Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə11/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17

1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.
1. Dengiz suvida uglerod nima sifatida tо‘planadi va chо‘kindi sifatida uzoq vaqt biogen migratsiyasida qatnashmaydi?

A. Kо‘mir kislota va uning tuzlari, bо‘r, ohaktosh, korallar.

B. Neft, toshkо‘mir, yoqilg‘i gazlari, torf, yog‘och.

D. Bо‘r, ohaktosh.

E. Karbonat angidrid, bо‘r, ohaktosh, korallar.

2. Kislorod yetishmaydigan sharoitda organik moddalarning minerallashmasdan qolishi natijasida nimalar hosil bо‘ladi?

A. Kо‘mir kislota va uning tuzlari, bо‘r, ohaktosh, korallar.

B. Neft, toshkо‘mir, yoqilg‘i gazlari, torf, yog‘och.

D. Bо‘r, ohaktosh.

E. Karbonat angidrid, bо‘r, ohaktosh, korallar.

3. Biogen migratsiyada eng faol ishtirok etuvchi elementlar nima deb ataladi?

A. Biogenlar. B. Organik moddalar. D. Biologik faol moddalar. E. Kimyoviy izotoplar.

4. Tirik organizmlar tarkibiga H2 ning qaysi izotopi kiradi?

A. H3. B. H1. D. H2. E. H1 va H2.

5. Tirik organizmlar tarkibiga 2 ning qaysi izotopi kiradi?

A. 16 va 18. B. 18. D. 17. E. 16 .

6. Biogen migratsiyada ishtirok etadigan kimyoviy elementlarning sonini kо‘rsating.

A. 67 ta. B. 30 ta. D. 40 ta. E. 27 ta.

7. Kam miqdorning cheksizligini ta’minlashning birdan bir usuli uni yopiq lialqa bо‘ylab aylanishga majbur etishdir. Tabiat xuddi о‘sha usulni tanlagan. Ushbu fikr qaysi olimga tegishli?

A. Vilyams V. R. B. Darvin CH. D. Vernadskiy V. I. E. Zyuss E.

8. Yerda moddalarning davriy aylanishini ta’minlovchi birdan-bir manba nima?

A. Biogen elementlar. B. Suv. D. Quyosh energiyasi. E. Kimyoviy energiY.

9. Bir yil davomida yerga tushadigan quyosh energiyasi 10,5xl020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning ... foizi Yerdan koinotga qaytariladi, ... foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, uning ... foizini Yer yuzidan qaytaradi.

A. 20, 42, 58. B. 42, 58, 20. D. 48, 52, 30. E. 52, 20, 48.

10. Yerga yutilgan quyosh energiyasining necha foizi suv va tuproqdan suvni bug‘lantirish uchun sarflanadi?

A. 10. B. 20. D. 50. E. 5.


Test javobi: 1 – A; 2 – B; 3 – A; 4 – B; 5 – E; 6 – D; 7 – A; 8 – D; 9 – B; 10 – A.

II.4. QISHLOQ VA SUV XО‘JALIGI SOHASIDA KASBGA YО‘NALTIRIB О‘QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
10 – dars

Darsning mavzusi: О‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.
Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni genetik injeneriya va biotexnologiya fanlari sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirish. Biologik qonuniyatlar qishloq xо‘jaligining ilmiy-nazariy asosi ekanligi, qishloq xо‘jaligi mahsulot-larini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, о‘sim­liklarni himoya qilish, zootexnika va veterinariya, о‘rmonchilikni rivojlantirishda biologik bilimlar­ning ahamiyati, tuprok va yer osti suvlaridagi pestitsidlarni parchalovchi va zararsizlantiruvchi transgen о‘simlik yaratish, paxta tolasi sifatini yaxshilashga yо‘naltirilgan biotexnologiya, hayvonlarni klonlash, gibridomalar olish istiqbollari.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: О‘quvchilarni genetik injeneriya va biotexnologiya fanlari sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlari va kelajagi bilan tanishtirish orqali ularda milliy g‘ururni shakllantirish va iqtisodiy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarni respublikamizda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlari va mazkur fanlarning kelajagi bilan tanishtirish orqali ularning biologik tafakkurini kengaytirish, darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Genetik injeneriya va biotexnologiya fanlari sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar aks ettirilgan jadvallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi

(konferensiya).



Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Genetik injeneriya va hujayra injeneriyasi sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, an’anaviy va zamonaviy biotexnologiya, genlarni klonlash va transformatsiya, “yangi organlar”ni yaratish texnologiyasi, atamalar izohi. Biotexnologiyaning predmeti, vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar berish. (1 – ilova)

III. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

О‘qituvchi ushbu darsni о‘tishdan bir hafta avval о‘quvchilarni 4 ta guruhga ajratib ularni biotexnologiya sohasida ishlayotgan olimlar maqomini beradi.

IV. О‘quvchilar guruhi о‘qituvchining tavsiyasiga binoan quyidagi mavzulardan biri bо‘yicha ma’ruzalar tayyorlaydi:

1. Genetik injeneriya sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar.

2. Biotexnologiyaning predmeti, vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati.

3. Zamonaviy biotexnologiyaning yutuqlari.

4. Hujayra injeneriyasi ynalishidagi biotexnologiya yutuqlari.

5. Qishloq xо‘jaligi sohasida О‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fan yutuqlari. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.
О‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan sо‘ng о‘quvchilarni darsning maqsadi, о‘quvchilar tomonidan olib boriladigan ishlar bilan tanishtiradi. Sо‘ngra konferensiya boshlanadi.”Olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar о‘zlari izlangan mavzulari bо‘yicha ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, о‘quvchilar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara tashkil etiladi. О‘qituvchi dars sо‘nggida о‘quvchilarni rag‘batlantiradi va mavzuni yakunlaydi.

V. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar berish.

VI. Uyga vazifa berish. Mustaqil ravishda 10-§ matnini о‘qing. Darslikning 72 – betidagi savollarga javob bering. Jadvallarni tо‘ldiring. Test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.

Оzbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari. Biotexnologiyaning kelajagi haqida” mavzusidagi didaktik оyin texnologiyasidan foydalanilgan konferensiya darsning texnologik xaritasi



TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism

5-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Uyga berilgan topshiriqlarning bajarilganligini tekshiradi.



Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni anglaydi.

II bosqich. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash.

15-minut


Bajariladigan о‘quv topshiriqlari va ularning didaktik maqsadi bilan tanishtiradi. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun 1 – ilovadagi topshiriqlarni beradi.

Bajariladigan о‘quv topshiriq­lari uuzasidan kо‘rsatmalar va didaktik maqsadni anglaudi.

О‘z о‘quv faoliyatini tashkil eta­di.

О‘tgan mavzu yuzasidan о‘z bilimini nazorat qilish va baholash uchun 1 – ilovadagi topshiriqlarni bajaradi.


III bosqichО‘quvchilarning bi­lish faoliyatini tashkil etish. 5 minut

О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan bajariladigan о‘quv topshiriq­­lari uuzasidan kо‘rsatmalarni anglaudi.

IV bosqich

Yangi mavzuni о‘rganish.

40-minut


О‘quvchilardan “olimlar” guruh­larini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.

О‘quv materialini topshiriqlar yordamida mustaqil о‘zlashtirili­shi­ni ta’minlaydi.

Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzala­ri­ni tinglaydi. Har bir ma’ruza yakunida о‘quvchilar bilan savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkazadi.


“Olimlar” guruhiga beril­gan topshiriqlarni baja­ra­di:

1-guruh.Genetik injeneriya sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar.

2-guruh. Biotexnologiyaning pred­meti, vazifalari nazariy va amaliy ahamiyati.

3-guruh. Zamonaviy biotex-nologiyaning yutuqlari.

4-guruh. Hujayra injeneriyasi yunalishidagi biotexnologiya yutuqlari.

Har bir guruh topshiriq yuzasidan ma’ruzalar tayyorlay­di.

О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol-javob, bahsda faol ishtirok etadi.


V bosqich. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash. 10-minut

Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun 2 – ilovadagi topshiriqlar beradi.

Yangi mavzu yuzasidan о‘z bilimini nazorat qilish va baholash uchun 2 – ilovadagi topshiriqlarni bajaradi.

VI bosqich

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash Uyga vazifa berish. 5-minut.



О‘quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriq­larini oladi.



1-ilova

1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.

1. Genlami klonlash va rekombinant DNK olish texnologiyasi qaysi kashfiyot asosida ishlab chiqilgan?

A. Restriktaza va ligaza fermentlariniog ochilishi. B. Gibridoma olishning kashf etilshi.

D. Monoklonal antitananing kashf etilishi. E. Gibrid hujayraning kashf etilishi.

2. Poliklonal antitanaga xos xususiyatni toping.

A. Faqat о‘ziga tegishli antitana guruhini taniydi. B. Turli antigen aralashmasidan iborat

D. Bir xil antitana aralashmasidan iborat va faqat о‘ziga tegishli antigen gruppani taniydi

E. Bir xil antitana aralashmasidan iborat

3. Nechanchi yilda, qaysi olim tomonidan, qaysi usulni qо‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasini ishlab chiqdi?

A. 1982 yil, S.Jatayev, gen injeneriyasini.

B. 1978 yil, F.Muhamedxanov, hujayra injeneriyasini.

D. 1977 yil, J.Guordon, hujayra injeneriyasini.

E. 1802 yil, Milshteyn, limfosit hujayrasini.

4. Gibridoma hujaytalar olish texnologiyasi qaysi kashfiyotga asoslangan holda ishlab chiqilgan?

A. Restriktazaning kashf etilishi. B. Ligaza fermentini olish.

D. Monoklonal antitanalarning kashf etilishi. E. Hujayra injeneriyasi.

5. Biror genni hujayraga kiritish uchun qaysi bakteriyaning hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi?

A. Agrobakterium. B. Tugunak. D. Sut kislotasi. E. Sirka kislotasi.

6. Boer va Koenlar nechanchi yilda qanday ish qilganlar?

A. 1972 yilda mutatsiya nazariyasini yaratganlar.

B. 1989 yilda о‘simliklarda regulyator genni aniqlaganlar.

D. 1965 yil, xromosoma nazariyasini yaratdilar.

E. 1972 yil, sun’iy ravishda rekombinant DNK olishni va genlarni klonlashni amalga oshirgan.

7. Monoklonal antitana nima uchun ishlatiladi?

A. Splenotsitlar va miyeloma hujayralaridan iborat gibridoma bosil qilish uchun.

B. Gibridoma hujayralardan klonlar yaratish va zigotaga kiritish uchun.

D. Xastaliklarni о‘ta aniq tashxis qilish uchun.

E. Poliklonal antitana hosil qilish uchun.

8. Transgen kalamushni olishda qaysi usuldan foydalanilgan?

A. Zigotaga boshqa jinsiy hujayra yadrosi kiritilgan. B.Zigotaga somatik hujayra yadrosi kiritilgan.

D. Zigotaga boshqa kalatish embrional hujaytasidan olingan yadro kiritilgan

E. Zigotaga har xil genlar mikroineksiya qilingan

9. Nechanchi yilda, qaysi olim tomonidanqaysi texnologiya asosida ,qо‘yning kloni yaratildi?

A. 1997 yil, Roslin , hujayra injeneriyasini.

B. 1978 yil, F.Muhammedxanov, hujayra injeneriyasini.

D. 1977 yil, J.Guordon, hujayra injeneriyasini.

E. 1802 yil, Milshteyn limfosit hujayrasini.

10. Limfotsit yoki har qanday normal hujayra, rak hujayrasinin qо‘shilishi natijasida hosil bо‘lgan,tez bо‘linuvchi duragay hujayralar tо‘plami nima deb ataladi?

A. Gibridoma. B. Plazmid. D. kallus tоqima. E. Transpozon.

Test javoblari: 1. A. 2. B. 3. D 4. D. 5. A. 6.E. 7. D . 8. E. 9. A. 10. A.


2 – ilova

Yangi mavzu bо‘yicha о‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun topshiriqlar.



1 – topshiriq. Savollarga javob bering.

1. Transgen quyon qanday olingan?

2. Kо‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramollarni zudlik bilan qanday kо‘paytirish mumkin?

3. Qanday yо‘l bilan sigirlarda sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishish mumkin?

4. Biotexnlogiya haqida tushuncha berin

5. Genlar terapiyasi nima?
2 – topshiriq. Jadvalni tо‘ldiring.




Olimlar

Kashfiyotlarining mohiyati

1

I. Abdurahmonov




2

S. Azimova




3

R. S. Muhamedov,

B. Irisboyev






4

B. Irisboyev ,

G. Hamidullayeva






5

R. S. Muhamedov,

A. Ikromov






6

O. T. Odilova





3 – topshiriq. An’anaviy va zamonaviy biotexnologiyalarni ta’qqoslang.


Biotexno-logiya jihatlari

An’anaviy biotexnologiya

Zamonaviy biotexnologiya

Qachon paydo bо‘lgan?







Misollar.






Qanday jarayonlarga asoslanadi?








31-dars. Darsning mavzusi: Muhitning biotik omillari.
Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni muhitning biotik omillari, organizmlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning turlari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Muhitning abiotik omillari, organizmlar о‘rtasidagi munosabatlarning neytralizm, antibioz, simbioz turlari bilan tanishtirish orqali о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tafakkurini rivojlantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarning tirik organizmlar va tashqi muhit о‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Organizmlar о‘rtasida munosabatlarni aks ettirgan jadvallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi (konferensiya)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Organizmlarning о‘zaro munosabatlari: neytralizm, antibioz, simbioz, organizmlarning о‘zaro raqobati (konkurensiya), simbioz va uning shakllari, mutualizm, hamsoyalik, kommensalizm.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

II. О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

III. О‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun topshiriqlar berish. (1 – ilova)

О‘qituvchi ushbu darsni о‘tishdan bir hafta oldin о‘quv chilarni 6ta guruhga ajratadi va ularni biologiya, sistematika fanlari sohasida faoliyat kо‘rsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.

IY. Yangi mavzuni О‘rganish: о‘quv chilarning guruhi о‘qituvchining tavsiyasiga binoan о‘z mutaxassisliklariga tegishli bо‘lgan quyidagi mavzulardan biri bо‘yicha ma’ruza tayyorlaydi.



  1. Organizmlarning о‘zaro munosabatlari.

  2. Organizmlarning о‘zaro raqobati (konkurensiya).

  3. Simbioz va uning shakllari.

  4. Mutualizm.

  5. Hamsoyalik.

  6. Kommensalizm.

  7. Qishloq xujalik ekinlarini biologik usulda himoya qilishda turlar о‘rtasidagi munosabatlardan foydalanish.

  8. “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob о‘simlik va hayvon turlari.

Har bir yо‘nalish bо‘yicha “olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar о‘zlariga tegishli mavzu bо‘yicha kо‘rgazmali qurollar asosida qо‘shimcha materiallardan foydalangan holda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, о‘quv chilar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara о‘tkaziladi .

Y. Yangi mavzu bо‘yicha о‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar berish. ( 2 – ilova)

YI. Darsda faol ishtirok etgan о‘quvchilar rag‘batlantiriladi va dars umumiu uakunlanadi. Uyga vazifa: mustaqil ravishda 31-32-§ matnini о‘qing. Darslikning 226, 231- sahifasida berilgan savollarga javob bering, berilgan test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.

Muhitning biotik omillari” mavzusidagi didaktik о‘yin texnologiyasidan foydalanilgan konferensiya darsning texnologik xaritasi




TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism

5-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajari­ladigan topshiriqlarni anglaydi.

II bosqich

О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

5-minut


О‘quv topshiriqlarining didak­tik maqsadi, bajari­ladigan О‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.


О‘quv topshiriqlarining didak­tik maqsadi, bajariladigan о‘quv topshiriq­lari yuzasidan kо‘rsatmalarni anglaydi.

III bosqich

О‘tgan mavzu yuza-si­dan о‘quv chilar-ning bilimla­ri­ni nazorat qi­lish va baholash. 10-minut



1 - ilovadagi о‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriqlari yordamida о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va baholaydi

1 - ilovadagi о‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriq­la­rini bajaradi.


IV bosqich

Yangi mavzuni о‘rganish.

45-minut




О‘quvchilardan “olimlar” guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.

О‘quv dasturidan о‘rin olgan topshiriqlarini mustaqil о‘zlashtirilishini ta’min­laydi.

“Olimlar” uchrashuvi guruhini tashkil etadi. Har bir guruhda о‘quv materiali yuzasidan tayyor­la­gan ma’ruzalarini tinglaydi.


О‘z о‘quv faoliyatini tashkil etadi. “Olimlar” guruhi topshiriqlarini bajaradi.

1-guruh. Organizmlarning о‘zaro munosabatlari.

2-guruh. Organizmlarning о‘zaro raqobati (konkurensiya).

3-guruh. Simbioz va uning shakllari.

4-guruh. Mutualizm.

5-guruh. Hamsoyalik.

6-guruh. Kommensalizm.

Olimlar” uchrashuvi guruhida ishtirok etadi. Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan ma’ruzalar tayyorlaydi.



V bosqich

О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. 10-minut



О‘rganilgan mavzu yuzasidan 2 - ilovadagi test topshiriqlari, savol­lar va didaktik jadvallar beradi.

2 - ilovadagi test topshiriqlarini ba­ja­ra­di, savollarga javob topadi va jadvallarni tо‘ldiradi.

VI bosqich

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash. Uyga vazifa berish. 5-minut.



О‘quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi. Darsda faol ishtirok etgan о‘quvchilar rag‘batlantiriladi. О‘quvchilarga uyda mustaqil bajarish uchun topshiriqlar beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tah­lil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijo­diy ish topshiriq­larini oladi.



1 – ilova.

1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.

1.Kо‘rinadigan nurlar yerga yetib keluvchi quyosh nurlarining necha foizga yaqinini tashkil etadi?

A. 1%. B. 25%. D. 49%. E. 50%.

2. Mayda chо‘l hayvonlari ... hisobiga tanadagi suv muvozanatini saqlaydi.

A. Tez-tez suv ichish.

B. Oksidlanish reaksiyalari natijasida hosil bо‘ladigan suvlarni g‘amlash.

D. Sersuv о‘simliklarniu kо‘p iste’mol qilish.

E. Tana bо‘shlig‘ida kо‘p miqdorda suv tо‘planishi.

3.Yorug‘likning hayvonlar uchun asosan .... ahamiyati mavjuddir.

A. Fermentativ. B. Katalitik. D. Informativ. E. Biosintetik.

4. Sovuq qonli hayvonlarda muhit haroratining ma’lum diapazondan pasayishi ... sabab bо‘ladi?

A. Metabolik jarayonlarning susayishiga va organizmlar о‘limiga.

B. Fiziologik jarayonlarning tezlashuviga.

D. Metabolik jarayonlarning tezlashuviga va organizmlar yashovchanligining ortishiga.

E. Fiziologik jarayonlarning bir xil saqlash mexanizmlarini amalga oshishiga.

5. О‘simliklar kо‘rinadigan nurlarni har xil spektrlarini nimalar orqali о‘zlashtiradi?

A. Fitopigmentlar. B. Hujayralar. D. Barglar. E. Xloroplastlari.

6. Qaysi hayvonlar oksidlanish natijasida hosil bо‘lgan suvlarni g‘amlash hisobiga tanadagi suv muvozanatini saqlaydi?

A. Amfibiya, reptiliyalar. B. Reptiliyalar, baliqlar.

D. Pingvinglar, kurakoyoqlilar. E. Kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar.

7. Atmosferadagi ozon qatlami qanday tо‘lqin uzunligiga teng bо‘lgan ultrbinafsha nurlarni ushlab qoladi?

A. 0,290 mkm. B. 0,300- 0,400 mkm. D. 0,400 mkm. E. 0,750 – 0,850 mkm

8. О‘simliklar va hayvonlarda mavsumiy о‘zgarishlar uchun asosiy omil nima?

A. Harorat. B. Ularning о‘zaro munosabati.

D. Ovqat miqdori. E. Kun uzunligi.

9. Fotoperiodizm — bu:

A. О‘simlik va hayvonlar hayot jarayonlarining kun uzunligiga bog‘liqligi.

B. Biologik jarayonlarning davriy takrorlanuvchi о‘zgarishlari.

D. U fotosintez jarayoniga, harorat о‘zgarishiga ham bog‘liq.

E. A va javoblar tо‘g‘ri.

10. Ultrabinafsha nuriar ta’sirida organizmda nimalar hosil
bо‘ladi?


1) D vitamini; 2) A vitamini; 3) kо‘z to r pardasi pigmenti; 4) nuklein kislotalar;
5) hujayralar; 6) teri pigmenti


A. 1,3,4. B. 1,3,5. D. 1,3,6. E. 1,4,6.
Test javoblari: 1. E. 2. B. 3. D. 4. A. 5. A. 6. E. 7. A . 8. E. 9. A. 10. D.
Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə