1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə10/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Chegaraviy ochish koeffitsiyenti (Қ*) - muayyan sharoitda iqtisodiy jihatdan konlarni ochiq usulda qazib chiqarish uchun aniqlangan ochish koeflitsiyentining maksimal miqdori bo‘lib, muayyan konni ochiq yoki yerosti usulida qazib olish chegarasini belgilaydi (yoki karyeming chegaraviy chuqurligini belgilaydi);

  • 0 ‘rtacha ochish koeffitsiyenti (kor) - karyer maydoni

    hududida joylashgan qoplama jinslar umumiy hajmini kaiyer maydonidan qazib olinadigan foydali qazilma miqdoriga nisbati;

    1. Joriy ochish koeffitsiyenti (Қ) - m a'lum davr (oy. kvartal. yil) ichida qazib olingan qoplama jinslar hajmini shu davrda qazib chiqarilgan foydali qazilma miqdoriga nisbati;

    2. Ekspluatatsion ochish koeffitsiyenti (Қ.) - karyerda qazish (ekspluatatsion) ishlar olib borilishi mobaynida qazib olinadigan qoplama jinslaming hisoblangan hajmini shu davr mobaynida qazib olinadigan foydali qazilma miqdoriga nisbati. Bu ochish koeffitsiyenti konni qazib olish davrida kon ishlarini olib borish va kerakli kon- transport vositalarini tanlab olish uchun mezon vazifasini oflaydi. Ochish koeflitsiyentining miqdori karyeming ishlab chiqa - rish quwati. foydali qazilmaning kon-geologik. kon-texnik yotish sharoitlari. qazish ishlarida qofllaniladigan texnika, texnologiya

    va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib. hozirgi vaqtda 0.9-15 m 3/ t ni tashkil etadi. Biroq, ochish koeflitsiyentining keltirilgan miqdori chegaraviy miqdoremas. Chunki ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida yaratilgan yangi texnika va ochiq kon qazish texnologiyalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish ochish koeffitsiyentini yanada kattaroq bo‘lishini ta’minlaydi.
    Kon jinslari va foydali qazilm alarning yuqorida keltirilgan xususiyatlari ularni qazib olish texnologiyasi sxemasini hamda qazib oluvchi. shuningdek, tashish vositalarini tanlab olishga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi.
    Karyer va uning elementlari. Ko m ir va boshqa foydali qazilmalami qazib olish uchun yer yuzidan turib bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari majmuyi ochiq kon ishlari deyiladi.
    Foydali qazilma yotqizig‘ini qazib olish uchun, dastlab uni ustidagi qoplama jinslarni olib tashlab, foydali qazilmaga yetib boriladi. Buning uchun turli ochiq kon lahimlar o‘tiladi. Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon lahimlarining majmuyi karyer deyiladi (ko‘mir konlarida esa - razrez deyiladi).
    Bitta karyer orqali qazib olishga ajratilgan foydali qazilma koni yoki uning bir uchastkasi karyer maydoni deyiladi. Karyeming asosiy obyektlari uchun ajratilgan maydon - yer ajratmasi deyiladi va shu karyer maydoniga nisbatan bir necha marta katta bo‘ladi
    Karyer tepasi yer yuzi bilan chegaralanadi. Yon tomonlardan karyemi chegaralovchi pog‘onasimon tekisliklar karyer yonbag‘ri deyiladi. Karyeming chuqurligi bo‘yicha chegaralovchi tekislik - karyer asosi deyiladi. Karyeryonbag‘lining yeryuzi bilan kesishish chizig‘i esa - ustki chegarasi deb ataladi. Karyer ustki va ostki chegaralari orqali shartli ravishda o‘tkazilgan tekislik karyer qiyaligi deb yuritiladi. Karyer qiyaligi bilan gorizontal tekislik o'rtasida hosil bo‘lgan burchak karyer yonbagbri qiyalik burchagi deyiladi.
    Kon qazish ishlari olib boriladigan karyer yonbag‘ri ishchi yonbag‘ir, faqat transport vositalari harakatlanishiga xizmat qiluvchi yonbagir esa ishlamaydigan yonbag‘ir deyiladi. Karyer asosi bilan usti o ‘rtasidagi o'rtacha masofa karyer chuqurligini tashkil etadi.
    Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon yotqizigM va qoplama jinslar gorizontal qatlamlarga boMinadi. Ustki qatlam ostki qatlamdan o‘zdirib qazib olinadi. Shu sababli karyer yonbag‘ri pog‘onasimon ko ‘rinishga ega bo ‘ladi (1-rasm). Pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo'lgan kon jinslari qatlami pog‘ona deyiladi.


    Yüklə 5,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə