Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29

56

57

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Flonikol-O»  qishloq  xo’jalik  parrandalarining  bakterial  kasalliklarida  profilaktika  va  davolash 



maqsadida, shu jumladan kolibakterioz va salmonellyoz holatlarida qo’llanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Florfenikol 

100 mg


 

 

FLONIKOL - О

Og’iz orqali ichish uchun suspenziya

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

«Flonikol-O» ichimlik suvi bilan ichiriladi:



4-haftagacha yoshdagi jo’jalarga - 100 l suvga 100 ml preparat, bu esa parrandaning 1 kg 

tana vazniga 20 mg florfenikolning sutkalik dozasiga mos keladi; 

-  parrandaning boshqa yosh toifalariga - 100 l suvga 200 ml preparat 3 kun davomida

salmonellyoz holatida - 5 kun davomida.

  Davolash paytida parranda faqat tarkibida «Flonikol-O» bo’lgan suvni ichishi lozim. 

Preparatning eritmasi har kuni tayyorlanadi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Antibiotik florfenikol keng antibakterial ta’sir etish doirasiga ega 

va gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Escherichia 

coli, Salmonella spp., Pasteurella multocida, Haemophilus spp., Proteus spp., Enterobacter spp., Shigella 

spp., Klebsiella spp., Bordetella spp., shuningdek Mycoplasma spp. larga nisbatan faol ta’sir etadi.

Florfenikol  atsetiltransferazani  ishlab  chiqaradigan  va  xloramfenikolga  (levomitsetinga)  chidamli 

bo’lgan bakteriyalar shtammlariga nisbatan faol ta’sir etadi.

Og’iz  orqali  ichilganda  florfenikol  oshqozon-ichak  tizimidn  tez  so’riladi  va  organizmning  ko’pchilik 

a’zolariga  va  to’qimalariga  yaxshi  kirib  o’zlashadi.  Parrandalarda  florfenikolnig  og’iz  orqali  ichilganda 

bioo’zlashuvchanligi  55%  ni  tashkil  qiladi.  Ichimlik  suvi  bilan  ichilganda  parrandaning  organizmida 

florfenikolning terapevtik konsentratsiyasiga 20 daqiqadan keyin erishiladi va parrandaning a’zolarida 

va to’qimalarida 24 soat davomda saqlanadi. Florfenikol parrandaning organizmidan asosan o’t bilan va 

najas bilan ajralib chiqadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

«Flonikol-O» ni qo’llash qon hosil qilish tizimi, jigar va buyrakning og’ir 

shikastlanishlarida, shuningdek florfenikolga individual yuqori sezgirlik bo’lganda taqiqlanadi. 

Antibiotik tuxum bilan chiqarilishi tufayli, «Flonikol-O» ning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi 

mumkin emas.

«Flonikol-O» preparatining boshqa antibiotiklar, bilvosita antikoagulyantlar, barbituratlar, 

miorelaksantlar bilan bir vaqtda qo’llanishiga yo’l qo’yilmaydi.

KUTISH DAVRI: 

Preparat qo’llangan parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash 

to’xtatilganidan keyin kamida 6 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat 

tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak 

unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina 

qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni 

darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. 

Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish 

lozim.


Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 Preparat rangsizdan sariq ranggacha bo’lgan, suv bilan oson 

aralashtiriladigan va og’iz orqali ichish uchun mo’ljallangan shaffof eritmadir.

QADOQLANISHI: 

1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

«Flonikol-O» ehtiyotlik bilan, quruq, to’g’ri quyosh nurlaridan 

himoyalangan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. Zavod o’rami ochilganidan 

keyin, dori vositasini germetik yopilgan idisharda saqlash va 30 kun davomida ishlatish 

kerak.



58

59

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Malham  hayvonlarda  ko’zlarning  yuqumli  kasalliklarini  davolashda  qo’llanadi:  kon’yunktivitlar, 



blefaritlar, traxoma, ko’zning shox pardasi jarohatlari hamda oksitetratsiklinga sezgir qzo’zg’atuvchilar 

keltiirb chiqargan boshqa ko’z kasalliklari.

1 g malham tarkibi:

Xlorid shaklida 

oksitetratsiklin 

 10 mg 


 

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Malham hayvonning pastki ko’z qovog’i ostiga kurakcha bilan 

surtib qo’yiladi va yengil uqalovchi harakatlar bilan, paxta piligi yordamida, ko’z qovog’ining 

tashqi tomonidan butun kon’yunktiva qopchasi bo’ylab taqsimlanadi.

 

Malham kasallik tuzalmaguncha, har kuni, sutkasiga 3-5 marta qo’llanadi.



 

Kasallikning og’irligiga qarab, malhamning dozasi bitta hayvonga 0,2 g dan 0,4 g gacha 

tashkil etadi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Malhamning tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin keng ta’sir doirasi bo’lgan antibiotik sifatida gram-musbat 

va gram-manfiy bakteriyalar, rikketsiyalar, traxoma, ornitoz qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir etadi.

Preparatning  antibakterial  ta’sirining  mexanizmi  asosida  mikrob  hujayrasining  oqsilini  sintez  qilishni 

ribosomalar darajasida bartaraf etish yotadi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Qo’llash cheklanadigan holati hayvonlarning oksitetratsiklinga 

individual yuqori sezgirligi hisoblanadi.

KUTISH DAVRI: 

Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat 

maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

«Oksitetratsiklin malhami 1 %» veterinariya uchun, 

hayvonlarning ko’z kasalliklarini davolash vositasi. Ta’sir etuvchi moddasi oksitetrasiklin. 

QADOQLANISHI:

 50 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Malham quruq, qorong’i, salqin joyda, bolalar yeta olmaydigan 

joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.



OKSITETRASIKLIN MALHAMI 

1%


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə