Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə4/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Muzey pedagogikasi - muzeylarning madaniy ma’rifiy faoliyati tarixi, xususiyatlari, muzeylarning turli toifadagi tashrif buyuruvchilarga ta’sir qilish usullari, muzeylarning ta’lim muassasalari bilan oʻzaro aloqalarini oʻrganuvchi fan sohasidir9.
Muzey pedagogikasi - yosh avlodni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga jalb qilish maqsadida tarbiyalash, maxsus tashkil etilgan predmetli-borliq muhitga, san’at asarlari va tabiiy yodgorliklari, tarixni oʻrganish orqali madaniyatga yoʻnaltirish, shaxsning ta’limiy va ijodiy manfaatlarini qondirish jarayoni10.
Muzey pedagogikasi - bu pedagogika, psixologiya, muzeyshunoslik va muzey bilan bogʻliq fanlar hamda muzey muhitida madaniy tajribani oʻrganishga qaratilgan oʻziga xos amaliy tadbirlar asosida qurilgan ilmiy bilimlarning fanlararo sohasi sifatida belgilangan pedagogika fanining yoʻnalishlaridan biridir11.
Muzey pedagogikasi - oʻquvchilarga ta’lim-tarbiya berish omili sifatida: axborot manbai, ta’lim va tarbiya vositasi, pedagogik jarayonni tashkil etish shakli12.
Muzey pedagogikasi - muzeylarning madaniy-ma’rifiy faoliyati tarixi, xususiyatlari, muzeylarning turli toifadagi tashrif buyuruvchilarga ta’sir etish usullari, muzeylarning ta’lim muassasalari bilan oʻzaro aloqalari va boshqalarni oʻrganuvchi fan sohasi13.
Muzey pedagogikasi - muzey orqali ta’lim berish haqidagi fan, muzey didaktikasi - muzeyning vositachilik missiyasi hisoblanadi (A.Kuns, V.Xilgers);
Muzey pedagogikasi - maktab-muzey-universitetning funksional jamlanmasida muzey oʻqituvchisining yangi vazifalarini ochib beruvchi qoʻshimcha ta’lim tizimini rivojlantirish yoʻnalishi deb hisoblanadi14.
Muzey pedagogikasi - oʻquvchilarning ijtimoiy tajribasini shakllantirishning omili boʻlib, san’at hayotiy tajribani boyitadi va muzey oʻquvchilarda bu tajriba va koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi15.
Muzey pedagogikasi - boshlangʻich sinf oʻquvchilarida madaniy-tarixiy oʻtmishni bilish va qadrlash munosabatlarini shakllantiruvchi vosita16.

Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə