Ovqat tayyorlash jarayoni


Dasturxonga tortish. tartibi



Yüklə 6,13 Mb.
səhifə40/66
tarix14.09.2023
ölçüsü6,13 Mb.
#121956
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
abbfe72f1c45ad4df147a983de397e0b OVQAT TAYYORLASH JARAYONI

Dasturxonga tortish. tartibi


Jark o p likopchalarga solinib, ustiga to ‘g‘ralgan tuxum qo'yilib dasturxonga toniladi.
Gulyash
Masalliqlar meyori: mo\ go'shti 162g., o'simiik yog‘i 7g., piyoz 24g., tom at I5g., un 5g., garnir 150g.
Chiqishi 325g.

  1. M ol go'shti 20-30 gram m dan kubcha shaklida to'g'ralib, tovada qizdirilgan yog'da 1-1, 5 sm qaiinlikda solinib qovuriladi, tuz, murch, piyoz, tom at qo'shib yana qizartirib qovuriladi va ozgina bulon quyib dimlanadi.

  2. Unni qizartirib yog'siz qovuriladi va ustiga bulon quyib sardak tayyorlanadi.

  3. Dimlangan go'shtga sardak, lavr yaprog'i va boshqa ta’bga ko'ra ziravorlar qo'shib, past olovda yana 15-20 daqiqa dimJanadi.

  4. G ulyash uchun kartoshka bo'tqasi, yormalardan yoki makaron

m ahsulotlaridan tayyoriangan gam irlardan foydalaniladi.
Dasturxonga tortish tanibi
Gulyashni dasturxonga tortishda awal likopchalarga garnir solinib, ustiga dimlangan go'sht sardagi bilan birga quyib. ko'katlar bilan bezatilib beriladi.

Palov
Palov eng asosiy o'zbek milliy taomidir. O 'zbek mezboni uyiga kelgan mehmonni aziz bilib, palov damlab ko'nglini olishga harakat qiladi. Shuning uchun har kim palovni o'ziga xos lazzatliroq tayyorlashga tirishgan va natijada uningjuda ko'p turlari vujudga kelgan. Palovlar pishirish usuli, ishlatiladigan qo'shimcha masalliqlariga ko'ra ko'pgina turiarga bo'linadi. Masalan: qovurma palov, ivitma palov, mayizli palov, no'xatli palov, behili palov, kovotok palov, tuxum palov, qazili palov. Bundan tashqari tayyoriash marosimiga ko'ra to'y paJovi, bayram palovj va layyorianayolgan viloyatlarda ham o'ziga xos bir-biridan farqli Toshkentcha palov, Samarqandcha palov. Qashqadaryocha palov, Andijoncha palov va hakozo turiarga bo'linadi. Ana shu barcha palov turiarini tayyoriashning umumiy qoidasi bor. Bu: yog' dog'lash. zirvakni pishirish, guruch solib damlash jarayonidan iborat. Bu jarayonlar to 'g 'r i bajarilsa, palovning har qanday turini yaxshi pishirish mumkin.



  1. Paxta yog'ini to 'g 'ri dog'lash uchun oldin qozonni yaxshi qizdiriladi

va unga yog'ni quyilgach, olovni bir oz pasaytiriladi. Yog* qiziyotganda aw al qoramtir tutun chiqa boshlaydi va vaqt o 'lishi bilan yog'ning tutuni asta- sekin oqaradi. Oppoq tutunni hidlab ko'rilsa dim og'ni achitmaydi, balki undan dog'langan yog'ning o'ziga xos yoqimli hidi keladi. Shunda qozonga bitta archilgan butun piyoz yoki sabzi tashlansa. yog' tarkibidagi achchiq, 7-ararii modda yo'qoladi. Dog'langan yog'ning mazasi shirin bo'lib, unga masaliiq solinsa, qaynab marjondek ko'pik puffaklari hosil bo'ladi.
Qo'y yog'ini eritishda jizzasini ko'p aralashtirilmaydi, chunki u tez quyib kam yog' beradi. Jizzalaming bir tom oni qizarganidan keyin ikkinchi tomonini ham qizartiriladi. Yaxshi erigan jizzalar kichkinalashadi va bir tekis bo'lib yog' yuzida suza boshlaydi, rangi esa qizg'ish sariq bo'ladi. Jizzasi olingan yog' past olovda yana 5-7 daqiqa dog'langandan so'ng layyor bo'lgan hisoblanadi.

  1. Zirvakni pishirish -- go'sht, sabzini piyozga qo'shib qovurishdir. Bunda har bir masalliqning o'ziga xos chiroyli qovurihshiga, qozonning cheti va tagiga yopishib kuymasligiga. olovning balandlab keimasligiga e “ tibor berish zarur. Piyozni me’yorida qizartirib qovurilishi kerak. Agar piyoz yaxshi qizartirib qovurilmasa palov rangi oqish boMadi. piyozni k o 'p qizartirib qovurilsa. palov laxir bo'lib qoladi.

Ziravorlar zirvak yaxshi qovurilgandan so‘ng solinadi. Zirvakka palovga ketadlgan luz va suvning yarmi solinadi. Zirvakni past olovda mildiratib qancha uzoq qaynalilsa, osh shuncha la/zatü bo'ladi.

  1. Zirvak yaxshi pishgandan so'ng terib tozalangan va iliq suv bilan 3-4 marta yuvilgan guruchni bir lekis qilib solinadi, olovni balandlatiladi va darhol guruchga .yana ^uv quyiladi. Suv guruchdan 1-1,5 sm ko‘tarilib turishi kenik.

Guruchning bir lekis qaynashi juda muhimdir. Guruch suvni lorlib
bo'lmasidan oldin luzini rostlanadi. Guruch suvni yaxshi shimib olgach, uni kapgir bilan o 'rtaga uyib, bir necha yeriga dam cho‘p suqib, yuzidagi suvini ostiga lushirib. yaxshi bug'lanishiga imkon yaratiladi.
Guruchning betiga kapgiming orqasi bilan urib ko‘rilganda “do‘p-do‘p" etgan ovoz chiqsa, suvi yaxshi lortilgan bo'ladi va oshni damianadi. Bunda damgimi airofidan bug' chiqmaydigan qilib yopish va olovni pasaytirish kerak.
Ivitma palov

Yüklə 6,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə