O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


MURABBIYGA MASLAXATLAR. Gimnastikachilarga mashg„ulotdan



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MURABBIYGA MASLAXATLAR. Gimnastikachilarga mashg„ulotdan 
oldin, mashg„ulot vaqtida va keyin iloji boricha ko„p suv ichishni tayinlang. 
O„smir tanasining 45dan 65foizgacha og„irligini suv tashkil etadi, va xatto uni 
ko„p miqdorda yo„qotilishi organizm tizimlarini jiddiy buzilishiga olib keladi. 
Sportchi suvsizlanish uchun sissiq yoki namlik bo„lishi shart emas. Tashnalik 
ham aniq alomat hisoblanmaydi. Umuman, sportchilar tashnalikni 
sezmaslaridan oldin suv ichishlari kerak.
 
 


35 
ISSIQLIK 
Issiq, nam kunlarda tana o‗z-o‗zini sovutishda qiyinchilik sezati. Havo 
suv bug‗lari (namlik sababli) bilan to‗yingan bo‗lishiga qaramay, ter bunchalik 
oson bug‗lanmaydi. Demak, terlash unchalik darajada samarali emas va tana 
qo‗shimcha issiqni saqlaydi. Issiq, nam muhit sportchilar uchun issiqlik sarfi va 
issiqlik zarbasi havfini anglatadi. Agar sizga havo o‗ta issiq va nam tuyinsa, bu 
bolalar uchun juda yomon. Nafaqat ular ancha faol bo‗lgani uchun, balki 12 
yoshli bolalar kattalarga nisbatan haroratni boshqarish bilan katta qiyinchilikni 
sezadilar. Issiq va nam sharoitlarda gimnastikachilar havfsizligi ta‘minlash 
uchun quyidagi profilaktika choralarini ko‗ring: 

Mashg‗ulotlar uchun binodagi sharoitlarni kuzating, ularni hisobga olib 
mashg‗ulotlarga tuzatishlar kiriting. Ko‗pgina sport zallari konditsionerlar bilan 
jixozlangan bo‗lishiga qaramay, ―issiq nuqtalar‖ hali ham mavjud. 

Agar zarur bo‗lsa kiyimlarni almashtiring(masalan, olimpikalarni olib 
qo‗ying). 

Issiqlik zarbasiga moyil sportchilarni aniqlang va ularni kuzating. 
Ortiqcha vaznli, juda mushakdor, formada bo‗lmaganlar va o‗ta shiddat bilan 
ishlayotgan yoki ilgari issiqlik zarbasini boshidan o‗tkazgan gimnastikachilar 
havf guruhida bo‗ladilar. Bu sportchilarni diqqat bilan kuzating va ularga 
tashnalikni qondirish uchun tez-tez tanaffus bering. 

Sportchilar terlash orqali yo‗qotilgan suyuqlikni iklaganliklariga 
ishonch hosil qiling. Musobaqa va mashg‗ulotlar vaqtida suv va sport 
ichimliklari ichish maqsadga muvofiq.

Sportchilarni terlash bilan yo‗qotiladigan natriy (tuz) va kaliy kabi 
elektrolitlar zahirasini to‗ldirishga chaqiring. U va boshqa ovqat moddalarni – 
uglerod (quvvat uchun) va oqsillar (mushak massasini o‗stirish uchun) to‗ldirish 
uchun eng yaxshi usul me‘yorlashtirilgan ovqatlanishdir. 
SOVUQ 
Odam sovuq havo ta‘siriga tushib qolsa, tana harorati me‘yordan pastga 
tushib ketadi. Bu reaksiyaga qarshi issiqlikni paydo qilish uchun tana qaltiraydi 


36 
va hayotiy zarur organlar issiqligini saqlash uchun qo‗llar va oyoqlarga qon 
oqimi pasayadi. Sovuq bilan bog‗liq tana haroratini pasayish (uvechiy) havfini 
kamaytirish uchun mashg‗uloit zali ichidagi harorat tashqaridagi sharoit bilan 
(adekvatno) ekanligiga va gimnastikachilar puxta chigil yozayotganligiga 
(razminayutsya) ishonch hosil qiling. Tana haroratini ushlab qolish uchun 
sportchilarni harakatlanishga majbur qiling va kelgan paytlarida va ketganlarida 
havo haroratiga ko‗ra kiyinganliklariga amin bo‗ling.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə