3
Bio xilma-xillik_____________ Buxoro:________, 2020 -------- bet
Taqrizchilar
Bo’riyev S. B. biologiya kafedrasi professori biologiya fanlari doktori
Mazkur darslik 5140100 “Biоlоgiya” ta’lim yo’nalishida biologiya
talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda bio xilma-xillikning biologik
asoslari, malekula darajasidagi xilma-xillikdan boshlab toki biosfera
darajasidagi
xilma-xillikgacha, barcha xilma-xillikni nimadan tashkil
topganligi, tarkibi, bugungi kundagш holati, bioxilma-xillikni qisqarishiga
sabablar, uni asrab avaylashdagi chora tadbirlar berib borilgan.
Mavzu bayon etilishida yangi ma’lumotlar berib boriladi.
4
Kirish
Bio xilma-xillik - bu Yerdagi turli tuman hayotning xilma-xilligidir.
Bioxilma-xillik deganda ko’z oldimizga o’simliklar, hayvonlar va
mikroorganizmlarning boy xilma-xil turfa olami keladi. Hozirgi kunda biz
ko’rayotgan bioxilma-xillik Yerdagi tashqi va ichki tabiiy jarayonlar
natijasida yuz million yillar davomida kechgan
murakkab evolyutsiya
jarayonining natijasi va hosilasidir. Bioxilma xillik mamlakatimizda
xalqning iqtisodiy, estetik, sog’liqni saqlashga oid va madaniy
faravonliginining muhim manbai hisoblanadi. Bugungi kunda
yer yuzidagi
hayvon va o’simliklarning 40 foizi yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi.
Agar vaziyat shu darajada saqlanib qoladigan yoki tezlashadigan bo’lsa, u
holda yaqin o’n yillikda ko’plab hayvon va o’simliklar yo’q bo’lib ketishi
aniq. Bu muammo ustida yer yuzida istiqomat qilib kelayotgan har bir
inson o’ylab ko’rishi kerak. Biz tabiatni faqat bir bo’lagimiz, bizni
borligimiz bu yaqin vaqt ichida yer planetasidagi millon tirik jonzod
turlari bilan “umimiy til” topishimizga bog’liq.
Bugungi kunda tirik
organizmlar va o’simliklar dunyosini yoqolib ketishidan saqlab qolish
eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki ona yerimizda bioxilma-xillik
yo’qolar ekan global ekologik muammolar paydo bo’lishi shubhasiz.
Bu kitobda biz siz bilan birgalikda bio xilma-xillikni asosini o’rganishga
harakat qilamiz. Bunda biz asosan bio xilma-xillikni tushunchasi
nimadan iborat, nima uchun bio xilma-xillikni o’rganishga
bunchalik
e’tibor beriladi, bizni hayotimizda bioxilma-xillik qanday rol o’ynaydi,
bio xilma-xillik qanday o’zgarish mumkin, unga nima yoki kim xaf
tug’diradi va kamayib borayotgan bio xilma-xillikni saqalash uchun nima
ishlarni bajarish mumkin shular haqida kengroq bilib olamiz. So’nggi
5
yillarda tabiatda antropogen (shuningdek, texnogen) ta'sirning
zo’rayganligi, ekologik o’zgarishlarning sodir bo’layotgani
hamda
o’rmonlar (ayniqsa, nam tropik o’rmonlar) egallagan hududlarning
o’rmonlarning kesilishi natijasida qisqarishi natijasida bioxilma-xillikka
putur yetdi, ko’plab o’simlik va hayvonot turlari butunlay yo’qoldi yoki
ularning soni keskin kamaydi. Ammo butun dunyoda bioxilma xillik
kamayib borayotgani, chunonchi noyob genlar, turlar va ekologik tizimlar
yo’q bo’lib ketayotgani mamlakatimizga ham tahdid solmoqda.
Buning
sababi bitta-inson. Inson o’zi yashab turgan muhitni o’zgartirib, tabiatdagi
ekotizmni izdan chiqardi. Aytib o’tish lozimki, O’zbekistondagi flora va
fauna tarkibi, ya’ni bioxilma-xilligi 27 000 o’simlik va hayvon turlari
dunyosidan tarkib topgan. O’zbekiston faunasi ya’ni hayvonlar olami o’z
ichiga 97 tur sutemizuvchilarni, 424 tur qushlarni, 58 tur hasharotlarni, 83
tur baliqlarni oladi. O’zbekiston florasi, o’simliklar olami esa 41000 dan
ortiq o’simliklarni o’z ichiga oladi. Ammo ularning ko’pchiligi
hozirgi
kunda yo’qolish arafasida turibdi.