Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

128599

VJL RAHIMOV, 
SHAKTA VA RUONIHURNI
N.U. UBAYDULLAYEV 
10VIHAUSH ASOS1ARI


У
O 'Z BEK IST O N R E S P U B U K A S I O LIY VA 0 ‘RTA 
M A XSU S TA’LIM V A Z IR LIG l
RAH IM O V V.R., UBAYD ULLAYEV N.U.
SHAXTA VA 
RUDNIKLARNI 
LOYIHALASH 
ASOSLARI
m
la
ni
in
la
*,
b,
in
ir.
•У
la
gi
iy
ri
Э-
h,
in
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi 
tomonidan oliy о ‘quv yurtlarining 5540200 — “Shaxta va rudniklami 
loyihalash asoslari ” bakalavr ta ’lim yo ‘nalishi talabalari uchun о ‘quv 
qo ‘llanma sifatida tavsiya etilgan
m
m
i-
h,
;a
in
ni
O 'Z B E K IS T O N F A Y L A S U F L A R I 
M IL L IY JA M I ’frT T T rc  
TO SH К
T
j
WAIAR MUHANOISLIK- 
TEXNIKA INSTITUTI
in
ib
ar
ni
ni


UDK: 553,3(075) 
KBK: 33,1 
K29
Rahimov V .R .
Shaxta va rudniklarni loyihaiash asoslari: 
o'quv qo'llanina/V.R Rahimov. N.U. 
Ubaydullayev. O'zbekiston Respublikasi 
Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi. — Т.: 
O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 
nashriyoti, 2012. — 400 b.
I. Ubaydullayev N .U .
UDK: 553,3(075) 
KBK 33,1 
K29
Ushbu o'quv qo'llanmada rudniklarni loyihalashning usosiy yonalishlari va 
tartibi haqida та 'lumotlar keltirilgan, jumhidan, moliyaviy-iqtisodiy hisoblash 
usullari, rudniklarni loyihalashtirishda hisobga olinadigan asosiy ko'rsatkichlar, 
rudniklarni oldindan belgilangan bosqichlarda loyihaiash usullari, konning shaxta 
maydonlarini optimal bichish usullari, foydali qazilma konlarini ochish, shaxta 
maydonini ishlatishga tayyorlash, konchilik isfilarini rejalashtirish, konni qazib olish 
usullarini taqqoslash va ochiq kon ishlari chegarasini aniqlash. qazib olish tizimining 
tahlili, ishlab chiqarish jarayonlarining optimal texnologik sxemalarini aniqlash, 
rudniklarni shamollatishni loyihaiash, radioaktiv rudalami qazib olish tartibini 
loyihalashtirishning alohida xususiyatlan, konchilik ishlari innovatsion loyihasini 
tuzish va boshqa та 'lumotlar berilgan.
Qo ‘llanma *Konchilik ishi» bakalavriat ta ’lim yo 'nalishi talabalari uchun 
tayyorlangan bo‘lib, shu soha mutaxassislari, magislrlar, aspirantlar uchun ham 
foydadun xoli emas.
Taqri/chilar:
Geotexlit konchilik loyihaiash instituti bo ‘lim mudirini о ‘rinbosari D. V. Raximov 
ToshDTU Geologiya va konchilik ishi fakulteti dotsenti Z.G. Qayumov
ISBN 
978
-
9943
-
391
-
42-0
О O'zbekiston faylasuflari m illiy jam iyati nashriyoti, 2012.


S O Z B O S H 1
«Shaxta va rudniklarni loyihalash asoslari» fani 5540200 ta’Iim 
yo'nalishi 
bo‘yicha «Foydali qazilma konlarini yer osti usulida 
qazib olish» bakalavr-kadrlar tayyorlashda mutaxassislik fanlarini 
umumlashtiruvchi asosiy kurslardan biridir. Bir tomondan bu fan 
«Shaxta va rudniklar qurilishi*, «Ruda konlarini yer osti usulida 
qazib olish texnologiyasi», «Konchilik sanoati menejmenti», 
«Konchilik acrologiyasi» va boshqa maxsus fanlarning davomi bo‘lib, 
shaxta va rudniklarni loyihalash uchun yuqorida keltirilgan 
fanlarning birini ikkinchisi bilan bogMovchi integrallashgan fandir.
Rudniklarni loyihalash prinsiplari va nazariy asoslarini amaliy 
ishda har bir konchi-bakalavr mutaxassisi qaysi bir sohada 
ishlashidan qat’i nazar bilishi zarurdir.
Shuning uchun, bu fanning asosiy maqsadi talabalarga hozirgi 
davr mezoni va usullarini hisobga olgan holda loyihalashning ilmiy 
asoslari — rudniklarning eng qulay oMchamlarini, kon ishlari 
texnologiyasini va boshqa texnikaviy yechimlarni hal qilish prinsip- 
larini, hamda mavjud tartibda loyihalash ishlarini tashkil etish, 
konchilik korxonasi loyihasining asosiy mazmunini o'rgatishdan 
iboratdir.
Bulardan tashqari bu fan talabalarni konchilik korxonalarini 
loyihalash va qurishda zarur bo'lgan me’yoriy hujjatlar bilan ham 
tanishtiradi.
Loyihalash asoslarini o'zlashtirgan talaba konchilik korxonasi- 
ning ishlab chiqarish quvvatini hisoblash, qulay variantini tanlash, 
kon zaxirasi chegaralarini belgilash, konni ochish va uni ishlatishga 
tayyorlash, qazib olish tizimini konchilik ishlari texnologiyasi bilan 
bog'lash, rudnikni qurish va ekspluatatsiya qilish, taqvimiy rejasini 
tuzish kabi ishlarni mukammal darajada o'rganishga erishadi.
Ushbu fan konchilik korxonasining spetsifik xususiyati bilan 
bogMiq kon-geologik sharoitning o'zgaruvchanligi, ish joyining siljib 
borishi, konchilik ishlari texnologiyasining tez-tez o‘zgarishi, har 
bir konchilik obyekti bo‘yicha mutaxassisga turli xil loyihalarni 
tuzishni, baholashni ko'rib chiqishni tasdiqlash va loyihalarni 
amaliyotda qo‘llash uchun imkon yaratadi.
3


Ushbu qoMlanmani tuzisKda prof. M l. Agoshkov, G.M . 
Malaxovlarning 
«Подземная 
разработка 
рудных 
месторождений» darsligidan, prof. P.l. Gorodeskiyning 
«Проектирование горнорудных предприятий», professor S. 
Soyning «Проектирование рудников», professor V.A. 
Shestakovning «Проектирование рудников», «Проектирование 
горнорудных предприятий» kabi darslik va o‘quv qo'llanmalari- 
dan foydalanildi.
Ushbu qo'llanma davlat tilida ilk bor tayyorlanganligi sababli, 
ayrim kamchiliklardan xoli emas.
Mualliflarbarcha mutaxassislarga qoMyozmada mavjud boMgan 
kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan maslahatlari uchun 
\ minnatdorchilik bildiradilar.
*
4


KIRISH
Hozirgi davr sharoitida konchilik korxonasini (rudniklarni) 
loyihalash ishlari tabiiy rcsurslardan ratsional foydalanishga 
qaratilgan bo‘lib, foydali qazilmalami qazib olishdan kompleks qayta 
ishlov berib tayyor mahsulot olgunga qadar bo'lgan jarayonlarni 
o‘z ichiga oladi. Shuning uchun, loyihalashda qurilish matcriallari, 
metall, encrgiya resurslarini va mablagMarni tejab sarflaydigan 
texnolgiyalarni qo'llash, loyiha texnikaviy darajasining yuqori 
bo'lishini va mahsulot sifatini har tomonlama oshirish talab etiladi.
Hozirgi davrda konchilik sanoatidagi barcha foydali 
qazilmalardan to'liq foydalanish muammolarini hal etish masalasi 
ko'ndalang bo‘lib turibdi; shulardan konni ochishda chiqarilgan 
jinslardan boshlab ag'darmaga tashlangan jinslargacha qazib olib, 
maydalangan rudani boyitish jarayonidagi chiqindilar, suv 
resurslari, qurilish maydonini qisqartirish va yerni rekultivatsiyalash 
kabi ishlarni ilmiyasosda o'rganib ishlatishga jalb etish masalalarini 
hal etish kerak. Foydali qazilma konlarini qidirib topish va razvedka 
qilishga 30-40% kapital qo'yilma mablagMar ajratiladi va 20% ga 
yaqin mehnat resurslari jalb etiladi. Resurslaming asosiy qismi 
yer osti ishlarini olib borishga sarflanadi.
Ruda tarkibi mctallga boy bo'lgan konlar yer ostining chuqur 
qatlamlarida qolgan, shuning uchun ularni yer osti usulida qazib 
olish rangli metall konlarida 67% ni tashkil etsa, kimyo sanoati 
xomashyosini qazib olishda 50%, ko‘mirni 60%, kaliy tuzlarini 
deyarli 100% yer osti usulida qazib olinmoqda. Karyerlardagiga 
nisbatan, yer osti rudniklaridan qazib olingan metall miqdori bir 
necha marta ortiqdir.
Yer osti usulini qoMlab qazib olish katta mehnat sig'imi va 
ko‘p mablag‘ talab etadigan jarayondir. Shunday boMishiga 
qaramasdan yer osti usulida qazib olinadigan rangli metallarning 
qiymati karyerlardan qazib olinadigan metallar qiymatiga nisbatan 
ancha yuqori. Shuning uchun yer osti usulida qazib olinadigan 
konlarni zamon talablariga muvoflq loyihalash muhim ahamiyat 
kasb etadi, chunki loyihalashda yo‘l qo‘yilgan xato ko‘p miqdordagi 
har xil resurslaming ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Shu vaqtning
5


o‘zida loyihalashda aniq, ishonchli yechimlar qabul qilish ham 
katta miqdordagi resurslarni tejab qolish imkonini beradi. Hozirgi 
davr talabi shundan iboratki, barcha material, energiya va mehnat 
resurslarini minimal miqdorda sarflab, yer ostidagi zaxiralarni 
kompleks ishlatishga jalb etish va boshqa resurslarni muhofaza 
etish kabi murakkab masalalarni hal qilish uchun iqtisodiy- 
matematik modellash, EHM bilan hisoblash va avtomatizatsiyalash- 
tirilgan tizimda loyihalash usullarini kengroq qo‘llash zamon 
talabidir. Odatda, mdniklar oMchamlarini loyihalashda uni butun 
ishlatish muddatida o‘zgartirilmaydigan qilib qabul qilinadi va 
V oldindan o'zgartirish ham nazarda tutilmaydi. Loyiha hisoblariga 
' kiritilgan konditsiyani hisoblash oMchamlari va rudnikni ishlab 
chiqarish ko‘rsatkichlari, shu jumladan, uning ishlab chiqarish 
quwati loyihadagiga nisbatan 1,5-2 barobar ko‘p yoki oz tomonga 
o‘zgarishi mumkin. Ko'pincha rudnikning loyihada belgilangan 
ishlab chiqarish quwati qazib olish jarayonida 60—70% gina 
o‘zlashtiriladi, olinadigan (so‘nggi) mahsulotda esa 48—50%. 
Masalan, «lngichka» volfram konida loyihada belgilangan metallning 
60-65% i tasdiqlangan. Murakkab kon-geologik sharoitdagi 
rudniklarda esa belgilangan texnologik variantlami qollash imkoni 
40—50% gina tasdiqlangan. Shuning uchun rudniklarning ishlatish 
natijalariga qarab loyihaning ayrim o'lchamlariga o‘zgartirish kiritish 
kerak bo‘ladi.
Ushbu fan kursining asosiy maqsadi masalalarni yechishda 
hozirgi davr talablariga muvofiq keladigan usullami qoMlab, optimal 
olchamlarini topisn va loyihalashda yo‘l qo‘yilish ehtimoli bolgan 
xatolardan saqlanishni o‘rgatishdir.
Rudniklarni loyihalashning bosh maqsadi shundan iboratki, 
imkoni boricha kam kapital mablag1 sarflash va ekspluatatsiya 
xarajatlarini kam sarflagan holda, xalq xo‘jaligiga zarur boMgan 
foydali qazilmani ko‘proq qazib olishning optimal oMchamlarini 
loyihalashda xatoga kamroq yo‘l qo‘yish imkonlarini ham 
o‘rgatishdir. Buni odatda yangi konlarni o'zlashtirish hisobiga
yangi shaxtalar qurib ishga tushirish va ishlab turgan konlarni 
qayta loyihalab, qayta jihozlab kengaytirish, yangi texnika bilan 
qayta qurollantirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Bu yangi
6


shaxtalarni qurishga nisbatan ancha arzonga tushadi. Shuning 
uchun ishlab turgan konlar o'lchamlarini muvoflqlashtirib qayta 
loyihalash dolzarb masalalardan biridir.
Rudnikni loyihalash — bu ijodiy jarayon bo‘lib, kon ishlari 
kelajagini oldindan ko‘rishga intilishdir. Loyihalash samaradorligi 
avvalo uslubiy ko'rsatmalarda qo‘yilgan masalalarni to'g'ri yechish 
uchun ularning tanlab olinishiga bogMiq. Bu ko'rsatma odatda 
hisob ko'rinishiga asoslangan yozma bayonnoma, chizma va 
boshqa materiallardan iborat.
Loyihalashning bosh masalasi yangi yoki qayta kengaytirib 
jihozlanayotgan shaxta va rudniklarning muvofiq o‘lchamlarini 
aniqlash va tanlash bo‘lib, asosiy e’tibor qazilma zaxirasi va rudnik 
kon maydoni chegarasidagi rudaning sifati, qazib chiqarish quwati, 
rudnikning xizmat qilish muddati, konni ochish sxemasi va usullari, 
qazib olish tizimi, qo'llaniladigan konchilik asbob-uskunalari va 
mashina-mexanizmlarining turi, qazib olinadigan ruda massasi, 
texnologik xarakteristika, kapital qurilish ishlari hajmi, rudnikning 
qurish muddati va loyihada belgilangan qazib chiqarish quvvatini 
o‘zlashtirish muddatiga qaratiladi. Bulardan tashqari ishlab turgan 
konchilik korxonasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, rudnik 
qurish uchun ajiratiladigan kapital xarajatlar miqdori, mehnat 
unumdorligi, qazib olinadigan ruda va tayyor mahsulot tannarxi, 
ko‘riladigan foyda miqdori, kon ishlarini mexanizatsiyalash va 
avtomatizatsiyalash va energiya bilan qurollanish darajasi, kapital 
qo‘yilmalar samaradorligi, xarajatlarni qoplash muddati, qazib 
chiqarishning rentabelligi va boshqalar loyihada o‘z aksini topgan 
boMishi kerak. Konchilik sanoati samarali ishlashi uchun loyihaning 
hamma yechimlari juda chuqur asoslangan bo'lishi shart.
Bunday muhim masalalarni bajarish uchun nafaqat loyihalash 
nazariyasini, amaliyotini chuqur bilish, balki bunday muhim 
muammolami hal etishda iqtisod, matematika va boshqa fanlardan 
erishgan yutuqlarini loyihalashga tatbiq etish, birinchi navbatda 
dasturlashtirish, EHM va loyihalashning avtomatik tizimini qollash 
zarur bo‘ladi, faqat shundagina loyihaning yuqori sifatli boMishi 
ta’minlanadi. Loyihada atrof-muhitni muhofazalashga ham keng 
o‘rin ajratilishi kerak. Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda
7


fanning maqsadi — konchilik ishlari sohasida bilim olayotgan 
talabalarga shaxta va rudniklar qurilishini, qazib chiqarish 
majmualarining elementlarini loyihaiash asosini o'rgatishdir. Uning 
o'lchamlarini hisoblash, yerosti inshootlari va yer yuzasida bunyod 
etiladigan korxonaning faoliyati uchun zarur bo'lgan bino-inshootlar 
optimal o'lchamlarini aniqlash yo'llarini ham o'rgatishdir .
Talabaningbilimi, mutaxassis saviyasi va mahoratiga qo'yiladigan 
talablar: fanni o'rganish jarayonida shaxta va rudniklar, yer osti 
va ustidagi inshootlarni qurishni loyihalashning asosiy prinsiplarini 
bilishi kerak. Kon lahimlarini loyihalashni kon-geologik sharoitiga, 
lahimning xizmat muddatiga bog'liq holda olib borish, progressiv 
usullarni qo'llashi, ishlar jarayonini mexanizatsiyalash, 
avtomatizatsiyalash vositalari, ishni tashkil etish yo'llarini puxta 
o'zVshtirishi kerak.
Ushbu fanning boshqa yondosh fanlar bilan bog'liqligi, 
jumladan: kon ishlari asoslari, burg'ilash-portlatish ishlari, konni 
qazib olish texnologik tizimi, shaxta va rudniklarni qurish va 
boshqalar. Shu narsa ham ma’lumki, hozirgi davrda loyihaiash 
ishini kompyutersiz, informatsiya-axborot texnologiyasisiz 
avtomatlashtirilgan loyihaiash usulini qo'llash mumkin cmasligini 
talaba tushuna bilishi kerak.
8



Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə