O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124

teng  bo‘ladi.  Shunga  qaram asdan,  0,7  yoki  0,8  darajasidagi  natijalar 
yo‘l  q o ‘yilishi  m u m k in   m ohiyatlar  deb  hisoblanadi.
Naqd pullar emissiyasi.  Pul multiplikatori.  Pullar m arkaziy emissiya 
banki  faoliyati  natijasida  yaratiladi.  Pullarni  yaratish  ja ra y o n i  ikki 
bosqichdan  iborat  boMadi.
Pullarni yaratish jarayonining birinchi bosqichida m arkaziy emissiya 
banki  asosiy  yo‘nalishlar  bo'yicha,  shu jum ladan,  h u k u m atg a,  tijorat 
banklari,  chet  m am lakatlar,  alohida  korxonalarga  bevosita  kreditlarni 
berish  y o ‘li  bilan  (agar  amaldagi  q on u nlarda  shunday  tartib  nazarda 
tutilgan  b o ‘lsa),  s h u n in g d e k ,  rasm iy  o ltin   va  v a lu ta   zax iralarin i 
ko‘paytirish  orqali  o ‘z  aktivlarini  k o ‘paytiradi.
Markaziy emissiya banki aktivlarining ko‘paytirilishi  ayni bir vaqtda 
uning  passivlarining  ham   mos  ravishda  o ‘sishini  anglatadi,  y a ’ni  pul 
bazasining  tashkil  etilishiga  olib  keladi.
Pul  bazasi  m u o m a lad a g i  n aq d   p u lla rd a n ,  s h u n in g d e k ,  tijorat 
banklarining  m am lakat  M arkaziy  bankidagi  m ajburiy  va  m ajburiy 
bo'lmagan  (ixtiyoriy  va  ortiqcha)  zaxiralaridan  iborat  boMadi.
U m u m an  olganda,  tijorat  banklarining  zaxiralari  deganda,  m abodo 
bank omonatchilari to'satdan katta miqdordagi to ‘lov talablarini  q o ‘ygani 
holda,  uning tezkorlik bilan  muomalaga kiritadigan aktivlari tushuniladi. 
Tijorat banklarining  Markaziy bankdagi  zaxiralari  majburiy va majburiy 
bo‘lmagan  (ixtiyoriy  va  ortiqcha)  zaxiralardan  tarkib  topadi.
Majburiy zaxiralar deganda tijorat  banklarining  M arkaziy bankdagi 
om onatlari  (depozitlari)ning  qonuniy  tartibda  belgilab  q o ‘yiladigan 
eng  kam  m e ’yori  tushuniladi.
Majburiy  bo ‘lm agan  (ixtiyoriy,  ortiqcha)  zaxiralar  deganda  tijorat 
banklarining  Markaziy  bankdagi  vakillik  hisobvaraqlarida  majburiy 
zaxiralarning  belgilangan 
m e ’y o r i d a n  
ortiq  m iqdorda  saqlanayotgan 
mablag‘lari  tushuniladi.  Tijorat  banklari  majburiy  b o im a g a n   zaxiralar 
miqdorlarini o ‘z xohishiga ko ‘ra o ‘zgartirishi  m um kin.  Shu  m unosabat 
bilan  e ’lon  qilinadigan  statistikada  pul  bazasini  belgilashda  bunday 
zaxiralarni  muomaladagi  naqd  pullar  tarkibida  yuribdi  deb  hisoblab, 
ular  ajratib  ko‘rsatilmaydi.  Masalan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M a r­
kaziy  banki  pul  bazasining  quyidagicha  t a ’rifmi  beradi:
Pul  bazasi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M arkaziy  banki  m u o m alag a 
chiqargan  naqd  pullar  va  tijorat  banklarining  majburiy  zaxiralarini 
o ‘z  ichiga  oladi.
Pullarni  yaratish  jarayonining  ikkinchi  bosqichida  tijorat  banklari 
o ‘z  mijozlari  —  korxonalar,  tashkilotlar,  aholini  kreditlash  u c h u n


m arkaziy  emissiya  bankidan  oigan  kreditlardan  foydalanadiki,  bu  pul 
massasining  yaratilishiga  olib  keladi.
Pul  massasi  tijorat  banklari  tizimidagi  pul  bazasining  oshishi 
natijasida vujudga keladi va muomaladagi naqd pullardan hamda mijozlar 
hisobvaraqlaridagi  pullar  qoldiqlaridan  iborat  b o ‘ladi. 
B a n k  
multiplikatori  pullarning  bir  tijorat  bankidan  boshqa  tijorat  bankiga 
harakati davrida tijorat banklarining depozit hisobvaraqlaridagi pullar­
ning ko‘payishi jarayonidan iborat.  Pul  massasini ko‘paytirishning ushbu 
m exanizmi  faqat ikki darajali  bank tizimi  (markaziy va tijorat banklari) 
amal qiladigan va to ‘liq faoliyat yuritadigan sharoitda ishlashi mumkin. 
Bank  multiplikatori  m exanizm ining  amal  qilishi  jarayonida  banklar 
m ijozlarining  hisobvaraqlarida  pul  mablagMarining  t o ‘planishi  yuz 
beradi.  Ushbu  m exanizm ning  amal  qilishi  intensivligini  hisob-kitob 
qilish  uchun  bank  multiplikatori  koeffítsientini  hisob-kitob  qilish  for- 
mulasi  qo'llaniladi:
1-R  •  100%  yoki  pul  massasi  —  R,  bunda:  R  —  markaziy  bank 
belgilab  qo'ygan  majburiy  zaxiralash  m e ’yori.
Bank  multiplikatori  mexanizmi  quyidagi  usulda  faoliyat  yuritadi: 
M arkaziy bank qandaydir tijorat bankiga kredit beradi va o ‘z navbatida 
u sh b u   tijorat  banki  o 'z in in g   mijoziga  kredit  beradi.  Mijoz  ushbu 
taxm inan  10  ta  birlikdan  iborat  kreditdan  o ‘z  majburiyatlarini  to ‘lash 
u c h u n   foydalanadi.  Pul  m ablag‘lari  boshqa  iqtisodiy  subyektga  borib 
tu sh a d i  va  u  bu  m ab la g ‘larni  o ‘zining  tijorat  bankidagi  depozitli 
hisobvarag‘ida  joylashtiradi.  Bankning  ikkinchi  mijozining  hisobva- 
rag'ida  10 ta birlik mavjud.  Bank ushbu sum m adan  majburiy zaxiralash 
fondiga  muayyan  foizni  ajratadi.  Bankda,  masalan,  erkin  m ablag'- 
larning  8  ta  birligi  qoladi  va  u  ushbu  m ablag‘larni  yana  kreditga 
beradi.  Bu operatsiya faqat shunday farq bilan takrorlanadiki, to ‘rtinchi 
m ijozning  hisobvarag‘ida  endi  8  ta   birlik  mavjud  b o ‘ladi.
B unday  operatsiya  m uayyan  m uddat  davom ida  takrorlanadi  va 
natijada  m ijozlarning  banklardagi  hisobvaraqlarida  Markaziy  bank 
birinchi  m arta  10  ta  birlikdan  oshadigan  sum m a  (1 0 + 8 +   va  hokazo) 
paydo  b o ‘ladi.  S hunday qilib,  m azkur m exanizm   iqtisodiyotga taqdim  
etilgan  pul  massasini  m u ayy an   su m m a g a ch a   n a q d   pulsiz  shaklda 
ko'paytirishga imkon beradi,  ushbu holatda belgilab q o ‘yilgan  majburiy 
zaxiralash  m e ’yori  q a n c h a lik   y uqori  b o ‘lsa,  kreditning  aylanishi 
shunchalik  tez  tugaydi  va  bu  m exanizm ning  amal  qilishi  natijasida 
q o 'sh im c h a   ravishda  iqtisodiyotda  shunchalik  kam  miqdordagi  pullar 
paydo  b o ‘ladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə