Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha


- Mavzu: Badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari pedagogikasi. Maktab muzeyi pedagogikasi



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə6/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

2- Mavzu: Badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari pedagogikasi. Maktab muzeyi pedagogikasi
(2 soat)


Reja:
1. Badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari pedagogikasi mohiyati.
2. Badiiy va oʻlkashunoslik muzeylarida pedagogic dasturlarni joriy etish.
3. Maktab muzeylarining shakllanishi.


Badiiy muzeylar – shaxsni shakllantirish va uning badiiy-estetik idrok, tajriba va baholash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda meʼmoriy yodgorliklarni yigʻish, saqlash, taʼmirlash, saralash, koʻrgazmalarda namoyish etish, oʻrganish, targʻib etish bilan shugʻullanadigan, sanʼatshunoslik yoʻnalishidagi ilmiy-maʼrifiy va tadqiqotlar olib boriladigan muassasalar.
Estetik tarbiya uchun ideal muhit boʻlgan badiiy muzeylar tashrif buyuruvchilar bilan ishlashning turli shakllari yordamida – badiiy asarda mujassamlashgan badiiy obrazni idrok etish orqali shaxsni tarbiyalaydi va takomillashtiradi. Bir necha bosqichlarni oʻz ichiga olgan badiiy tasvirni tushunish - asar konsepsiyasini tushunishdan tortib, tomoshabinning ijodiy idrok etishigacha shaxsning uygʻun shakllanishiga yordam beradi. Biroq, badiiy muzeydagi pedagogik faoliyatning oʻziga xosligi shundaki, u nafaqat tasviriy, balki musiqa, teatr va boshqa ijodiy komponentlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Demak, mustaqil muzey - pedagogik yoʻnalishga aylangan badiiy muzeyi pedagogikasi muzeyshunoslik, pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik chorrahasida shakllanadigan, muzey muhitida badiiy tajribani uzatishga qaratilgan fanlararo ilmiy soha va unga asoslangan aniq amaliy faoliyatdir21.
Badiiy muzeydagi oʻquv faoliyati keng koʻlamli vazifalarni - san’at haqida ma’lumot berishdan tortib, badiiy idrok va shaxsning ijodiy sohasini shakllantirishgacha boʻlgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan muayyan pedagogik harakatlar majmui orqali amalga oshiriladi.
Badiiy muzey pedagogikasi tasviriy san’at vositasida ijodiy rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro hamkorligidan iborat boʻlgan yaxlit muzey-pedagogik jarayonning nazariy asosi hisoblanadi. Muzey san’at asarining oʻziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarni kengaytirish, muzey ekspozitsiyasini tashkil etuvchi asl nusxalar asosida uning tarixini oʻrganish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Tasviriy tafakkurning rivojlanganligi, estetik didi va tasviriy san’atni badiiy idrok etish koʻnikmalari bu imkoniyatni samarali amalga oshirishning shartidir.
B. A. Stolyarov tadqiqotlariga koʻra, Badiiy muzeyning ta’lim faoliyati quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
1. estetik (badiiy idrok va ijodkorlikni rivojlantirish);
2. tarixiy va badiiy (san’at tarixini oʻrganish).
3. gumanitar-fanlararo (tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan aloqasi).
4. ijtimoiy-yoʻnaltirilganlik (san’at rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish vositasi sifatida).

Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə