O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Mustaqil tayyorlash uchun savollar



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə78/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА




1. Maxsus fanlarni o‘qitishning qanday qonuniyatlari bor?


2. Ta'lim beruvchining didaktik hatti-harakatlari.


3. O‘qitish va o‘qish sikli qanday bosqichlarini bilasiz?





Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirish uchun, ta'lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya'ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofiq o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana alohida tayyorlanishim kerakmi?» hamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak.

Bundan keyin, ta'lim beruvchi talabalarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniqlab olishi lozim.


Buning uchun quyidagi asosiy savollar berilishi lozim:





  • Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun talabalarning dastlabki bilimlari qay darajada?




  • Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun qanday shart-sharoitlar mavjud?




  • Qanday o‘quv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘zda tutilmoqda?

Rejalashtirish uchun yuqoridagi savollarni o‘rganib chiqish – nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshqa barcha tayyorlash harakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi.




Maqsadlar: Nima uchun ?

Har bir nazariy dars va har bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda o‘quv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bo‘lgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi va maqsad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustahkamlanadi.




Mazmunlar: Nima ?

Belgilangan o‘quv maqsadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan kerakli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshqa tomondan topshiriqlarni bajarish uchun kerakli Maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.


Metod: Qay tarzda ?

Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda ―ma‘n'anaviy‖ va ―interfaol metodlar‖ deb atalgan metodlar ta'lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.




Sharoitlar: Nimalar yordamida?

Sharoitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar, ya'ni binolar, sinfxonalar, o‘quv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chizim materiallarning umumiy holati va hokazo, chunki ular ma'lum sifat standartlariga javob berishi kerak.


Boshqa tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. O‘quv maqsadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayan o‘quv maqsadiga erishish uchun maqul keladigan vositalarni tanlab olishdadir.




Tashkillashtirish: Bu qanday amalga oshiriladi?

Yuqorida aytilgan hamma narsalar vaqt omilini inobatga olgan holda tashkil qilinishi kerak. Chunki har bir nazariy dars va har bir amaliy mashg‘ulot uchun aniq vaqt me'yorlari bor va aynan shu vaqt doirasida o‘quv maqsadlarga erishish lozim. Buning uchun nafaqat puxta reja, balki unumli tashkillashtirish ham kerak. Vaqt davri, vaqt davomi va o‘quv joyi – tashkillashtirish jarayonida belgilanadi. O‘rgatish va o‘rganishni tashkil qilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud.




Natijalar: Maqsadga erishildimi ?

Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan-erishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baholash vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari – mashqlar, og‘zaki va yozma testlar hamda imtihonlar. Ular talabalarning qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash imkoniyatini yaratadi.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə