Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha


Muzey muhitida pedagogik faoliyat



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə3/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Muzey muhitida pedagogik faoliyat – ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning sintezi estetik tarbiya, badiiy tarbiya va shaxsning ijodiy rivojlanishiga qaratilgan, uni uchta asosiy shaklga asoslangan faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan koʻrib chiqamiz:


    • atrof-muhitni bilish – bilim olish va uzatish (bu ta’limning asosiy qismidir);


    • voqelikni oʻzgartirish – shaxsning ijodiy salohiyati va uning ijtimoiylashuvini ta’minlovchi bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida egallangan koʻnikma va malakalarga asoslanadi;


    • qadriyat munosabati – tarbiya mahsulidir, chunki unga faqat dialog shaklidagi shaxslararo muloqot orqali erishiladi5.


Muzey pedagogikasi – muzeylarning tarixi, madaniy-ma’rifiy faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini, muzeylarning turli toifadagi tashrif buyuruvchilarga ta’sir qilish usullarini, muzeylarning ta’lim muassasalari bilan oʻzaro aloqalarini oʻrganuvchi fan sohasi.
Muzey pedagogikasining maqsadi - muzey va pedagogik jarayonni ijodiy rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan oʻqituvchisi va talaba oʻrtasidagi tizimli tashkil etilgan va aniq yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyati sifatida oʻrganishdir.
Muzey pedagogikasining obyekti muzey muxitidagi madaniy qadriyatlar bilan muloqot jarayonida shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga hissa qoʻshadigan muzey aloqasining madaniy-ma’rifiy jihatlari hisoblanadi. Muzeyga tashrif buyuruvchi tarbiyaviy ta’sir obyekti sifatida emas, balki muloqot ishtirokchisi sifatida qaraladi.
Muzey pedagogikasining predmeti madaniy qadriyatlar bilan muloqot jarayonida shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga hissa qoʻshuvchi muzey aloqalarining mohiyati, shakllari va usullarini oʻrganishdir.
Ushbu pedagogik bilimlar markazida muzey madaniyati tushunchasi boʻlib, u tashrif buyuruvchining axborotini idrok etishga tayyorgarlik darajasi - muzey boyliklarini qadr-qimmatini anglash va muzey tilining oʻziga xos xususiyati bilish, muzeyda harakatlanish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Keng ma’noda muzey madaniyati insonning voqelikka boʻlgan qadriyat munosabati, tarixga boʻlgan chinakam hurmat va real hayotdagi muzey ahamiyatiga molik obyektlarni aniqlash qobiliyatidir6.
Muzey pedagogikasining asosiy yoʻnalishlari:
  • muzey tomoshabinlarining turli toifalariga yoʻnaltirilgan yangi muzey-pedagogik texnologiyalarni yaratish va amaliy faoliyatga joriy etish;


  • muzeyning tarbiyaviy konsepsiyasini ishlab chiqish;


  • muzey auditoriyasini oʻrganish;


  • tashkilot va muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik;


  • muzeylarga tashrif buyuruvchilarning turli toifalari uchun dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish.


Muzey pedagogikasi shaxsni maxsus tashkil etilgan predmet - fazoviy muhitga, jumladan, san’at asarlari va tabiat yodgorliklari, ekzotik obyektlar va tarixiy yodgorliklarga olib kirish gʻoyasiga asoslanadi. Koʻrgazmadagi toʻplamlarga nazar tashlab, ular haqida ma’lumot olgan tashrif buyuruvchi tarix va madaniyat bilan tanishadi, obyektiv dunyoning xilma-xilligini anglaydi, umuminsoniyatning oʻziga xos koʻrinishlarini oʻrganadi.


Bugungi kunda muzey pedagogikasi oldida turgan vazifalar koʻp qirrali boʻlib, tashrif buyuruvchilarni muzeyda namoyish qilinayotgan voqea-hodisalarni his etish, eshitish, mulohaza yuritish va saboq olishga oʻrgatadi. Muzey pedagogikasining vazifalarini ikki yoʻnalishga boʻlish mumkin: muzeydagi madaniy-ma’rifiy faoliyat nazariyasi va metodologiyasini oʻrganish hamda tabiiy fanlar va gumanitar yoʻnalishdagi maktab fanlarini muzey muhitiga integratsiyalash vositalarini amaliy ishlab chiqish. Muzey pedagogikasining vazifalari:
1. Shaxsning yoshligidan muzey va muzey madaniyati bilan tanishtirish. Madaniy meros va unga qadriyat munosabati bilan muloqot qilish zaruriyatini shakllantirish.
2. Muzeyda shaxsning ijodiy qobiliyatlarini va ijodiy faoliyatini faollashtirish. Madaniy meros bilan aloqaning yangi shakllarini izlash.
3. Muzey ta’limining koʻp bosqichli tizimini yaratish (maktab-muzey - qoʻshimcha ta’lim muassasalari - universitet).
Oʻzbekiston Davlat tarixi muzeyi direktori J.Ismoilovaning fikrlaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, muzey pedagogikasi — bu muzey muhiti sharoitlarida oʻtmish tajribalari, tarixiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlarni pedagogik jarayon orqali kelajak avlodga yetkazishdan iborat. Muzey yosh avlod tarbiyasi jarayoniga munosib hissa qoʻshuvchi koʻmakchi maskandir. Muzey pedagogikasi yoʻnalishida asosan muzeyning ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligi koʻzda tutiladi7.
Mazkur yoʻnalishning keng ommalashuvining sababi muzeylarga tashrif buyuruvchilarni yanada jalb etish, turli noan’anaviy ta’lim-tarbiya metodlaridan foydalanib, yosh avlodda mamlakatimiz tarixini oʻrganishlarida va ularning ta’lim-tarbiya olish jarayonlarida oʻz hissasini qoʻshishdan iborat. Bunda ekskursovod va pedagoglar oldiga quyidagi faoliyat maqsadlari qoʻyiladi:
• muzey va uning jamlanmalari orqali oʻtmish qadriyatlariga tashrif buyuruvchilarda qiziqish uygʻotish;
• yoshlarda muzey yodgorliklariga ehtiyotkorona, hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni mamlakatimiz tarixi, madaniyatining bir qismi sifatida anglash tuygʻularini shakllantirish, tashkil etilgan muzey-pedagogik dasturlari asosida umumiy mavzu va pedagogik maqsadga oid tadbirlarni kiritishdan iborat.
Hozirgi vaqtda muzey pedagogikasi madaniy tajribalarni oʻtkazishga yoʻnaltirilgan muzeylarning maqsad va vazifalari, tamoyillari, mazmuni, usullari, amalga oshirish shakllarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy bilimlarning fanlararo yoʻnalishi sifatida belgilangan. Muzeyga xos ta’lim-tarbiya jarayoni muzey faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida muzey pedagogikasining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Muzey-pedagogik tadqiqotlar muzeyda oʻquv jarayonining nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish, shuningdek ekspozisiyalarni tayyorlashda va ekspozisiyada va sinf xonalarida tashrif buyuruvchilar bilan ishlashda ushbu tadqiqot natijalarini qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat. Muzey pedagogikasi tashrif buyuruvchilarning turli ijtimoiy va yosh guruhlari ehtiyojlarini tahlil qiladi, koʻrgazmani idrok etishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganadi va ular bilan ishlash uchun tabaqalashtirilgan usullarni ishlab chiqadi. Ayrim hollarda koʻrgazma mazmuniga oʻziga kerakli tuzatishlar kiritadi.
Muzey pedagogikasi” atamasini birinchi boʻlib G.Froydentalning "Muzey - xalq ta’limi - maktab" (1931) kitobida qoʻllagan boʻlib, unda muallif dastlab muzey va maktab oʻrtasidagi farqning mohiyatini va ularning imkoniyatlari chegaralarini aniqlab olish kerakligini va shundan keyingina birgalikdagi ishlarni rejalashtirish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek maktab oʻquvchilari bilan ishlash uslubi, shu jumladan, talabalarni muzeyga tashrif buyurishga tayyorlash, keyin olingan bilim va taassurotlarni mustaxkamlash tasvirlangan8.
Quyida muzey pedagogikasiga berilgan ta’riflar bilan tanishib chiqamiz:

Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə