Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29

48

49

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Sulfaprim» yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga, qo’ylar va shimoliy bug’ularning pnevmoniyalari, kataral 



bronxopnevmoniya, bronxit, laringit, angina, sepsis, nekrobakterioz kasalliklarida, parrandalarning 

dispepsiya, gastroenteritlar, siydlik yo’llari yuqumli kasalliklari, salmonellyoz, pasterellyoz, respiratorli 

mikoplazmoz, eymerioz kasaliklarida, va qo’zg’atuvchilari preparatning tarkibiy qismlariga sezgir bo’lgan 

boshqa kasalliklarda qo’llanadi.

1 ta tabletka tarkibi:

Sulfamerazin 

0,4 g

Trimetoprim 



0,08 g

SULFAPRIM

Tabletkalar

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

  Preparat 4-6 kun davomida sutkasiga 

2 marta, hayvonning 15 kg tana vazniga 1 

tabletka hisobidan ichish uchun belgilanadi, 

bu 1 kg tana vazniga 30 mg faol substantsiya 

miqdorida to’g’ri keladi. Tabletkalar yem, 

ichimlik suvi bilan beriladi yoki bevosita 

hayvonning til ildiziga beriladi.

  Davolash jarayonida hayvonlarga suvni 

bemalol ichish imkoniyati beriladi. 

  Parrandaga 3-5 kun davomida kuniga 

2 marta, 12 soat oralig’ida 5 kg yemga 1,0 g 

hisobida belgilanadi.

  Sulfaprim antibiotiklar bilan birga 

qo’llanishi mumkin. Bu holda preparatlarning 

mikroblarga qarshi ta’sir doirasi va terapevtik 

xususiyatlari ancha yaxshilanadi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi tarkibiy moddalar uning mikroblarga qarshi yuqori 

faolligini belgilab beradi. Preparat ko’pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning, shu 

jumladan salmonellalar, pasterellalar, esherixiyalarning rivojlanishini to’xtatadi, lekin zamburug’lar va 

viruslarga nisbatan faol ta’sir etmaydi. 

Preparat mikroorganizmlarda foliy kislotasining biosintez jarayonini buzadi.

Og’iz orqali ichilganda preparat oshqozon-ichak tizimidan oson so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib 

o’zlashib, bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdori kiritishdan keyin 2-4 soat 

o’tganda  qayd  etiladi.  Davolaydigan  konsentratsiyasi  qonda  12  soat  davomida  tutib  turiladi.  Preparat 

asosan siydik bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etiladigan dozalarda nojo’ya ta’siri odatda kuzatilmaydi. Hayvonlarning 

sulfanilamidlarga yuqori individual sezgirligi bo’lganda ishtaha yo’qolishi, ich ketishi va qusish bo’lishi 

mumkin. Bu holda preparatni qo’llash to’xtatiladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Qon hosil qilish a’zolarining kasalliklari, o’tkir gepatit, nefrit va preparatning 

tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik holatlarida sulfaprim qo’llanishi taqiqlanadi.

Preparat sut emizayotgan hayvonlarga qo’llash taqiqlanadi.

KUTISH DAVRI:

 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7 kun, 

parrandani 12 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan 

avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini 

ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida to’rt sutka o’tganda 

hayvonlardan olingan sutni kishilarning oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Ushbu 

muddat o’tishidan avval olingan sut qaynatib, hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita. 

Ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin va trimetoprimdir. 

QADOQLANISHI: 

Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka 

qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar 

yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



50

51

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Mastisan-A»  yelin  yallig’lanishlarining  har  xil  shakllarini,  yelin  terisi  va  emchaklarning  travmatik 



jarohatlarini davolash uchun qo’llanadi.

5 ml preparat tarkibi:

Benzilpenitsillin 

100 ming ME

Streptomitsin 

100 ming ME       

Sulfadimidin 

350 mg  


   

MASTISAN - А

Suspenziya

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparatni  kiritishdan  avval  kasallangan  yelin  choragidan 



sut  sog’ib  tashlanadi,  emchak  esa  dezinfeksiyalanadi.  Tyubik 

yoki flakonning ichidagi dori 36°C - 39°C gacha isitiladi, bir jinsli 

muallaq eritma olinguncha yaxshilab chayqatiladi va kasallangan 

yelin choragiga emchak yo’li orqali preparatli tyubik ustiga burab 

o’rnatiladigan yoki shprits kanyulyasiga kiydiriladigan elastik 

plastmassa kateter yordamida kiritiladi. Preparat kiritilganidan 

keyin  kasallangan yelin  choragining  emchagini  pastdan  tepaga 

ozgina uqalanadi.   

 

Preparat  kasallikning  og’irligiga  qarab,  5  dan  20  ml  gacha 



(1-4  ta  doza)  miqdorda  kiritiladi.  Zarur  bo’lganda  preparatni 

kiritish  har  24  soatdan  keyin,  yallig’lanishning  belgilari  to’liq 

yo’qolmaguncha qaytariladi.

 

Yelin  terisi  va  emchaklarning  shilliq  pardalari  travmatik 



jarohatlarini davolash preparatni jarohatlangan joyga surtish orqali amalga oshiriladi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

«Mastisan-A» uning tarkibiga kiruvchi, sinergik ta’sir etuvchi mikroblarga qarshi vositalar bilan belgilab 

berilgan keng doiradagi antibakterial ta’siriga ega. U gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga 

(stafilokokklar,  streptokokklar,  proteylar,  ichak  tayoqchasi,  salmonellalar,  mikoplazmalar  va  boshqalar) 

nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.

Kuchli  ifodalangan  yallig’lanishga  qarshi  va  yarani  tuzatuvchi  ta’sirga  ega.  Tavsiya  etilgan  dozalarda 

sezgirlikni oshiruvchi va mahalliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi.

Organizmdan sut bilan birgalikda chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Kamdan-kam hollarda allergik reaktsiyalar kuzatiladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar – preparatning tarkibiy 

moddalariga individual yuqori sezgirlik hisoblanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Davolash paytida kasallangan yelin choraklaridan sut alohida idishga 

sog’ib olinadi, zararsizlantiriladi va yo’q qilinadi. Qolgan yelin choraklaridan sut qaynatilganidan 

keyin hayvonlarga yediriladi.

KUTISH DAVRI:

 «Mastisan-A» bilan davolangan yelin choraklaridan olingan sut, preparatning 

oxirgi kiritilishidan keyin 3 sutka o’tganda, mastitning klinik alomatlari to’liq yo’qolganligi sharti 

bilan (rangli reaksiya sinamasi va tindirish sinamasi bo’yicha sutning normal xususiyatlariga 

erishganda) kishilar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. 

Davolash davrida so’yilgan hayvonlarning go’shti, brakka chiqariladigan yelinidan tashqari

cheklovlarsiz oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlar mastitlarini davolash uchun majmuaviy preparat. 

Faol moddasi benzilpenitsillin. 

QADOQLANISHI: 

100 ml  li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan 

+20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 18 oy.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə