O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Indometatsin quruq qiyomining turg’unligiga qadoqlovchi idish va tashqi muxit namligining ta’sirini o’rganish natijalari



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə37/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43

Indometatsin quruq qiyomining turg’unligiga qadoqlovchi idish va tashqi muxit namligining ta’sirini o’rganish natijalari

(Polietilendan - DST 16338-85E tayyorlangan idish STPUz 2313-01-95)

Vakt, soat

O’rganilgan nisbiy namliklar

58% (NaBr)

79% (NH4Cl)

90% (ZnSO4)

100% (N2O)

m1

m2

%

m1

m2

%

m1

m2

%

m1

m2

%

3

10,106


-

-

10,008


-

-

9,996


-

-

9,998


10,101

1,03

6

-

-

-

-

10,101

1,05

10,323

3,25

9

10,116

0,1

10,322

3,14

10,208

2,12

10,523

5,25

12

10,224

1,17

10,410

4,02

10,361

3,65

10,614

6,16

24

10,346

2,37

10,580

5,71

10,436

4,4

10,621

6,23

48

10,435

3,25

10,612

6,03

10,541

5,45

10,632

6,34

72

10,521

4,11

10,620

6,11

10,621

6,25

10,641

6,43

144

10,616

5,05

10,623

6,14

10,629

6,33

10,644

6,46

216

10,622

5,10

10,628

6,19

10,631

6,35

10,645

6,47


Tayyor maxsulotni saqlanish muddatini belgilash.

Tayyor dori turlari texnologiyasini yaratish yoki takomillashtirish borasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlarining yakuniy bosqichi bu-texnologik va biofarmatsevtik ko‘rsatkichlari bo‘yicha maqsadga muvofiq deb topilgan tarkib va texnologiyaning asosida tayyorlangan dori turlarining turg‘unligini aniqlashdan iboratdir. Ma’lumki dori turlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar o‘z ta’sirini dori turi tayyorlangandan so‘ng saqlanadigan davrda asta-sekin namoyon qilib borishi mumkin. Xuddi shunday ta’sir qo‘llaniladigan texnologik usul asosida ham yuzaga kelishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki tayyorlangan dori turlari saqlanish davomida nafaqat dorivor moddaga ta’sir ko‘rsatilib, unnig faolligi ortishi, kamayishi yoki umuman yo‘qolishi kuzatiladi, balki dori turiga xos bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlari: tashqi ko‘rinishi, mustaxkamligi, parchalanish vaqti, eruvchanligi kabilarni o‘zgarishi ham kuzatilishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar asosida ta’sir etuvchi modda o‘rtasida yoki yordamchi modda o‘rtasida yoki yordamchi modda va yordamchi modda o‘rtasida, shuningdek, ta’sir etuvchi modda va yordamchi moddalarning texnologik jarayonlar ta’sirida kuzatilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy o‘zaro ta’sirlar, kislotali, asosli, tuz ko‘rinishidagi kimyoviy modifikatsiyalarga aylanishi, parchalanishi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, yoizik-kimyoviy o‘zgarishlar, polimerlanish, eruvchanlikning o‘zgarishi, gigroskopiklik holatini ortishi, kolloid hosil bo‘lishi kabilar kuzatilishi mumkin. Dori turi o‘z xususiyatlariga ko‘ra etarlicha turg‘unlikka ega bo‘lgan holatda ularning xususiyatlariga mos kelmaydigan joylash idishlarining qo‘llanilishi yoki idishlarga joylangan dori turlarini talablar darajasida bo‘lmagan sharoitlarda (yuqori yoki juda past nisbiy namlikka ega bo‘lgan xonalarda, tashqi muhit xarorati yuqori yoki past bo‘lgan yoki quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan sharoitlarda) saqlanishi ham dori turlari turg‘unligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tabletka dori turlarining xar bir seriyasini kontur-uyachali qadoqlash idishi (DST 64-744-6-81), plastmassa qopqoqli qo‘ng‘ir rangli shisha idish (TST 64-287-81), burama plastmassa qopqoqli (TST 64-20-8780) qo‘ng‘ir rangli shisha idish (TST 64-2-71-80)larga joylandi va tegishli yorliqlar bilan yorliqlandi. SHu usulda tayyorlangan tabletka dori turlari alohida-alohida karton qutilarga joylashtirilib, tabiiy usulda olib borilgan tadqiqotlarda karton qutilardagi dorilar erto‘la omborxonalarining laboratoriya xonalaridagi peshtaxtalarida saqlandi. Bunda tadqiqotlar olib borilayotgan xonalarning xarorati yil davomida oralig‘ida, nisbiy namlik oralig‘ida bo‘lishi kuzatildi. Tadqiqotlar davomida xar 6 oy oralig‘ida nazorat ostidagi tabletka namunalari tanlab olinib, ularni tegishli MTH lari talablariga asosan tekshirib ko‘rildi.

Ma’lumki dori turlari turg‘unligini tabiiy sharoitlarda o‘rganish bir muncha haqqoniy natijalarni beradi. Chunki bunda tajriba sharoitlari amaliyotga yaqindir. Biroq bu usulda tajribalarni uzoq davom etishi sababli “Tezlashtirilgan usul” da dori vositalarning turg‘unligini o‘rganish tavsiya etilgan bo‘lib, u yo‘riqnoma xujjatga asosan amalga oshiriladi. Ushbu yo‘riqnomaga asosan xususiyatga ega bo‘lgan dori turlarini yaroqlilik muddatlarini “Tezlashtirilgan usul” da amalga oshirish tavsiya etilmaydi.



Indometatsin quruq qiyomini saqlanish muddatini «tezlashtirilgan» usulda o’rganish natijalari

(600S xaroratda termostatda olib borilgan tajribalar)

t/r

O’rganilgan ko’rsatkichlar va o’lchov birliklari

Urganilgan kunlar va olingan natijalar

Boshlangich sifat ko’rsatkichlari

11,5

23

34.5

46

57,5

69

80,5

1.

Tashqi ko’rinishi

qon-li

/-/

/-/

/-/

/-/

/-/

/-/

/-/

2.

Sochiluvchanligi, kg/s 10-3

6,14

6,14

6,14

6,13

6,12

6,11

6,07

6,02

3.

Sochiluvchan zichligi, kg/m3

624,6

623,3

621,3

620,1

618,2

615,5

611,1

608,8

4.

Zichlanish ko’rsatkichi, K

2,4

2,5

2,5

2,7

2,8

3,0

3,0

3,2

5.

Qoldiq namligi, %

2,8

2,6

2,6

2,4

2,3

1,9

1,6

1,2

6.

Katta va kichik granulalar miqdori, %

2,4

2,5

2,8

3,2

3,6

3,7

4,1

4,6

7.

Parchalanishi, soniya

42

40

40

38

32

26

17

17

8.

Erishi, %

98,6

98,8

98,5

98,4

99,6

99,4

98,1

98,9

9.

Chinligi

qon-li

/-/

/-/

/-/

/-/

/-/

/-/

/-/

10.

Miqdori, %

98,8

100,1

99,5

98,6

98,9

99,2

99,5

99,3

VI.KEYSLAR BANKI

keys ctadi ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
O‘quv loyihasi:

Kukunlar sifatini baholash, qadoqlash va o’rash



line 11

PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Fanning nomi: “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o’rash”.

Mavzuning nomi: “Kukunlar sifatini baholash, qadoqlash va o’rashi”.

Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “Sanoat farmatsiyasi” yo‘nalishi, 4-kurs talabalari.

Oqitishning maqsadi: o‘quv kursi bo‘yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida kukunlar va ularni sifatini baholash bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.

Rejalashtirilayotgan oquv natijalari: kukunlar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Kukunlarni ishlab chiqarishning umumiy va xususiy texnologiyalari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar (tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar). Kukun tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo-vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Loyihalashtirish faoliyati boyicha quyidagi amaliy konikmalarga ega boladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o‘z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko‘rinishda taqdim etish.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:

Talaba bilishi kerak: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsiyaon texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, toksikologik kimyo, patologiya, klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan, farmakologiya, mikrobiologiya, gigiena, birinchi tibbiy yordam, lotin tili, farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik kimyo, biotexnologiya) dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.

Talaba amalga oshirishi kerak:- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mustaqil o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Talaba ega bolmogi kerak:kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.

Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Gosudarstvennaya farmakopeya. Odinatsatoe izdanie. Vipusk 2. Obщie metodi analiza. Lekarstvennoe rastitelnoe sirya. Moskva. «Meditsina». 1990. 400 s.

  2. Dori vositalari sifat standartlari. Asosiy qoidalar. Tarmoq snandarti. Tst 42-01:2002. 54 s.

  3. Katalog texnologicheskogo oborudovaniya ximiko-farmatsevticheskoy promishlennosti. Uchebnoe posobie dlya studentov dnevnoy i zaochnoy formi obucheniya spetsialnosti «Texnologiya farmatsevticheskix preparatov». Vinnitsa. NOVA KNIGA, 2010. 266 S.

  4. Pravila proizvodstva i kontrolya kachestva lekarstvennix sredstv. Izdanie ofitsialnoe. 2009 «Standartinform» Moskva.131 S.

  5. Xaydarov V.R., Djalilov X.K. Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o’rash fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2014. – 214 b.

  6. Aladisheva J.I., Beregovix V.V., Meshkovskiy A.P. i dr. Osnovnie prinsipi provedeniya validatsii na farmatsevticheskom proizvodstve. Moskva. 2005. 185 S.

  7. Menshutina N.V., Mishina YU.V., Alves S.V. Innovatsionnie texnologii i oborudovanie farmatsevticheskogo proizvodstva. – T.1. – M.:Izdatelstvo BINOM. 2012. – 328 s.

  8. Menshutina N.V., Mishina YU.V., Alves S.V., Gordienko M.G., Guseva E.V., Troyankin A.YU. Innovatsionnie texnologii i oborudovanie farmatsevticheskogo proizvodstva. – T.2. – M.:Izdatelstvo BINOM. 2013. – 480 s.

  9. Promishlennaya texnologiya lekarstv /Pod red. Prof. V.I. CHueshova. Tom 1. Xarkov. 2002. 327 s.

  10. Promishlennaya texnologiya lekarstv /Pod red. Prof. V.I. CHueshova. Tom 2. Xarkov. 2002. 398 s.

Turlanish belgilari boyicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan kolami ko‘p fan bo‘yicha foydalaniluvchi poliloyiha; talabalar oquv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 2 ta ishchi guruhga bo‘linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin (talabalar ko‘proq bo‘lsa, loyiha yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin); bajarish muddati o‘rta muddatli –7 kun;

Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.

Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): Ma’lumotnoma (eng yuqori 10 ball); hisobot (maks. Ball – 8 ); loyiha taqdimoti (eng yuqori 5 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 2 ball).

Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.

Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.

YAkuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.

Loyiha asosida oqitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan “Tayyor dori turlari texnologiyasi”, “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanlarida foydalanish mumkin.


KEYS: Kukunlar sifatini baholash

Kirish. Xozirgi zamon korxona sharoitida dori ishlab chiqarish mashina ishlatishni taqozo etadi, chunki bunda ishchilar mexnati engillashadi, tayyor maxsulot tannarxi arzonlashadi.

Sanoat miqyosida ishlab-chiqariladigan kukunlarni tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari qo‘yidagilardan iborat: ular katta hajmda, maxsus sexlarda tayyorlanadi; tayyorlash jarayoni asosan mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilgan bo‘ladi. Har bir bosqichni nazorat bo‘limi tekshirib boriladi, maxsulot tayyor bo‘lganidan so‘ng qadoqlashdan oldin har bir turkumni sifat va miqdor ko‘rsatkichlari tekshiriladi. Talab darajasida bo‘lsa qadoqlashga ruhsat etiladi. Qadoqlab bo‘lganidan so‘ng har bir turkumdan qadoqlashgan yorliqlangan maxsulotdan olib, analitik laboratoriyaga topshiriladi. U erda bitta idishdagi maxsulotni miqdori, tashqi ko‘rinishi, chinligi, tozaligi, ta’sir etuvchi moddani miqdori tahlil etiladi. Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar MTH talabiga javob bersa, nazorat bo‘limini xulosasi asosida maxsulot korxona omborxonasiga topshiriladi. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlarni tayyorlash quyidagi texnologik bosqichlardan iborat: tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang‘ich maxsulotlarni maydalash, elash, aralashtirish, qadoqlash va yorliqlash. Kukun tayyorlanadigan sex xona gigiena-sanitariya talabiga javob berishi kerak, asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi moddalar qo‘shilgan. Tuzsizlantirilgan suv bilan 2-3 marta yuviladi, so‘ngra suv bug‘i yuborib, quritiladi. Kukunlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni maydalashdir. Bu maqsadda asosan tegirmonlar ishlatildi. Tegirmonni tanlashda maydalanadigan moddani fizik-kimyoviy, morfologik, gistologik xossalarini hisobga olish kerak. Substansiyalarni maydalashda ulardagi qoldiq namlik katta ahamiyatga ega. Sex sharoitida ko‘pincha zo‘ldirli, dismembrator, dezintegrator, bolg‘achali tegirmonlar ishlatiladi. Maydalanadigan modda tegishli tegirmonga solinadi. Elektr tarmog‘iga ulanadi va reglamentda ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida maydalaniladi. Mayda langan modda barabanli, vibratsion yoki sexda mavjud bo‘lgan boshqa elaklar yordamida elanadi. Elangan kukunlar aralashtirgichlarga solib yaxshilab aralashtiriladi. Agar murakkab kukun bo‘lsa, hamma ingridientlar yana elanishi kerak va qaytadan aralashtiriladi. Korxona sharoitida kukunlar asosan uchta usulda aralashtiriladi:

1. Zettasimon ikki kurakchali aralashtirgichlar. Bular asosan ikkita yarim silindrsimon tubdan, ikkita zetta-simon aralashtirgichdan, qopqoqdan, qopqoqdagi tuyikdan tashkil topgan. Aralashtirgich kurakchalari xar hil tezlikda qarama-qarshi tomonga xarakat qiladi. Bundan maqsad kukunni hamma qatlamlari bir hil aralashishidir. Aralashtirib bo‘lgandan so‘ng aralashtirgich avtomatik usulda "ag‘dariladi" va kukun idishga tushadi. Korxonalarda bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko‘p ishlatiladi (rasm).

2. Laboratoriya sharoitida kukunni ko‘pincha zo‘ldirli tegirmonda aralashtiradilar. Bu maqsadda barabandagi sharlarni bir qismini olib, barabanga kukun solinadi va elektr tarmog‘iga ulab ma’lum vaqt baraban aylantiriladi. Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar. Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm).

3. Yolg‘on qaynoq yuzada aralashtirish bu eng zamonaviy asbob bo‘lib, SG-30 turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki qavatli elagi bo‘lgan va 30 kg kukunga mo‘ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan engdan iborat. Aralashtirish lozim bo‘lgan modda idishga solinadi, idishni gardishi (cheti) kapron eng bilan zich berkiladi, so‘ngra boshqaruv pultidan idishni tubiga xavo bosim bilan yuboriladi. Bunda idishdagi massa bosim ostida yuqoriga ko‘tarilib, muallak holga kelib , o‘zaro aralashadi, mayda zarrachalar kapron filtrda ig‘iladi, aralashtirib bo‘lgandan so‘ng, filtr avtomatik usulda tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So‘ngra teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi modda boshqa sig‘imga so‘linadi. Bu usulni kamchiligi bosim me’yoridan yukori bo‘lsa, kapron yirtilib mayda fraksiya atmosferaga chiqib ketadi. SHunday qilib, tayyor kukundan nazorat bo‘limi namuno olib analitik laboratoriyaga tekshirishga yuboriladi. Agar natijada ijobiy bo‘lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi.

Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan sepma kukunlarini texnologiyasi boshqa kukunlardan quyidagi tomonlari bilan farq qiladi:

1. Sepma tarkibiga kiradigan ingridientlar o‘ta quruq bo‘lishi kerak.

2. Sepma tarkibidagi moddalar alohida-alohida mayda kukun holigacha maydalanib, teshigini diametri 100mk dan katta bo‘lmagan elaklar orqali elangan bo‘lishi kerak, chunki zarracha diametri qanchalik kichchik bo‘lsa, uni biosamaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi, teriga yaxshi yopishidi.

Sepma dorilar quruq joida saqlanishi lozim, aqs holda namni tortib olib , qattiq bo‘lakchalar hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi.

Sex sharoitida sepma dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak.

Quyidagi keys kukunlar tarkibini togri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Kukunlarni ishlab chiqarishning umumiy va xususiy texnologiyalarini bilish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar (tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar)ni to‘g‘ri tanlash. Kukun tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli konikmalarga ega boladi.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kukunlarni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.

Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:



  • o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;

  • o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.


Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə