Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

104

105


Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

 



Preparat:

-  tayanch-harakat  apparatining  o’tkir  va  surunkali  kasalliklarida  (artritlar,  tendovaginitlar,  jarohatlar, 

umurtqa  orasidagi  disklar  churrasi,  tuyoqlarnig  yuqumli  shikastlanishi)  yallig’lanish  reaksiyalarining 

majmuiy davolanishida simptomatik vosita sifatida;

-  har  qanday  kelib  chiqishdagi  og’riqni  yo’q  qilish  (jarrohlikdan  avvalgi  va  keyingi  terapiya,  sanchiq 

og’riqlar);

- nafas olish a’zolari kasalliklarini, MMA sindromini, mastitlarning o’tkir va surunkali shakllarini 

davolashda yordamchi vosita sifatida;

-  isitma  ko’tarilishi  va  holsiz  holati  bilan  kechadigan  kasalliklarda  isitma  tushiruvchi  vosita  sifatida 

qo’llanadi. 

Ketoprofol 1% itlarga va mushuklarga qo’llash tavsiya etiladi. 

Ketoprofol 10% yirik qoramol, otlar va cho’chqalarga qo’llash tavsiya etiladi.

1 ml preparat tarkibi:

Ketoprofen  

10 mg/100 mg

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 



Itlar, mushuklar: teri ostiga, mushak ichiga, tomir ichiga hayvonning tana vazniga 2 mg/kg 

dozasida (ketoprofen bo’yicha), kuniga 1 marta, 1-5 kun davomida. 



Otlar: tomir ichiga hayvonning tana vazniga 2,2 mg/kg dozasida (ketoprofen bo’yicha). Skelet-

mushak funksiyalari va suyak-bo’g’im tizimlarining 

buzilishlarini davolashda har kuni, sutkada bir 

marta 3 – 5 kun davomida kiritiladi. Otlarda sanchiq 

og’riqlarni simptomatik davolashda Ketoprofol 

10% bir marta kiritiladi. Odatda, bitta doza yetarli 

bo’ladi; preparatni har qanday qo’shimcha kiritish 

faqat hayvonni avvaldan klinik tekshirishdan keyin 

o’tkazilishi lozim.

Yirik qoramol: mushak ichiga, tomir ichiga 

hayvonning tana vazniga 3 mg/kg dozasida 

(ketoprofen bo’yicha), kuniga 1 marta, 1-5 kun 

davomida.



KETOPROFOL 

1%;  10%

 Inyeksiya uchun eritma

Boshqa preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

: Preparatning tarkibiga kiruvchi ketoprofen og’rik bilan kechadigan 

o’tkir, o’tkirsimon va surunkali yallig’lanishlarni davolash uchun samaralidir. 

Ketoprofenning  ta’sir  qilish  mexanizmi  araxidon  kislotasining  metabolizmi  buzilishi  orqali 

prostaglandinlar  (siklooksigenaza-II  va  qisman  siklooksigenaza-I)  sintezining  yo’q  qilinishidan  iborat. 

Terapevtik  dozalarda  ketoprofen  yallig’lanishga  qarshi,  og’riqsizlantiruvchi,  isitma  tushiruvchi    va 

antiendotoksik ta’sir ko’rsatadi.

Dori vositasini mushak ichiga kiritishda, ketoprofenning qon plazmasida maksimal konsentratsiyasi 30 

daqiqadan keyin qayd etiladi. Ketoprofenning bioo’zlashuvchanligi, hayvonlarning turiga qarab, 85% dan 

100% gacha o’zgarib turadi. Ketoprofen organizmdan asosan buyrak orqali chiqariladi. 

Ketoprofol 1% va 10% organizmga ta’sir qilishi darajasiga ko’ra, GOST 12.1.007-76 bo’yicha 4-xavflilik 

sinfiga kiradi (kam xavfli moddalar); tavsiya etilgan dozalarda organizmga sezgirlikni oshiruvchi ta’sir 

ko’rsatmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Tavsiya etiladigan dozalarda Ketoprofol 1% va 10%, odatda, hayvonlarda asoratlarni keltirib 

chiqarmaydi. 

Suvsizlikdan qiynalgan hayvonlarga va qon bosimi pasaygan hayvonlarga preparatni ehtiyotlik bilan qo’llash 

kerak, chunki bu holda buyrak asoratlarining (nefrotoksikligining) xavfi oshadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Ketoprofen va preparatning boshqa komponentlariga allergiya, oshqozon va 

12-barmoqli ichak yarasi, gemorragik sindrom, kuchli ifodalangan jigar va buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik. 

Preparatni 15 kundan yoshroq toychoqlarga qo’llash tavsiya etilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Preparatni arteriya qon tomiri ichiga kiritmaslik lozim.

Hozirgi paytga kelib ketoprofenning otlarda homiladorlik o’tishiga ta’siri o’rganilmaganligi uchun – preparat 

homilador biyalarga qo’llanishi tavsiya etilmaydi.

Ketoprofol 1% va 10% boshqa nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar, glyukokortikoidlar, antikoagulyantlar 

va diuretiklar bilan qo’llanishi tavsiya etilmaydi. Boshqa dori vositalar bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin 

emas.


KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni mushak ichiga kiritishdan kamida 4 sutka 

o’tganidan so’ng, tomir ichiga kiritilganidan keyin – kamida preparatni oxirgi qo’llashdan 1 sutka o’tganda ruxsat 

etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti hayvonlarni 

ovqatlantirish yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Preparatni qo’llash davrida 

hayvonlardan olingan sut cheklashsiz ishlatilishi mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Ketoprofol 1% va 10% – rangsiz yoki sariq tusli shaffof eritmadir.

QADOQLANISHI:

 50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Ketoprofol 1% va 10% preparatini ehtiyotlik bilan, quruq, to’g’ri 

quyosh nurlaridan pana joyda, +4°С dan +25°С gacha haroratda saqlash kerak.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.



106

107


Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Kloprostin sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish; lyuteinli va follikulyar kistalari, 



persistent sariq tanachalari, bachadon subinvolyutsiyasi va endometritlari bo’lgan sigirlarni davolash; 

cho’chqalarda  tuxumdonlarning  funksional  buzilishlarini  davolash  va  profilaktika  qilish,  tug’ruqlarni 

rag’batlantirish  va  muddatini  moslashtirish;  qo’ylarda  bachadon  bo’yinchasi  ochilmasligini  davolash; 

hayvonlarda homiladorlikni to’xtatish uchun (ko’rsatma bo’lganda) mushak ichiga qo’llanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Kloprostenol 

0,25 mg 

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish. Preparat 2 ml dan ikki marta, 10 kun oralig’i bilan 



kiritiladi. Preparatning birinchi dozasi jinsiy siklning istalgan bosqichida kiritiladi (sigirlarda tug’ruqdan keyin 

40-kundan 60-kungacha). Mayl bosqichi bo’lmaganda, birinchi kiritishdan keyin 11-kuni ikkinchi doza kiritilishi 

lozim, 14-kuni (ikkinchi kiritishdan keyin 72-76 soat o’tganda) frontal sun’iy urug’lantirish (jinsiy qochirish 

maylining tashqi belgilaridan qat’i nazar) va 15-kuni takroriy urug’lantirish o’tkaziladi.

 

Tuxumdonlarning lyuteinli kistalari bo’lgan sigirlarni davolash. Kloprostin bir marta 4 ml dozasida kiritiladi. 



Davolash unumdorligini oshirish uchun preparat xuddi shunday dozasida gonadotropin SJK 2,5-3,0 ming 

xalqaro birlik (M.E.) dozasida teri ostiga inyeksiyasi bilan bir vaqtda kiritiladi.

Tuxumdonlarning follikulyar kistalari bo’lganda sigirlarga teri ostiga bir marta xorionik gonadotropin 4-5 ming 

birlik dozasida yoki mushak ichiga Surfagon 5 ml dan uch kun davomida kiritiladi. 10-12 kundan keyin jinsiy mayli 

kelmagan hayvonlarga Kloprostin 2 ml dozasida inyeksiyasida kiritiladi.

 

Persistent sariq tanachalari bo’lgan sigirlarga Kloprostin 2 ml dozasida kiritiladi, jinsiy qochirish davrining 



birinchi belgilari bo’lganda sun’iy rug’lantirish o’tkaziladi. Agar u boshlanmasa, birinchi inyeksiyadan keyin 11-

kuni 2 ml preparatni takroriy kiritish, 72-76 soatdan keyin yo’l-yo’riqlarga muvofiq urug’lantirish o’tkaziladi.

 

Tug’ruqdan keyingi endometrit va bachadon subinvolyutsiyasi bilan kasallangan sigirlarni davolash uchun 



Kloprostin ikki marta, 10-11 kun oralig’i bilan 2 ml dan kiritiladi, bir vaqtda etiotrop, patogenetik va simptomatik 

davolash vositalari qo’llanadi.

 

Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 12 kun ichida qochirish davri kelmagan urg’ochi cho’chqalarda tug’ish 



funksiyasini tiklash uchun, preparat 1 ml dozasida, gonadotrop preparatlaridan biri  (SJK hayvonning 1 kg 

tana vazniga 10 x.b. dozasida va b.) bilan birga kiritiladi. Urg’ochi cho’chqalarda tug’ish davrini moslashtirish 

va tug’ruqdan keyingi kasalliklarni profilaktika qilish uchun, preparat homiladorlikning 113-114 kunida 0,7 ml 

dozasida kiritiladi. Tug’ruq ko’p hollarda 24-35 soatdan keyin boshlanadi.

 

Qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini profilaktika qilish va davolash uchun homilador qo’ylarga 



Kloprostin taxminiy tug’ishidan 15-16 kun avval 2 ml dozasida kiritiladi. Tug’ishdan avval 3-5 kun jinsiy qini chiqib 

ketganda, preparat yuqoridagi dozasida 2 ml estradiol-dipropionatning 0,1 % moyli eritmasi bilan birga kiritiladi.

 

Hayvonlarda keraksiz homiladorlikni to’xtatish (ko’rsatma bo’lganda) Kloprostinni 2 ml dozasida kiritish orqali 



erishiladi.

KLOPROSTIN

 Inyeksiya uchun eritma

Boshqa preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Kloprostenol tuxumdon sariq tanachasiga lyuteolitik (tarqatuvchi) 

ta’sir  ko’rsatadi,  progesteronning  gipotalamus-gipofiz  majmuasiga  tormozlovchi  ta’sirini  yo’qotadi,  bu 

esa tuxumdonlarda follikullar o’sishi, qonda estrogenlar darajasining ortishi, qochirish davri namoyon 

bo’lishi, va yetilgan follikullarning keyingi ovulyatsiyasiga olib keladi. Preparatni kiritishdan qochirish 

davrining birinchi belgilarigacha bo’lgan muddat 48-72 soatni tashkil etadi.

Preparat  bachadonning  qisqarish  funksiyasini  kuchaytiradi  va  faqat  tuxumdonlarda  faol  ishlaydigan 

sariq tanachalar bo’lganda biologik ta’sir ko’rsatadi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Kloprostin homilador hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas, chunki u homila 

tushishini keltirib chiqaradi.

KUTISH DAVRI: 

Preparat kiritilganidan keyin 48 soat ichida hayvonlarni go’sht uchun so’yish taqiqlanadi. 

Belgilangan muddatidan avval majburan so’yilgan hayvonlarning go’shti yem maqsadlarida ishlatilishi 

mumkin. Ishlov berilgan hayvonlarning suti cheklashsiz ishlatiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan ishlaganda shaxsiy gigiyena choralari va xavfsizlik texnikasi 

qoidalariga rioya qilish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Qishloq xo’jalik hayvonlarining qochirish davrini moslashtirish, 

urg’ochilarning bepushtligini va ginekologik kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. 

Preparatnig ta’sir etuvchi moddasi kloprostenol - prostaglandin F2

α ga o’xshash sintetik 

moddadir. 

QADOQLANISHI: 

10 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan 

+25°C gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 18 oy.




108

109


Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Jinsiy siklning ertaroq boshlanishi uchun.



Jinsiy  siklning  boshlanishini  rag’batlantirishning  ikkita  usuli  taklif  etiladi.  Birinchi  usulida  preparatni 

asoratsiz tug’ishdan keyin tug’ruqdan keyingi davrda qo’llash tavsiya etiladi. Ikkinchi usulida endometrit 

bilan kasallangan va bachadon involyutsiyasi sekinlashgan sigirlarga qo’llash tavsiya etiladi.

1 ml preparat tarkibi:

Surfagon 

10 mg 


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 1-usuli. 

Surfagon sigirlarga tug’ruqdan keyin 5-15–kuni, 50 mkg dozasida bir marotaba kiritiladi. Preparat 

kiritilganidan keyin hayvonlarning qochirish davri boshlanishi mumkin, lekin urug’lantirishni tug’ruqdan keyin kamida 

45 kun o’tganda, ya’ni ikkinchi qochirish davrida o’tkazish lozim.

 2-usuli. Tug’ruqdan keyin 8-10 kuni surfagon 50 mkg dozasida bir marotaba, tug’ruqdan keyin 18-20 kuni esa, 

bachadonning holatidan qat’i nazar, 250 mkg dozasida estrofan yoki kloprostin, yoki 20 mg enzaprost kiritilishi, 36-

kuni - 10-25 mkg surfagon kiritilishi kerak. Rag’batlantirilgan qochirish davrida sigirlarni urug’lantirish tavsiya etilmaydi. 

Hayvonlarni urug’lantirishni tug’ruqdan keyin kamida 45 kun o’tganda o’tkazish lozim.

 

Tuxumdonlarning gipofunksiyasini davolash uchun.

Tuxumdonlar gipofunksiyasining yengil shaklini davolash uchun surfagon ikki marotaba: birinchi martta – jinsiy siklning 

8-12 kunida 50 mkg dozasida, takroran - 10 kundan keyin 10-25 mkg dozasida kiritiladi.

Tuxumdonlarning kuchliroq ifodalangan gipofunksiyasi holatida 1-, 3- va 5-kunlari mushak ichiga 10 sm

progesteronning 1% moyli eritmasi kiritiladi, 7-kuni surfagon 50 mkg dozasida kiritiladi. 



 

Tuxumdonlarning folllikulyar kistasi.

Sigirlarda follikulyar kistalarni davolash uchun surfagon uch marta, 24 soat oralig’i bilan, 25 mkg dozasida kiritiladi. 

Preparatni birinchi kiritishdan keyin 11-kuni estrofan yoki kloprostin 250 mkg dozasida ikki martta, 10-12 soat oralig’i 

bilan kiritiladi. Estrofanni kiritishdan keyin 3-6 kun o’tganda hayvonlarda to’laqonli follikullar rivojlanadi va jinsiy sikl 

me’yorga keladi. Qochirish davri kelgan paytida ular urug’lantirib boriladi.

 

Ilk embrion o’limining oldini olish.

Surfagon sariq tanachaning funksional faolligini oshirish uchun –urug’lantirishdan keyin 8-12 kunida, bir martta 50 mkg 

dozasida kiritiladi.

 

Sigirlar va yosh sigirlarning urug’lantirilishini oshirish.

Ikki va undan ortiq urug’lantirishning natijasi bo’lmaganda, jinsiy siklning 10-14 kunida mushak ichiga ikki marta, 10-12 

soat oralig’i bilan estrofan yoki kloprostin 250 mkg dozasida kiritiladi. Qochirish davrining boshida, yoki estrofan yoki 

kloprostin birinchi marta kiritilishidan keyin 70 soat o’tganda, 50 mkg surfagon kiritiladi va hayvonlar urug’lantiriladi.  

Urug’lantirishdan keyin 8-12 kunida 50 mkg surfagon kiritiladi.

Donor sigirlarda superovulyatsiyani keltirib chiqarish.

 

Poliovulyatsiyani rag’batlantirish uchun, rag’batlantirilgan qochirish davrining birinchi 2-4 soati davomida yoki 



donor sigirlarga prostaglandinlar bilan ishlov berilganidan keyin 42-46 soat o’tganda 25 mkg surfagon kiritilishi 

lozim. Urug’lantirish yo’l-yo’riqlarga muvofiq o’tkaziladi. Bunda to’laqonli embrionlarning soni 8-12% ga ortadi, va bu 

embrionlar amalda bitta rivojlanish bosqichida bo’ladi.

 

Urg’ochi cho’chqalarning urug’lantirilishini oshirish.

Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 24-48 soat o’tganda hayvonlarga 1000 x.b. SJK yoki GSJK, 56 soat o’tganda - 50 

mkg dozasida surfagon kiritiladi. Urg’ochi cho’chqalarning urug’lantirilishi yo’l-yo’riqlarga muvofiq o’tkaziladi.

 

Urg’ochi qo’ylarning urug’lantirilishini oshirish.

Surfagon bir martta, 12-15 mkg dozasida kiritiladi.



SURFAGON ERITMASI

 Inyeksiya uchun 

Boshqa preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Surfagonni parenteral kiritish farmakologik ta’siriga ko’ra tabiiy 

lyuliberinga to’liq o’xshash, ya’ni surfagon kiritilganidan keyin ko’pi bilan 2-3 soat ichida qonga gipofiz 

gonadotropinlari  ajralishini  rag’batlantiradi.  Qondagi  gonadotropinlarning  yuqori  miqdori  preparat 

kiritilishidan keyin 4-5 soat davomida saqlanib qoladi.

Tabiiy lyuliberindan farqli ravishda, surfagonning biologik faolligi 50 baravar yuqoriroq, bu esa ushbu 

preparatni mikrodozalarda va qisqa kurslar bilan qo’llash imkonini beradi.

Surfagon tabiiy lyuliberinga nisbatan fermentlar ta’sirida sekinroq parchalanadi, bu uning gipofizning 

gonadotrop funksiyasiga kuchliroq biologik ta’sir etishini belgilab beradi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Surfagon tavsiya etilgan dozalarida qo’llanishidan keyin biror-bir nojo’ya 

holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparatga yuqori sezgirlik.

KUTISH DAVRI:

 Preparat qo’llanganda olingan qishloq xo’jalik hayvonlarining go’shti va suti 

cheklashsiz ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Surfagon gonadotrop rilizing-gormon LG-RG-lyuliberinga 

o’xshash sintetik nanopeptid moddadir. Preparat xlorli natriyning izotonik eritmasidagi 

surfagonning steril eritmasidir.

QADOQLANISHI: 

10 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +2°C dan 

+10°C gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



Mazkur preparatlar tavsiflari shu jumladan umumiy xalqaro hujattlar 

to’plamlaridan olingan. Dori vositalarini qo’llash paytida preparatlarning 

tasdiqlangan qo’llash yo’riqnomasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

!

MChJ «O’ZBIOKOMBINAT» 



O’zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya Qo’shma Korxonasi

140527, O’zbekiston Respublikasi,  

Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani,  

«Namuna» QFY, O’rta-Charxin mahallasi.

Tel: +99895 500 8161

еmail: info@biokombinat.uz

web: www.biokombinat.uz

Marketing va sotuv bo’limi

+998 95 509 0500

+998 71 241 3000

©   QK «O’ZBIOKOMBINAT»  2014y.



Preparatlar

katalogi

Antibakterial

preparatlar

Vitamin-mineral 

komplekslar

Dezinfektantlar, 

Rodentitsidlar,

Insektoakaritsidlar

Antiparazitar

preparatlar

Antiprotozoy

preparatlar

Gormonal

preparatlar



Samarqand - 2014 y.

Document Outline

  • Ивермектин 10  
  • КЛОЗАНТЕЛ 50  
  • ЛЕВАМИЗОЛ 75  
  • Альклозан 10%; 20%  
  • МЕЦАЛЬБЕН 10%; 20%  
  • МЕЦТРАМИЗОЛ 20%  
  • ПАНАФЕНБ 22,2%  
  • МЕЦАЛЬБЕН 360  
  • ПРАЗИКВАНТЕЛЬ
  • МЕЦАЛЬБЕН 2,5%; 10%
  • ГЕнтамицин 4%
  • ГЕнтамицин 10%
  • ветилозин 50; 200
  • окситетрациклин 100
  • окситетрациклин 200
  • Энрофлоксацин 50
  • Энрофлоксацин 100
  • Энровит 10%
  • Ветилозин 50%
  • Сульфаприм
  • Макроприм концентрат
  • Сульфаприм
  • Мастисан - А
  • Мастисан - Е
  • Энровит - о
  • Флоникол - о
  • МАзь окситетрациклиновая 1%
  • МАзь ихтиоловая 10%; 20%
  • МАзь стрептоцидовая 10%
  • имисан
  • бупарвалек
  • Ампровет 25%
  • толтрокс 2,5%
  • полисульфон
  • суперкиллер Е
  • БРОМОЛОН концентрат 0,25%
  • БРОМОЛОН 
  • виркоцид 
  • полимер йод 10% 
  • глюкоза 40%  
  • кальций хлорид 10%  
  • кальция бороглюконат
  • СЕЛЕН+ВИТАМИН Е
  • тривитамикс
  • ихглюковит
  • КОФЕИН-БЕНЗОАТ НАТРИЯ  20%
  • новокаин 0,5%; 1%
  • Раствор рингера-локка
  • МАзь ям
  • МАзь цинковая
  • Окситоцин 10 ед/мл
  • кетопрофол 1%;  10%
  • клопростин
  • раствор сурфагона

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə