O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu№22: Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklarida hamshiralik parvarishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə9/9
tarix30.05.2018
ölçüsü0,62 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mavzu№22: Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklarida hamshiralik parvarishi

Reja:

1. Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari.

Qandli diabet moddalar almashinuvi kasalligi hisoblanadi, bunda organizmning glyukozani to’plash yoki yondirish hususiyati yo’qoladi. Shu tufayli foydalanilmagan qand qonda yeg’ilib, giperkaliemiya yuz beradi. So’ngra qand qondan siydikka tushib, glikozuriya kuzatiladi.



Etiologiyasi. Qandli diabet me’da osti bazi garmoni insulinni yetarlicha ishlab chiqmasligidan kelib chiqadi. Me’da osti garmonining Langergans orolchalari faqat insulin emas, balki lipoid almashinuvida muhim ro’l o’ynaydigan lipokain, insulin hosil bo’lishini kamaytiradigan glyukagonni ham ishlab beradi. Me’da osti bezi faoliyatini markaziy asab sistemasi boshqaradi. Asab ruhiy buzilish (qo’rqish, uzoq muddat tashvishlanish)lar ham qandli diabet rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Xastalik kelib chiqishida irsiy moyillik ma’lum ro’l o’ynaydi. Keragidan ko’p ovqat yeyish ayniqsa uzoq vaqtgacha qandni ko’p miqdorda yeyish insulyar apparatning holdan toyishiga sabab bo’ladi, bu esa diabet kelib chiqishida katta o’rin tutadi.

Klinik manzarasi. Qandli diabet kasalligida bemor ko’p chanqaydi, ko’p suv ichadi (polidipsiya), tez-tez siyadi (poliuriya, 10-15 litrgacha), shuningdek tez-tez qorin ochishi (polifagiya), quvvatsizlik ayollarda ko’pincha jinsiy yo’llar qichishishi, ozib ketish va ovqatdan keyin uyqu bosishi kuzatiladi. Metabolik jarayonlar kuchayishi natijasida bemorlar darmonsizlikdan, ish qobiliyatining susayib ketganidan va yaralarning juda sekin bitishidan shikoyat qiladi. Metabolik buzilishlar kuchayishi keyinchalik qorin ochishi, ishtaxa yo’qolishi va ko’ngil aynishi, hatto qayt qilishgacha olib keladi. yirik qon tomirlarda ateroskleroz (mikroangiopatiya) bo’lishi sababli bemor yurak va chap qo’l chap yelkasi og’riganidan shikoyat qiladi. Ko’z atrofida har xil rsnglar paydo bo’lib ko’z hiralashadi. Laboratoriya taxlilining natijalari siydikda qon paydo bo’lishi, siydik nisbiy zichligining oshishi, qonda qand miqdorining ko’payishi (giperglikemiya) hisoblanadi. Hastalik og’ir yengilligiga qarab, 3 darajaga bo’linadi. Yengil, o’rtacha, og’ir. Kasallikning yengil darajasiga uglevodlarni ko’p miqdorda istemol qilinganidagina uning qondagi miqdorining ko’tarilishi va siydikda paydo bo’lishi hosdir. O’rtacha darajasida bemor qandli diabetga hos bo’lgan, yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlarda noliydi, qonda qand miqdori ortadi, siydikda qand doimo bo’ladi. diabetning og’ir turida, bemorlar mehnat qilish qobiliyatini yo’qotadilar. Organizmning keton tanachalaridan zaharlanishi va atsidoz paydo bo’lishi tufayli-diabetik ko’ma rivojlanadi.

Diabetik ko’maning klinik manzarasi. Dastlab bemorlar chanqash, umumiy darmonsizlik, uyquvchanlik, lohaslik, ishtaxa yo’qligi, ko’ngil aynishi, qusish, ich ketishi, quloqlarning shang’illashidan noliydilar. Ular bo’shashgan apatek bo’lib qoladilar. Til quruq bo’ladi. nafasdan chiqadigan havodan keskin atseton hidi keladi. siydikdagi keton tanachalariga qo’yilgan reaksiya musbat bo’lib chiqadi. Mana shu holat-prekoma deb ataladi. Zarur davo choralari ko’rilmaydigan bo’lsa prekoma holati diabetik ko’maga o’tib ketishi mumkin. (Odatda bir necha kundan kegin). Bemor asta sekin o’zidan ketib qoladi, nafas izdan chiqadi. Arterial bosim pasaygan, puls tezlashgan, yaxshi to’lishmaydigan bo’ladi. mushaklar to’nusi pasaygan, ko’z soqqalari yumshoq bo’lib qoladi. Tana harorati subnormal.

Diabet bilan og’rigan bemorga ko’p miqdorda insulin yuborilgan bo’lsa gipoglikemik ko’ma boshlanishi mumkin.



Gipoglikemik koma klinik manzarasi. Insulin yuborilgandan so’ng odatda 1-2 soat o’tgach yuz beradigan keskin darmonsizlik ko’p terlash, oyoq qo’llar titrashi, isitma, bosh aylanishi, bosh og’rishi, yurakning tez-tez urishi, ochlik his qilish, rang o’chishi-gipoglikemiyaning asosiy alomatlaridan hisoblanadi.

Qandli diabet davosi. Qandli diabet organizmdainsulin yetishmasligidan kelib chiqishi sababli, xastalikni davolash uchun organizmga insulin yuboriladi. Parhez kasallikning har qanday turlarida ham buyuriladi. Dard yengil o’tib ketayotganda bemorlar faqat parxez bilan davolanadilar. Kasallik o’rtacha og’ir yoki og’ir o’tayotganda insulin va qand miqdorini kamaytiradigan preparatlar buyuriladi. Uglevodlarni istemol qilish cheklanadi, yengil hazm bo’ladigan uglevodlar batamom istesno qilinadi. Yetarli miqdorda oqsillar bilan yog’lar tavsiya etiladi (9 parxez dastirxon). Sutkalik ratsionda uglevodlar tahminan 50 %, oqsillar 20% va yog’lar 30%ni tashkil etadi. Agarda bemor semiz bo’lsa, kalloriyalar miqdori kamaytiriladi. Parxez eng muhim davo tadbirlaridan biri bo’lganligi sababli, uni nazorat qilib borish zarur. Parxez buzilsa, diabetik koma yoki aksincha, gipoglikemik koma boshlaniishi mumkin. Diabet bilan og’rigan bemorlarni davolashda hammadam ko’p naf beradigan modda-insulin hisoblanadi preparat miqdori giperglikemiya darajasiga, shuningdek sutkalik siydikdagi miqdorga qarab belgilanadi. Bemorga oz miqdordagi(sutkasiga 30 birlik miqdordan ko’ra kamroq) insulin kifoya qiladigan bo’lsa, preparak uglevodlarga boy bo’lgan ovqatni yeyishdan oldin kuniga bir marotaba yuboriladi. Bemor insulin yuborilgandan so’ng 2 soat o’tgach ovqat yeyishi kerak aks holda gipoglikemiya boshlanishi mumkin. Insulin preparatini aniq dozalashga imkon beradigan mahsus shpris yordamida teri ostiga yuboriladi. Insulin yuborishdan oldin 1 ml eritmada necha birlik preparat borligini bilib olish zarur. Uni 6 soat o’tmasdan turib 2 marotaba yuborish mumkin emas. Ko’p ineksiyalar qilishning oldini olish maqsadida, hozirgi vaqtda ineksiyalar uchun kristalli insulin bilan bir qatorda ta’siri uzaytirilgan preparatlar: protamin-rux insulin, insulin rux suspenziyasidan foydalanib kelinmoqda, chunki bu preparatlar qulay afzalliklarga ega. Bunday preparatlar bir muncha uzoq vaqt 12-24 soat mobaynida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Qandli diabetning davo qilishda insulin bilan birga tabletka ko’rinishidagi preparatlar:sulfanil-mochevina unumlari (butamid 1,0 g dan kunida ikki maxal, bukarbon 0,5-1 g dan kuniga uch maxal, manilin 5 mg dan kuniga ikki maxal), adebit (0,1 g dan kuniga ikki maxal) qo’llaniladi.

Diabetik ko’mani davolash. 50 birlik insulinni venaga va 50 birlikni teri ostiga shoshilinch ravishda yuborish kerak. Keyinchalik hushsizlik holati davo etaversa, insulinni 20-30 birlikda teri ostiga har ikki soatda sutkasiga jami taxminan 200-300 birlikdan yuborish kerak. Insulin bilan bir vaqtda 20-30 ml 40 foizli glyukoza eritmasidan venaga yuboriladi. Bundan tashqari 600-800 ml 5 foizli glyukoza eritmasi teri ostiga kiritiladi. Atidozni kamaytirish maqsadida fiziologik eritmaga glyukoza va soda qo’shib (50 g glyukoza 26 g natriy gikorbanat, 100g fiziologik eritma) huqna qilinadi. Kollapsga qarshi kamfora, kofein, kordiamin buyuriladi.

Gipoglikemik komani davolash. Agar bemorning hushi joyida bo’lsa, unga 50-100 g non va 1-2 chaqmoq qand beriladi yoki 1 stakan choy ichiriladi. Bexush xolatdagi bemorga 50 ml 40%li glyukoza eritmasidan venaga yuboriladi. Agar u hushiga kelmasa, 5-10 daqiqa o’tkazib, teri ostiga 500-600 mg 5 %li glyukoza hamda 0,5-1 ml 0,1%li adrenalin eritmasidan takror yuboriladi.

SAVOLLAR

1.Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi tizimining kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

2.Klinik holat va simptomlari.

3.Tekshirish usullari.

4.Davolash.

5.Simptomlarga qaratilgan hamshiralik parvarishi.

6.Davolanayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

Tayanch iboralar:

Qandli diabet moddalar almashinuvi kasalligi hisoblanadi, bunda organizmning glyukozani to’plash yoki yondirish hususiyati yo’qoladi.
Adabiyotlar:

1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996 yil.

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 yil.

Mavzu 23 : Allergiya va allergik kasalliklar.
REJA

1.Allergik reaksiya va uning rivojlanish mexanizmi.

2.Tekshirish va tashxis qo’yish, davolash.

3.Kasalliklari va simptomlari.



4.Bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.
Allergiya atrof-muhitning allergenlar deb ataluvchi ba’zi omillari (kimyoviy moddalar mikroblar va ularning hayot faoliyatida hosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar, ta’siriga organizmning sezgirligi bilan harakterlanadi. Allergiya XX asr vrachlariga ma’lum bo’ldi. 1902-yilda Venalik vrach K.Pirket difteriya (ot) zardobi takror ineksiya qilingandan keyin bolalarning nima uchun kasal bo’lib qolishi ustida birinchi marta bosh qotiradi va zardob kasalligining klinik manzarasiga amal qilib, allergiya qonunini aniqladi. Allergiya kasalliklar (bronxial astma, eshkem, allergik tumov, dermatitlar, dori va oziq-ovqatdan bo’ladigan allergiyalar) keng tarqalgan bo’lib, tobora ko’payib bormoqda. Antibiotiklar va boshqa dorilar shuningdek turli sintetik materiallar, bo’yoqlar, kimyoviy moddalarning ko’p qo’llanilishi shunga sabab bo’lmoqda. Oddiy kimyoviy moddalar (brom, yod) dan tortib eng murakkab birikmalar (oqsillar, polisaxaridlar va b) ham allergiyaga sabab bo’lishi, ya’ni allergenlar bo’lib, xizmat qilishi mumkin. Bularning ko’pi organizmga tashqaridan kirsa (ekzogen allergenlar), boshqalari esa organizmning o’zida hosil bo’ladi (endogenlar yoki autoallergenlar). Ekzogen allergenlar noinfeksion (uy, kimyoviy moddalar, gul changi) hamda infeksion (bakteriyalar, zamburug’lar, viruslar) yo’llar bilan organizmga tushib, turli a’zo va sistemalarning zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu allergenlar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Biologik allergenlar. Bular mikroblar, viruslar, zamburug’lar, gelmintlar, zardob va vaksina preparatlari bo’lib hisoblanadi. Talaygina mikroblar allergiya bilan davom etadigan kasalliklarni (sil, brutsellyoz, ich terlama, va b.) paydo qiladi. Avj olib borish jihatdan allergiyaga ko’proq sabab bo’ladigan kasalliklar odatda, yuqumli allergik kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklarga ko’pincha odamning terisi, nafas yo’llari, og’iz bo’shlig’I va ichakdagi bo’ladigan mikroorganizmlar sabab bo’ladi. Moddalar almashinuvida va ular halok bo’lganda yuzaga keladigan mahsulotlar allergiyani keltirib chiqaradi.
Dori allergenlari. Amalda har qanday dori preparatlari allergiyaga sabab bo’lishi mumkin. Antibiotiklar, vitaminlar, sulfanilamidlar, novokain va boshqa preparatlar ishlatilganda allergik reaksiyalar ko’p uchrab turadi. Penitsillin boshqa preparatlarga qaraganda allergiyaga ko’proq sabab bo’ladi va ba’zi hollarda o’limga ham olib keladi.
Uy-ro’zg’or allergenlari. Bularga uydan gilam, kiyim kechak, ko’rpa to’shaklardan chiqqan chang, devorlardagi mog’orlar, hayvon junlari kiradi. Kir yuvishda ishlatiladigan parashoklar ham allergiyaga sabab bo’lishi mumkin. Uy-ro’zg’or allergenlari ko’proq nafas yo’llari kasalliklari (bronxial astma, allergik tumov)ni keltirib chiqaradi.
O’simlik allergenlari. Bular jumlasiga daraxtlar (zirq, qayrag’och, tera, qayin, o’tloqlarda o’sadigan o’tlar, xonaki va bog’ o’simliklardari, atirgullar, lolalar, navrozgul) abar o’simliklarining changlari kiradi. Bu allergenlar allergik tumov, konyunktivit va boshqalarga sabab bo’ladi.
Oziq-ovqat allergenlari. Juda ko’p oziq-ovqat mahsulotlari allergen ro’lini o’ynashi mumkin. Allergiyalarni keltirib chiqaradigan mahsulotlar organizmga tushgandan so’ng bir necha daqiqa o’tgach allergik reaksiyalar boshlanishi mumkin. Masalan, odamda sutga allergiya bo’lsa,sut ichilgandan bir necha daqiqa keyin odam qayd qilib ich surishi, keyinchalik badan qichishishi, tana haroratining ko’tarilishi kabilar kiradi.
Sanoat allergenlari. Kimyoviy sanoatda ishlab chiqarilgan juda ko’p mahsulotlar-har xil moylar, bo’yoqlar, turli preparatlar hatto pardoz buyumlari va boshqa talaygina moddalar allergenlar bo’lishi mumkin. Bular o’z tabiatiga ko’ra, har xil allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Kasb-korga aloqador bo’ladigan allergik kontakt dermatitlar deb yuritiladigan teri kasalliklari shu reaksiyalar orasida asosiy o’rinni egallaydi. Issiq sovuq, mexanik tasurotlar singari fizik omillar alohida allergenlar guruhini tashkil qiladi. Allergen organizmga tushganda unga javoban spetsifik yoki nospetsifik allergik reaksiya paydo bo’lishi mumkin.

Spetsifik reaksiya boshlanishidan oldin ma’lum bir davr o’tgach, organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibilatsiya. Sensibilizatsiya yuzaga kelishida organizmda unga birinchi bor tushgan allergenlarga javoban alohida oqsil moddalar- antitellolar yoki unga allergen bilan o’zaro ta’sir qila oladigan limfositlar paydo bo’lishi katta ahamiyatga ega.

Nospetsifik allergiklar reaksiyalar allergenga birinchi bor duch kelganida kuzatiladi. Bunda sensibilatsiya davri bo’lmaydi. Organizmga tushgan allergenning o’zi hujayra, to’qima va a’zolarni hosil qiladi. Ba’zi dori va kasalliklarni ko’tara olmaslik-idiositraziya shunday reaksiyalar jumlasidandir. Ko’pincha odamda spedsifik allergik reaksiya tarzda va sekin boshlanadigan turlarga bo’linadi. Bemorga spetsifik allergen ta’sir qilgandan so’ng 15 daqiqa o’tgach badan terisi, nafas a’zolari va hazm yo’llarida paydo bo’ladigan reaksiyalar (badanga toshma toshishi, bronxlar torayishi, ich surishi va boshq) tezda boshlanadigan reaksiyalar qatoriga kiradi. Ba’zan organizmning oqsillari bularga odatdagidan boshqacha reaksiya ko’rsatadi, bu autoallergiya deb ataladi.

SAVOLLAR

1.Allergik reaksiya va uning rivojlanish mexanizmi.

2.Immunitet va allergiya.

3.Tekshirish va tashhis qo’yish.

4.Dori-darmonlar bilan davolash.

5.Bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:

-etiologiyasi;

-kelib chiqishi, klinikasi;

-davosi, oldini olish;

-hamshiralik parvarishi.


Tayanch iboralar:

Allergiya atrof-muhitning allergenlar deb ataluvchi ba’zi omillari (kimyoviy moddalar mikroblar va ularning hayot faoliyatida hosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar, ta’siriga organizmning sezgirligi bilan harakterlanadi.
Adabiyotlar:

1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996 yil.

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 yil.

MAVZU№24: Surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning o’ziga xos xususiyatlari.

REJA:

1.Surunkali kasalliklarning kechishini;

2.Surunkali kasalliklarini davolashning o’ziga hos xususiyatlarini;

3.Surunkali kasallikga bo’lgan bemorlarning psixosotsial xususiyatlarini;

4.Surunkali kasalliklari bor bo’lgan bemorlarning oilalariga yordamni.



Bemorda surunkali kasalliklarni kechishi.

Surunkali kasallik tashxisi aniqlangach turmushning surunkali kasallik bilan yashash bosqichi boshlanadi. Kasallikning biron-bir belgisi paydo bo’lgach, bemor tekshiruvdan keyinchalik esa tashxisini aniqlashdan va davolashdan o’tadi. Keyinchalik bemor o’z kasallik belgilarini nazorat qilishni o’rganadi, kasallikni tinch davrida jamiyatning normal a’zosi sifatda turmush kechiradi yoki uyda parvarish qilinadi. Kasallikning qo’zg’ash davrida sotsional davolash o’tkaziladi.

Surunkali kasallik bilan og’rigan kishilarda kasallik boshlangandan bir necha yil yoki bir necha o’n yildan so’ng terminal davrigacha davom etadigan asoratlar paydo bo’ladi. shunday qilib surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni hamshira parvarishi kasallikni kechishida 4 ta davrni o’z ichiga oladi.:kasallikni rivojlanish bosqichi, kasallikni tinch davri, qo’zg’alish davri va avj olish davri.
Kasallik rivojlanish davridagi hamshira parvarishi.

Kasallik rivojlanish davrida kasallik belgilari va simptomlari nazorat qilinadi, tekshiruvlar o’tkaziladi, tashxis qo’yiladi, kasallik nomi habar qilinadi va ma’lum davolash boshlanadi.



    • kasallikni tan olish, davolashda yordam;

    • kundalik turmushini olib borishi uchun kerakli bo’lgan bilimlar va texnikani o’rganishda yordam;

    • Krizis vaqtida psixologik stabillikni ushlab turish;

    • Sog’liqni nazorat qilishni o’rganish;

    • Sotsiologik muommolarda (ro’l o’zgarishi, professional planda) qo’llab quvvatlash

    • Sotsiologik resurslardan foydalanishda yordam berish


Kasallikning tinch davridagi hamshira parvarishi.

Kasallikni tinch davrida simptomlar davolash yordamida nazorat qilinadi. Kasallikni tinch davridagi hamshira parvarishi turmush sifatini yaxshilash va ko’tarishda va o’zini nazorat qilishda yordam berishga qaratilgan.

-Turmush tarzini va simptomlarni nazorat qilishni boshqarmoq

-turmush sifatini quvvatlash va oshirishga qaratilgan turmush tarzini boshqarmoq;

-Sog’liqni nazorat qilish uchun davom ettirishni qo’llash;
Kasallik qo’zg’algan davrida hamshiralik parvarishi.

Kasallik avj olgan davrida asosiy kasallikning yomonlashuvi, kuchayishi, asoratlarini namoyon bo’lishi yoki sog’liqqa parvarish yetishmasligi oqibatida bemor holatini nazorati susayadi.

Kasallikni avj olish paytidagi hamshira parvarishi bemorni tezroq tuzalib ketishiga yordam berish va tinch o’tishiga qaratilgan bo’lishi

-bemorlarning holatiga qarab OIT va KOITlarda mahsus davolash va mahsus parvarish kuzatiladi.

-bemorni kasallikni avj olishi boshlang’ich bosqichidayoq belgilarni aniqlashni o’rgatish.

-bemor holatini yomonlashuvi sababini aniqlash, oldini olishni o’rgatish.

-avj olish bosqichidagi asosiy maqsad quyidagilardir:bemor yaxshi xolatiga qaytishiga yordamlashish.
Kasallik avj olgan davrdagi hamshira parvarishi.

Kasallik avj olgan davrda qayt holatga o’tadi, buzilishlar va simptomlar keng ko’lamda namoyon bo’ladi. Kasallik avj olgan davrdagi hamshira -1 hil holatini ushlab turishiga, bemorga xos bo’lgan turmush tarzini uzoqroq davom etishiga va turmush sifatini oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak.

-tekshiruvlar va davolash o’tkazilayotganda yordam berish;

-o’zgarishlar borayotganda yordam berish;

-og’riqni simptomlarni yumshatishda va yo’qotishda yordam berish kerak;

-psixologik qo’llab- quvvatlash;

-qulay turmush kechirishga erishishda yordam berish;

-oila tomonidan qo’llab quvvatlash;


Surunkali kasalliklarni davolash o’ziga hosligi.

-uzoq va davomiylik o’zini nazorat qilish;

-simptomlar turmush tarzini belgilaydi;

-davolashni ko’p tarmoqli bo’lishi;

-statsionardagi davolashni uydagi davolashga o’tkazish.
Surunkali kasalliklari bor bemorlarni jismoniy va ruhiy o’ziga hosliklari
-u kasallikni qanday qabul qiladi.

-davolashni ko’p tarmoqli bo’lishi.

-statsionar davolashdan uy sharoitidan davolashga o’tish.

Surunkali kasallik bilan og’rigan bemorlarni oilalariga yordam.

Oldingi paytda oila a’zolariga kasallikni uyda parvarish qilishi tabiiy hisoblanib, hech kim buni og’irlik deb hisoblamas edi. Va holanki, zamonaviy kasalliklar bemorni turmush tarzi bilan bog’liq bo’lganligi uchun kundalik turmushda davolanish zarurati tug’dirmoqda.

Surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni oilalariga yordam: surunkali og’rigan bemorlar oilalariga kasallikni davolash bo’yicha va bemorni o’zini o’zi parvarish qilish bo’yicha maslahat berish, va tavsiya berish shuningdek oilaning hohish istaklarini hisobga olgan holda tushunarsiz holatlarini tushuntirish, shuningdek oila a’zolarini ruhiy qo’llab quvvatlash ham muhim ro’l o’ynaydi.
Savollar

1.Surunkali kasalliklarning kechishini.

2.Surunkali kasalliklarni davolashning o’ziga xos xususiyatlari.

3.Surunkali kasalliklari bo’lgan bemorlarning psixosotsial xususiyatli:

4.Surunkali kasalliklari bor bemorlarning oilalariga yordam berish.
Adabiyotlar:

1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996 yil.



2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 yil.
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə