O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124

Buning sababi shunda ediki,  «adolatli  ayirboshlash» banklari n a ijtimoiy 
zarur  vaqtning  miqdorini,  na  ijtimoiy  ehtiyojning  m iqdorini  t o ‘g ‘ri 
belgilay olishmasdi.  Ularning tashkilotchilari tovarni yaratuvchi m ehnat 
tabiatini tushunishmagan.  U lar tovar ishlab chiqaruvchilarning m ehnati 
faqat  xususiy  tusga  egaligini  va  faqat  ayirboshlash jarayonida  bunday 
m eh n a t  o ‘zining  ijtimoiy  tab iatin i  nam oyon  qilishini  unutishgan. 
Bunday  banklar  negizini  alohida  xususiy  ishlab  chiqaruvchilar tashkii 
etadigan  ishlab  chiqarish  sohasiga  daxl  qilmasdan  m uom ala  sohasini 
um umlashtirishga  harakat  qilishgan.
Pulning  miqdoriy  nazariyasi  va  uning  evolutsiyasi.  Iq tiso d iy  
adabiyotlarda  hali  ham   p u lla rn in g   m iqdoriy  nazariyasi  om m aviy 
hisoblanadi.  Agar  metallistik  va  nominalistik  nazariyalar  pullarning 
mohiyati  haqidagi masalani talqin qilishgan bo ‘lsa,  pullarning miqdoriy 
nazariyasi  tovarlarning  nisbiy qiymati, pullarning xaridchilik qobiliyati 
va  uning  o'zgarishi  sabablari  haqidagi  savolga javob  berishga  harakat 
qiladi.  U shbu  konsepsiya  asoslarini  J.  Lokk  asarlarida,  lekin  yanada 
tu g a lla n g a n   shaklda  —  J.  V a n d e rlin t  (1 7 4 0 -y ild a   v a fo t  e tg a n ), 
Sh.  M onteske  (1689— 1755) va D. Yum   (1711 — 1776)  asarlarida topish 
mumkin.  D.  Rikardo  (1772— 1823)  ham pullarning miqdoriy nazariyasi 
tarafdori  b o ig an .
Agar  merkantilistlar  m am lakatda  pullar  qancha  ko‘p  bo ‘lsa,  bu 
sh uncha  yaxshi,  chunki  bunday  hol  savdo  va  sanoatning  ravnaqini 
taqozo  etadi,  deb  hisoblashgan  b o iish sa ,  u n da  Devid  Yum   m uom a- 
ladagi  pullar  sonming  k o ‘payishi  m am lakat  boyligini  ifodalamaydi, 
balki  faqat  tovarlar  n arx lanning  o ‘sishiga  olib  kelishini  isbotlashga 
uringan.  Shuning  uch u n   u  pullarning  qiymati  m u o m alad a  yurgan 
pullarning  soni  bilan  belgilanadi  va  mutlaqo  fiktiv  m iqdordan  iborat 
b o ‘ladi,  deb  hisoblagan1.
Yevropada  XVI—XVII  asrlarda  yuz  bergan  «narxlar  revolutsiyasi» 
pullarning  m iqdoriy  nazariyasi  vujudga  kelishining  bevosita  sababi 
edi.  Yevropaga Am erikaning arzon oltini  va kum ushining olib  kelinishi 
va  ularni  qazib  olish  qiymatining  pasayishi  tovarlar  narxlarining jadal 
o'sishiga  olib  keldi.  D.  Y um   bunday  favqulodda  shart-sharoitlarni 
tipik  deb  hisoblagan,  lekin  ilmiy  tahlil  butunlay  teskari  yondashuvni 
talab qilgan.  D. Y um  ham  pullarning miqdoriy nazariyasining shundan 
keyingi  tarafdorlari  (D.  Rikardo,  J.  Mill  va  boshqalar)  singari  oltin 
tangali  standart  sharoitida  m u o m a lad a   yurgan  pullarning  m iqdori

Qarang:
 IOm#.  O nbira. — M.,  1896.  37-bet.


a w a l o   sotiladigan  tovarlarning  qiymatiga  va  yanada  a n iq ro q   qilib 
aytganda,  ular  narxlarining  summasiga  b o g iiq   b o iis h in i  tushunish- 
magan.
Shunday  qilib,  klassik  m iqdoriy  nazariya  u c h u n   uchta  qoida:
1)  sabablilik  (narxlar  pullarning  massasiga  b o g iiq   b o ia d i) ;
2)  m utanosiblik  (narxlar  p u llar  m iqdoriga  m u ta n o sib   ravishda 
o 'zgaradi);
3)  universallik  (pullar  m iqdorining  o'zgarishi  h a m m a   tovarlarning 
narxlariga  bir  xilda  t a ’sir  qiladi)  xos  b o ig a n .
Pullar shakllarining rivojlanishiga  qarab  pullar massasi  turli xildagi 
m iqdordan  iborat  b o ia d i  va  nafaqat  naqd  pullarni,  shu  bilan  birga 
turli  shakllardagi  bank  om onatlarini  h am   o 'z   ichiga  oladi.  Narxlari 
turli  tusda  oshib  boradigan  tovarlarning  h ar  xil  guruhlari  h a m   pul 
massasining ko‘payishiga turlicha m unosabatda b o ia d i.  Shuning uch u n  
pullarning  m iqdoriy  nazariyasining  shu nd an   keyingi  rivojlanishi  unga 
ekonom etrik tahlil apparati va narxlar b o ‘yicha  mikroiqtisodiy nazariya 
elem entlarining  q o ‘shilishi  bilan  b o g iiq .
Siyosiy  iqtisod  m atem atik  m aktabining  yirik  vakili,  Xalqaro  iqti- 
sodiy jam iyat  asoschilaridan  biri  va  uning  birinchi  prezidenti  (1931— 
1933)  Irving  Fisher  (1867— 1947)  pullarning  m iqdoriy  nazariyasim 
zamonaviylashtirishga  katta  hissa  qo'shdi.  U  «Pullarning  xarid  qilish 
kuchi.  U ning  belgilanishi  va  kredit,  foizlar va  tanazzullarga  m unosa- 
bati»  asarida  (1911)  pullar  massasi  bilan  tovarlar  narxlari  darajasi 
o ‘rtasidagi bogiiqlikni formallashtirishga harakat qilgan.  Tovarlar uchun 
to ia n g a n  pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summ asi teng b o ig a n i 
u c h u n   buni  I.  Fisher  tarozi  bilan  o 'x sh atm o q ch i  b o ia d i.
M atem atik  shaklda  ayirboshlash  tenglam asini  quyidagi  formula 
shaklida  tasavvur  etish  m um kin:
M V  = JjPQ
,
bunda: 
—  (Expenditure)  —  pul  m uomalasining u m u m iy  hajmi,
ya’ni  m azkur jam iyatda  shu  yil  davom ida tovarlarni  sotib  olish  uchun 
sarflanadigan  pullar  summasi;    (M oney)  —  ushbu  ja m iy atd a   yil 
davomida  m uom alada  yurgan  pullarning  o ‘rtacha  m iqdori;
M
F (Velocity)  — n e ’matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining 
o ‘rtacha  soni;    (Price)  —  u sh b u   jam iy atd a   sotib  o lin ad ig an   h ar


qanday alohida tovarning o ‘rtacha sotish narxi;  Q (Quantity)  — tovar- 
larning jam i  xarid  qilingan  soni.
Fisher formulasi oltin tangali  standart sharoitida to ‘g ‘ri b o ‘lmaydi, 
chunki  u  pullarning  ichki  qiymatini  hisobga  olmaydi.  Biroq  oltinga 
alm ashtirilmaydigan  qog‘oz  pullar  m uomala  qiladigan  sh aroitda  u 
m uayyan  m a z m u n   kasb  etadi.  B unday  sharoitda  pul  m assasining 
o'zgarishi,  garchi  I.  Fisher  tovarlar  narxlarining  m utloq  elastikligini 
nazarda  tutib,  narx  m exanizm ini  m a ’lum   m a ’noda  ideallashtirsa-da, 
lekin tovarlar narxlari darajasiga t a ’sir ko ‘rsatadi.  Boshqa neoklassiklar 
kabi  Fisher  h a m   m ukam m al  raqobatchilikka  asoslanadi  va  o ‘z  xulo- 
salarini  m o n o p o liy a la r  h u k m ro n lik   qiladigan  va  n a rx la r  oldingi 
elastikligini  jiddiy  y o ‘qotgan  jam iyatga  tegishli  deb  biladi.
K o ‘pg in a   hozirgi  iq tis o d c h ila r  ayirboshlash  te n g la m a s in i  bir 
xillik,  y a ’ni  M V   —  P Q   sifatida  tavsiflashadi.  G a p   sh u n d a k i,  bu 
tenglam a  D  —  T  ayirboshlash  harakatini tovarlarning jam i  massasiga 
daxldor  deb  ifodalashga  urinadi,  y a ’ni  tovarlar  sotib  olingan  pullar 
summasi  sotib  olingan  tovarlar  narxlari  summasiga  teng  (bir  xil).  Bu 
tavtologiyadir  va  shuning  u ch u n   ayirboshlash  formulasi  narxlarning 
um um iy  (m utloq)  darajasini  izohlash  uchun  xizmat  qila  olmaydi.
M iqdoriy  nazariya  tarafdorlarining  faraz  qilishicha,  ayirboshlash 
formulasi  m utloq  kattalikni  EQo  ni  (ayni  bir  vaqtda  talab  va  taklif 
mexanizmi  undan  nisbiy  tebranishlarni)  izohlaydi.
I. 
F is h e r  va  u ning  izd osh lari  shu n d ay   nuqtayi  n azarg a  arnal 
qilishgan.  Ular pullarning aylanish tezligi  ( V) va ishlab chiqarish darajasi 
Q)  m u o m alad a yurgan  pullar miqdoriga  (M)  va narxlar darajasiga  (P) 
b o g iiq   boMmasligini  asoslashga  urinishgan.  Ular  pullarning  aylanishi 
tezligi  a w a lo   demografik  (aholining  zichligi  va  hokazo)  va  texnik 
(transport vositalarining soni va sifati va hokazo)  param etrlarga b o g iiq  
bo‘ladi,  deb faraz qilishgan.  Ishlab chiqarish  darajasi esa asosan mehnat 
bozorida  yuzaga  kelayotgan  shart-sharoitlar  bilan  belgilanib,  narxlar 
darajasi  va  m u o m a la d a   y u rg an   pullar  soniga  b o g 'liq   b o ‘lmaydi. 
Shubhasiz,  b o z o r  x o ‘jaligi  hukm ronlik  qiladigan  sh aroitda  bunday 
qoidalar  yaqqol  noreal  tus  kasb  etadi.
Pulning  Keyns  nazariyasi.  Iqtisodiyotni  davlat  to m o n id a n   tanaz- 
zulga  qarshi  kredit-pul  vositalari  yordamida  tartibga  solish  xususida 
ikkita  bir-b irig a   zid  k eladigan  yon d ash uv   rnavjud.  U la rn in g   biri 
neoklassik doktrina bilan bog‘liq. A n ’anaviy neoklassik yo‘nalish stixiyali 
bozor  m exanizm ini  ideallashtirgan.  U  to'liq  bandlikka  asoslanadi  va 
pul  m assasining  o ‘sishi  narxlarning  o'sishida  ifodalanadi,  deb  faraz


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə