Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109

 
28
yuborilgan.  İkkinchi nusxasini Yunonistonga  olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa 
otashparastlar diniga wta etiqodli bwlgan kishilar qwlida saqlanib qolgan. Lekin bu 
nusxa twla emas. 
 
Asarning saqlanib qolgan qismlarini twplash va kitob h’oliga keltirish 
ishlariParfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) h’amda Sosiniylar (milodning 
111 asri) davrida h’am davom ettirildi. “Avesta” sosoniy Shopur 11 (309-379) 
davrida tartibga solindi, izoh’lar va qwshimchalar (zand) bilan boyitildi va twla 
kitob h’oliga keltirilib, asrsiy qismlari pah’laviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob 
“Zand Avesta” nomi bilan mashh’ur. 
 
Afsuski, “Zand Avesta” h’am bizning zamonimizgacha twla h’olda etib 
kelmagan. Uning bir qismi İskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir 
qismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida ywq qilingan. Asarning bizgacha 
etib kelgan qismi, professor E.E.Bertelsning malumotiga qaraganda
13
, 83 000 
swzdan iboratdir. U asosan twrt qismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad 
tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qwshiqlar  “Avesta”ning 
eng kwh’na va qimmatli qismlaridir. 
 
“Avesta”ning qwshiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940-
1030 yy.) “Shoh’noma” dostoniga manba bwlib h’izmat qilgan.  
 
“Avesta” nisbatan yaxshi wtganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, 
E.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U frantsuz (Anketel dyu Perron, 
Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va 
fors (İbroh’am Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda 
(Daniya) saqlanaёtgan yagona nusxasi asosida tayёrlangan fotomatni 1937-1944 
ymllari olti jild qilib nashr etilgan. 
 
4.2.1.3. “Xvaday namak” 
 
“Xvaday namak” (“Podshoh’noma”) qadimgi Eronning 627 yilgacha bwlgan 
ijtimoiy-siёsiy h’aёtidan bah’s etuvchi afsonaviy tarixiy asar bwlib, pah’laviy tilida 
ёzilgan. Sosoniylardan Yazdigard 111 (632-651 yy.)ga yaqin kishi tomnidan 632-
637 yillar orasida ёzib tamomlangan. Asar ayniqsa Ah’amoniylar, Ashkoniylar va 
Sosniylar tarixi bwyicha muh’im manbalardan h’isoblanadi. 
 
“Xvaday namak”ning wzi h’am, mashh’ur shoir, olim va tarjimon Abdulloh’ 
ibn Muqaffa (721-757 yy.) tarafidan qilingan tarjima (“Siyar al-muluk” deb 
atalgan) h’am bizgacha etib kelmagan. Lekin uning ayrim parchalari Yaqubiy (897 
ёki 905 yili vafot etgan), ibn Qutayba (828-889 yy.), Tabariy, ibn al-Asir, 
shuningdek Abulqosim Firdavsiyning “Shoh’noma”sida saqlangan. 
 
4.2.1.4. “Matakdani xazar datastan” 
 
“Matakdani xazar datastan” (“Bir ming nafar h’uquqiy ajrim”) pah’laviy 
tilida  ёzilgan (U111 asr) bwlib, unda Eronning Sosoniylar davridagi davlat 
tuzulishi va uning ijtimoiy h’aёti h’aqida qimmatli malumot bor. Asarning faqat 
ayrim qismlarigina saqlangan. Mitropolit İshobaxt qilgan surёniycha tarjima (U111 
                                                 
13
 Е.Э.Бертельс. История персидско-таджикской литературы.- Москва. 1960. С. 52.
 


 
29
asr) saqlangan). İnglizcha tarjimasi S.Y.Bulsara tomonidan chop etilgan (Bombay, 
1937 y.). 
 
Geografik asarlardan “Shah’ristonh’oyi Eron” (“Eron  shah’arlari h’aqida 
risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik h’olati va ularning bunёd etilishi 
h’aqida malumot beradi. “Ajoyib as-Sakiston” (“Sakiston viloyatining 
ajoyibotlari” nomli asar Eronning kwh’na viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga 
bag’ishlangan. Bu ikkala asar h’am pah’laviy tilida, U111 asrning ikkinchi 
yarmida  ёzilgan. “Shah’ristonh’oyi Eron”ning matni va qisqacha inglizcha 
tarjimasi J.Asana h’amda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari Bombayda chlp 
etilgan. 
 
Qadimgi Eronning ijtimoiy-siёsiy h’aёtiga oid ayrim malumotlarni 
“Kornomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari h’aqida qissa”), 
“Mazdak namak” (“Mazdak h’aqida qissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira h’aqida 
rivoyat”), “Podshoh’ Xusrav va uning mah’rami” kabi tarixiy qissalarda 
uchratamiz. 
 
Sosoniylar lavlati ichki va tashqi siёsati asoslarini wrganishda 
“Andarznoma”(“Nasih’atnoma”) h’amda “Tojnoma” kabi etik - didaktik 
xarakterdagi asarlarning h’am qimmati kattadir. 
 
4.2.1.5. “Shoh’noma” 
Abulqosim Firdavsiy(taxm. 940-1030 yy.) qalamiga mansub “Shoh’noma” 
asari uch qism va 65 ming baytdan iborat doston bwlib, u 976 – 1011 yillar orasida 
ёzilgan. 
Uning birinchi qismi afsonaviy bwlib, “Avesta” materiallariga asoslanib 
ёzilgan va Eron h’amda Turon xalqlarining diniy aqidalari va rivoyatlaridan bah’s 
yuritadi. 
Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari muh’im h’isoblanadi. İkkinchi qism 
qah’ramonlik dostoni bwlib, qadimgi Eron podshoh’lari va ular zamonida wtgan 
qah’ramonlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan.  
“Shoh’noma”ning uchinchi qismi tarixiy doston bwlib, unda Eron va 
Turonning zardushtiylikning paydo bwlishidan to arablar istilosigacha bwlgan 
siёsiy h’aёti talqin etilgan. 
“Shoh’noma”ning qwlёzma nusxalari kwp mamlakatlarning 
kutubxonalarida, shuningdek WzR FA Abu Rayh’on Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning twla matni Hindiston (1829 y.), 
Frantsiya (1838-1878 yy.), Olmoniya (1877-1884 yy.), Eron (1934-1936 yy.) va 
Rossiyada (1960-1971 yy.) chop etilgan, rus va wzbek tillariga tarjima qilingan. 
“Shoh’noma” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini 
Boysung’ur Mirzo ibn Shoh’ruh’ Hirotda olib borgan. Kwp tarixchilar, xususan 
Muh’ammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu 
asarda lof kwpligini qayd etgan.   
 
4.2.2.2.. Qadimgi h’ind manbalari 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə