O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi


Qatorli izomer, ya`ni 1,2,3–izomer



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə12/23
tarix08.03.2018
ölçüsü1,38 Mb.
#30799
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23

Qatorli izomer, ya`ni 1,2,3–izomer–o`rinbosarlar uchta qo`shni uglerod atomlarida joylashgan izomerlar.

Nosimmetrik izomer, ya`ni 1,2, 4–izomer–ikkita o`rinbosar ikkita qo`shni uglerodda, uchinchisi ularning biriga m–holatda joylashgan izomerlar.

Simmetrik izomer, ya`ni 1,3,5–izomer–o`rinbosarlar bir–biriga nisbatan m–holatda joylashgan izomerlar.

Benzol–rangsiz, uchuvchan, o`t olish xavfi bor, suvda amalda erimaydigan, o`ziga xos hidli suyuqlik.

Brombenzol–suvda kam eriydigan rangsiz suyuqlik.

Geksaxlorbenzol–rangsiz kristall modda, urug`larni dorilash uchun va yo`g`ochga shimdirish uchun ishlatiladi.

Nitrobenzol–achchiq bodom hidli och sariq moysimon suyuqlik, suvda erimaydi, erituvchi sifatida hamda anilin olish uchun ishlatiladi.

Geksaxloran–kristall modda, hashoratlarni yo`qotish uchun kuchli vosita sifatida ishlatiladi.

Kondensirlangan aromatik uglevodorodlar–molekulasida o`zaro birikkan ikki va undan ortiq benzol halqasi mavjud bo`lgan aromatik uglevodorodlar.

Naftalin–C10H8 kondensirlangan ikkita benzol halqasidan tashkil topgan aromatik uglevodorod.

izomerlar–molekuladagi 1, 4, 5, 8 uglerod atomlari bilan birikkan vodorodlar.

izomerlar–molekuladagi 2, 3, 6, 7 uglerod atomlari bilan birikkan vodorodlar.

Antratsen–C14H10 o`zaro uchta kondensirlangan benzol halqasidan iborat bo`lgan aromatik uglevodorod.

Antraxinon–sariq kristall modda, 286 0C da suyuqlanadi.

Alizarin (1,2–dioksiantraxinon)–ignasimon qizil rangli kristall modda, 290 0C da suyuqlanadi, suvda deyarli erimaydi.

Fenantren–C14H10 antratsenning izomeri bo`lib, toshko`mir smolasidan olinadiga, 101 0C da suyuqlanadigan kristall modda.

Takrorlash uchun savol va masalalar.

1. Qanday organik birikmalar aromatik uglevodorodlar deb ataladi, ular nechta sinfga ajratiladi?

2. Qanday turdagi aromatik uglevodorodlar oddiy benzol halqali aromatik uglevodorodlar deyiladi?

3. Benzolni ajratib olish, uning tarkibi va tuzilishini o`rganish qaysi olimlar tomonidan amalga oshirilgan?

4. Ratsional va xalqaro nomenklatura bo`yicha aromatik uglevodorodlar qanday nomlanadi?

5. o–ksilol, m–ksilol, p–ksilollarning struktura formulalarini yozib bering.

6. Qator–, nosimmetrik–, simmetrik–trimetilbenzollarning struktura formulalarini yozib bering.

6. Aromatik uglevodorodlar qanday usullar bilan olinadi?

7. Aromatik uglevodorodlar qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?

8. Metilbenzol va etilbenzollarning bromlanish, xlorlanish, nitrolanish va alkillanish reaksiya tenglamalarini yozing.

9. Xalq xo`jaligida aromatik uglevodorodlar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?

10. Brombenzol qanday usul bilan olinadi?

11. Geksaxlorbenzol qanday usul bilan olinadi va qanday maqsadda ishlatiladi?

12. Nitrobenzol qanday usul bilan olinadi va qanday maqsadda ishlatiladi?

13. Geksaxloran qanday usul bilan olinadi va qanday maqsadda ishlatiladi?

14. Qanday turdagi aromatik uglevodorodlar kondensirlangan aromatik uglevodorodlar deb ataladi, ularga qaysi moddalar misol bo`ladi?

15. Naftalinning molekula og`irligi va tuzilishi qaysi olimlar tomonidan aniqlangan?

16. Naftalinda qanday izomeriya turlari mavjud bo`ladi?

17. Naftalinning tuzilish formulasini yozing va fizikaviy xossalarini aytib bering.

18. Naftalinning xlorlanish, nitrolanish va sulfolanish reaksiya tenglamalarini yozing.

19. Naftalin xalq xo`jaligida qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?

20. Antratsenning tuzilish formulasini yozing va fizikaviy xossalarini aytib bering.

21. Antraxinon qanday yo`l bilan olinadi?

22. Antraxinonning tuzilish formulasini yozing, fizikaviy xossalarini aytib bering.

23. Alizarinning tuzilish formulasini yozing, fizikaviy xossalarini aytib bering.

24. Alizarin qanday usul bilan olinadi?

25. Fenantrenning tuzilish formulasini yozing, fizikaviy xossalarini aytib bering.

26. Kondensirlangan aromatik uglevodorodlardan xalq xo`jaligida qanday maqsadlarda foydalaniladi?



Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.

2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.

3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent, «O`zbekiston» nashriyoti, 2002.

4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.

5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina» nashriyoti, 1987.

6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.

7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.

Mavzu – 2: Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Neft, tabiiy gaz va toshko’mir. O’zbekistonda neft va tabiiy gaz manbalari.

Reja.

1. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlarini;

2. Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlarini;

3. Toshko`mir va uni qayta ishlash mahsulotlarini;

4. O’zbekistonda neft va tabiiy gaz manbalarini.

Neft, tabiiy gaz, toshko`mir, qishloq va o`rmon xo`jaligi mahsulotlari organik birikmalarning asosiy xomashyo manbalari hisoblanadi.

Mamlakatimizda D. I. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjud. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma`dan konlari namoyon bo`lgan istiqbolli joylar mavjud.

Neft–to`q qo`ng`ir yoki deyarli qora rangli o`ziga xos hidli moysimon suyuqlik. U suvdan yengil, zichligi 0,73–0,97 g/cm3, suvda amalda erimaydi.

Tarkibi jihatidan neft–molekulyar og`irliklari turlicha bo`lgan gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iboratdir. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlar, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan uborat bo`lib, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo`ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli organik birikmalar ham bo`ladi.

Mamlakatimizning Andijon, Farg`ona, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa mintaqalarida 160 dan ortiq neft konlari mavjud. Respublikamizda Buxoro (Qorovulbozor) va Farg`ona neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat yuritadi.

Neftning o`zi shunday holda odatda ishlatilmaydi. Neftdan texnikada qimmatli bo`lgan mahsulotlar olish uchun u qayta ishlanadi. Neftni ikki xil usul bilan qayta ishlanadi: birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash usullari.



Neftni birlamchi qayta ishlash uni haydashdan iborat. Neft neftni qayta ishlash zavodlarida yo`ldosh gazlardan ajratib olingandan keyin haydaladi. Neft haydalganda tiniq mahsulotlar: benzin (Tqaynash 40 dan 150–200 0C gacha), ligroin (Tqaynash 120–240 0C), kerosin (Tqaynash 150–300 0C), gazoyl–solyar moyi (Tqaynash 300 0C dan yuqori), qoldiqda esa–qovushoq qora suyuqlik–mazut olinadi. Mazut yana qayta ishlanib undan urchuq moyi, silindr moyi, vazelin, parafin ajratib olinadi. Mazutning haydashdan keyin qolgan qoldig`i neft qoramoyi yoki gudron deyiladi.

Benzin aviatsiya va avtomobil yoqilg`isi sifatida ishlatiladi. U odatda molekulalarida o`rtacha 5 dan 9 tagacha uglerod atomi bor uglevodorodlardan tarkib topgan bo`ladi.

Ligroin dizel yo`qilg`isi sifatida, lak–bo`yoq sanoatida erituvchi sifatida ishlatiladi. Uning ko`p miqdori qayta ishlanib benzinga aylantiriladi.

Kerosin reaktiv dvigatellar va traktor dvigatellari uchun, shuningdek uy–ro`zg`orda yonilg`i sifatida ishlatiladi. U molekulasida o`rtacha 9 dan 16 tagacha uglerod atomlari bor uglevodorodlardan tarkib topadi.

Solyar moyi motor yo`qilg`isi sifatida, surkov moylari esa mexanizmlarni moylash uchun ishlatiladi.

Vazelindan tibbiyotda foydalaniladi. Parafin yuqori karbon kislotalar olish uchun ishlatiladi, gugurt va qalamlar ishlab chiqarishda, yog`ochga shimdirish, sham, gutalin tayyorlash uchun ishlatiladi.

Gudron uchuvchan bo`lmagan qora massa, qisman oksidlangandan keyin asfalt olish uchun ishlatiladi.

Mazut qayta ishlanib surkov moylari va benzin olinishidan tashqari, undan qozonlarga yoqiladigan suyuq yoqilg`i sifatida ham foydalaniladi.



Neftni ikkilamchi qayta ishlash usullarida uning tarkibidagi uglevodorodlarning strukturasi o`zgaradi. Bu usullar orasida neft uglevodorodlarini krekinglash (parchalash) katta ahamiyatga ega bo`lib, u olinadigan benzin miqdorini oshirish uchun qo`llaniladi. Krekinglash usullari termik va katalitik krekinglash usullariga bo`linadi.

Termik krekinglashda boshlang`ich xomashyo 450–550 0C harorat va 2–7 MPa bosimda qizdiriladi. Bunda uglerod atomlarining soni ko`p bo`lgan uglevodorodlarning molekulalari uglerod atomlarining soni kam bo`lgan to`yingan va to`yinmagan uglevodorodlarning molekulalariga ajraladi. Masalan,

C16H34  C8H18 + C8H16 C8H18  C4H10 + C4H8

Avtomobil benzini asosan shu usul bilan olinadi. Uning neftdan olinadigan miqdori 70 % ga yetadi. Termik krekingni 1891 yilda rus injeneri V. G. Shuxov kashf etgan.

Katalitik krekinglash katalizatorlar (odatda alyumosilikatlar) ishtirokida 450 0C va atmosfera bosimida o`tkaziladi. Bu usul bilan aviatsiya benzini olinadi va uning unumi 80 % ga yetadi. Neftning asosan kerosin va gazoyl fraksiyalari ana shu usulda krekinglanadi. Katalitik krekinglashda ajralish reaksiyalari bilan bir qatorda izomerlanish reaksiyalari ham sodir bo`ladi. Bu reaksiyalar natijasida molekulalarning uglerod skeleti tarmoqlangan to`yingan uglevodorodlar hosil bo`ladi, bu esa benzinning sifatini yaxshilaydi.

Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash, ya`ni parafinlar va sikloparafinlarni aromatik uglevodorodlarga aylantirish muhim katalitik jarayon hisoblanadi. Neft mahsulotlarining og`ir fraksiyalari katalizator ishtirokida (Pt yoki Mo) qizdirilganda molekulasida 6–8 ta uglerod atomlari bo`ladigan uglevodorodlar aromatik uglvevodorodlarga aylanadi. Bu jarayonlar riformingda (benzinlarni boyitishda) sodir bo`ladi.

Keyingi yillarda yoqilg`i va moylar ishlab chiqarish ko`payishi bilan bir qatorda neft uglevodorodlaridan kimyoviy xomashyo manbai sifatida ham ko`p foydalanilmoqda. Ulardan turli usullar bilan plastmassalar, sintetik tola, sintetik kauchuk, spirtlar, kislotalar, sintetik yuvish vositalari, portlovchi moddalar, zahar–ximikatlar, sintetik yog`lar ishlab chiqarish uchun zaruriy moddalar olinmoqda.

Mamlakatimizda tabiiy gaz sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Ustyurt platosi, Buxoro–Xiva, Janubiy–G`arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg`ona mintaqalarida ko`plab gaz konlari qidirib topilgan. Bu gaz konlaridagi gazning hajmi 2 trillion kubometrga yetadi. Respublikamizda ikkita tabiiy gazni qayta ishlash zavodi (Sho`rtan va Muborak) ishlab turibdi.

O`zbekistonda gaz sanoatining rivojlanishi ko`plab shahar va qishloqlarni gaz bilan ta`minlash, o`nlab sanoat korxonalarini gaz bilan ishlashga o`tkazish, bir necha issiqlik elektr stansiyalari qurish imkonini berdi. O`zbekiston gazi gaz quvurlari orqali qo`shni mamlakatlarga ham yetkazib berilmoqda.



Tabiiy gaz tarkibida molekulyar massasi kichik bo`lgan uglevodorodlar bo`ladi. Uning hajmiy jihatdan taxminiy tarkibi 80–98 % metan, 2–20 % uning eng yaqin gomologlari etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar–H2S, N2, nodir gazlar, CO2 va suv bug`laridan iborat bo`ladi.

Odatda neftda erigan holda bo`ladigan va uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo`ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo`ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar bo`ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo`lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo`shimchalar, chunonchi: H2S, N2, nodir gazlar, suv bug`lari, CO2 bo`ladi.

Tabiiy gazdan issiqlik berish xususiyati yuqori bo`lgan (1m3 gaz yoqilganda 54400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, tabiiy gazlar kimyo sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.

Tabiiy gazlarni qayta ishlashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad–to`yingan uglevodorodlarni ancha faol–to`yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so`ngra to`yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalar) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yo`li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.

Metanni 1400 0C gacha qizdirish yo`li bilan atsetilen va vodorod olinadi:

2CH4  HCCH + 3H2

Elektrkimyo kombinatlarida atsetilendan sirka aldegid, sirka kislota, etil spirti, sintetik kauchuk, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va ammoniyli o`g`itlar ishlab chiqariladi. Metanni suv bug`i bilan 800 0C gacha qizdirilganda is gazi va vodorod olinadi, bu aralashma sintez gaz deb ataladi. Sintez gazdan sanoatda metil spirti olinadi.

CH4 + H2O  CO + 3H2 CO + 2H2  CH3OH

Tabiiy gazni oksidlash yo`li bilan formaldegid olinadi:

CH4 + O2  CH2=O + H2O

Hosil bo`lgan formaldegidga fenol ta`sir ettirilganda fenolformaldegid smolasi olinadi. Bu smoladan polimer materiallar olishda foydalaniladi.

Tabiiy gazdan Navoiy va Chirchiq elektrkimyo kombinatlarida qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral o`g`itlar (karbamid va mochevina) olinadi.

Keyingi yillarda toshko`mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo`li bilan gaz ishlab chiqarish ancha ko`paydi. Ko`mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbai va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.

O`zbekistonda katta ko`mir zahiralari mavjud bo`lib, mamlakatimiz ko`mir zahiralari bo`yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Ko`mir Angren, Boysun va Sharg`un ko`mir konlaridan qazib olinadi. Bu konlarning umumiy zahirasi 2 milliard tonnaga yetadi.

Toshko`mirni qayta ishlashning asosiy usuli–kokslash (quruq haydash) usulidir. Kokslashda (havosiz joyda 1000–1200 0C da qizdirish) turli xil mahsulotlar: koks, toshko`mir smolasi, ammiakli suv, koks gazi olinadi. Koks gazining taxminiy tarkibi: 60 % H2, 25 % metan, 5 % CO, 2 % NO2, 2 % C2H4 hamda 2 % boshqa gazlar.

Koks gazi koks pechlarini isitish uchun ishlatiladi (1m3 koks gazi yonganda 18000 kJ issiqlik chiqadi), lekin u asosan kimyoviy qayta ishlanadi. Masalan, undan azotli o`g`itlar olish uchun foydalaniladigan ammiak sintez qilish uchun vodorod ajratib olinadi.

Toshko`mir smolasi tarkibida 400 dan ortiq aromatik va geterosiklik birikmalar mavjud bo`lib, uning tarkibidagi organik birikmalar fraksiyalarga bo`lingan holda ajratib olinadi:

Birinchi fraksiya (yengil moy fraksiyasi 170 0C gacha) undan benzol, toluol, ksilol, tiofen, uglerod sulfid, piridin va boshqa mahsulotlar olinadi.

Ikkinchi fraksiya (fenol fraksiyasi 170–210 0C) undan fenol, krezollar, naftalin, inden, kumaron, tarkibida azot va oltingugurt bo`lgan mahsulotlar olinadi.

Uchinchi fraksiya (naftalin fraksiyasi 210–230 0C) undan naftalin, metilnaftalin, tionaftalin, indol va boshqa mahsulotlar olinadi.

To`rtinchi fraksiya (yutib olish fraksiyasi 230–270 0C) undan naftalinning hosilalari atsenaften, fluoren, indol va boshqa mahsulotlar olinadi.

Beshinchi fraksiya (antratsen fraksiyasi 270–360 0C) undan antratsen, fenantratsen, karbazol, parafin va boshqa mahsulotlar olinadi.

Oltinchi fraksiya (toshko`mir pech fraksiyasi 360 0C dan yuqori) undan parafinlar, piren, xrizen va boshqa mahsulotlar olinadi.

Qoramoy–smola haydalgandan keyin qolgan quyuq qora massadan elektrodlar va tomga yopiladigan tol tayyorlash uchun foydalaniladi.



Qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan hamma mahsulotlar organik birikmalarning asosiy manbalaridan hisoblanadi.

O`zbekiston paxta, xom ipak, lub ekinlar, qorako`l teri va guruch yetishtirishda dunyoda yetakchi o`rinlardan biri egallaydi.

Kletchatka (sellyuloza) moddasi paxta tolasining 90–92 % ini, kraxmal donlarining 65–75 % ini, saxaroza qandlavlagining asosini tashkil qiladi. Yetishtirilayotgan poliz ekinlari, bog`dorchilik mevalari tarkibida organik kislotalar, uglevodlar, vitaminlar va boshqa organik birikmalar mavjuddir. Masalan, olmada olma kislotasi, limonda limon kislotasi bilan limonen terpen uglevodorodi, uzumda glyukoza, uzum kislota va boshqa organik moddalar mavjud.

O`rmon xo`jaligi mahsuloti bo`lgan daraxtlarning yog`och qismini maydalab quruq haydash natijasida metil spirt (yog`och spirti), atseton, sirka kislota, fenollar, furfurol va boshqa organik moddalar olinadi. O`rmon atroflarida bitmas–tuganmas boylikka ega bo`lgan shifobaxsh o`simliklar o`sib yotadi. Ularning bargi, guli, mevasi, urug`i, po`stlog`i va ildizlaridan dori–darmon sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, ulardan biologik faol organik birikmalar, efir moylari, yog`lar, oqsillar, uglevodlar, terpenlar, glikozidlar, alkaloidlar, vitaminlar ajratib olinadi.

Yuqorida aytib o`tilgan manbalardan tashqari organik moddalar manbalariga hayvonot olami, suv osti o`simliklari va hayvonlari ham kiradi. Ulardan oqsillar, vitaminlar, azot va galogenli organik moddalar olinadi.



Takrorlash uchun savollar va masalalar

1. Mamlakatimizning qaysi mintaqalarida katta neft konlari mavjud, qaysi shaharlardagi zavodlarda neft qayta ishlanadi?

2. Neftni birlamchi qayta ishlash deganda qanday qayta ishlash usuli tushuniladi, bunda qanday mahsulotlar olinadi?

3. Neftni ikkilamchi qayta ishlash deganda qanday qayta ishlash usuli tushuniladi, bu usul nechta jarayonga ajratiladi?

4. Termik va katalitik kreking jarayoni qanday yo`l bilan amalga oshiriladi?

5. Mamlakatimizning qaysi mintaqalarida tabiiy gaz konlari mavjud, qaysi shaharlardagi zavodlarda tabiiy gaz qayta ishlanadi?

6. Tabiiy gaz qanday usul bilan qayta ishlanadi, tabiiy gazdan qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?

7. Mamlakatimizning qaysi mintaqalarida toshko`mir konlari mavjud?

8. Toshko`mirni qayta ishlashning turli xil fraksiyalarida qanday organik birikmalar olinadi?

9. O`zbekistonda qanday turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiriladi, ulardan qanday organik birikmalar olinadi?

10. O`zbekistonda qanday turdagi o`rmon xo`jaligi mahsulotlari yetishtiriladi, ulardan qanday organik birikmalar olinadi?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Neft - toyingan, toyinmagan va halqali uglevodorodlarning yigindisidan iborat tabiiy moddadir.

Termik kreking – neftdan olinadigan benzin miqdorini anchagina kopaytirish usullaridan biridir.

Katalitik kreking – uglevodorod molekulalarining parchalanishi katalizator ishtirokida va ancha yuqori haroratda borib, termik krekingga nisbatan jarayon ancha tez boradi.

Tabiiy gaz – gazsimon uglevodorodlar aralashmasi bolib, uning asosiy komponenti metandir.

Toshko`mir - qora yoki qora kulrang rangli, osimliklardan hosil bolgan qattiq yonuvchi qazilmadir.

Smolalar – kimyoviy tarkibi jihatidan juda murakkab bolgan organic moddalardir.

Benzin - rangsiz yoki sargish tusli suyuqlikdir.

Ligroin – neft haydalganda ajraladigan uglevodorodlar aralashmasidir.

Kerosin - neft haydalganda ajraladigan uglevodorodlar aralashmasi bolib, u shaffof, rangsiz yoki sargish tusli suyuqlikdir.

Koks gazi – qazilma komirlarni kokslashdagi gazsimon mahsulotdir.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.

2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.

3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent, «O`zbekiston» nashriyoti, 2002.

4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.

5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina» nashriyoti, 1987.

6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.

7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.

Mavzu – 3: Kislorodli organik birikmalar. Spirtlarning tarkibi, klassifikatsiyasi va nomlanishi. Bir va ko’p atomli spirtlar. Metanol. Ikki va uch atomli spirtlar. Etilenglikol va glitsirin. Fenollar.

Reja.

1. Kislorodli organik birikmalarni;

2. Spirtlarning tarkibi, klassifikatsiyasi va nomlanishini;

3. Bir va ko’p atomli spirtlarni;

4. Ikki va uch atomli spirtlar. Etilenglikol va glitsirinni;

5. Fenollar ularning nomlanishi va izomeriyasini.

Uglerod, vodorod va kislorod atomlaridan tarkib topgan kislorodli organik birikmalarga spirtlar, fenollar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar, oddiy va murakkab efirlar, uglevodlar kiradi.



Spirtlar deb molekulalarida uglevodorod radikali bilan bog`langan bitta yoki bir nechta gidroksil guruhlari bo`ladigan organik birikmalarga aytiladi.

Ularni uglevodorodlarning molekulalaridagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlari o`rnini gidroksil guruhlar olgan hosilalari sifatida qarash mumkin.

Spirtlarning nomi radikallar nomidan, shuningdek uglevodorodlar nomidan–ol qo`shimcha qo`shish (xalqaro nomi) bilan hosil qilinadi:

CH3OH metil spirt yoki metanol, C2H5OH etil spirt yoki etanol,

C3H7OH – propil spirt yoki propanol, C4H9OH – butil spirt yoki butanol

Bu spirtlar gomologik qatorni hosil qiladi, chunki ular molekulalarining tarkibi jihatidan bir-biridan gomologik farq (CH2=) bilan farq qiladi. Gomologik qatorning umumiy formulasi CnH2n+1OH yoki R-OH, bunda r-uglevodorod radikali.

Gomologik qatorning uchinchi a`zosi–propanoldan boshlab spirtlarda izomerlar paydo bo`ladi:

CH3CH2CH2OH CH3CHCH3

propil spirt yoki propanol–1 OH izopropil spirt yoki propanol–2

Xalqaro nomenklaturaga ko`ra gidroksil guruh qaysi uglevodorod atomi bilan bog`langanligi spirt nomidan keyin raqam bilan ko`rsatiladi, masalan:

CH3CH2CH(OH)CH2CH2CH3 geksanol–3

Spirtlarda izomerlar soni tegishli to`yingan uglevodorodlarnikiga ko`ra doimo ko`p bo`ladi. Masalan, butanning ukkita izomeri bor (n-butan va izobutan), butil spirtniki esa to`rtta.

1) CH3CH2CH2CH2OH 2) CH3CHCH2OH

birlamchi butil spirti CH3 birlamchi izobutil spirt

3) CH3CH2CHCH3 4) CH3

OH CH3CCH3 uchlamchi butil spirt

ikkilamchi butil spirt OH

Spirt molekulasida bitta gidroksil guruh bo`lsa, u holda spirt bir atomli, ikkita bo`lsa–ikki atomli, uchta bo`lsa–uch atomli spirtlar deyiladi.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə