Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29

80

81

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Nam dezinfeksiya: Asosiy  dezinfeksiyalash  vositalariga  kam  chidamli  (I-guruh)  va  chidamli  (II-guruh) 

guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya 

qilish  uchun,  ular  bo’yicha  dezinfeksiyalash  sifati  ichak  tayoqchasi va  stafilokokklar  ajralishi  bo’yicha 

qaraladi;



Aerozolli dezinfeksiyalash: Chidamlilik bo’yicha I-guruh va II-guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda 

profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish uchun;



Respirator kasalliklarda:  laringotraxeit, yuqumli bronxit, parrandalar aspergillyozi, buzoqlar, cho’chqachalar 

va qo’zichoqlarning yuqumli rinotraxeit, bronxit va bronxopnevmoniyasi holatida, shuningdek aralash 

yuqumli kasalliklarda;

Yara yuzalariga ishlov berish:  Hayvonlarda  teri  qoplamini zararsizlantirish  va  yaralarni  davolash  (axta 

qilish,  jarrohlikdan  keyingi, yangi va yuqumli  kasalliklar  bilan  asoratlangan yaralar),  kindigiga,  tashqi 

jinsiy a’zolariga ishlov berish uchun;

Nekrobakteriozi va tuyoq chirishini davolash: Yirik qoramol, qo’ylar va echkilarda;

1 ml preparat tarkibi:

Aktiv yod 

100 mg


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Nam dezinfeksiya: 1% eritma qo’llanadi va sarf qilish me’yori ishlov beriladigan yuzaga 0,2 



– 0,3 l/m

2

 ni tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy 



dezinfeksiyada 1 soat.

 

Aerozolli dezinfeksiyalash: 1,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 30 ml/m



2

 ni 


tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy dezinfeksiyada 1 

soat.


 

Respirator kasalliklarda: 0,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 5 – 10 ml/m

2

 ni 


tashkil qiladi. Hayvonlarga ta’sir etishning umumiy vaqti kuniga 60 daqiqa. Ishlov berish kunora, 

3 – 5 marta o’tkaziladi.

 

Yara yuzalariga ishlov berish: 5% eritma qo’llanadi.



 

Nekrobakteriozi va tuyoq chirishini davolash: Shikastlangan joy avval mexanik ifloslanishlardan 

tozalanadi. Suyultirilmagan «Polimer-yod 10%» namlangan doka pilik yordamida tozalangan 

joyga surtiladi. Ishlov berish 1 sutka oralig’i bilan uch marta o’tkaziladi.



 

Preparatning ish eritmalarini tayyorlash: Ish eritmalari toza shisha  idishda yoki polimer 

materiallardan tayyorlangan idishda, preparatni distillangan yoki qaynatilgan ichimlik suvida 

suyultirish orqali, qo’llash yo’riqnomasida keltirilgan jadvalda hisoblashdan kelib chiqib, 

tayyorlanadi. Ish eritmalari ular qo’llanadigan kunida tayyorlanadi

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Preparat, faol yod borligi tufayli, spora hosil qilmaydigan mikroblar 

(mikobakteriyalardan  tashqari),  viruslar, zamburug’larga  nisbatan  keng  ko’lamli  ta’siriga  ega.  Preparat 

o’rtacha  zaharli  birikmalar  guruhiga  mansub.  Eritmalari  achishtiruvchi  ta’sir  ko’rsatmaydi,  metallar 

korroziyasini keltirib chiqarmaydi.

«Polimer-yod 10%» preparati GOST 12.1.007 – 76 ga muvofiq, oshqozonga 

kiritilganda  o’tkir  zaharliligi  ko’rsatkichlari  bo’yicha  o’rtacha  xavfli  moddalarning  3-sinfiga,  va  teriga 

tekkanda – kam xavli moddalarning 4-sinfiga kiradi, teri qoplamlariga nisbatan mahalliy achishtiruvchi 

va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, shilliq pardalarining o’rtacha achishishini keltirib chiqaradi. 

Preparatning bug’lari to’yingan konsentratsiyalarida o’rtacha xavfli hisoblanadi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalariga va ishlov berish shartlariga rioya qilingan holda, «Polimer-

yod 10%» qo’llanganda nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatning qo’llanishi mumkin bo’lmagan holatlar hayvonning yodga 

yuqori shaxsiy sezgirligi hisoblanadi. Bu holda ishlov berishni to’xtatish lozim.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) 

foydalanib bajarish lozim. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. 

Ish tugaganidan keyin yuzi, qo’llarini va tananing ochiq joylarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; 

qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

Ehtiyot choralariga rioya qilinmaganda, nafas olish a’zolariga, ko’zning shilliq pardalariga achishtiruvchi 

ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Preparat teriga tekkan holda, uni suv bilan yuvish kerak.

Preparat ko’zga tasodifan tekkanda, ularni darhol suvning oqimi bilan 10 – 15 daqiqa davomida 

yuvish, keyin esa osh sodasining 2% eritmasi bilan yuvish lozim. Giperemiya yuzaga kelganda, natriy 

sulfatsilning 30% eritmasini tomizish kerak. Zarur bo’lganda ko’z shifokoriga murojaat qiling.

Preparat oshqozonga tasodifan tushganda, mo’l ichimlik berish lozim (borjomi suvi yoki osh sodasi bilan 

iliq sut). Zarur bo’lganda shifokorga murojaat qiling. 

Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 «Polimer-yod 10%» dezinfeksiyalash vositasining veterinariya 

nazorati ob’ektlarida dezinfeksiyalashni o’tkazish uchun qo’llanadi. Preparat suv bilan yaxshi 

aralashtiriladigan quyishqoq to’q jigar rangli suyuqlikdir.

QADOQLANISHI: 

1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +25°C gacha 

haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

POLIMER YOD 

10%

 

Suspenziya




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə