O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124

turli m am lakatlar korxonalari  o ‘rtasida h am  amalga oshirilishi mumkin. 
Boshqacha  aytganda,  hisob-kitoblarning  naqd  pulsiz  shakli  xalqaro 
amaliyotda  faol  qo'llanilmoqda.  N aq d   pulsiz  hisob-kitoblar  shakllari 
deganda  ushbu  toMovni  amalga  oshirishning  mavjud  usullari  va  uni 
amalga oshirishda q o ‘llaniladigan vositalar turkum i tushuniladi.  Iqtisodiy 
kontragentlar  o ‘rtasidagi  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish­
ning  asosiy  shakllari  quyidagilardan  iborat:
1)  inkasso  operatsiyalari  vositasidagi  hisob-kitoblar;
2)  akkreditivlar  yordamidagi  hisob-kitoblar;
3)  b o 'n ak   toMovlari  shaklidagi  hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo ‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan  hisob-kitoblar.
Chek,  veksel,  bank trattasi va pul o ‘tkazmasi naqd  pulsiz t o ‘lovlarni
amalga  oshirishning  asosiy  vositalaridir.
Shunday  qilib,  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarning  iqtisodiy  k o n tra ­
gentlar  o ‘rtasida  h ar  bir  muayyan  vaqt  o ralig 'id a  h iso b -kitoblarni 
amalga  oshirishning  eng  qulay  uslubini  tanlashga  im kon  beradigan 
turli-tum an  shakllari  mavjud.  N aqd  pulsiz  hisob-kitoblar  tizim ining 
eng  qulay  uslubini  belgilash  mavjud  shart-sharoitlarni  baholash  yo'li 
bilan  amalga  oshiriladi.  Masalan,  tovar  turining  o'zini  hisobga  olish 
zam r,  chunki bu  tovarga haq t o ‘lash  uslublarining qaysi biri sotuvchiga 
va  qaysinisi  xaridorga  ko ‘proq  foydali  bo'lishi  shunga  b o g ‘liq  bo'ladi 
Bundan  tashqari..  ayrim   tovarlar  haq  t o ‘lashning  faqat  b ir  usulim  
amalga  oshirish  bo'yicha  obyektiv  imkoniyatni  nazarda  tutadi,  chunki 
bo sh q a ch a   b o ‘lsa,  b u n d a y   tov arn i  ishlab  c h iq a ris h   yoki  tash ish  
jarayonini  bajarish  m umkin  b o ‘lmaydi.  Bitim  obyektini  hisobga  olish 
naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  uslubini  tanlashga  ta'si- 
qiladigan  yana  bir  zarur  omil  b o ‘lib,  u  h iso b -k ito b n in g   potensiai 
ehtim ol  tutilgan  shakllari  ro'yxatiga  va  ushbu  operatsiyani  am alga 
oshirish  m uddatlariga  t a ’sir  qiladi.  B undan  tashqari,  b o zo rd a  ushbu 
tovarga  mavjud  b o ‘lgan  talab va  taklif darajasi  h a m   naqd  pulsiz  hisob- 
kitoblarni  amalga  oshirish  uslubini  tanlashga  t a ’sir  qiladigan  yana  bir 
m uhim   omildir.  Bunday  omil  bitim  q atn ashchilaridan  qaysi  biri  — 
yetkazib  beruvchi  yoki  xaridorning  bitim ni  tuzishda  o ‘z  shartlarini 
o ‘tkazishi  m umkinligini  belgilaydi.  Shunga  m os  ravishda,  naqd  pulsiz 
hisob-kitoblarning  bitimning  u  yoki  b o shqa  qatnashchisiga  k o ‘proq 
foydali  bo'ladigan  shakli  tanlanadi.
Hozirgi  vaqtda  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar shakllari  to b o ra  k o ‘proq 
ahamiyat  kasb  e tm oq d a.  Iqtisodiyotning  b o sh q a   subyektlari  bilan


savdo -sotiq  yoki  resurslarni  xarid  qilish  borasida  m unosabatlarga 
kirishadigan  korxonalar  u c h u n   nafaqat  qulay va  ishonchli  bo'ladigan, 
shu  bilan  birga  pul  oqimlarini  nazorat  qilish,  shuningdek,  pul  mab- 
lag'larini  o ‘tkazish bilan bog'liq q o ‘shim cha xarajatlarni kamaytirishga 
im kon beradigan hisob-kitob vositasini topish ayniqsa m uhimdir.  Naqd 
pulsiz hisob-kitoblarni o'tkazish variantlaridan  biri —  to ‘lov topshiriq- 
nom alari  orqali  hisob-kitob  qilish  hisoblanadi.
T o ‘lov topshiriqnomalari orqali  hisob-kitoblar —  naqd pulsiz hisob- 
k ito b lar  shakli  b o ‘lib,  b u n d a   t o ‘lovchi  unga  xizm at  k o ‘rsatadigan 
bank  muassasasiga 
0
‘zining  hisobvarag'idan  mablagMarni  oluvchining 
hisobvarag'iga  m uayyan  sum m ani  o ‘tkazish  haqidagi  topshiriqni  o ‘z 
ichiga  oladigan  hisob-kitob  hujjatini  taqdim   qiladi.  Shunday  qilib, 
h is o b -k ito b n in g   b u n d a y   sh ak lin i  am alga  osh irish   u c h u n   banklar 
o ‘rtasida  vakillik  aloqalari  yoki  ham korlik  qilish  u ch u n   potensial 
im koniyat  mavjud  b o ‘lishi  kerak  va  korxona,  odatda,  doimiy  tarzda 
am al  qiladigan  o ‘z  hisobvarag‘iga  ega  b o ‘lishi  lozim.
S h u n i  qayd  q ilish   k e ra k k i,  b u n d a y   u slu b   k o rx o n a la rg a   pul 
mablagMarini  o ‘tkazish  shartlari  va  ularning  m uddatlari  xususida 
banklarni bu ishga  aralashtirm asdan  o'zaro  kelishib  olish imkoniyatini 
beradi.  M asalan, bitim  qatnashchilari tovarni yetkazib berishdan  keyin 
h a q   t o ‘lash  yoki  to v arnin g   xaridorga  bevosita  yetib  kelishigacha, 
s h u n in g d e k ,  b itim   im z o la n is h i  h a m o n   h a q   t o ‘lash  t o ‘g ‘risida 
kelishishlari m umkin.
Bu  shu  bilan  bog‘liqki,  bank  sheriklarning  harakatlarini  nazorat 
q ilm a y d i,  balki  o ‘z  m ijo z in in g   pul  m ab la g 'la rin i  u ning  bevosita 
topshirig‘iga  binoan  ko'rsatilgan  hisobvaraqqa  o ‘tkazadi.
Lekin shunga qaram asdan,  to'lovning ushbu turini amalga oshirish- 
ga  nisbatan  m uayyan   ta la b la r  ham   am al  qiladiki,  ular  bankning 
harakatlarini  va  ushbu  hisob-kitob  uslubi  yordam ida  to ‘lovni  amalga 
oshiruvchi  biznesdagi  sheriklarning  xohish-istaklarini  tartibga  soladi. 
T o ‘lov topshiriqnom alari orqali  hisob-kitoblar haqidagi asosiy qoidalar 
quyidagichadir:
1) 
to'lov topshiriqnom alari orqali hisob-kitoblarda bank to ‘lovchi- 
ning topshiriqnom asi b o ‘yicha hisobvaraqda turgan  mablag‘lar hisobiga 
t o io v c h i   ko‘rsatgan  shaxsning  ushbu  yoki  boshqa  bankdagi  hisob- 
varag'iga  q o n u n d a   k o ‘rsatilgan  m u d d atd a   yoki  m abodo  bank  hi- 
so b v a ra g 'ig a   d o ir   s h a rtn o m a g a   b in o a n   yoxud  b a n k   am aliy o tid a 
q o 'lla n ila d ig an   am aliy  aylanish  odatlariga  k o ‘ra  b irm u n c h a   qisqa 
m ud dat nazarda tutilm agan bo'lsa,  qonunga k o ‘ra belgilangan m uddat-


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə