnm g shunday tizimiki,  u n d a to ‘lovning undiri- 
lishi  inkasso  shartlari  asosidagi  bitimning  tuzilganligini  tasdiqlaydigan 
m oliya  hujjatlari  olinganida  amalga  oshiriladi.
Hujjatli  inkasso  to 'lo v n in g   oluvchiga  haqi  toMangan  tovarning 
yetkazib berilishi yuzasidan  ayrim kafolatlar beriladigan tizimga kiradi. 
B u nday  kafolatlar  toMovning  o'tkazilishi  am alga  oshirilishida  faqat 
inkasso shartlari asosidagi bitimning tuzilganligini tasdiqlaydigan tegishli 
hujjatlar  va  yuk  bilan  birga  yuboriladigan  tijorat  hujjatlari  olinganida 
beriladi.  Shunday  qilib,  inkasso  bo'yicha  hisob-kitoblarning  amalga 
oshirilishi  shartlari  amaliy  sheriklarning  bir-biriga  ishonishi  darajasiga 
q a ra b   o ‘zgarishi  m um kin.  B u n d a n   tashqari,  to v arn in g   o ‘ziga  xos 
xususiyati  ham  faqat  tovar  yuk  bilan  birga  yuboriladigan  hujjatlar 
xaridorga yetib kelganidan  keyin  toMashning obyektiv zarurligini keltirib 
chiqarishi  mumkin.  Bu ushbu  tovarni  saqlash  m uddatlarining cheklan- 
ganligi va tashish sharoitlarining og‘irligi bilan bog‘liq b o ‘ladi.  Masalan, 
tovar yetkazib beriladigan  yo'l o 'tadigan  h u du d d a jinoyatchilik darajasi 
yuqori  b o ‘lganida  shunday  qilinishi  m um kin.
Banklararo  hisob-kitoblar.  B a n k la ra ro   h is o b - k ito b la r   m oliya 
tizim ida  asosiy o ‘rin  tutadi,  chu n k i  k o ‘pchilik  m oliya  operatsiyalarini 
amalga oshirish va iqtisodiy kontragentlar o ‘rtasidagi  hisob-kitoblarning 
barcha shakllarini  o ‘tkazishga  im kon beradi.  Holbuki, banklararo hisob- 
kitoblar  yopiq  tizim  hisoblanadi,  chunki  ularga  m ustaqil  tashkilotlar 
sifatidagi  banklarning  tijorat  siriga  rioya  qilish  zarurati  yuklanadi.
M illiy  iqtisodiyotlar  integratsiyasining  o ‘sib  borishi  va  turli  m am - 
lakatlarga mansub ham da h ar xil banklar xizmat k o ‘rsatadigan sheriklar 
o'rtasidagi  bitimlar  sonining  k o ‘payishi  sababli j a h o n   valuta  bozorida 
banklararo  hisob-kitoblarning  yagona  tizimini  shakllantirish  zarurati


oshmoqda.  Bugungi  kunda  banklararo  hisob-kitoblarning global tizimi 
joriy etilmoqda. Yangi tashkil  etilgan tizimdagi markaziv roi  dunyoning 
36 ta yetakchi banklari  t a ’sischilari  b o ‘lgan  Nyu-Yorkda maxsus  ta ’sis 
etilgan  «uzluksiz  bog'langan  hisob-kitoblar» banki  zimrnasiga yuklan- 
gan.  Yangi  hisob-kitob  markazi yettita markaziy bank, A Q S H   Fédéral 
zaxira  tizimi,  Yevropa  markaziy  banki,  Tokio  banki  va  Angliya  banki 
bilan  b e v o sita   b o g ‘la n g a n .  B u n d a y   tiz im   v a lu ta n in g   o l d i- s o td i 
operatsiyalariga  doir  hisob-kitoblar  vaqtini  5  soatgacha  qisqartiradi. 
U   ja h o n   bozoridagi  valuta  savdosining  a n ’anaviy  sxemasi  o ‘rnini 
bosadi:  eski  sxemaga  ko ‘ra  boshqa  m am iakat  valutasiga  oid  bitimlar 
b o ‘yicha barcha hisob-kitob operatsiyalariga vakil-bank vositachiligida
2  kunga  yaqin  m uddat  talab  qilinardi.
Banklararo hisob-kitoblar nafaqat xalqaro operatsiyalarda,  shu bilan 
b irg a   m a m ia k a t  ic h id a g i  o p e r a t s iy a l a r d a   h a m   m u h im   b o ‘g ‘in 
hisoblanadi.  Banklararo hisob-kitoblarga zarurat boshqa banklar bilan 
o ‘zaro  ishlarni  maksimal  qisqa  m uddatlarda  amalga  oshirishga  imkon 
beradigan  dasturiy  t a ’m in o tg a   ehtiyojni  shakllantiradi.  Shakllan- 
tirilayotgan  k ichik   tiz im la r  t o ‘lovni  ishlash  b o sq ich ig a  muvofiq 
keladigan  hisob  amallarining  bajarilishini  o ‘z  ichiga  oladigan  erkin 
formatdagi elektron to'lov hujjatlari bilan almashinish uchun vositalarni 
beradi.
Asosiy  funksional  imkoniyatlari:
1)  k o ‘p  valutali  ish  rejimi;
2)  milliy va chet el valutalaridagi  hisob-kitoblar uchun vakil-bankiar 
bildirgichini  yuritish;
3) har bir xabarning parametrlarini sozlash imkoniyatiga ega xabarlar 
shakllari  bildirgichini  yuritish;
4)  ko'pgina  m intaqalar  va  M D H   mamlakatlari  XK M lari  format- 
laridagi  xabarlar  bilan  alm ashinish;
5)  S W lF T (P a y m e n ts)-to ‘lovlarni  pozitsiyalashtirish  form atlarida 
xabarlar  bilan  almashinish;
6)  j o ‘n a tilg a n   va  q a b u l  q ilin g a n   t o ‘lov  h u jja tla r in i  vakillik 
hisobvarag'i  b o ‘yicha  k o ‘chirm alari  bilan  birga  avtom atik  va  q o i d a  
kvitovkalash;
7)  tranzit  t o io v la r   bilan  ishlash;
8)  komissiyalar sum m alarini  avtom atik  belgilash;
9)  buxgalteriik  o ‘tkazm alarini  avtomatik  shakliantirish;
10)  hisobga olish  operatsiyalarini to'lovlar bilan  ishlash bosqichlari 
bo'ylab  joylashtirish;


11)  barcha  buxgalterük  o'tkazm alarini  k o 'z d a n   kechirish;
12)  vakillik  hisobvaraqlari  va  pozitsiyalar  hisobvaraqlari  hol'atini 
nazorat  qilish;
13)  kirib  keladigan  va  chiqib  ketadigan  to 'lovlar  arxivini  yuritish;
14)  xabarlar  eksporti  va  importi  seanslari ju m a lin i  yuritish.
S hunday  qilib,  b anklararo  hisob-kitoblar  hiso b -k ito b   o 'tk a z is h
operatsiyalarini  tartibga  solish  h a m d a   tak o m illash tirish   y u z a sid a n  
ban klar  o ‘rtasidagi  o ‘zaro  am al  qilish  tizimi  hisoblanadi.
Naqd  puJsiz  hisob-kitoblarni  rivojlantirish  ¡stiqbollari.  Iqtisodiy 
kontragentlar  o'rtasidagi  hisob-kitoblarning  pul  m ablag‘larini  o ‘tka- 
zishning  naqd  pulsiz  tizimlari  yordam ida  amalga  cshirilishi  bir  q ato r 
yorqin  afzalliklarga  ega  b o ‘lib,  ulardan  biri  u shbu  operatsiyani  pul 
m ablag'larini  tashishga  ortiqcha  xarajatlar  sarflam asdan  a n c h a   tez 
o'tkazishdan  iborat.  D inam ik rivojlanayotgan  bozor n aq d  pulsiz hisob- 
kitoblarni  amalga  oshirish  sifatini  oshirishni  va  b unday  operatsiyani 
o ‘tkazish tezligini  pasaytirishni talab  qiladi.  N afaq at yuridik shaxslarga 
xizm at  ko'rsatuvchi  va  shu  tariqa  bevosita  tadbirkorlik  bilan  b o g ‘liq 
b o ‘lgan  banklar,  sh u   b ilan   birga  jis m o n iy   sh ax slar  o 'r ta s id a   pul 
mablagMarining  n aqd  pulsiz  o'tkazilishini  am alga  oshiruvchi  bank 
tashkilotlari  ham  bunday  ehtiyojlarni  tobora  k o 'p ro q   hisobga  olishi 
kerak  boMmoqda.
M amlakatimizdagi  b unday  ehtiyoj  o ‘z  faoliyatini  yuridik  shaxsni 
tashkil  etm asdan  yurituvchi  tadbirkor  sifatida  ish  olib  borayotgan 
tad birkorlar  sonining  o'sayotganligi  va  o 'z in in g   pul  m ab lag 'larin i 
nafaqat saqlash,  shu bilan  birga pul mablagMarini o ‘tkazish jarayonlarini 
faollashtirayotgan  aholining  darom adlari  darajasining  oshayotganligi 
bilan  bog‘liqdir.
B undan tashqari,  chegaralam ing  ochilishi  iqtisodiy subyektlarning 
b u tu n   dunyo  bo'ylab  faol  k o 'c h ib   yurishiga  sabab  bo'ladiki,  bu  ch et 
ellardagi banklar bilan vakillik m unosabatlarini yo'lga qo'yish zaruratini 
keltirib  chiqaradi.
N atijada  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  tizirnida 
ikkita  prinsipial 
m u h im   vazifa  shakllanadi:
1)  naqd  pulsiz  operatsiyalarni  o 'tk a z ish   m u d d atlari  hajm ining 
kamayishi;
2)  potensial  sherildar sonining  ko'payishi.
B unday  vazifalar  asosan  zam onaviy  texnika  yutuqlarini  qo'llanib 
hai  etiladi,  ixtisoslashgan  va  h a m m a   foydalanishi  m u m k in   b o ‘lgan 
elektron  aloaa  tizimlari  ana  shu n d ay  yutuqlarga  kiradi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə