Tarbiyaviy ishlar


IV. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/110
tarix22.03.2024
ölçüsü16 Kb.
#184034
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

IV. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish.
Bunda aqliy. axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy va boshqa
tarbiyalar bo ‘yicha belgilangan ishlar va tadbirlar, kasb tanlash 
ishlari (kasblar ro'yxatini tuzib chiqish, kasb haqida burchak 
tashkil qilish, mehnat ahli bilan uchrashuvlar, o ‘quvchilarga 
anketalar tarqatish, javoblarni tahlil qilish, qiziqishlar kartasini 
to'ldirish, kasb haqida insho yozdirish, o'quvchilarning texnik 
ijodiyoti k o ‘rgazmasini tashkil qilish, sinfdan tashqari o'qishni 
tashkil qilish), fan o ‘qituvchilari bilan birgalikda adabiyotlar 
ro ‘yxatini tuzib chiqish, o ‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat 
uyushtirish, sinfda adabiy ko'rgazm a tashkil qilish, kutubxona 
bilan aloqa bog‘lash va hokazolar), sinfda ko ‘rgazmali tashviqot 
ishlari olib borish (sinf burchagi, devoriy gazetalar, varaqalar 
chiqarish, sinfni mazmunli bezash, ekologik burchak tashkil etish 
va hokazolar).
V. Ota-onalar bilan ishlash. 
Bu bo'lim da oilalami o ‘rganish 
(oilaning ijtimoiy ahvoli, o ‘quvchiga yaratilgan shart-sharoitlar
oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini o'rganish), ota-onalar faollari 
bilan ishlash (ular yordamida va ishtirokida bolalar tarbiyasiga oid 
turli-tuman ishlar rejasini tuzish, ular tomonidan ba’zi oilalarga 
ko ‘mak va ta’sir o'tkazish), ota-onalaming tarbiyaga oid 
bilimlarini oshirish (ota-onalar majlislari, dorilfununlari tashkil 
qilish, yaxshi oilalar tashviqoti bilan shug'ullanish, o ‘zaro tajnba 
almashish).
138


Keltirilgan reja tartibini majburiy deb qaramaslik kerak. Sinf 
rahbarlari ish rejasi turlicha tuzilishi va har xil shaklda b o iish i 
mumkin. Bu sinf rahbarlarining ish saviyasi, tajribasi, o ‘z kasbiga 
qiziqishi, har xil sinflarda ish sharoitlarining turlichaligiga 
bogiiq dir. Shuni nazarda tutish lozimki, ish rejasi qaysi shaklda 
boiishdan qat’i nazar, tarbiyaviy ishlaming maqsad va vazifalari 
tnazkur rejaning muhim boiim laridan biri b o iish i shart.
Ish rejasini tuzish va uni hayotga tadbiq qilish ishlariga 
o ‘quvchilar va ota-onalar faollarini jalb qilish kerak. Avvalo ular 
alohida topshiriqlarni, asta-sekin esa rejada ko‘rsatilgan keng 
hajmdagi ishlami amalga oshiradi.
Rejaga kiritiladigan ish va tadbirlar, ulaming mazmun- 
mohiyati, amaliyotga tadbiq qilish haqida mazkur kitobning 
tegishli boiim larida atroflicha fikr yuritilgan.
139



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə