O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

sivilizatsiyaning uch 
to’lqini
ni
 
ajratdi: a) birinchi to’lqin – industrial jamiyatgacha bo’lgan davr 
(qishloq xo’jaligi sivilizatsiyasi). Bunda asosiy boylik yer va tabiatdan olingan 
zahiralar hisoblanadi; b) ikkinchi to’lqin – industrial sivilizatsiya. Bunda asosiy 
boylik ishlab chiqarish vositalari sanaladi; c) uchinchi to’lqin – postindustrial 
sivilizatsiya (informatsion jamiyat). Bunda kapital va mehnat o’z o’rnini 
informatsiya va bilimga bo’shatib beradi.
Minglab yillar davomida rivojlangan inson tafakkuri uchun bugungi kunda 
dastlabki manba, ya'ni axborot olish hayotiy zaruriyatga aylandi. Shuning uchun 
jahon bozorida ma'lumot oltindan ham qimmatliroq baholanadi. Mazkur axborotni 
topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga 
bo’lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Demak, kimki mazkur qulay usullarni 
ishlab chiqsa, ularga egalik qilsa, mana shu odam dunyodagi eng boy odam 
bo’ladi. Ma'lumki, dunyodagi eng boy-badavlat kishi Bill Geyts hisoblanadi.
Nima uchun dunyodagi eng boy kishi kompyuter, ya'ni axborotni qabul qilish, 
saqlash va qayta ishlash sohasining vakili? Bu savolga Billi Geytsning o’zi 
shunday javob beradi: 
"Kim axborotga ega bo’lsa, u hamma narsaga ega bo’ladi"
yoki uning yana bir mushohadasi dunyoga mashhur: "
Axborot dunyodagi eng 
katta, eng qimmat moddiy boyliklardan ham ustun turadi, chunki ushbu boyliklar 
axborot vositasida qo’lga kiritiladi"
.
87
87
Po'latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 75-76. 


118 
2003 yil dekabrda Jenevada (Shveytsariya) informatsion jamiyat qurish 
muammosiga bag’ishlangan Butunjahon Sammiti bo’lib o’tdi. Unda shunday shior 
o’rtaga tashlandi: 
“Informatsion jamiyat qurish – yangi mingyillikning global 
chaqirig’idir”.
Sammitda ikki muhim hujjat qabul qilindi: Informatsion jamiyat 
qurish prinsiplari to’g’risidagi Deklaratsiya
88
hamda information jamiyat qurish 
bo’yicha ish Rejasi
89
. Mazkur hujjatlarda belgilanishicha, endilikda jamiyatning 
taraqqiyoti kompyuter texnologiyalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib qoladi. 
Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter lingvistikasi informatsion 
texnologiyalarning istiqbolini belgilovchi eng muhim yo’nalish sanaladi hamda u 
informatsion jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. 
Olimlar kompyuterlarni intellektual jarayonlar avtomatizatsiyasini yuzaga 
chiqaruvchi muhim vosita sifatida baholadilar. Qisqa vaqt ichida kompyuterlarning 
teoremalarni isbotlashda, rasm chizishda, shaxmat o’yinida foydalanilishi sun’iy 
intellekt bo’yicha izlanishlarning ilk samarasidir. Asta-sekinlik bilan insonning 
aqliy faoliyatini modellashtiruvchi dasturlarning yaratilishi muayyan sohalardagi 
murakkab masalalarni yechuvchi ekspert tizimlarining yuzaga kelishiga olib keldi. 
Lekin shuni ta’kidlash zarurki, hali hanuz inson miyasining analogi bo’la oladigan 
dastur yoki tizim yaratilgani yo’q. 
Kompyuter lingvistikasi fanining eng istiqbolli yo’nalishlaridan biri sun’iy 
intellekt hisoblanadi. Virtual qomus hisoblangan Wikipedia sahifalarida 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə